05.12.2017 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Afgʻoniston Islom Respublikasi oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Afgʻoniston Islom Respublikasi, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsip va normalariga amal qilgan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkala Ahdlashuvchi Tomon fuqarolarining shaxsiy va mulkiy huquqlarini teng huquqiy himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarning muhimligini eʼtirof etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy hamkorlikni rivojlantirishni taʼkidlagan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Huquqiy himoya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Huquqiy himoyani taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari, shuningdek, uning hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan oʻzga shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida oʻz shaxsiy va mulkiy huquqlariga nisbatan ushbu boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari singari huquqiy himoyadan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari, shuningdek, uning hududida yashovchi oʻzga shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar vakolat doirasiga kiradigan sud, prokuratura, ichki ishlar organlari va boshqa muassasalariga (keyingi oʻrinlarda “adliya muassasalari” deb ataladi) murojaat qilish huquqiga egalar. Ular ushbu Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari kabi bir xil shartlarda protsesslarda ishtirok etish, daʼvo qoʻzgʻatish, iltimosnoma berish va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishlari ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Shartnomaning qoidalari tegishli tarzda Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlarida ularning milliy qonunchiligiga binoan taʼsis etilgan yuridik shaxslar, shuningdek, protsessual huquq layoqatiga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Bojlarni toʻlash va xarajatni qoplashdan ozod etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari, shuningdek, uning hududida yashovchi oʻzga shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida huquqiy yordam va notarial harakatlar uchun toʻlov va xarajatlarni qoplashdan ozod etiladilar hamda uning oʻz fuqarolari singari bir xil darajada va shartlarda bepul yuridik yordamdan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar muayyan ish boʻyicha amalga oshirilayotgan barcha protsessual harakatlarga, shu jumladan, qarorni ijro etishga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Shaxsni tasdiqlovchi, oilaviy va mulkiy ahvol toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Shartnomaning 2-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar ularni taqdim etish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi, oilaviy va mulkiy ahvoli toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida beriladi. Mazkur hujjatlar hududida ushbu shaxs yashash yoki turar joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli muassasalari tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar iltimosnoma beruvchi shaxs Ahdlashuvchi Tomonlar hududida yashash yoki turar joyiga ega boʻlmasa, bu holda mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hujjatlar u fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning tegishli diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha qaror qabul qiluvchi adliya muassasasi hujjatni bergan muassasadan qoʻshimcha maʼlumot yoki tushuntirishlarni talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Huquqiy yordam
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari mazkur Shartnoma qoidalariga muvofiq, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Adliya muassasalari boshqa muassasalarga ham mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan ishlar boʻyicha boshqa muassasalar huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni markaziy organlar orqali yuborishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Huquqiy yordam hajmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq protsessual, tezkor-qidiruv va boshqa harakatlarni, shu jumladan, quyidagilarni amalga oshirish yoʻli bilan bir-birlariga oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hujjatlarni tayyorlash va joʻnatish, tegishli hujjat va yozuvlarning asli yoki tasdiqlangan nusxalarini, shu jumladan, bank, moliyaviy, huquqiy va moliyaviy-xoʻjalik hujjatlarini taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tintuv oʻtkazish va olib qoʻyish, narsa va hujjatlarni tortib olish, mulkka taqiq qoʻyish, ashyoviy dalillarni topshirish va joʻnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) koʻzdan kechirish va tekshiruvdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ekspertiza oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) taraflar, jabrlanuvchilar, ayblanuvchilar, guvohlar va ekspertlarni soʻroq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxslar va bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jinoiy taʼqibni boshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) sud hujjatlarini taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha qarorlarni hamda jinoyat qurollarini musodara qilish va jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan mablagʻlar va boshqa qimmatliklarni davlat tasarrufiga oʻtkazish, shuningdek, fuqarolik daʼvolariga oid qismi yuzasidan jinoiy ishlar boʻyicha hukmlarni tan olish va ijro etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) hujjatlarni topshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Shartnoma ushlab berish masalalariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Aloqa tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar mazkur Shartnomada boshqacha aloqa tartibi belgilanmagan boʻlsa, huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari markaziy organlar orqali oʻzaro aloqa qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaziy organlar quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Afgʻoniston Islom Respublikasi uchun — Afgʻoniston Islom Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimosnomaning mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimosnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soʻrayotgan adliya muassasasining nomi va soʻralayotgan adliya muassasasining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) huquqiy yordam soʻralayotgan ishning nomi, iltimosnoma maqsadining bayoni va soʻralayotgan yordamning tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) taraflar, jabrlanuvchilar, guvohlar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar va sudlanuvchilarning ism-sharifi, doimiy yashash yoki turar joylari, fuqaroligi, kasbi, yuridik shaxslar uchun ularning nomi va yuridik manzili toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “s” bandda koʻrsatilgan shaxslarning qonuniy vakillari boʻlganda, ularning ism-sharifi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ijro etish uchun soʻralayotgan muayyan harakatlarni qoʻllash sabablari va ularning batafsil bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) jinoiy ishlarda jinoyatning bayoni va tavsifi, tegishli qonunlarning mazmuni yoki matni, shuningdek, agar biror qilmish natijasida moddiy zarar yetkazilgan boʻlsa, zarar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) zarurat boʻlganda, shu davr mobaynida iltimosnoma bajarilishi kutilayotgan muddatni koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Zarurat boʻlganda, iltimosnomaning bajarilishini yengillashtiruvchi yoki prokurorning sanksiyasi bilan amalga oshiriladigan protsessual harakatlar uchun kerak boʻladigan hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari yoki ulardan koʻchirmalar iltimosnomaga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hujjatlarni topshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomada qabul qiluvchining aniq manzili va hujjatning nomi ham koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iltimosnoma vakolatli mansabdor shaxslar tomonidan imzolangan va soʻrayotgan adliya muassasasining rasmiy muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Bajarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni bajarishda soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlati qonunchiligini qoʻllaydi. Soʻralayotgan adliya muassasasi iltimosnoma boʻyicha soʻrayotgan muassasa davlatining protsessual normalarini qoʻllashi mumkin, basharti ular oʻz davlati qonunchiligiga zid boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar soʻralayotgan muassasa iltimosnomani bajarishga vakolatli boʻlmasa, u iltimosnomani vakolatli adliya muassasasiga joʻnatadi va bu haqda zudlik bilan soʻrayotgan muassasani xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soʻrayotgan adliya muassasasining iltimosnomasiga binoan soʻralayotgan adliya muassasasi zudlik bilan manfaatdor taraflarni huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimosnomani bajarish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar koʻrsatilgan manzilda huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimosnomani amalga oshirishning imkoni boʻlmasa, soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlatining qonunchiligiga muvofiq joyni aniqlash uchun zarur choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni darhol va toʻliq bajarish uchun zarur choralarni koʻradilar. Iltimosnoma bajarilgandan soʻng soʻralayotgan muassasa soʻrayotgan muassasaga hujjatlarni joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Shartnomaning 19-moddasiga muvofiq huquqiy yordam koʻrsatish imkoni boʻlmagan taqdirda, soʻralayotgan adliya muassasasi soʻrayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimosnomani va unga ilova qilingan boshqa hujjatlarni qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Guvohlar, jabrlanuvchilar, fuqaroviy daʼvogarlar, fuqaroviy javobgarlar, ularning qonuniy vakillari va ekspertlarni chaqirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Zarurat boʻlganda, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududidagi guvohlar, jabrlanuvchilar, fuqaroviy daʼvogarlar, fuqaroviy javobgarlar, ularning qonuniy vakillari va ekspertlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi dastlabki tergovda yoki sud muhokamasida ishtirok etish uchun chaqirilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari tomonidan topshirilgan chaqiruv qogʻoziga javoban boshqa Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga ixtiyoriy tarzda hozir boʻlgan guvohlar, jabrlanuvchilar, fuqaroviy daʼvogarlar, fuqaroviy javobgarlar, ularning qonuniy vakillari va ekspertlar, oʻz fuqaroligidan qatʼi nazar, mazkur Ahdlashuvchi Tomonning davlat chegarasidan kesib oʻtguniga qadar sodir etilgan har qanday qilmish uchun uning hududida jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas. Mazkur shaxslar ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida koʻrib chiqilayotgan ish boʻyicha oʻz koʻrsatuvlari yoki ekspert sifatidagi xulosalari uchun yoxud sud ishi predmeti hisoblangan qilmish uchun jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoxud jazolanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslar ularning hozir boʻlishlariga zarurat yoʻqligi toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab 15 kun ichida joʻnab ketishmasa, mazkur moddaning 2-bandida koʻrsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan qoʻllanilmaydi. Ushbu muddat shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra hududni tark eta olmagan vaqtni oʻz ichiga olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon guvohlar, ekspertlar, jabrlanuvchilar va ularning qonuniy vakillarining soʻrayotgan davlatga safari va u yerda boʻlib turishi bilan bogʻliq xarajatlarni, shuningdek, ishdan ozod etilgan kunlari uchun ularga toʻlanmagan oylik maoshini qoplaydi. Ekspert ekspertiza oʻtkazganlik uchun haq olish huquqiga egadir. Chaqiruv qogʻozida chaqirilgan shaxslar olish huquqiga ega boʻlgan toʻlovlarning turlari belgilangan boʻlishi lozim. Chaqirilgan shaxs iltimosiga binoan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tegishli xarajatlarni qoplash uchun avans toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bir Ahdlashuvchi Tomon hududida yashayotgan jabrlanuvchilar, fuqaroviy daʼvogarlar va fuqaroviy javobgarlar, guvohlar va ekspertlarni boshqa Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga chaqirish, ular sudga kelmagan taqdirda, majburlov choralarini qoʻllash bilan tahdid qilish asosida amalga oshirilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatlarni topshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi iltimosnomaga binoan hamda oʻz hududida amalda boʻlgan qoidalarga muvofiq hujjatlar topshirilishini amalga oshiradi, basharti hujjatlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilida tuzilgan yoki ularning tasdiqlangan tarjimasi ilova qilingan boʻlsa. Aks holda, agar qabul qiluvchi hujjatlarni ixtiyoriy ravishda olishga rozi boʻlsa, hujjatlar unga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Topshirish uchun moʻljallangan hujjatlarning tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlash soʻrayotgan adliya muassasasi yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan birining diplomatik vakolatxonalari yoxud konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar hujjatni iltimosnomada koʻrsatilgan manzil boʻyicha topshirish imkoni boʻlmasa, soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq muayyan manzilni aniqlash uchun zarur choralarni koʻradi. Muayyan manzilni aniqlashning iloji boʻlmagan taqdirda, soʻralayotgan adliya muassasasi soʻrayotgan adliya muassasasini bu haqda xabardor qiladi va topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlarni unga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatlar topshirilganini tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar topshirilganini tasdiqlash soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtiriladi. Tasdiqnomada hujjatni topshirish usuli, joyi va vaqti, shuningdek, hujjatlarni qabul qilgan shaxs koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Hujjatlarni topshirganlik toʻgʻrisidagi tasdiqnoma soʻrayotgan adliya muassasasiga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida hujjatlarni topshirish va oʻz fuqarolarini soʻroq qilish huquqiga egadirlar. Bunda majburlov tusidagi choralar qoʻllanilmaydi yoki ularni qoʻllash bilan tahdid qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatlarning haqiqiyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida adliya muassasasi yoki maxsus vakolatli shaxs tomonidan ularning vakolatlari doirasida oʻrnatilgan shaklda muhr bosib tayyorlangan yoki tasdiqlangan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida biron-bir maxsus guvohnomasiz qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon hududida rasmiy deb hisoblanadigan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida daliliy kuchga ega rasmiy hujjatlar kabi foydalaniladi (legalizatsiya).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Fuqarolik holatini qayd etish toʻgʻrisidagi va boshqa hujjatlarni joʻnatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari oʻz davlati fuqarolari va Ahdlashuvchi Tomon hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslarning fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish toʻgʻrisidagi guvohnomalarini, maʼlumoti, mehnat staji toʻgʻrisidagi hujjatlarni hamda shaxsiy yoki mulkiy huquqlari va manfaatlariga taalluqli boshqa hujjatlarni bevosita bir-birlariga iltimosnoma asosida tarjimasiz va bepul joʻnatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bir Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi tomonidan bevosita boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashovchi manfaatdor shaxslarga ularning iltimosnomalari asosida tarjimasiz va bepul joʻnatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Manzil va boshqa maʼlumotlarni aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iltimosnomaga binoan, Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari oʻz davlatlari qonunchiligiga muvofiq, Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida yashovchi shaxslarning manzillarini aniqlashda, basharti bu fuqarolar huquqlarini amalga oshirish uchun talab qilinsa, bir-birlariga yordam beradilar. Shu bilan birga, soʻrayotgan adliya muassasasi iltimosnomada koʻrsatilgan shaxsning manzilini aniqlashda yordam berishi mumkin boʻlgan oʻzida mavjud maʼlumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalarida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha mulkiy daʼvo qoʻzgʻatilgan oʻz hududida yashayotgan shaxslarning fuqarolik holati, ish joyi yoki kasbi, daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashda bir-birlariga yordam koʻrsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaga muvofiq huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan oʻz markaziy organlari orqali hamda bevosita aloqa qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Huquqiy masalalar boʻyicha axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnomaga binoan, Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari markaziy organlari bir-birlariga oʻz davlatlarida amaldagi yoki muqaddam amalda boʻlgan qonunchilik hamda adliya muassasalari tomonidan uni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek, huquqiy masalalar boʻyicha boshqa maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Hamkorlik tillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari mazkur Shartnomani amalga oshirish uchun bir-birlari bilan aloqa qilishda ingliz tilidan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar mazkur Shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilida joʻnatilayotgan hujjatlarga soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tili yoki ingliz tilidagi tarjima ilova qilinadi. Zarurat boʻlganda, Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining rasmiy tillarida sharh bilan ham taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hujjatlarning yozma tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlash Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi va mazkur Shartnoma qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashni talab qilmaydi. Agar mazkur Shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz hududlarida huquqiy yordam koʻrsatishda yuzaga keladigan barcha xarajatlarni oʻzlari qoplaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Huquqiy yordam koʻrsatishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimosnoma, basharti uning bajarilishi inson huquqlarining buzilishiga olib kelsa, davlat suverenitetiga yoki xavfsizligiga daxl qilsa yoxud soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga zid boʻlsa, toʻliq yoki qisman rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iltimosnomani bajarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon rad etish sababi koʻrsatilgan holda bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BOʻLIM. FUQAROLIK VA OILAVIY IShLAR BOʻYIChA HUQUQIY MUNOSABATLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Sudlarning vakolati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur boʻlimning II — V boblarida oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, bir Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyiga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan daʼvolar, ularning fuqaroligidan qatʼi nazar, ushbu Ahdlashuvchi Tomon sudlariga, yuridik shaxslarga nisbatan daʼvolar esa hududida yuridik shaxsning boshqaruv organi, vakolatxonasi yoki filiali joylashgan Ahdlashuvchi Tomon sudlariga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning sudlari quyidagi holatlarda yurisdiksiyaga ega boʻladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) javobgarga tegishli tashkilot uning hududida savdo, sanoat va boshqa faoliyatlarni amalga oshirsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) nizo predmeti boʻlgan shartnomada belgilangan majburiyat uning hududida toʻliq yoki qisman bajarilishi kerak boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi daʼvo boʻyicha daʼvogar uning hududida doimiy yashash yoki turar joyiga ega boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Egalik huquqi va koʻchmas mulkka oid boshqa ashyoviy huquqlar toʻgʻrisidagi daʼvolarni koʻrib chiqish hududida mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomon sudlarining mutlaq vakolatiga kiradi. Yuklar, yoʻlovchilar va bagajni tashish toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha tashuvchilarga nisbatan daʼvolar belgilangan tartibda daʼvo qoʻzgʻatilgan transport tashkiloti boshqaruv organi joylashgan joy boʻyicha taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Shartnoma boʻyicha sudga tegishlilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning sudlari boshqa hollarda ham ishlarni koʻrib chiqishlari mumkin, basharti nizoni ushbu sudlarga taqdim etish toʻgʻrisida taraflarning yozma kelishuvi mavjud boʻlsa. Mazkur Shartnomaning 20-moddasi 3-bandidan va II — V boblarida belgilangan boshqa qoidalardan hamda Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligidan kelib chiqadigan sudlarning mutlaq vakolatlari taraflar kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nizoni oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda, sud javobgarning arizasiga binoan ishni koʻrish uchun boshqa sudga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Sud protsesslarining oʻzaro bogʻliqligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar sudlarida ayni bir taraflar oʻrtasida, ayni bir predmet boʻyicha va aynan bir asoslar boʻyicha ish qoʻzgʻatilganda, ishni keyinroq qoʻzgʻatgan sud ish yuritishni tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning kelishuviga koʻra, ishni oldinroq qoʻzgʻatgan sud ham agar mazkur ish dalillarning koʻp qismi joylashgan joydagi boshqa sudda yanada tezroq va har tomonlama koʻrib chiqiladi, deb hisoblasa, ishni koʻrib chiqishni tugatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Asosiy daʼvo singari ayni bir huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan qarshi daʼvo yoki dastlabki daʼvoni qoplashga qaratilgan daʼvo asosiy daʼvoni koʻrib chiqayotgan sud yurisdiksiyasiga tegishli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Shaxsiy maqom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Huquqiy layoqat va muomala layoqati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jismoniy shaxsning layoqati ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning layoqati hududida ushbu shaxs doimiy yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuridik shaxsning layoqati hududida u taʼsis etilgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Muomala layoqatini cheklash va muomalaga layoqatsiz deb topish, layoqatni tiklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shaxsning muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topishda ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari vakolatga ega boʻladilar, mazkur moddaning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar bir Ahdlashuvchi Tomon sudiga ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida doimiy yashash yoki turar joyiga ega boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi boʻlgan shaxsning muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish uchun asoslar mavjudligi maʼlum boʻlsa, u ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning tegishli sudini bu haqda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish uchun asoslar toʻgʻrisida xabardor qilingan Ahdlashuvchi Tomon sudi uch oylik muddatda ishni koʻrib chiqishni boshlamasa yoki oʻz fikri toʻgʻrisida maʼlum qilmasa, hududida ushbu fuqaro doimiy yoki vaqtincha yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudi muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishi mumkin. Shaxsning muomala layoqatini cheklash yoki uni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi qaror ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari muomala layoqatini tiklashga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur moddaning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda va kechiktirib boʻlmaydigan vaziyatlarda, hududida ushbu shaxs yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon sudi shaxsni yoxud uning mol-mulkini muhofaza qilish uchun mustaqil ravishda zarur choralarni koʻrishi mumkin. Mazkur choralarga oid qarorlar ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga joʻnatiladi, agar mazkur Ahdlashuvchi Tomon sudlari oʻzgacha tarzda hal etsalar, ushbu qarorlar bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ahdlashuvchi Tomonlar sudlari fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki shaxsni muomalaga layoqatsiz deb topish boʻyicha ishlarni prokuror ishtirokida koʻrib chiqishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Bedarak yoʻqolgan deb topish, vafot etgan deb eʼlon qilish, oʻlim faktini belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bedarak yoʻqolgan deb topish, vafot etgan deb eʼlon qilish hamda oʻlim faktini belgilash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha soʻnggi maʼlumotlarga koʻra shaxs tirik boʻlgan vaqtda fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari va boshqa shaxslarga nisbatan — shaxsning oxirgi yashash joyidagi adliya muassasalari vakolatga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon sudlari huquq va manfaatlari ushbu Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga asoslangan hamda uning hududida yashovchi manfaatdor shaxslarning murojaatiga koʻra, boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashaydigan fuqarosi yoki oʻzga shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topishi yoki vafot etgan deb eʼlon qilishi, shuningdek, uning oʻlim faktini belgilashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bedarak yoʻqolgan deb topish, vafot etgan deb eʼlon qilish va oʻlim faktini belgilash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda Ahdlashuvchi Tomonlar sudlari oʻz davlatlari qonunchiligini qoʻllaydilar. Bunday ishlarni koʻrib chiqishda prokuror ishtiroki talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Oilaviy ishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Nikoh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nikohlanuvchi har bir shaxs uchun nikoh tuzish shartlari u fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi, fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun esa hududida ushbu shaxs yashayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlarga nisbatan hududida nikoh tuzilayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi talablariga rioya etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nikoh tuzish shakli nikoh hududida tuzilayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Er-xotin oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Er-xotinning shaxsiy va mulkiy munosabatlari hududida ular birgalikda yashayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi esa boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa hamda er-xotinning ikkalasi ham bir xil fuqarolikka ega boʻlsa, ularning shaxsiy va mulkiy munosabatlari ular fuqarolari hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, ikkinchisi esa boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa hamda ulardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi esa boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa, bu holda ularning shaxsiy va mulkiy-huquqiy munosabatlari hududida ular oxirgi birgalikda turar joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar mazkur moddaning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar Ahdlashuvchi Tomonlar hududida birgalikda turar joyiga ega boʻlmasalar, muassasasi ishni koʻrib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Er-xotinning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqiy munosabatlari ushbu mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur moddaning 1 — 3 va 5-bandlariga muvofiq qonunchiligi qoʻllanilishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonlarning muassasalari er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda
Nikohdan ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlarga nisbatan er-xotin ariza berilgan vaqtda fuqarolari boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, ikkinchisi esa boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlsa, muassasasi ishni koʻrib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalarining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Shartnomaning 28-moddasi 1-bandida nazarda tutilgan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotin ariza berilgan vaqtda fuqarolari boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakolatga ega boʻladilar. Agar ariza berilgan vaqtda er-xotinning ikkalasi ham boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa, u holda ushbu Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ham vakolatga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Shartnomaning 28-moddasi 2-bandida nazarda tutilgan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinning ikkalasi ham hududida yashayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakolatlidir. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi esa boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa, u holda nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotin hududida yashayotgan har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakolatga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda
Nikohni haqiqiy emas deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha mazkur Shartnomaning 26-moddasiga muvofiq nikoh tuzishda qoʻllanilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari vakolatlari mazkur Shartnomaning 29-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda
Otalik yoki onalikni belgilash va bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Otalik yoki onalikni belgilash va bekor qilish bola tugʻilganida fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar bolaning fuqaroligi nomaʼlum boʻlsa, otalik yoki onalikni belgilash va bekor qilish bola yashayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Otalik yoki onalikni belgilash va bekor qilish boʻyicha ishlarda bola yashayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakolatga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda
Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar hududida ular birgalikda turar joyga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar ota-onalar va bolalardan birining yashash joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan boʻlsa, ular oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Nikohsiz tugʻilgan bola, uning onasi va otasi oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Voyaga yetmagan bolalar uchun ota-onalardan yoki ota-onalar uchun voyaga yetgan bolalardan alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha aliment olishga daʼvogar shaxs hududida yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ota-onalar va bolalar oʻrtasida huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha mazkur moddaning 1, 2, 3 va 4-bandlariga muvofiq qonunchiligi qoʻllaniladigan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari vakolatga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda
Vasiylik va homiylik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vasiylik va homiylikni belgilash yoki bekor qilish oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan yoki bekor qilinayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vasiy yoki homiy bilan vasiylikka yoki homiylikka olinayotgan shaxs oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar muassasasi vasiy yoki homiyni tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vasiylik yoki homiylikni qabul qilish majburiyati vasiy yoki homiy etib tayinlanayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Basharti bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi vasiylik yoki homiylik amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomon hududida yashayotgan boʻlsa, u boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi boʻlgan shaxsning vasiysi yoki homiysi etib tayinlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda
Vasiylik va homiylik masalalari boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalarining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti mazkur Shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning muassasasi vasiylik va homiylikni belgilash yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha vakolatga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda
Vasiylik va homiylikka olish boʻyicha choralarni koʻrish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yashash joyi, turar joyi yoxud mulki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarosining manfaatlari uchun vasiylik yoki homiylik boʻyicha choralar koʻrish zarur boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning vasiylik muassasasi mazkur Shartnomaning 34-moddasiga muvofiq zudlik bilan vakolatli vasiylik muassasasini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vasiylik muassasasi mustaqil ravishda zarur boʻlgan vaqtinchalik choralarni koʻrishi mumkin. U mazkur Shartnomaning 34-moddasiga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli vasiylik muassasasini zudlik bilan xabardor qilishi lozim. Ushbu choralar 34-moddada koʻrsatib oʻtilgan vasiylik muassasasi oʻzgacha tarzda qaror qabul qilguniga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda
Vasiylik va homiylikni oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vasiylik va homiylikdagi shaxsning yashash joyi, turar joyi yoki mulki boshqa davlatda boʻlsa, 34-moddada koʻrsatilgan vakolatli vasiylik muassasasi vasiylik yoki homiylikni mazkur Ahdlashuvchi Tomonning tegishli idoralariga oʻtkazishi mumkin. Oʻtkazish soʻralayotgan muassasa vasiylik yoki homiylikni qabul qilishga rozilik berganidan hamda bu haqda soʻrayotgan muassasani xabardor qilganidan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq qabul qilgan muassasa vasiylik yoki homiylikni oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi. U vasiylik yoki homiylik ostidagi shaxsning shaxsiy maqomiga oid masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqiga ega emas, biroq u nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin, basharti bu ushbu shaxs fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq zarur boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda
Farzandlikka olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Farzandlikka olish, uni bekor qilish va ushbu masalalar boʻyicha huquqiy oqibat farzandlikka olish yoki uni bekor qilish haqida ariza berilgan vaqtda farzandlikka oluvchi fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar bola boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlsa, farzandlikka olishda yoki uni bekor qilishda qonuniy vakil va vakolatli davlat organining, shuningdek, bolaning ham roziligini olish lozim, basharti bola fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi buni talab etsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar bola birinchisi Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi, ikkinchisi esa boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblangan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan boʻlsa, farzandlikka olish yoki uni bekor qilish har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Farzandlikka olish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida ariza berilgan paytda farzandlikka oluvchi fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari farzandlikka olish yoki uni bekor qilish ishlari boʻyicha vakolatga ega boʻladilar. Mazkur moddaning 3-bandida nazarda tutilgan holatda er-xotin oxirgi birgalikda yashash yoki turar joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning organlari ham vakolatga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Mulkiy munosabatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda
Egalik huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Koʻchmas mulkka egalik huquqi hududida koʻchmas mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Qaysi turdagi mulk koʻchmas hisoblanishi masalasi hududida ushbu koʻchmas mulk joylashgan davlat qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat reyestriga kiritilishi zarur boʻlgan transport vositalariga nisbatan egalik huquqi hududida transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirgan organ joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Egalik huquqi yoki mulkka nisbatan boshqa ashyoviy huquqlarning paydo boʻlishi va bekor qilinishi bunday huquqlarning paydo boʻlishi yoki bekor qilinishiga asos boʻlgan harakatlar yoxud boshqa holatlar yuz bergan vaqtda hududida mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bitim predmeti hisoblangan egalik huquqining yoki mulkka nisbatan boshqa ashyoviy huquqlarning paydo boʻlishi va bekor qilinishi bitim tuzilgan joyning qonunchiligi bilan belgilanadi, basharti Axdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida oʻzgacha kelishuvga erishilmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda
Bitim shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bitim shakli u tuzilgan joyning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koʻchmas mulkka oid va unga boʻlgan huquqlar boʻyicha bitim shakli hududida bunday mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda
Ishonchnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchnomaning shakli va amal qilish muddati hududida ishonchnoma berilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda
Bitim taraflarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim taraflarining huquq va majburiyatlari u tuzilgan joy qonunchiligiga muvofiq belgilanadi, basharti oʻzgacha kelishuvga erishilmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda
Zararni qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Zararni qoplash boʻyicha majburiyatlar hududida zararni qoplash haqidagi daʼvoga asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi, shartnomaviy va boshqa huquqiy harakatlardan kelib chiqadigan zararni qoplash boʻyicha majburiyatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar zarar keltirgan shaxs va zarar koʻrgan shaxs bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari boʻlsalar, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Zararni qoplash haqidagi daʼvoga asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar hududida yuz bergan Ahdlashuvchi Tomonning sudi mazkur moddaning 1 va 2-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan holatlar boʻyicha vakolatga ega boʻladi. Zarar koʻrgan shaxs hududida javobgar yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga daʼvo qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda
Daʼvo muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo muddati masalasi tegishli huquqiy munosabatlar tartibga solinishi uchun qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Vorislik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda
Teng huquqlilik tamoyili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida mulkni ushbu Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari kabi teng shartlarda va hajmda vasiyat yoki qonun boʻyicha meros qilib qoldirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda
Vorislik huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mulkni meros qilib qoldirish huquqi hududida meros qilib qoldiruvchi oxirgi yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi, mazkur moddaning 2-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koʻchmas mulkni meros qilib qoldirish huquqi hududida ushbu mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda
Merosning davlatga oʻtishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Ahdlashuvchi Tomonning meros ishlarida qoʻllaniladigan qonunchiligi boʻyicha davlat merosxoʻr hisoblansa, meros qilib qoldirilgan koʻchar mulk meros qoldiruvchi vafot etgan vaqtda fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonga oʻtadi, meros qilib qoldirilgan koʻchmas mulk esa hududida u joylashgan Ahdlashuvchi Tomonga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda
Vasiyatnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsning vasiyatnoma tuzish va uni bekor qilish layoqati, shuningdek, vasiyatnomaning shakli va uni bekor qilish tartibi hududida dalolatnoma tuzilgan paytda vasiyat qiluvchi yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Vasiyatnoma u tuzilgan joy qonunchiligi talablariga muvofiq boʻlsa, uning shakliga rioya qilmaslik vasiyatnoma yoki uni bekor qilishni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda
Meros ishlari boʻyicha vakolat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Meros qoldiruvchi vafot etgan vaqtda u hududida yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari koʻchar mulkka taalluqli meros boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish yuzasidan vakolatga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hududida mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari koʻchmas mulkka taalluqli meros boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish yuzasidan vakolatga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlaridagi qoidalar meros boʻyicha ishlar yuzasidan vujudga keladigan nizolarni koʻrib chiqishda ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda
Diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining meros ishlari boʻyicha vakolati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meros ishlari boʻyicha, shu jumladan, merosga taalluqli nizolar yuzasidan bir Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi boshqa Ahdlashuvchi Tomon muassasalarida oʻz davlati fuqarolari manfaatlarini, merosdan voz kechish huquqini istisno qilganda, ishonchnomasiz ifodalash huquqiga egadirlar, basharti fuqarolar ularda oʻzlari hozir boʻlmagan yoki vakil tayinlamagan boʻlsalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda
Merosni muhofaza qilish choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomon muassasalari oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq uning hududida joylashgan va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi meros qilib qoldirgan mulkni muhofaza qilish va boshqarish uchun zarur choralarni koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Meros qoldiruvchi fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq koʻrilgan choralar toʻgʻrisida darhol xabardor qilinadi. Mazkur vakolatxonalar ushbu choralarni amalga oshirishda ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Meros boʻyicha ishni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan adliya muassasasi, shuningdek, diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining iltimosnomasiga muvofiq, mazkur moddaning 1-bandiga binoan koʻrilgan choralar oʻzgartirilishi, bekor qilinishi yoki keyinga qoldirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda
Merosni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar meros qolgan koʻchar mulk, shuningdek, koʻchmas yoki koʻchar mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻi meros boʻyicha ishni koʻrib chiqish tugatilganidan soʻng, yashash yoki turar joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan merosxoʻrlarga berilishi zarur boʻlsa, meros qolgan mulk yoki tushgan pul mablagʻi ushbu Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Meros boʻyicha ishlar yuzasidan vakolatga ega boʻlgan muassasa meros qolgan mulkni diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasiga oʻtkazishga ruxsat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bu mulk merosxoʻrlarga berilishi mumkin, basharti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) meros qolgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida belgilangan muddatda meros qoldiruvchining kreditorlari bildirgan barcha talablar toʻlangan yoki taʼminlangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) meros qilib qoldirish bilan bogʻliq barcha yigʻimlar toʻlangan yoki taʼminlangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) vakolatli muassasalar, zarurat boʻlganda, meros qolgan mol-mulkni olib chiqib ketishga ruxsat bergan boʻlsalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Pul mablagʻlarini oʻtkazish Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III BOʻLIM. SUD QARORLARINI TAN OLISh VA IJRO ETISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda
Sud qarorlarini tan olish va ijro etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomon mazkur Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida chiqarilgan, qonuniy kuchga kirgan quyidagi qarorlarni tan oladi va ijro etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) adliya muassasalarining fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha qarorlari, shu jumladan, mazkur ishlar boʻyicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlari va moliyaviy majburiyatlar bilan bogʻliq notarial dalolatnomalar (keyingi oʻrinlarda — qarorlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jinoyat qurollarini musodara qilish va jinoiy mablagʻlar va boshqa qimmatliklarni davlat tasarrufiga oʻtkazish, shuningdek, fuqarolik daʼvolariga oid qismi yuzasidan jinoiy ishlar boʻyicha hukmlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda
Ijro etish talab qilinmaydigan qarorlarni tan olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari tomonidan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan, oʻz xususiyatiga koʻra ijro etilishi talab etilmaydigan qarorlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida maxsus protseduralarsiz tan olinadi, basharti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi ushbu ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur Shartnomaga muvofiq yoki unda nazarda tutilmagan hollarda esa hududida qaror tan olinishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq, ushbu ish mazkur Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasasining mutlaq vakolatiga taalluqli boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandi qoidalari vasiylik boʻyicha qarorlarga nisbatan ham, shuningdek, fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish muassasalari tomonidan chiqarilgan qarorlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda
Qarorni ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisida iltimosnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qarorlarni ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ijro etilishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga beriladi. Iltimosnoma birinchi instansiyada ish boʻyicha qaror chiqargan sudga ham kiritilishi mumkin. Mazkur sud iltimosnoma boʻyicha qaror chiqarish vakolatiga ega boʻlgan sudga iltimosnomani joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qarorni ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga kuyidagilar ilova qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qaror yoki uning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek, qaror qonuniy kuchga kirganligi va ijro etilishi lozimligi yoxud u qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi lozimligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat, basharti bu qaror matnidan anglashilmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sud protsessida ishtirok etmagan tarafga qarshi qaror chiqarilganda, u belgilangan tartibda va oʻz vaqtida sudga chaqirtirilganligini, protsessual muomala layoqatiga ega boʻlmagan hollarda esa sudda uning vakili tegishincha ishtirok etganligini bildiruvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) qarorni joʻnatish vaqtida uning qisman bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) taraflarning shartnomaviy yurisdiksiya boʻyicha kelishuvini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qarorni ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning rasmiy tilidagi yoki ingliz tilidagi tasdiqlangan tarjimasi bilan birga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-modda
Qarorni tan olish va ijro etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Shartnomaning 52 va 54-moddalarida nazarda tutilgan qarorlarni tan olish va ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma hududida u bajarilishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari tarafidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qarorlarni tan olish va ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiquvchi sud mazkur Shartnomada nazarda tutilgan shartlarga rioya qilinganlikni aniqlash bilan cheklanadi. Shartlarga rioya qilingan hollarda, sud qarorni ijro etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qarorni ijro etish tartibi hududida u bajarilishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-modda
Qarorlarni tan olish va ijro etishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnomaning 52-moddasida nazarda tutilgan ijro etish toʻgʻrisidagi qarorlarni tan olish va ijro etish uchun ruxsatnoma berish rad qilinishi mumkin, basharti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qaror qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa yoki uning ijro etilishi talab qilinmasa, hududida qaror chiqarilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq u qonuniy kuchga kirguniga qadar ijro etilishi lozim boʻlgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) javobgar yoki uning vakili sudga kelish uchun chaqiruv qogʻozini oʻz vaqtida va tegishli tartibda olmaganligi sababli sud protsessida ishtirok etishmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) hududida qaror tan olinishi va ijro etilishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonda ayni bir taraflar oʻrtasida, ayni bir predmetga taalluqli va aynan bir asoslar boʻyicha ish yuzasidan kuchga kirgan qaror mavjud boʻlsa yoki uchinchi davlat sudining tan olingan qarori mavjud boʻlsa yoxud mazkur Ahdlashuvchi Tomon muassasalari ushbu masala yuzasidan muqaddam ish qoʻzgʻatgan boʻlsalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) mazkur Shartnoma qoidalariga muvofiq yoki mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan hollarda esa hududida qaror tan olinishi va ijro etilishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq mazkur ish uning muassasalari mutlaq vakolatiga taalluqli boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) taraflarning shartnomaviy yurisdiksiya boʻyicha kelishuvini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) qarorni tan olish va ijro etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudi koʻrib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq qarorni ijro etish boʻyicha daʼvo muddati oʻtgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV BOʻLIM. JINOIY IShLAR BOʻYIChA HUQUQIY YORDAM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Jinoiy taʼqib
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-modda
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish imkoniyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomondan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan, agar u adolat manfaatida zarur boʻlsa, jinoiy taʼqibni amalga oshirishni soʻrashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning iltimosnomasiga binoan oʻz fuqarolariga yoki oʻz hududida istiqomat qilayotgan boshqa shaxslarga nisbatan, agar ushbu shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq jinoyat sodir etishda ayblanayotgan boʻlsa, jinoiy taʼqibni amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-modda
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisida iltimosnoma va zarur hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yozma shaklda yuboriladi va u quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tergov va sud muhokamasini olib borishga vakolatli boʻlgan soʻrayotgan adliya muassasasi va soʻralayotgan adliya muassasasining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sodir etilgan jinoyatning vaqti va joyini aniq koʻrsatgan holda sud muhokamasini topshirish toʻgʻrisidagi soʻrov joʻnatilishi bilan bogʻliq boʻlgan qilmishning tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) jinoyat sodir etishda ayblovlarni asoslantiruvchi tergov natijalarining bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ayblanayotgan shaxsning shaxsiyati, fuqaroligi va yashash joyi haqida batafsil ishonchli maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) jinoyat natijasida yetkazilgan zararning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma quyidagilar bilan birga yuborilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qilmishning jinoyat deb tan olinishiga asos boʻladigan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoidalarining tegishli matni, shuningdek, zarur boʻlganda, tergovni amalga oshirishga yordam beradigan qonunchilik normalarining boshqa matnlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jabrlanuvchining shikoyati bilan qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlarda jabrlanuvchilarning arizalari va moddiy zararni qoplash haqidagi arizalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) gumonlanuvchining shaxsini, shu jumladan, ushbu shaxsning tashqi koʻrinishi tavsifi, uning fotosurati va boshqa rasmlarni aniqlashga yordam beruvchi boshqa har qanday maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ish boʻyicha har bir hujjat soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli adliya muassasasining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar mazkur Shartnomaning 7 va 17-moddalari qoidalariga muvofiq tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-modda
Shahodatlantirish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida oʻzgacha kelishilmagan boʻlsa, jinoiy taʼqibni amalga oshirish uchun iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek, iltimosnomaga javob tariqasida berilgan hujjatlar va boshqa materiallarning haqiqiyligi shahodatlantirish va tasdiqlashni talab qilmaydi, Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi va mazkur Shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-modda
Iltimosnoma toʻgʻrisida xabar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻz hal qiluv qarori toʻgʻrisida soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qilishi lozim. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosnomasiga asosan yakuniy hal qiluv qarorining nusxasi joʻnatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-modda
Iltimosnomani qanoatlantirish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uni yuborish bilan bogʻliq boʻlgan qilmish soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida sodir etilgan taqdirda jinoyat deb hisoblansa, qanoatlantirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-modda
Rad etish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qabul qilishdan bosh tortsa, u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni rad etish sabablari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar ayblanayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi hisoblanmasa yoki mazkur shaxs ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida doimiy yashamasa, jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-modda
Jinoiy taʼqibni amalga oshirishning imkonsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar taʼqib qilish talab etilayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida hukm qilingan va unga nisbatan hukm qonuniy kuchga kirgan boʻlsa yoki ish boʻyicha boshqa yakuniy qaror chiqarilgan boʻlsa, jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bajarilmaydi va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda xabardor qilinadi. Bunday holatda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari jinoiy ish qoʻzgʻata olmaydi, qoʻzgʻatilgan ish esa tugatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-modda
Ayblanayotgan shaxsning maqomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayblanayotgan shaxs, uning qonuniy vakili yoki yaqin qarindoshlari jinoyat protsessini oʻtkazishdan manfaatdor ekanliklari toʻgʻrisida har qanday Ahdlashuvchi Tomonga bildirishlari mumkin, ayblanuvchi shaxs odil sudlovdan yashirinib yurgan yoki uning amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-modda
Jabrlanuvchining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat protsessini oʻtkazish davomida soʻrayotgan va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar jinoyatdan jabrlangan shaxsning huquqlari, xususan, koʻrilgan zararni undirish huquqi ushbu oʻtkazish natijasida buzilmasligini taʼminlaydilar. Agar fuqarolik daʼvosi jinoyat protsessi oʻtkazib berilgunga qadar qondirilmagan boʻlsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻtkazilgan jinoyat protsessida daʼvoni taqdim etishga ruxsat beradi. Jabrlanuvchi vafot etgan hollarda, mazkur qoida uning qaramogʻida boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66-modda
Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon uchun sudlov ishini oʻtkazishning oqibatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ayblanuvchi shaxsni jinoiy taʼqib qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qabul qilgandan soʻng, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqib qilishni toʻxtatadi, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni mazkur ish boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarori toʻgʻrisida xabardor qilguniga qadar zaruriy tergov oʻtkazish, shu jumladan, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga huquqiy yordam koʻrsatish bundan mustasno. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning xabarnomasini olgan vaqtdan boshlab, ayni bir jinoyat boʻyicha jinoiy taʼqibni toʻxtatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67-modda
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon uchun sudlov ishini oʻtkazishning oqibatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kelishuv boʻyicha oʻtkazilgan sudlov ishi soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ayblov paytida oʻz qonunchiligiga muvofiq jinoyatning muayyan elementlariga oʻzgartirishlar kiritadilar. Mazkur davlatda chiqarilgan jazo turi soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida nazarda tutilganidan ogʻirroq boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida oʻz qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilgan sud muhokamasi yoki protsessual talablar bilan bogʻliq har qanday harakat, basharti u soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga mos boʻlsa, uning hududida ushbu davlatda yoki uning adliya muassasalari tomonidan amalga oshirilgani kabi bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻyicha sud muhokamasi natijasida qabul qilingan qaror haqida soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi. Shu maqsadda, iltimosnomaga binoan har qanday hal qiluv qarorining nusxasi yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-modda
Javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqib, shu jumladan, sud muhokamasida Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligida nazarda tutilgan yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni, ular qay bir Ahdlashuvchi Tomon hududida kelib chiqishidan qatʼi nazar, inobatga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69-modda
Vaqtinchalik choralar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqib qilish toʻgʻrisida iltimosnoma yuborish haqida oʻz niyatini bildirsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning ushbu maqsadda yuborilgan maxsus iltimosnomasini olgandan soʻng, taʼqib qilish talab etilgan jinoyat soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq uning hududida sodir etilgan taqdirda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan barcha vaqtinchalik choralarni, shu jumladan, sudgacha qamoqda saqlash chorasini qoʻllashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi maxsus qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70-modda
Qamoqda saqlanayotgan shaxslarni koʻrsatuv berish yoki tergovga koʻmaklashish uchun vaqtincha oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tegishli iltimosnoma taqdim qilinganda, Ahdlashuvchi Tomonlar qamoqda saqlanayotgan shaxslarni koʻrsatuv berish yoki tergovga koʻmaklashish maqsadida oʻz qonunchiliklariga muvofiq hamda mazkur shaxslarning roziligi bilan vaqtinchalik oʻtkazishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan shaxslar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida oʻzaro belgilangan, lekin bir oydan oshmagan, alohida hollarda esa — ikki oydan kam boʻlgan muddatga oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar oʻtkazilayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq qamoqda saqlanishi lozim boʻlsa, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu shaxsni qamoqda saqlaydi va uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan bogʻliq boʻlgan sudlov ishi yakunlanganidan soʻng, mazkur moddaning 2-bandida belgilangan muddatlarni inobatga olgan holda yoki agar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida uning boʻlishiga ehtiyoj qolmasa, muddatidan oldinroq soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71-modda
Koʻrsatuv berish yoki tergovga koʻmaklashish uchun qamoqda saqlanayotgan shaxslarni tranzit tarzda oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar shaxs uchinchi davlatdan bir Ahdlashuvchi Tomonga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududi orqali oʻtkazilishi lozim boʻlsa, mazkur shaxsni qabul qilayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomondan shaxsni uning hududi orqali tranzit olib oʻtish uchun ruxsat soʻraydi. Mazkur qoida boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga qoʻnish rejalashtirilmagan havo transportidan foydalanilgan hollarda qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tegishli maʼlumotlardan iborat boʻlgan iltimosnomani olgandan soʻng, ushbu iltimosnomani oʻz qonunchiligida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi, basharti u asosiy manfaatlariga daxl qilmasa, imkon qadar qisqa vaqt ichida iltimosnomani qanoatlantiradi. Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli adliya muassasalari har bir alohida holatda tranzit usuli, yoʻnalishi va boshqa shartlarini kelishib oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tranzit tarzda oʻtkazish davomida tranzit davlati olib oʻtilayotgan shaxsni qamoqda saqlashning huquqiy sharoitlari bilan taʼminlaydi va olib oʻtilayotgan shaxsni kuzatib borayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakillariga zarur yordam koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Havo kemasi rejadan tashqari qoʻngan hollarda, hududida parvoz amalga oshirilayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakillarining iltimosnomasiga koʻra, mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan tranzit tarzda oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qabul qilgunga qadar, olib oʻtilayotgan shaxsni 48 soat davomida qamoqda saqlab turishi mumkin. Bunday iltimosnoma texnik vositalar, shu jumladan, telegraf, teleks, telefaks, elektron pochta orqali yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tranzit tarzda oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72-modda
Tintuv va olib qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosnomasi mavjud boʻlgan taqdirda, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchiligi doirasida va uchinchi tomon manfaatlarini inobatga olgan holda, predmet va materiallarni tintuv qilish, olib qoʻyish va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonga jinoyat ishlarida dalil sifatida foydalanish uchun topshirish boʻyicha iltimosnomalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar qayd etib oʻtilgan hujjatlar va predmetlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga jinoyat ishi boʻyicha dalil sifatida zarur boʻlsa, ularni topshirish sud muhokamasi tugagunga qadar qoldirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar qayd etib oʻtilgan hujjatlar va predmetlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida olib qoʻyilishi yoki musodara etilishi lozim boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomon ularni muayyan muddatda ushlab turishi yoki berib turishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi va uchinchi tomonlarning huquqlarini himoya qilish manfaatlari shuni talab qilsa, mazkur usulda topshirilgan har qanday hujjatlar va predmetlar, basharti buni soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon talab qilsa, sud muhokamasi tugashi bilan ushbu Ahdlashuvchi Tomonga bepul qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73-modda
Jinoiy daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar jinoiy daromadlarni aniqlash, olib qoʻyish va musodara qilishda bir-birlariga yordam koʻrsatadilar. Mazkur Shartnomaning maqsadlari uchun “jinoiy daromadlar” sud tomonidan bevosita yoki bilvosita jinoyat sodir etilishi natijasida olingan deb gumon qilingan yoki topilgan mulk yoxud mulkning qiymatini yoki jinoyat natijasida olingan boshqa foydalarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74-modda
Jinoiy daromadlar boʻyicha yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga jinoiy daromadlar boʻyicha yordam toʻgʻrisida iltimosnoma yuborayotganda, u bunday daromad soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning yurisdiksiyasiga tegishli boʻlishi mumkin deb hisoblagan sabablar haqida maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq yuborilgan iltimosnomani olgandan soʻng, biron-bir jinoiy daromadlar uning yurisdiksiyasiga tegishliligini aniqlash uchun zarur choralar koʻradi hamda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni tergov natijalaridan xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar biron-bir jinoiy daromad soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning yurisdiksiyasiga tegishli boʻlsa, u aktivlarni aniqlash, moliyaviy operatsiyalarni tekshirish va jinoiy daromadlarni musodara qilishni taʼminlashga yordam berishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumot yoki dalillarni olish uchun zarur choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jinoiy daromadlar aniqlangan taqdirda, iltimosnomaga koʻra soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchiligiga muvofiq ushbu daromadlarga nisbatan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon sudi tomonidan uzil-kesil qaror qabul qilingunga qadar gumon qilinayotgan jinoyat orqali topilgan ushbu daromadlar bilan biron-bir operatsiyalar oʻtkazishga, ularni berishga yoki ulardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida zarur choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchiligida belgilangan cheklovlar doirasida soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning jinoiy daromadlarni olib qoʻyish yoki musodara qilish toʻgʻrisidagi uzil-kesil qarorini ijro etadi yoki ijro etishga sanksiya beradi yoxud soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosnomasiga muvofiq ushbu daromadlarni olib qoʻyish uchun boshqa zarur choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddani qoʻllashda insofli uchinchi tomonlarning huquqlari hurmat qilinishini taʼminlaydilar, jinoiy daromadlarni topshirish esa mazkur Shartnomaning 72-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75-modda
Nazorat qilinadigan yetkazib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz qonunchiligi doirasida va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, oʻzaro maqbul kelishuvlar, shu jumladan, istalgan uchinchi tomon bilan tuzilgan kelishuvlar va ahdlashuvlar asosida muomalada taqiqlangan buyumlar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasida qatnashuvchi shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy taʼqib qilish maqsadida tovarlar, vositalar yoki materiallarning noqonuniy aylanishida nazorat qilinadigan yetkazib berish usulidan lozim darajada foydalanishni taʼminlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nazorat qilinadigan yetkazib berish usulidan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli organlar tomonidan har bir alohida holatda hayot va sogʻliq, atrof-muhit uchun xavflilik darajasini, huquqlar va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarni lozim darajada hisobga olgan holda, shuningdek, zarurat boʻlganda, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida erishilgan moliyaviy kelishuvlar hamda yurisdiksiyaga nisbatan anglashuvlarni inobatga olgan holda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bitimlarga muvofiq, shu jumladan, har qanday uchinchi tomon ishtirokida nazorat qilinadigan yetkazib berishlar predmeti boʻlgan muomalada taqiqlangan tovarlar, vositalar yoki materiallarning noqonuniy partiyalaridan saqlangan yoki olib qoʻyilgan holda keyingi tashish uchun yoxud bunday buyumlar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning odamlar hayotiga va sogʻligʻiga hamda atrof-muhit uchun ehtimoliy xavflilik darajasini hisobga olgan holda ularni toʻliq yoki qisman almashtirish uchun foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76-modda
Soʻrayotgan va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning sudlarida ishlarni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir shaxs yoki bir guruh shaxslar bir qancha jinoyatlarda jinoiy taʼqib qilinganda, mazkur ishlar boʻyicha soʻrayotgan va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning sudlari yurisdiksiyaga ega boʻlsalar, hududida dastlabki tergov tugallangan Ahdlashuvchi Tomonning sudi ularni koʻrib chiqishga vakolatli hisoblanadi. Bunday holda ishni koʻrib chiqish mazkur Ahdlashuvchi Tomon sudi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77-modda
Ayblov hukmi toʻgʻrisida xabarnoma va sudlanganlik toʻgʻrisida yozuv
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolariga nisbatan ularning sudlari tomonidan chiqarilgan ayblov hukmlari qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisida bir-birlariga maʼlum qilishlari hamda mahkumlarning mavjud fotosuratlari va barmoq izlarini yuborishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iltimosnomaga koʻra Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz sudlari tomonidan ilgari hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bir-birlariga maʼlum qiladilar, basharti ushbu shaxslar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoiy taʼqib qilinsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78-modda
Maxfiylikka rioya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli iltimosnoma mavjud boʻlgan taqdirda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma, uning mazmuni va tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, iltimosnomaga binoan amalga oshirilgan har qanday xatti-harakatning sir saqlanishi uchun zarur chora-tadbirlarni koʻradi. Agar ushbu iltimosnomani maxfiylikka rioya etgan holda bajarishning imkoni boʻlmasa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon iltimosnomani bajarishdan oldin bu haqda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon esa ushbu iltimosnomani shunga qaramasdan ijro etish zarurligi boʻyicha maslahat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon taqdim etgan maʼlumot va dalillarning maxfiyligini taʼminlaydi, ushbu maʼlumot va dalillar iltimosnomada koʻrsatilgan tergov yoki sud muhokamasi uchun zarur boʻlgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79-modda
Foydalanishga oid cheklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligisiz u taqdim etgan maʼlumot yoki dalillardan iltimosnomada koʻrsatilmagan tergov yoki sud ishlari uchun foydalanmaydi yoxud ularni taqdim qilmaydi. Biroq ayblov oʻzgargan taqdirda, qoʻyilgan aybga koʻra jinoyat unga nisbatan mazkur Shartnomaga muvofiq oʻzaro yordam koʻrsatish mumkin boʻlgan jinoyat hisoblangan darajada taqdim etilgan materialdan foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80-modda
Guvohlar, jabrlanuvchilar va sud muhokamasining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda, Ahdlashuvchi Tomonlar birgalikda tergov oʻtkazilayotgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarda, shuningdek, odil sudlovni amalga oshirish manfaatlari talab qilgan hollarda, bunday ishlarni sudda koʻrib chiqishda guvohlar, jabrlanuvchilar va sud muhokamasining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish yuzasidan oʻz qonunchiligida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81-modda
Tashish bilan bogʻliq xarajatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qamoqda saqlanayotgan shaxslarni mazkur Shartnomaning 70-moddasida nazarda tutilgan koʻrsatuv berish yoki tergovga koʻmak berish uchun vaqtincha oʻtkazish boʻyicha tashish xarajatlari, shu jumladan, uchinchi davlatlar hududi orqali ushbu shaxslarning tranziti bilan bogʻliq xarajatlar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tarafidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-modda
Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iltimosnomaga koʻra Ahdlashuvchi Tomonlar bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirishni amalga oshiradilar, basharti bunday shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududida boʻlishi mumkin deb hisoblash uchun asoslar mavjud boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma mazkur Shartnomaning 7 va 17-moddalari qoidalariga muvofiq tuziladi hamda u qidiruvdagi shaxsning imkon qadar toʻliqroq tavsifi bilan birga u turgan joyni aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan boshqa har qanday maʼlumotni oʻz ichiga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bedarak yoʻqolgan shaxsni qidirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga, agar mavjud boʻlsa, qidiruvdagi shaxsning fotosurati yoki boshqa grafik tasviri, stomatologik kartasi, qoʻl barmoq izlari, shuningdek, talab qilinishi mumkin boʻlgan boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83-modda
Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlar vakillarining ishtirok etishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalarining vakillari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari tomonidan jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimosnomani bajarishda ushbu Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84-modda
Qamoqda saqlanayotgan shaxslarni qurolli kuzatib borish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻtkazish ruxsat etilgan shaxslarni va tergovga koʻmaklashish uchun oʻtkazilayotgan shaxslarni oʻz hududlaridan xavfsiz olib chiqishni taʼminlash maqsadida bunday shaxslar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli adliya muassasalari qurolli vakillari tomonidan kuzatib borilishi mumkinligi toʻgʻrisida kelishib oldilar. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda boshqa Ahdlashuvchi Tomon tarafidan oldindan xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakillariga ular oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining huquqiy maqomi beriladi. Shunga muvofiq ravishda, ular ushbu davlat va oʻz mamlakatlarining huquqiy himoyasidan hamda shaxsiy daxlsizlikdan foydalanadilar, qurolni saqlash va olib yurish, shuningdek, Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligida belgilangan hollarda xizmat oʻqotar qurollari va maxsus vositalardan foydalanish huquqiga ega boʻladilar va oʻz majburiyatlarini qabul qiluvchi davlatning qonunchiligiga muvofiq bajaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaning 2-bandida qayd etilgan adliya muassasalarining vakillari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda ular fuqarolari hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga zarur koʻmak koʻrsatadi. Iltimosnomaga koʻra bunday hollarda jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy taʼqib qilish Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va mazkur Shartnoma qoidalariga muvofiq ular fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonga oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vakolatli adliya muassasalarining xizmat oʻqotar qurollari, oʻq-dorilari, maxsus vositalari va shaxsiy himoyalanish vositalari mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda shakli va mazmuni ikkala Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida kelishiladigan maxsus roʻyxatlar (ruxsatnomalar) asosida soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga qoʻyiladi va ularni qayta olib chiqib ketish majburiy hisoblanadi. Qurol-yarogʻ, oʻq-dori, maxsus vositalar va shaxsiy himoyalanish vositalarini olib chiqish adliya muassasalari vakillari soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga kirish vaqtida bojxona muassasalari tomonidan tasdiqlangan yuqorida qayd etilgan roʻyxatlar (ruxsatnomalar) asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur moddaning qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarga uchinchi davlatlar ushlab bergan shaxslarni Ahdlashuvchi Tomonlar hududi orqali tranzit olib oʻtish hollariga nisbatan qoʻllaniladi. Mazkur Shartnomaning 71-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan hollarda, Ahdlashuvchi Tomonlarning olib oʻtilayotgan shaxslarni kuzatib borayotgan vakillarida oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, maxsus vositalar va shaxsiy himoyalanish vositalari mavjud ekanligi toʻgʻrisida mazkur Shartnomaning 71-moddasi 1 va 4-bandlariga muvofiq taqdim etiladigan tranzit olib oʻtish toʻgʻrisidagi iltimosnomada maʼlum qilinadi. Bunday iltimosnoma olingunga qadar qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, maxsus vositalar va shaxsiy himoyalanish vositalari soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalarida belgilangan sharoitlarda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85-modda
Jinoiy ishlar boʻyicha yordam koʻrsatishga oid aloqalar tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy taʼqib qilish boʻyicha aloqalar Ahdlashuvchi Tomonlarning bosh prokurorlari (prokurorlari) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror (sud)ning sanksiyasini talab qiluvchi protsessual va boshqa harakatlar boʻyicha aloqalar Ahdlashuvchi Tomonlarning bosh prokurorlari (prokurorlari) belgilagan tartibda prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V BOʻLIM. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86-modda
Mazkur Shartnomaning qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnomani talqin qilish va qoʻllash yuzasidan Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda, Ahdlashuvchi Tomonlar ularni maslahatlashuvlar va muzokaralar orqali hal qilishga intiladilar. Zarurat boʻlganda, yuzaga kelgan nizolarni tartibga solish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli davlat muassasalari vakillaridan iborat qoʻshma komissiya tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga munosabat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirokchilari hisoblangan boshqa xalqaro shartnomalar qoidalariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88-modda
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnomaga Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra uning ajralmas qismi hisoblanadigan hamda Shartnomaning 89-moddasida oʻrnatilgan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar orqali oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-modda
Shartnomaning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim va u ratifikatsiya yorliqlari almashingan sanadan boshlab oʻttizinchi (30) kuni kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90-modda
Shartnomaning amal qilish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnoma kuchga kirish sanasidan boshlab, besh yil davomida amal qiladi hamda uning amal qilish muddati, agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga uning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida yozma xabarnoma yubormasa, keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi. Shartnomaning amal qilishi boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnoma olgan sanadan boshlab, olti oy oʻtgach tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91-modda
Vaqt boʻyicha amal qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnomaning amal qilishi u kuchga kirgunga qadar vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida, 2017-yil 5-dekabrda, hijriy 14/09/1396, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, dari va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnoma qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)