20.09.2019 yildagi 789-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sanʼatning xalq hayotidagi oʻrni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, madaniyat va sanʼat bilan yaqindan bahramand etishni nazarda tutib yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga keng qamrab olish, shuningdek, teatr-studiyaning toʻlaqonli faoliyat yuritishini tashkil etish hamda faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda teatr-studiya deb ataladi) binosida homiylik xayriyalari hisobiga qurilish-montaj ishlari yakunlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar teatr-studiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar tomonidan ijro etilgan badiiy jihatdan yuksak, xalqchil asarlarni sahnalashtirish, teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlarini yaratish va namoyish etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teatr va qoʻshiqchilik sanʼati orqali bolalarni milliy mumtoz sanʼat, jahon klassik musiqasi, shuningdek, xalq ijodiyotining yorqin namunalari bilan tanishtirish va oʻrgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar orasida teatr va tomosha sanʼatini keng targʻib qilish hamda iqtidorli bolalarni kashf etish, ularni ragʻbatlantirish maqsadida mamlakatimiz va xorijiy muassasalar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli bolalar festivallari, koʻrik-tanlovlar, madaniyat, sanʼat, ilm-fanning atoqli arboblari bilan uchrashuvlar, benefis, teatr spektakllari, maxsus tayyorlangan dasturlar, ijodiy kechalar tashkil qilish va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda va xorijda teatr va tomosha gastrol faoliyatining keng koʻlamli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi shtatlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar teatr-studiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teatr-studiyaning spektakl, teatrlashtirilgan tomoshalar namoyishi va gastrol faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari hamda donor tashkilotlar grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, teatr-studiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar uning oʻz daromadlari bilan qoplanmagan qismi uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda teatr-studiyaning yangi tahrirdagi ustavining belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teatr-studiyaning faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tadbirlar samarali oʻtkazilishini taʼminlash uchun teatr-studiyaga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga bitta yengil avtomobil va bitta avtobus xarid qilish hamda saqlash uchun limit belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 20-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
789-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-sentabrdagi 789-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ShTATLARI

T/r

Tarkibiy boʻlinmalar va lavozimlarning nomi

Shtat birligining soni

I. Maʼmuriy boshqaruv xodimlari

1.

Direktor

1

2.

Direktor oʻrinbosari

1

3.

Bosh muhandis

1

4.

Bosh administrator

1

5.

Bosh buxgalter

1

6.

Libosxona mudiri

1

II. Badiiy boshqaruv xodimlari

7.

Badiiy rahbar

1

8.

Bosh rejissor

1

9.

Bosh baletmeyster

1

10.

Badiiy sahnalashtirish boʻlimi mudiri

1

11.

Musiqa boʻlimi mudiri

1

12.

Adabiy boʻlim mudiri

1

13.

Truppa rahbari

1

III. Badiiy xodimlar

14.

Sahnalashtiruvchi rejissor

1

15.

Sahnalashtiruvchi rassom

1

16.

Modelyer rassom

1

17.

Bezakchi rassom

1

18.

Xormeyster

1

19.

Baletmeyster

1

20.

Konsertmeyster

1

21.

Balet repetitori

1

22.

Vokal repetitori

1

23.

Ovoz rejissori

2

24.

Ovoz operatori

1

25.

Chiroq boʻyicha rassom

1

IV. Ijodiy xodimlar

26.

Artist-vokalist (solist)

10

V. Mutaxassislar

27.

Yuriskonsult*

1

28.

Oʻqituvchi

1

29.

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

VI. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar

30.

Chiroq yorituvchi

2

31.

Liboschi

1

32.

Sahna mashinisti

2

33.

Qorovul

**

34.

Ish yurituvchi

1

35.

Videomuhandis

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* yuriskonsult lavozimining tarif razryadi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasini kecha-kunduz qoʻriqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda — 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.

1. Mazkur shtatlarda nazarda tutilgan xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida“ 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga asosan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi shtatlariga, ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga quyidagi bino, inshootlar va jihozlarni joriy taʼmirlovchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi lavozimlar kiritilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektromontyor lavozimi — 700 tagacha yoritish nuqtalari (oʻchirish-yoqish, rozetka va korobka) (teatr-studiya balansida boʻlgan koʻchani yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun — 0,5 birlik, yoritish nuqtalari 700 dan ortiq boʻlsa, 1,0 birlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chilangar (chilangar-santexnik) lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2800 kv.m maydon uchun — 1,0 birlik (biroq, 2,0 birlikdan ortiq emas);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
duradgor lavozimi — teatr-studiya binosining foydalaniladigan 3500 kv.m va undan ortiq maydoni uchun — 1,0 birlik kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarning ichki qismi, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat xonalari, yoʻlaklar, zinapoyalar maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 800 kv.m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchi lavozimi balansda mavjud har bir foydalanilayotgan avtotransport vositasi uchun 1,0 birlik hisobida kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chipta kassiri va chipta nazoratchisi 1,0 birlik hamda tomosha zali nazoratchisi 2,0 birlik hisobida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-sentabrdagi 789-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2010-yil 3-dekabrdagi 285-son qarorining 2, 5 va 7-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat teatrlari toifalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” va “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasalarining bazaviy lavozim maoshlari 2-guruh asosida qoʻllaniladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2019-y., 09/19/789/3782-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)