26.07.2019 yildagi 630-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Haziniy uy-muzeyi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbek xalqining buyuk shoir va adiblari Erkin Vohidov hamda Haziniyning boy ijodini oʻrganish, keng targʻib qilish, nomlarini abadiylashtirish, shuningdek, yoshlar oʻrtasida adabiy muhitni yanada keng rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligining Fargʻona viloyati, Margʻilon shahrida Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Uchkoʻprik tumanida Haziniy uy-muzeyini (keyingi oʻrinlarda muzeylar deb ataladi) Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fargʻona viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan muzeylarning asosiy vazifalaridan kelib chiqib, Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi toʻgʻrisida yangilangan nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylarning shtatlar jadvali belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylar joylashgan binolarni Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga oʻtkazish hamda binolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylarda madaniy-maʼrifiy tadbirlar, atoqli shoir va yozuvchilar hayoti va ijodiga bagʻishlangan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylarga zamonaviy interfaol axborot-texnologiyalarni joriy etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muzeylar ekspozitsiyasini muzey ashyolari bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda muzeylarga sayyohlarni keng jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylarga shtat birliklarini ajratish hamda xodimlariga ish haqi toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muzeylar uchun belgilangan tartibga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylarni saqlash xarajatlari, uning oʻz daromadlari, mahalliy budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlaridada taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga muzeylar faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, Fargʻona viloyati hokimi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 26-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
630-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-iyuldagi 630-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-ilova 6-pozitsiyasidan soʻng quyidagi mazmundagi 61 va 62-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

61.

Erkin Vohidov memorial muzeyi (Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida)

Margʻilon shahri

62.

Haziniy uy-muzeyi (Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida)

Uchkoʻprik tumani

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-ilovaning 18-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

18.

Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Fargʻona shahri

Margʻilon shahar tarix muzeyi

Margʻilon shahri

Uvaysiy uy-muzeyi

Margʻilon shahri

Erkin Vohidov uy-muzeyi

Oltiariq tumani

Haziniy uy-muzeyi

Uchkoʻprik tumani

Erkin Vohidov memorial muzeyi

Margʻilon shahri

.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2019-y., 09/19/630/3483-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)