19.08.2019 yildagi 694-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tizimida huquqiy bilimni oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari tergovchilarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, kursantlarning (talabalarning) nazariy bilimni huquqni qoʻllash amaliyotiga tatbiq etish boʻyicha amaliy koʻnikmalarini shakllantirish, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari va fuqarolar yigʻini raislarining huquqiy bilimini oshirish borasidagi ishlar samaradorligini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Adliya vazirligining 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetining (keyingi oʻrinlarda oliy taʼlim muassasalari deb ataladi) yuqori natijalar qayd etgan kursantlari (talabalari) oʻqishning soʻnggi bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazishi tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 09/21/500/0767-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy taʼlim muassasalarining yuqori natijalarni qayd etgan kursantlari (talabalari) oʻqishning soʻnggi bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarining yuqori natijalar qayd etgan kursantlari (talabalari) tegishliligi boʻyicha amaliyot oʻtash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlariga, jumladan, sud, prokuratura, ichki ishlar, milliy gvardiya, adliya organlari va advokatura tuzilmalariga tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Adliya vazirligi tomonidan biriktiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda yuqori natijalar qayd etgan kursantlarni (talabalarni) amaliyot oʻtash uchun amaliyot oʻtkazuvchi organlarga biriktirish ularning mutaxassisligi (yoʻnalishi) boʻyicha tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarining yuqori natijalar qayd etgan kursantlari (talabalari) oʻqishining soʻnggi bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazish belgilangan oʻquv yuklamalari hajmi doirasida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida yuqori malakali amaliyot xodimlari, professor va oʻqituvchilar hamda ekspertlarni jalb qilgan holda ichki ishlar organlari tergovchilarining (keyingi oʻrinlarda tergovchilar deb ataladi) malakasini oshirish tizimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar ichki ishlar organlari tergovchilarining malakasini oshirish tizimini joriy etishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki tergovni amalga oshirishda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustunligiga, ularning shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishiga soʻzsiz rioya qilish koʻnikmasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tergovchilarning bilim va malakasini oshirishda innovatsion texnika va vositalardan foydalanish hamda yangi ish usullarini oʻrgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tergovchilarning oʻta murakkab, shu jumladan, uyushgan jinoiy guruhlar va uyushmalar tomonidan sodir etilgan, axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish boʻyicha malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tergovchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida malaka oshirishi xizmatdan ajralmagan holda amalga oshiriladi hamda har yili ichki ishlar organlarining ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshrish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 10-oktabrdagi PQ-2050-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida davlat taʼlim muassasasi shaklida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 6-avgustdagi PQ-3901-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallarida joylardagi davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning malakasini oshirish kurslari tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hokimlar va fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) uchun malaka oshirish kurslarining taʼlim dasturlariga huquqshunoslikka oid oʻquv soatlari ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 19-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
694-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 694-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy taʼlim muassasalarining yuqori natijalarni qayd etgan kursantlari (talabalari) oʻqishning soʻnggi bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazishi tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetining (keyingi oʻrinlarda oliy taʼlim muassasalari deb ataladi) yuqori natijalar qayd etgan kursantlari (talabalari) oʻqishning soʻnggi bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazishi tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 09/21/500/0767-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori natijalar qayd etgan kursantlar (talabalar) — oʻtgan oʻquv yillari boʻyicha oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 80 foiz va undan yuqori boʻlgan kursantlar (talabalar) (keyingi oʻrinlarda kursantlar (talabalar) deb ataladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlar (talabalar) amaliyoti — oliy taʼlim muassasalarining yuqori natijalar qayd etgan kursantlarining (talabalarining) amaliyot oʻtash uchun tegishliligi boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarida, shu jumladan, sud, prokuratura, ichki ishlar, milliy gvardiya, adliya organlari va advokatura tuzilmalarida nazariy bilimini mustahkamlash, amaliy koʻnikma va mahoratini oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot oʻtkazuvchi organ oʻqishning soʻngi bosqichida kursantlar (talabalar) amaliyot olib boradigan huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlarning (talabalarning) amaliyot organidagi faoliyati boʻyicha murabbiy — qabul qiluvchi organning kursantlarni (talabalarni) amaliy koʻnikmalarga oʻrgatish va ularning kasbiy faoliyatini muvofiqlashtirish masʼuliyati yuklangan masʼul xodimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kursantlar (talabalar) amaliyoti ularning amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash, normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda qoʻllash boʻyicha kasbiy malakasini shakllantirish va oshirish, kelgusida xizmat faoliyatiga tayyorlash maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kursantlar (talabalar) amaliyotini oʻtkazish joyi va dasturi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oliy taʼlim muassasalarining xususiyatlari hamda nazariy tayyorgarlik darajasi inobatga olingan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kursantlar (talabalar) amaliyot oʻtash davrida oʻquv rejasi boʻyicha belgilangan malakaviy amaliyotni oʻtashdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kursantlarning (talabalarning) amaliyot oʻtashi ularni oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim jarayoni doirasidagi majburiyatlardan ozod etmaydi va ular oʻquv jarayonida belgilangan nazorat turlarini toʻliq bajarib borishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy taʼlim muassasalarining yuqori natijalar qayd etgan kursantlari (talabalari) oʻqishining soʻnggi bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazish tartibi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kursantlar (talabalar) amaliyotini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy taʼlim muassasalari yangi oʻquv yili boshlangunga qadar oʻqishning soʻnggi bosqichiga oʻtgan kursantlarning (talabalarning) oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini 100 ballik shkala asosida aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda oʻzlashtirish koʻrsatkichi 5 ballik shkalada baholanadigan oliy taʼlim muassasalari kursantlarining (talabalarining) oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadigan baholashni 5 ballik shkaladan 100 ballik shkalaga oʻtkazish jadvali asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Taʼlimning yakunlovchi bosqichiga qadar oʻtgan oʻquv yillari boʻyicha oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 80 foiz va undan yuqori boʻlgan kursantlar (talabalar) roʻyxati oliy taʼlim muassasalari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amaliyot oʻtash organiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toshkent davlat yuridik universitetida yuqori natijalarga erishgan talabalar bevosita amaliyotga ularning xohish-istaklari inobatga olingan holda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetining yuqori natijalarga erishgan talabalarini oʻqishning yakuniy bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazish boʻyicha ularning xohish-istaklarini aniqlash maqsadida suhbat tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqishning yakuniy bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazish uchun yuborilgan Toshkent davlat yuridik universiteti talabalariga ularning xohishlarini inobatga olib vakant lavozimlar mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi qoidalari tatbiq qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kursantlar (talabalar) amaliyotini samarali tashkil etish maqsadida ularga amaliyot oʻtash organi tomonidan murabbiy biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murabbiy oʻziga biriktirilgan kursantlar (talabalar) amaliyotini toʻgʻri tashkil qilish uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Amaliyot organi va murabbiylarga hamda kursantlar (talabalar) amaliyotiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Amaliyot organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlar (talabalar) amaliyotini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda ularning amaliyot oʻtash dasturini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlar (talabalar) amaliyotini samarali va toʻgʻri tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Murabbiy:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlarga (talabalarga) xizmat (mehnat) faoliyati haqida tushuntirish beradi va ularning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlarga (talabalarga) xavfsizlik choralari va amaliyot organining ichki tartib-qoidalari toʻgʻrisida yoʻriqnoma beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlar (talabalar) tomonidan maxfiylik tartibiga rioya etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kursantlar (talabalar) amaliyoti monitoringini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot organida xizmat faoliyati davomida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan kursantlarni (talabalarni) amaliyot oʻtagan organda lavozimlarga tayinlash uchun takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kursantlarni (talabalarni) amaliyot oʻtash vaqtida xizmat (mehnat) faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan vazifalarni bajarishga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kursantlar (talabalar) amaliyot oʻtash davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot oʻtash vaqtida amaliyot organi xodimlari uchun belgilangan ichki tartib qoidalariga va intizomga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot oʻtash dasturida nazarda tutilgan barcha tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot organi va murabbiylarning qonuniy talab va yoʻriqnomalariga rioya etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kursantlar (talabalar) amaliyot jarayonida xizmat (mehnat) intizomini buzish holatlariga yoʻl qoʻygan taqdirda, amaliyot oʻtash toʻxtatiladi va ularning amaliyotni davom ettirish yoki ettirmaslik masalasi tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kursantlar (talabalar) amaliyotini toʻxtatish va davom ettirmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda amaliyot organlari ularni oliy taʼlim muassasalariga qaytarib yuboradi hamda bu haqda tegishli oliy taʼlim muassasasiga xabar yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari tomonidan amaliyot organlaridan qaytarib yuborilgan kursantlarga (talabalarga) nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kursantlarga (talabalarga) amaliyot organida xizmatni oʻtash davrida mustaqil ravishda murabbiylarning nazoratisiz xizmat vazifalarini bajarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kursantlar (talabalar) uchun amaliyot oʻtash davrida qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha taʼminot turlari saqlab qolinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kursantlar (talabalar) amaliyot oʻtash organi tomonidan belgilangan tartibda ragʻbatlantirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Amaliyotda yuqori natijalarga erishgan kursantlarga (talabalarga) biriktirilgan murabbiylar ragʻbatlantirilishi, shu jumladan, ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoʻshimcha ustamalar tayinlanishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy taʼlim muassasalarining yuqori natijalarni qayd etgan kursantlari (talabalari) oʻqishning soʻngi bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy taʼlim muassasalarining yuqori natijalarni qayd etgan kursantlari (talabalari) oʻqishning soʻnggi bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/694/3597-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 09/21/500/0767-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)