17.08.2019 yildagi 679-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri umumtaʼlim maktablari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-2019 oʻquv yilida Toshkent shahrining 309 004 nafar oʻquvchi oʻrniga ega 303 ta umumtaʼlim maktabida jami 409 703 nafar oʻquvchi tahsil olgani holda oʻrtacha navbatlilik darajasi 1,4 ni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-2020 oʻquv yili uchun umumtaʼlim maktablarining 1-sinflariga keladigan oʻquvchilar hisobiga Toshkent shahri umumtaʼlim maktablarida taʼlim olishi kutilayotgan oʻquvchilar soni 450 ming nafarga yetadi va natijada qoʻshimcha umumtaʼlim maktablarida qoʻshimcha 140 ming oʻquvchi oʻrniga ehtiyoj yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi kunga kelib Toshkent shahrida 266 ta umumtaʼlim maktabining navbatlilik darajasi normal, qolgan 37 tasida joylashuv oʻrnining nomutanosibligi natijasida navbatlilik darajasi normal darajada emas yoki ayrim umumtaʼlim maktablarida bu koʻrsatkich 2 dan yuqoriligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim sifatini yanada oshirish, Toshkent shahrining oʻziga xos xususiyatlarini, shahar aholisining va zamonaviy shaharsozlikka qoʻyilayotgan talablarning yildan-yilga oʻsib borayotganligini inobatga olgan holda Toshkent shahridagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktablardagi oʻquvchilar sonini belgilangan meʼyorlarga moslashtirish, oʻqituvchilar salohiyatini oshirish va mehnatini ragʻbatlantirish, oʻquvchi-yoshlarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari va xalqaro talablar asosida zamonaviy ilm-fan yutuqlarini egallashlarini taʼminlash uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilda qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobiga Toshkent shahrida rekonstruksiya qilinadigan, kapital taʼmirlanadigan va jihozlanadigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining manzilli roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent shahrida qurilgan mahallalar uchun yangi maktab qurish, mavjud maktablarni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hamda jihozlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil yakuniga qadar markazlashtirilgan investitsiya xarajatlarini oshirish hisobiga qoʻshimcha 400,0 mlrd soʻm (jumladan, 260 mlrd soʻm respublika budjetining qoʻshimcha daromadlari — Markaziy bankning foydasi, 100 mlrd soʻm — Toshkent shahar mahalliy budjeti daromadlar rejasi oshirib bajarilishi va 40,0 mlrd soʻm — respublika budjetidan — Xalq taʼlimi sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasiga budjetdan 2018-yilda ajratilishi belgilangan mablagʻlar hisobiga) ajratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilda ajratilishi rejalashtirilayotgan 400,0 mlrd soʻm mablagʻni moliyalashtirish manbai yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Umumtaʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlari boʻyicha quyidagilar buyurtmachi etib tayinlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Xalq taʼlimi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi — qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Oʻquv taʼlim-taʼminot” davlat unitar korxonasi — jihozlash ishlari boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini yakunlash uchun joriy yilning oxirigacha qisqa muddat qolayotganini inobatga olgan holda, bosh pudratchi, bosh loyihachi va jihozlar yetkazib beruvchi tashkilotlarni tender savdolari oʻtkazilmasdan yetarli ishlab chiqarish quvvatlari va tajribaga ega boʻlgan pudratchi tashkilotlar orasidan eng maqbul takliflar tanlovi orqali tanlab olish yoʻli bilan aniqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi taklifiga rozilik berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish markazlashtirilgan investitsiyalar orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq Toshkent shahrida rekonstruksiya qilinadigan, kapital taʼmirlanadigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari jihozlarining ergonomikligi, qoʻllashda qulayligi va foydalanishda xavfsizligini, jihozlarga qoʻyilgan texnik talablarni va dizaynini qayta koʻrib chiqsin va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda takomillashtirilishini va jihozlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda qurish-taʼmirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini va texnik topshiriqlarini ishlab chiqishda bino fasadlariga zamonaviy dizayn, energiyani tejaydigan va uzoq muddat xizmat qiladigan qurilish va pardozlash materiallaridan, shu jumladan, ustuvor ravishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar materiallaridan foydalanilishni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2020-yilda ajratiladigan 400 mlrd soʻm mablagʻ hisobidan yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital taʼmirlanadigan va jihozlanadigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining manzilli roʻyxatini shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-sentabrdan boshlab qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ilgʻor mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda, zamonaviy hamda xalqaro standartlarga javob beradigan talablar asosida ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga 3-ilovaga muvofiq nazarda tutilgan bino va inshootlar belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilib olinishini hamda ulardan samarali foydalanilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari binolaridan Toshkent shahridagi oʻquvchilari soni belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun qoʻshimcha bino sifatida foydalanish uchun berish, zarur hollarda yangi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorga 3-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan binolarda oʻqiyotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar ushbu binolarda oʻquv jarayonini davom ettiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahar hokimligi ikki oy muddatda Toshkent shahridagi avval umumiy oʻrta taʼlim muassasasi sifatida faoliyat koʻrsatgan hamda bugungi kunda boʻsh turgan yoki foydalanilayotgan davlat mulki obyektlarini aniqlasin, ularni 2020-yil 1-sentabrga qadar bosqichma-bosqich boʻshatish hamda ular negizida umumiy oʻrta taʼlim maktablari faoliyatini tiklash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik shartlarida va xususiy shaklda nodavlat taʼlim muassasalari tarmogʻini yanada kengaytirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, 2020-yildan boshlab tajriba-sinov tariqasida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini xususiy sektor vakillariga qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, jihozlash, boshqarish, foydalanish va saqlash uchun berish usullarini amaliyotga joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda umumiy oʻrta taʼlim maktablarini xususiy sektor vakillariga davlat-xususiy sheriklik shartlarida va xususiy shaklda berish davrida ushbu taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan oʻquvchilarning taʼlim olishlari bilan bogʻliq xarajatlarni budjetdan moliyalashtirish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda amaliyotga joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarini oliy maʼlumotli kadrlar bilan toʻldirish, oliy toifali oʻqituvchilar sonini oshirish, bir nafar oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oʻquvchilar ulushini bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga moslashtirish dasturini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogika sohasiga moyilligi, qiziqishi boʻlgan yuqori sinf oʻquvchilari uchun kasbga yoʻnaltirish ishlarini jonlantirish maqsadida “Yosh pedagog sinflari”ni tashkil etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 17-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
679-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 679-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilda qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobiga Toshkent shahrida rekonstruksiya qilinadigan, kapital taʼmirlanadigan va jihozlanadigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

T/r

Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi nomi

Jami quvvati

Shundan:

Oʻquvchilar soni

Navbatlilik koeffitsiyenti

Dastlabki qiymati (mln soʻmda)

Qurilish

Kapital taʼmirlash

Toshkent shahri boʻyicha jami (50 ta)

57 017

5 190

50 927

69 222

1,2

400 000,0

Qurilish-tiklash ishlari uchun

367 948,8

Jihozlash va boshqalar harajatlar uchun *

32 051,2

Rekonstruksiya (10 ta)

13 061

5 190

7 631

17 634

1,4

83 590,2

1.

1.

Bektemir tumani 289-son umumtaʼlim maktabi (mavjud 844 oʻrinli binosini kapital taʼmirlash va 540 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish)

1 384

540

844

2 047

1,4

6 245,6

2.

2.

Mirobod tumani 83-son umumtaʼlim maktabi
(mavjud 260 oʻrinli binosini kapital taʼmirlash va 630 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish)

890

630

260

1 213

1,4

2 500,0

3.

3.

Uchtepa tumani 238-son umumtaʼlim maktabi
(900 oʻrinli qoʻshimcha bino qurish va 1200 oʻrinli mavjud binoni kapital taʼmirlash)

2 100

900

1 200

2 699

1,3

35 396,6

4.

4.

Uchtepa tumani 283-son umumtaʼlim maktabi
(mavjud 960 oʻrinli binosini kapital taʼmirlash va 540 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish)

1 500

540

960

1 772

1,2

7 104,0

5.

5.

Chilonzor tumani 101-son umumtaʼlim maktabi (mavjud 1567 oʻrinli binoni kapital taʼmirlash va 540 oʻrinli qoʻshimcha bino qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish)

2 107

540

1 567

3 071

1,5

10 200,0

6.

6.

Shayxontohur tumani 102-son umumtaʼlim maktabi (mavjud 960 oʻrinli binosini kapital taʼmirlash va 540 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish)

1 500

540

960

1 980

1,3

7 104,0

7.

7.

Yakkasaroy tumani 91-son umumtaʼlim maktabi (mavjud 560 oʻrinli binosini kapital taʼmirlash va 420 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish)

1 220

420

560

1 418

1,2

4 144,0

8.

8.

Yashnobod tumani 23-son umumtaʼlim maktabi (mavjud 320 oʻrinli binosini kapital taʼmirlash va 540 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish)

860

540

320

1 174

1,4

2 368,0

9.

9.

Yashnobod tumani 61-son umumtaʼlim maktabi (mavjud 960 oʻrinli binosini kapital taʼmirlash va 540 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish)

1 500

540

960

2 260

1,5

7 104,0

10.

10.

Olmazor tumani Guruchariq MFYda yangi maktab tashkil etish (sobiq Chinni zavodi xududidagi 560 oʻrinli binosini rekonstruksiyalash va 630 oʻrinli qoʻshimcha bino qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish)

1 190

1 190

1 424,0

Kapital taʼmirlash (40 ta)

43 956

0

43 296

51 588

1,2

284 358,6

10.

1.

Mirobod tumani 158-son umumtaʼlim maktabi

800

800

1 339

1,7

5 050,0

11.

2.

Mirobod tumani 294-son umumtaʼlim maktabi

1 251

1 251

1 847

1,5

8 006,4

12.

3.

Mirzo Ulugʻbek tumani 222-son umumtaʼlim maktabi

960

960

745

0,8

6 050,0

13.

4.

Mirzo Ulugʻbek tumani 248-son umumtaʼlim maktabi

1 500

1 500

1 880

1,3

9 750,0

14.

5.

Mirzo Ulugʻbek tumani 279-son umumtaʼlim maktabi

1 050

1 050

2 068

2,0

6 720,0

15.

6.

Olmazor tumani 22-son umumtaʼlim maktabi

1 060

1 060

1 186

1,1

6 650,0

16.

7.

Olmazor tumani 24-son umumtaʼlim maktabi

1 290

630

1 186

1,9

15 000,0

17.

8.

Olmazor tumani 111-son umumtaʼlim maktabi

630

630

685

1,1

4 032,0

18.

9.

Olmazor tumani 134-son umumtaʼlim maktabi

1 650

1 650

1 402

0,8

10 050,0

19.

10.

Olmazor tumani 219-son umumtaʼlim maktabi

1 010

1 010

1 189

1,2

6 464,0

20.

11.

Sergeli tumani 32-son umumtaʼlim maktabi

964

964

888

0,9

6 169,6

21.

12.

Sergeli tumani 237-son umumtaʼlim maktabi

850

850

646

0,8

5 440,0

22.

13.

Sergeli tumani 266-son umumtaʼlim maktabi

1 251

1 251

851

0,7

8 006,4

23.

14.

Sergeli tumani 285-son umumtaʼlim maktabi

1 251

1 251

2 021

1,6

8 006,4

24.

15.

Sergeli tumani 317-son umumtaʼlim maktabi

1 251

1 251

1 529

1,2

8 006,4

25.

16.

Uchtepa tumani 14-son umumtaʼlim maktabi

1 250

1 250

692

0,6

8 000,0

26.

17.

Uchtepa tumani 129-son umumtaʼlim maktabi

960

960

1 118

1,2

6 144,0

27.

18.

Uchtepa tumani 245-son umumtaʼlim maktabi

960

960

1 172

1,2

6 144,0

28.

19.

Uchtepa tumani 295-son umumtaʼlim maktabi

1 251

1 251

1 070

0,9

8 006,4

29.

20.

Uchtepa tumani 296-son umumtaʼlim maktabi

1 800

1 800

2 352

1,3

10 100,0

30.

21.

Uchtepa tumani 297-son umumtaʼlim maktabi

1 100

1 100

1 176

1,1

7 040,0

31.

22.

Uchtepa tumani 312-son umumtaʼlim maktabi

1 200

1 200

1 459

1,2

7 680,0

32.

23.

Chilonzor tumani 126-son umumtaʼlim maktabi

1 250

1 250

1 975

1,6

7 900,0

33.

24.

Chilonzor tumani 164-son umumtaʼlim maktabi

1 050

1 050

1 666

1,6

6 696,4

34.

25.

Chilonzor tumani 232-son umumtaʼlim maktabi

1 050

1 050

818

0,8

6 720,0

35.

26.

Shayxontohur tumani 40-son umumtaʼlim maktabi

760

760

1 030

1,4

4 864,0

36.

27.

Shayxontohur tumani 82-son umumtaʼlim maktabi

1 176

1 176

800

0,7

7 150,0

37.

28.

Shayxontohur tumani 262-son umumtaʼlim maktabi

1 251

1 251

1 294

1,0

7 906,4

38.

29.

Shayxontohur tumani 276-son umumtaʼlim maktabi

1 251

1251

1 370

1,1

7 906,4

39.

30.

Shayxontohur tumani 299-son umumtaʼlim maktabi

1 251

1 251

1 270

1,0

7 909,8

40.

31.

Yunusobod tumani 86-son umumtaʼlim maktabi

850

850

2 207

2,6

5 440,0

41.

32.

Yunusobod tumani 97-son umumtaʼlim maktabi

1 176

1 176

2 892

2,5

7 150,0

42.

33.

Yunusobod tumani 117-son umumtaʼlim maktabi

720

720

531

0,7

4 608,0

43.

34.

Yunusobod tumani 220-son umumtaʼlim maktabi

1 176

1 176

1 395

1,2

7 450,0

44.

35.

Yakkasaroy tumani 73-son umumtaʼlim maktabi

760

760

517

0,7

4 864,0

45.

36.

Yakkasaroy tumani 319-son umumtaʼlim maktabi

750

750

826

1,1

4 800,0

46.

37.

Yashnobod tumani 215-son umumtaʼlim maktabi

1 176

1 176

882

0,8

7 150,0

47.

38.

Yashnobod tumani 206-son umumtaʼlim maktabi

960

960

1 340

1,4

6 144,0

48.

39.

Yashnobod tumani 226-son umumtaʼlim maktabi

960

960

1 082

1,1

6 144,0

49.

40.

Yashnobod tumani 255-son umumtaʼlim maktabi

1 100

1 100

1 192

1,1

7 040,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: * Ushbu mablagʻlar hisobidan 2019-yilda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 4 ta yangi qurilayotgan umumtaʼlim maktabini jihozlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha mablagʻlar, buyurtmachini saqlash xarajatlari hamda loyiha-smeta hujjatlariga olingan ekspertiza xulosalari yakuni boʻyicha yetishmagan mablagʻlarni qoplash ham nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 679-son qaroriga
3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tuman nomi

Taʼlim muassasasining nomi

Taʼlim muassasasining manzili

Bino quvvati

1.

Sergeli tumani

Toshkent moliya va iqtisod kolleji

Sergeli tumani, Sergeli-3 mavzesi,49-uy

1050

2.

Mirobod tumani

Mirobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji

Mirobod tumani, Quddus koʻchasi,12-uy

615

3.

Mirobod sanoat kasb-hunar kolleji

Mirobod tumani, Sarakoʻl koʻchasi, 1-uy

1600

4.

Yunusobod tumani

Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji

Yunusobod tumani, Xasanboy mavzesi, Islomobod koʻchasi, 1-tor koʻchasi, 21-a-uy

540

5.

Toshkent moliya instituti qoshidagi Moliya akademik litseyi (yotoqxona binosidan tashqari)

Yunusobod tumani, Zarbuloq koʻchasi, 14-uy

600

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/679/3578-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)