30.12.2018 yildagi 792қ-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati hokimining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyatining 2019-yildagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjetining parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 99-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-son va Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Xorazm viloyati mahalliy budjetining 2019-yildagi asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi 40-176-son qarorlarining ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-son va Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Xorazm viloyati mahalliy budjetining 2019-yildagi asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi 40-176-son qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2019-yilga moʻljallangan viloyat mahalliy budjetining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat mahalliy budjetining asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat budjeti, shaharlar va tumanlar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlari, viloyat mahalliy budjetiga respublika budjetidan ijtimoiy soha uchun transfertlar miqdorlari 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va tumanlar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va tumanlar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat mahalliy budjetining zaxira jamgʻarmasi miqdorlari 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 6-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Viloyat moliya bosh boshqarmasiga (T. Babadjanov) daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun tegishli mahalliy budjetlarga budjetdan transfertlar va ssudalar ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek, ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha mahalliy budjetlarning xarajatlarini moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Viloyat moliya bosh boshqarmasining 2018-yilgi viloyat mahalliy budjeti daromadlarini 1 081,5 mlrd.soʻm va xarajatlarini 1 823,1 mlrd.soʻm miqdorida aniqlashtirish toʻgʻrisida taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xorazm viloyatining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi 40-176-son qarori bilan maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qaror Xorazm viloyati hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Viloyat hokimligi huzuridagi “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK (M. Mavlonov) mazkur qarorning viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari K. Igambergenov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokim F. ERMANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urganch sh,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 30-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
792q-son