19.09.2019 yildagi 938-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais M. ABDUSALOMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
938-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 938-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 8 va 33-moddalari, shuningdek saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish borasidagi xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar faoliyati tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarning (bundan buyon matnda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar deb yuritiladi) faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi) qarorlari hamda ushbu Nizom bilan tartibga solinadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni taklif etish va ularni akkreditatsiya qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilinganidan soʻng MSK xorijiy davlatlar saylov organlari va xalqaro tashkilotlarga Tashqi ishlar vazirligi orqali taklifnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi oʻz tashabbusiga koʻra yoki davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, boshqa tashkilot va muassasalar takliflariga koʻra saylovlarga xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni taklif etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar ham saylovlarda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida ishtirok etish istagini izhor etib, Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Saylovda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklif etilgan, shuningdek bunday istakni izhor etgan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar oʻz kuzatuvchilarining roʻyxati, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari nusxalari, elektron fotosuratlari (oq fonda, 3x4 sm oʻlchamda, jpeg formatda, kamida 100 KV hajmda, piksel zichligi 600dri) hamda ushbu Nizomning 1 va 1a-ilovalariga muvofiq anketa va deklaratsiyalarni toʻldirilgan holda Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan maʼlumotlarning butligi (toʻliqligi) va toʻgʻriligiga taqdim etuvchining oʻzi masʼul hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar tegishli hujjatlarni ovoz berish kunidan kamida oʻn kun oldin taqdim etishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1076-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashqi ishlar vazirligi tegishli xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining hujjatlarini ilova qilgan holda MSKga taqdimnoma kiritadi. MSK besh kunlik muddatda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya qilingan xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning roʻyxati MSK ning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagi hollarda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish rad etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya uchun taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizom talablariga javob bermasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar ushbu Nizomda belgilangan muddatdan kech taqdim qilinsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining yoki uning nomzodini koʻrsatgan tashkilotning faoliyati milliy qonunchilikka zid boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va milliy manfaatlariga xavf solsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. MSK akkreditatsiya qilingan xorijiy (xalqaro) kuzatuvchiga ushbu Nizomning 2-ilovasidagi namunaga muvofiq mandat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mandat xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonlari “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarga mandatlar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda mandat MSK raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning vakolatlari va faoliyat koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov komissiyalarining majlislarida hozir boʻlish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlar koʻrsatishga bagʻishlangan yigʻilishlarda, nomzodlarning va siyosiy partiyalarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov uchastkasida hozir boʻlish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning roʻyxatga olinishini, saylov byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov kuni ovoz berish jarayonini kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti va joyi haqida xabardor boʻlish hamda ushbu jarayonni kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchining turgan joyida uning ruxsati bilan ovoz berishi jarayonini kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv olib borish davomida oʻzi yollagan tarjimon hamrohligida boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov jarayoni va ovoz berishning yashirinligini buzmasdan foto, video, audio yozuvlarni amalga oshirish (qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari, harbiy qismlar, davolash muassasalari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv natijalari boʻyicha ommaviy axborot vositalari vakillariga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovoldi tashviqoti belgilari boʻlmagan, familiyasi, ismi va otasining ismi, oʻzi vakillik qilayotgan tashkilotning nomi koʻrsatilgan koʻkrak nishonlari taqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi (bundan buyon matnda okrug saylov komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan uchastka saylov komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarni qabul qilib olish hamda hudud (okrug) boʻyicha saylov natijalarini aniqlash jarayonida hozir boʻlish;
(9-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin tegishli uchastka saylov komissiyasini belgilangan tartibda xabardor qilish;
(9-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1076-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar saylov uchastkasida saylovga oid qonunchilik va xalqaro normalar talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asoslar boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻgʻrisida ushbu uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga ularning ishiga aralashmagan holda maʼlum qilish, shuningdek yuqori turuvchi saylov komissiyalariga xabar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari haqida hamda saylovga tayyorgarlik koʻrish va uning oʻtkazilishi boʻyicha oʻz fikrini bayon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, jumladan Oʻzbekistonda boʻlish qoidalariga, saylovni tashkil etish va oʻtkazish borasidagi xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalariga amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov ustidan xalqaro kuzatuvni amalga oshirish borasidagi oʻz vazifalarini xolislik, siyosiy betaraflik prinsiplariga amal qilgan holda bajarish, saylov komissiyalari, davlat organlari, mansabdor shaxslar, saylov jarayoni ishtirokchilariga nisbatan qanday boʻlmasin biron-bir tarzda afzallik bildirishdan voz kechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha darajadagi saylov komissiyalariga, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga hamda boshqa tashkilotlarga kirganida MSK tomonidan berilgan mandatni shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xulosalarini oʻtkazilgan kuzatuv va haqiqiy materiallar bilan asoslantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchi saylov byulleteniga oʻz belgisini qoʻyayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga taʼsir oʻtkazish, biron bir tashviqot materialini yoki adabiyotini tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilardan ular qanday ovoz berganligini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qoʻyishda biron bir tarzda yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlash, ularni ochish, ovozlarni sanab chiqish jarayoniga aralashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biron bir partiya yoki nomzodga tegishli ramziy tusdagi belgilarni taqib yoki olib yurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, oʻtkazilayotgan saylov bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlarda ishtirok etishi MSK tomonidan oldindan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning vakolat muddati ularga mandat berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman eʼlon qilingan kuni tugaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MSK tomonidan takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar mandati tegishli muddatga uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar faoliyatining kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi himoyasi ostida boʻladilar va ularning qonun hujjatlarida belgilangan huquq va erkinliklari taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashqi ishlar vazirligi, MSK, hududiy, tuman, shahar, okrug, uchastka saylov komissiyalari oʻz vakolatlari doirasida xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar faoliyatiga koʻmaklashadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Saylov komissiyalari xorijiy (xalqaro) kuzatuvchini mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan roʻyxatga olgandan keyin unga oʻz vakolatlarini toʻlaqonli hamda toʻsqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar oʻz faoliyatlarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Saylov qonunchiligini va xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar mazkur Nizomda belgilangan oʻz vakolatlari doirasidan chetga chiquvchi faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek saylovga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish va saylov kampaniyasining borishini kuzatish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat bilan shugʻullanishda oʻz maqomidan foydalanishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agar xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablarini, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan qoidalari va normalarini buzsa, MSK xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning huquqlarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi Nizomga

Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida akkreditatsiya qilish uchun anketa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Application form for accreditation as a foreign (international) observer
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Familiyasi

Last name

Ismi

First name

Otasining ismi (agar mavjud boʻlsa)

Middle name (If applicable)

Tugʻilgan sanasi (kun, oy, yil)

Date of birth (day, month, year)

Tugʻilgan joyi

Place of birth

Jinsi

Gender

Male

Female

Fuqaroligi

Nationality

Pasport raqami

Passport number

Amal qilish muddati

Date of expiry

Yashash manzili

Nome address

Telefon

Mobile

Elektron pochta manzili

E-mail

Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilik turi

Type of role as a foreign (international) observer

International and intergovernmental organizations;

Election Management Body

NGO

Other

Xalqaro va hukumatlararo tashkilotlar nomi/ Saylov boshqaruv organlari/ NNT / boshqa tashkilotlar

Name of the International and Intergovernmental Organizations

Election Management Body

NGO

Other

OSCE ODINR, CIS, TurkPA, SCO etc.

CEC of Russia, EC of India etc.

A-Web, AAEA, IFES, NCCN etc.

Please specify

Ish joyi

Represented Organization

Lavozimi

Title/Position

Ish joyi manzili

Address of the Organization

Ish joyi telefoni

Work phone

Ish joyi elektron pochta manzili

Work E-mail

Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilik tajribasi, shu jumladan Oʻzbekistonda (mamlakat, yil, qaysi missiya tarkibida)

Experience from election observation, including in Uzbekistan (country, year, mission)

Oʻzbekiston Respublikasiga kelish sanasi

Date of Arrival in the Republic of Uzbekistan

If available

Oʻzbekiston Respublikasidan ketish sanasi

Date of Departure from the Republic of Uzbekistan

If available

By submitting this application, I hereby consent to the collection, processing, recording and use of my personal information for the purpose and duration of the Parliamentary Elections in Uzbekistan

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi Nizomga
1a-ILOVA

(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi mandatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNASI VA TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining mandati uning maqomini tasdiqlovchi hujjatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mandat namunada rekvizitlari keltirilgan 140 x 100 mm. oʻlchamdagi ikki tarafli (oʻzbek va rus yoki oʻzbek va ingliz tillarida) namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mandatni tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ramzlari, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy ramzi, shuningdek turli bezak va ranglardan foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mandatda uning tartib raqami, xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining familiyasi, ismi, uni vakil sifatida yuborgan mamlakat (xorijiy davlatlarning kuzatuvchilari uchun) va (yoki) tashkilot (xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun) nomi boʻladi va Markaziy saylov komissiyasi raisining imzosi qoʻyilib, komissiyaning gerbli dumaloq muhri bilan tasdiqlanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 938-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari haqida Nizom” toʻgʻrisida” 1999-yil 9-oktabrdagi 35-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida xorijiy kuzatuvchilarning guvohnomasi toʻgʻrisida” 1999-yil 9-noyabrdagi 57/1-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq Markaziy saylov komissiyasining nizom va yoʻriqnomalari toʻgʻrisida” 2004-yil 18-sentabrdagi 198-son qarori 1-bandi va 1-ilovasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlari toʻgʻrisida” 2009-yil 17-sentabrdagi 417-son qarori 1-bandi va 1-ilovasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 11-sentabrdagi 618-son qarori 1-bandining oltinchi xatboshisi va 5-ilovasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashadigan xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-sentabrdagi 734-son qarori.