04.09.2019 yildagi PF-5809-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

“Nukus” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini kompleks rivojlantirish, mineral xomashyo va qishloq xoʻjaligi resurslarini chuqur qayta ishlash orqali yuqori texnologik va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishlarini tashkil etishga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda shu asosda respublikamizning eksport hajmlarini oshirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish hamda hudud aholisi farovonligini yuksaltirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining “Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasini “Nukus” erkin iqtisodiy zonasiga (keyingi oʻrinlarda — “Nukus” EIZ) aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Nukus” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi bozorlarda talab kuchli boʻlgan va import oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan, shu jumladan keyinchalik qayta ishlash maqsadida dorivor oʻsimliklar xomashyosini oʻziga xos tabiiy sharoitlarda yetishtirish imkoniyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, shuningdek, toʻqimachilik, poyabzal va charm-galantereya, oziq-ovqat, elektrotexnika, mashinasozlik, avtomobilsozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari tarmoqlarida, birinchi navbatda belgilangan tartibda tashkil etilgan plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor oʻsimliklar xomashyosi va dorivor preparatlar (substansiyalar) negizida yuqori qoʻshilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi korxonalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy xomashyo va materiallar negizida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari oʻrtasida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nukus” EIZ hududida ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, ushbu hududda sifatli logistika xizmatlari koʻrsatish boʻyicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nukus” EIZning ixtisoslashgan kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan ularning “Nukus” EIZ hududida joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi orqali tayyorlashda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dorivor oʻsimliklar xomashyosi introduksiyasi va kultivatsiyasini oʻrganish boʻyicha tajriba-sinov laboratoriyalariga ega ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nukus” EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nukus” EIZ hududida alohida soliq va bojxona tartiblari amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Nukus” EIZ ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4853-son Farmonining 3, 4 va 5-bandlari qoidalari tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Nukus” EIZning bosh rejasi belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Nukus” EIZ hududlarining chegaralarini belgilashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Nukus-farm” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasi “Nukus” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasi deb qayta nomlansin va unga “Nukus” EIZ faoliyatini operativ boshqarish funksiyasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nukus-farm” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasining huquq va majburiyatlari belgilangan tartibda “Nukus” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasiga oʻtadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchilari qoʻshimcha tartib-taomillardan oʻtmagan holda “Nukus” EIZ ishtirokchisi maqomiga ega boʻladi va ular uchun qonunchilikda avval nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda “Nukus” EIZni muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan taʼminlash yuzasidan takliflarni ularning aniq moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining mavjud mineral-xomashyo resurslarini inobatga olgan holda, import tarkibini har tomonlama tahlil qilish asosida “Nukus” EIZ hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni joylashtirish boʻyicha dasturlar ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda ularga “Nukus” EIZning muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalarning belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi M.T. Yerniyazov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 4-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5809-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-sentabrdagi PF-5809-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5032-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomidan “Nukus-farm” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) preambuladan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 1-banddan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi”, “Nukus-farm” va “Nukus-farm” EIZ” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidan “Nukus-farm” EIZ” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridan, 4, 9, 10, 14, 15, 18, 19 va 20-bandlardan “Nukus-farm” EIZ” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidan “Nukus-farm” EIZ” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 11 va 13-bandlardan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi” va “Nukus-farm” EIZ” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi” va “Nukus-farm” EIZ” soʻzlari chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshidan “Nukus-farm” EIZ” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi” va “Nukus-farm” EIZ” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidan “Nukus-farm” EIZ” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5412-son Farmonining 8-bandidan “Nukus-farm” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 06/19/5809/3687-son)