23.07.2019 yildagi PQ-4400-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tashkil etish uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, shuningdek, tijorat banklarini mikromoliyalashtirish jarayonlariga jalb qilish boʻyicha koʻrilayotgan choralar respublikada mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish hajmini yetarli darajada kengaytirishga imkon yaratganligini taʼkidlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mikromoliyalashtirish sohasini tartibga solish boʻyicha xalqaro tajriba aholi va tadbirkorlik subyektlarining mikromoliyaviy xizmatlarga oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun kredit tashkilotlarining salohiyatini oshirish zarurligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli mikromoliyalashtirish qonunchiligini yaxshilash, uning eng yaxshi amaliyotlarini, shu jumladan masofadan turib xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini joriy etish, koʻrsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish, aholida haddan tashqari qarz yuki shakllanishining oldini olish, aholining moliyaviy savodxonligini, moliyaviy ommaboplikni oshirish va mazkur xizmatlar isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish respublikada mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha ishlarning hozirgi bosqichdagi dolzarb yoʻnalishlari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5614-son Farmoni bilan belgilangan vazifalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy ommaboplik sohasidagi ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda tarkibida moliyaviy xizmatlar ommabopligini kengaytirishni, aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishni, moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini (keyingi oʻrinlarda — Milliy strategiya) ishlab chiqishga Jahon bankining texnik koʻmagi jalb etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini ishlab chiqish va kelgusida amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

masʼul vazirlik va idoralarning Milliy strategiya ijrosining borishi boʻyicha muvofiqlashtirilgan hamkorligini taʼminlash, zarur boʻlganda, belgilangan tadbirlarning bajarilishiga oid tezkor choralarni koʻrish;

Milliy strategiyani amalga oshirish masalalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari, ekspertlar hamjamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkil etish, ushbu maqsadlarda seminarlar, davra suhbatlari, anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish.

3. Muvofiqlashtiruvchi kengash (J.A. Qoʻchqorov):

bir oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatilgan tadbirlarni 2019-yil yakuniga qadar ijro qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin, shuningdek, reja ijrosining borishi toʻgʻrisida har oy Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin;

2020-yil 1-yanvarga qadar “Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:

2020-yil 1-yanvarga qadar sohaga ixtisoslashgan xalqaro ekspertlar koʻmagida aholining moliyaviy savodxonligi va moliyaviy ommaboplik darajasini xolisona baholash maqsadida tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazsin;

moliyaviy ommaboplikni takomillashtirish uchun Moliyaviy inklyuziv ittifoq va xorijiy mamlakatlarning markaziy banklari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq quyidagilar taqiqlanadi:

jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;

nobank kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslardan qisqa muddatli mikromoliyaviy xizmatlar taʼminotiga koʻchmas turar joy mulkini garov sifatida qabul qilish;

ilgari olingan kreditlar (qarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:

2019-yil 1-sentabrga qadar mikrokredit tashkilotlari binolari va kassa xonalarining texnik jihozlanganlik talablarini bugungi kun talablari, xalqaro tajriba va mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uslublarini takomillashtirishni hisobga olgan holda soddalashtirsin;

2019-yil 1-oktabrga qadar qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (qarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash metodologiyasi va ruxsat etiladigan koʻrsatkich birliklarini, shuningdek, jismoniy shaxslarning qarz yukining, shu jumladan kunlik eng yuqori foiz stavkalari boʻyicha oʻsishini cheklab turishga oid meʼyorlarni tasdiqlasin;

2019-yil 1-noyabrga qadar kredit tashkilotlari tomonidan tavakkalchiliklarning mos ravishda boshqaruvi mavjudligi, kredit byurolaridan kredit maʼlumotlarini majburiy olish, faoliyatning xavfsizligi va uzluksizligini taʼminlashni nazarda tutuvchi masofadan turib xizmat koʻrsatish tartibini tasdiqlasin;

2019-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ilgari tijorat bankida dastlabki identifikatsiyadan oʻtgan jismoniy shaxsni kredit tashkilotlari tomonidan masofadan turib identifikatsiyalash mexanizmini joriy etsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi 2019-yil 1-dekabrga qadar:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Garov reyestri” DUK maʼlumotlar bazasini Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlar bazasi bilan mikromoliyaviy xizmatlar boʻyicha garovga qabul qilingan koʻchar mulkka taqiq qoʻyish, yechish va maqomini tekshirishga oid kredit tashkilotlarining foydalanish imkoniyatini kengaytirishni nazarda tutuvchi integratsiyasini taʼminlasin;

qonunchilikka mikromoliyaviy xizmatlar boʻyicha garov shartnomasini majburiy notarial tasdiqlashni bekor qilish va kredit tashkilotlari tomonidan garov reyestrining maʼlumotlar bazasiga tegishli yozuvlarni kiritish bilan bir vaqtda maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining maʼlumotlar bazalarida aks ettirish imkoniyatini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019-yil 1-noyabrga qadar mazkur qaror bilan belgilangan normalar taʼsirining tahlili, shuningdek, sohaga ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining ekspert xulosalaridan kelib chiqqan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Nobank kredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

nobank kredit tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy asoslari;

nobank kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning ruxsat beriladigan turlarini aniqlash;

mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish va ularning isteʼmolchilari huquqini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish;

nobank kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish tartibi.

11. Mazkur qarorni amalga oshirish boʻyicha batafsil amaliy tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari barcha tadbirlarning belgilangan muddatlarda soʻzsiz va sifatli bajarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3270-son qaroriga 1-ilovaning 41-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ikki oy muddatda:

Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 23-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4400-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son qaroriga
1-ILOVA

Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini ishlab chiqish va kelgusida amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

M.B. Nurmuratov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

D.S. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

T.A. Ishmetov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

M.Sh. Istamov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

O.M. Umarov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

B.E. Zohidov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari

S.S. Nosirov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki departamenti direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4400-son qarorini amalga oshirish boʻyicha batafsil amaliy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlar rejasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Qaror bandlari

Ijro muddati
va amalga oshirish mexanizmlari

Nazorat uchun masʼullar

vazirlik, idora va boshqa tashkilotlardan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan

1.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy ommaboplik sohasidagi ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda tarkibida moliyaviy xizmatlar ommabopligini kengaytirishni, aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishni, moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini (keyingi oʻrinlarda — Milliy strategiya) ishlab chiqishga Jahon bankining texnik koʻmagi jalb etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2019-yil 25-avgustga qadar

Milliy strategiyani tayyorlash va kiritish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga reja ijrosining borishi haqidagi axborotni har oy kiritish

M. Nurmuratov

G. Saidova
J. Qoʻchqorov

2.

2. Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini ishlab chiqish va kelgusida amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

masʼul vazirlik va idoralarning Milliy strategiya ijrosining borishi boʻyicha muvofiqlashtirilgan hamkorligini taʼminlash, zarur boʻlganda, belgilangan tadbirlarning bajarilishiga oid tezkor choralarni koʻrish;

Milliy strategiyani amalga oshirish masalalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari, ekspertlar hamjamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkil etish, ushbu maqsadlarda seminarlar, davra suhbatlari, anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish.

2019-yil 25-avgustga qadar

Milliy strategiyani tayyorlash va kiritish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga reja ijrosining borishi haqidagi axborotni har oy kiritish

M. Nurmuratov

G. Saidova
J. Qoʻchqorov

3.

3. Muvofiqlashtiruvchi kengash (J.A. Qoʻchqorov):

bir oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatilgan tadbirlarni 2019-yil yakuniga qadar ijro qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin, shuningdek, reja ijrosining borishi toʻgʻrisida har oy Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin;

2020-yil 1-yanvarga qadar “Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

2019-yil 25-avgustga qadar

Milliy strategiyani tayyorlash va kiritish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
va Vazirlar Mahkamasiga reja ijrosining borishi haqidagi axborotni har oy kiritish

M. Nurmuratov

G. Saidova
J. Qoʻchqorov

4.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:

2020-yil 1-yanvarga qadar sohaga ixtisoslashgan xalqaro ekspertlar koʻmagida aholining moliyaviy savodxonligi va moliyaviy ommaboplik darajasini xolisona baholash maqsadida tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazsin;

moliyaviy ommaboplikni takomillashtirish uchun Moliyaviy inklyuziv ittifoq va xorijiy mamlakatlarning markaziy banklari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirsin.

2020-yil 1-yanvarga qadar

doimiy ravishda

moliyaviy inklyuziv ittifoq va xorijiy mamlakatlarning markaziy banklari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish

M. Nurmuratov

G. Saidova
J. Qoʻchqorov

5.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining 2019-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi tartibni joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin, unga muvofiq:

mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million soʻmgacha, mikrokredit miqdori — 300 million soʻmgacha va mikrolizing miqdori — 600 million soʻmgacha oshiriladi;

mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati 30 kundan 15 ish kunigacha qisqartiriladi;

mikrokredit tashkilotlari barcha ishonchli (blankli) kreditlarning ular shakllantirgan ustav fondiga foiz nisbatini mustaqil belgilaydi;

aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan mikrokredit tashkilotlariga korporativ obligatsiyalarni chiqarish va ularni faqat yuridik shaxslar oʻrtasida joylashtirish huquqi taqdim etiladi;

xorijiy mikrokredit tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan mikrokredit tashkilotlarining ustav fondida ishtirok etishiga ruxsat beriladi.

2019-yil 25-sentabrga qadar

qonun hujjatlariga ushbu banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish

qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni
ushbu qarorga muvofiqlashtirish

M. Nurmuratov

G. Saidova
J. Qoʻchqorov

6.

6. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-avgustdan boshlab:

a) mikrokredit tashkilotlariga:

banklar, sugʻurta kompaniyalari va boshqa moliya tashkilotlarning agenti sifatida agentlik xizmatlarini faqat naqdsiz shaklda koʻrsatish va agentlik bitimining mavjudligi toʻgʻrisida axborotlarni oshkor qilish, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlari normalarini bajarish sharti bilan qatnashishga;

makroprudensial nazorat doirasida belgilangan normalarga rioya qilinishini taʼminlaydigan hajmlarda kreditlarni (qarzlarni) jalb qilishga va korporativ obligatsiyalarni chiqarishga;

mikrokredit tashkilotlari boshqaruvining oliy organlari qarori bilan chakana xizmatlar, shu jumladan naqdsiz shaklda koʻrsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar markazlarini ular ochilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qilgan holda ochishga ruxsat beriladi;

b) banklar va boshqa kredit tashkilotlari jismoniy shaxslarga banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan potensial qarz oluvchini masofadan turib identifikatsiyalash, maʼlumotlar xavfsiz almashuvini amalga oshirish va skoring modeli asosida qarz oluvchining kredit qobiliyatini baholashni taʼminlash sharti bilan onlayn-kreditlar (mikroqarzlar) berish huquqiga ega.

2019-yil 25-sentabrga qadar

qonun hujjatlariga ushbu banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish

qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni
ushbu qarorga muvofiqlashtirish

M. Nurmuratov

G. Saidova
J. Qoʻchqorov

7.

7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq quyidagilar taqiqlanadi:

jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;

nobank kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslardan qisqa muddatli mikromoliyaviy xizmatlar taʼminotiga koʻchmas turar joy mulkini garov sifatida qabul qilish;

ilgari olingan kreditlar (qarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish.

2019-yil 25-sentabrga qadar

qonun hujjatlariga ushbu banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish

qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni
ushbu qarorga muvofiqlashtirish

M. Nurmuratov

G. Saidova
J. Qoʻchqorov

8.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:

2019-yil 1-sentabrga qadar mikrokredit tashkilotlari binolari va kassa xonalarining texnik jihozlanganlik talablarini bugungi kun talablari, xalqaro tajriba va mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uslublarini takomillashtirishni hisobga olgan holda soddalashtirsin;

2019-yil 1-oktabrga qadar qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (qarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash metodologiyasi va ruxsat etiladigan koʻrsatkich birliklarini, shuningdek, jismoniy shaxslarning qarz yukining, shu jumladan kunlik eng yuqori foiz stavkalari boʻyicha oʻsishini cheklab turishga oid meʼyorlarni tasdiqlasin;

2019-yil 1-noyabrga qadar kredit tashkilotlari tomonidan tavakkalchiliklarning mos ravishda boshqaruvi mavjudligi, kredit byurolaridan kredit maʼlumotlarini majburiy olish, faoliyatning xavfsizligi va uzluksizligini taʼminlashni nazarda tutuvchi masofadan turib xizmat koʻrsatish tartibini tasdiqlasin;

2019-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ilgari tijorat bankida dastlabki identifikatsiyadan oʻtgan jismoniy shaxsni kredit tashkilotlari tomonidan masofadan turib identifikatsiyalash mexanizmini joriy etsin.

2019-yil
1-sentabr

2019-yil
1-oktabr

2019-yil
1-noyabr

2019-yil
1-dekabr

M. Nurmuratov
P. Bobojonov

J. Qoʻchqorov

9.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi 2019-yil 1-dekabrga qadar:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Garov reyestri” DUK maʼlumotlar bazasini Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlar bazasi bilan mikromoliyaviy xizmatlar boʻyicha garovga qabul qilingan koʻchar mulkka taqiq qoʻyish, yechish va maqomini tekshirishga oid kredit tashkilotlarining foydalanish imkoniyatini kengaytirishni nazarda tutuvchi integratsiyasini taʼminlasin;

qonunchilikka mikromoliyaviy xizmatlar boʻyicha garov shartnomasini majburiy notarial tasdiqlashni bekor qilish va kredit tashkilotlari tomonidan garov reyestrining maʼlumotlar bazasiga tegishli yozuvlarni kiritish bilan bir vaqtda maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining maʼlumotlar bazalarida aks ettirish imkoniyatini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

2019-yil 1-dekabrga qadar

maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish bilan bogʻliq barcha texnik va tashkiliy masalalarni hal qilish boʻyicha idoralararo ishchi guruhini tuzish

M. Nurmuratov
Sh. Sodiqov
R. Davletov
P. Bobojonov

A. Aripov

10.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019-yil 1-noyabrga qadar mazkur qaror bilan belgilangan normalar taʼsirining tahlili, shuningdek, sohaga ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining ekspert xulosalaridan kelib chiqqan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Nobank kredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

nobank kredit tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy asoslari;

nobank kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning ruxsat beriladigan turlarini aniqlash;

mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish va ularning isteʼmolchilari huquqini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish;

nobank kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish tartibi.

2019-yil
1-noyabrga qadar

M. Nurmuratov
R. Davletov
S. Umurzoqov
T. Ishmetov
A. Nazirov
XMI/XHMT

Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi Mikromoliyaviy institutlar milliy assotsiatsiyasi mazkur sohadagi boshqa nodavlat tashkilotlar

A.Aripov

11.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3270-son qaroriga 1-ilovaning 41-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2019-yil 25-sentabrga adar

mazkur band talablarini hisobga olgan holda Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari (roʻyxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) va boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish

M. Nurmuratov

J. Qoʻchqorov

12.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ikki oy muddatda:

Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

2019-yil 25-sentabrga qadar

M. Nurmuratov
T. Ishmetov

G. Saidova
J. Qoʻchqorov

13.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.

Mazkur qaror ijrosining borishini har oy koʻrib chiqish

M. Nurmuratov

A. Aripov
J. Qoʻchqorov

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2019-y., 07/19/4400/3468-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son; 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)