18.07.2019 yildagi O‘RQ-549-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Turizm toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining turizm toʻgʻrisidagi qonunchiligi ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining turizm toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gid (gid-tarjimon) — axborotga oid va tashkiliy xizmatlar koʻrsatish, turistlar va ekskursantlarni vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) turistik resurslar bilan tanishtirish uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik koʻrgan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi — turistik yoʻnalishlarda turistlar va ekskursantlarga hamrohlik qilish hamda ularning xavfsizligini taʼminlash uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik koʻrgan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil turizm — turistlar tomonidan turoperatorlar va turagentlar ishtirokisiz mustaqil ravishda tashkil etiladigan sayohat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasining subyektlari — turistik xizmatlar majmuini yoki ularning bir qismini koʻrsatish, qoʻshimcha turistik xizmatlarni (ishlarni) bajarish hamda turistlar va ekskursantlarga tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tur — turistik xizmatlarning kamida ikkita turini oʻz ichiga olgan turistik xizmatlar majmui bilan taʼminlangan, belgilangan yoʻnalish boʻyicha aniq muddatlardagi sayohat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm — jismoniy shaxsning vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda doimiy yashash joyidan joʻnab ketishi (sayohat qilishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turist — vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) yigirma toʻrt soatdan ketma-ket oʻn ikki oygacha boʻlgan davrga boruvchi yoki vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik vaucher — turistning tur tarkibiga kiruvchi xizmatlarga boʻlgan huquqini belgilovchi va ularning haqi toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik yoʻnalish — sayohat vaqtida turist, ekskursant tashrif buyuradigan asosiy joylarning roʻyxati boʻyicha turistning, ekskursantning rejalashtirilgan harakatlanish yoʻli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik xizmatlar — joylashtirish, ovqatlantirish, transport, ekskursiya va maslahat xizmati koʻrsatish boʻyicha xizmatlar, shuningdek turist va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekskursant — vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) tunab qolmasdan yigirma toʻrt soatdan oshmaydigan davrda sayohat qiluvchi jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekskursiya yetakchisi — turistlar va ekskursantlarni muayyan turistik resurs bilan tanishtirish uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik koʻrgan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlarning, ekskursantlarning va turizm sohasi subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini hamda xavfsizligini himoya qilish ustuvorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizmni barqaror rivojlantirish va buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida oshkoralik va ochiqlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Turizmning shakllari va turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro va ichki turizm turizmning shakllaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro turizm quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish turizmi — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sayohati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqish turizmi — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning boshqa mamlakatga sayohati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki turizm Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sayohatini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm tashkil etilayotgan turning oʻziga xosligi, mavzusi, davomiyligi, harakatlanish usullari va turning boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda madaniy-tarixiy, ziyorat, ekologik, maʼrifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, yoshlar turizmi, agroturizm hamda turizmning boshqa turlariga boʻlinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Turizm sohasini tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur sohani mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmogʻi sifatida rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sayohatlarni amalga oshirish chogʻida fuqarolarning dam olish, erkin harakatlanishga boʻlgan huquqlarini va boshqa huquqlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik resurslardan oqilona foydalanish va ularni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki turizmni rivojlantirish, shu jumladan ijtimoiy turizmni rivojlantirish doirasida bolalar, yoshlar, keksalar, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining kam taʼminlangan qatlamlari uchun turizm hamda ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va investitsiyalar kiritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur sohada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari uchun turistik xizmatlar bozorida teng imkoniyatlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasining subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlarini belgilash orqali ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari va mol-mulki himoya qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining turizm uchun jozibador mamlakat sifatidagi nufuzini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasi subyektlarini ular turistik bozorlarda milliy turistik mahsulotni targʻib qilishida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik zonalar va turistik klasterlarning rivojlantirilishini ragʻbatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining turizm sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

turizm sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik zonalar, turistik klasterlarni tashkil etish va ularda turizm sohasi subyektlari faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida xizmatlarni sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar va ekskursantlarni sugʻurta qilish, ularga tibbiy, huquqiy hamda boshqa turdagi yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik resurslardan, tabiiy va madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanilishini hamda ularning saqlanishini, shuningdek atrof tabiiy muhitning muhofaza qilinishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar va ekskursantlar borishi taqiqlangan obyektlar hamda hududlarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonxona xizmatlarini (joylashtirish boʻyicha xizmatlarni), shuningdek turoperatorlar va turagentlar xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar va ekskursantlarning ayrim toifalariga imtiyozlar berish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va hukumatlararo shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Turizm sohasidagi vakolatli davlat organi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi turizm sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasidagi davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi hamda ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida viza rejimini takomillashtirish va soddalashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizmning rivojlantirilishini muvofiqlashtiradi, yangi turistik yoʻnalishlar tashkil etilishini taʼminlaydi, ularni pasportlashtirishdan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm sohasidagi yagona reyestrlarni yuritish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik faoliyatni litsenziyalashni, turizm sohasidagi xizmatlarni sertifikatlashtirishni, turistik xizmatlar belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashtirish vositalari, togʻ changʻi trassalari va plyajlar tasnifini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasi subyektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarda uslubiy va maslahat yordami koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasidagi milliy tanitish belgisidan foydalanish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularni oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik xizmatlarni tashkil etish chogʻida turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini taʼminlash hamda sogʻligʻini saqlash sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar va ekskursantlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan turistik resurslar hamda aloqa vositalaridan moneliksiz foydalanishini taʼminlashga, shuningdek tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi yordam olishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy va madaniy meros obyektlarini ommalashtirishni, turizm salohiyatini saqlash hamda rivojlantirishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik xizmatlar bozorlarida marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasini rivojlantirish uchun chet el investitsiyalarini, shuningdek xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari hamda grantlarini jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik xizmatlar koʻrsatish sifati va xavfsizligi standartlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solishni maqbullashtirish va turistik xizmatlar bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm sohasiga ilgʻor innovatsiyalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli oʻrinbosarlarining turizmni rivojlantirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi va xalqaro turistik tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi, shuningdek boshqa mamlakatlarning turistik hamda oʻzga tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlar oʻrnatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasidagi xalqaro shartnomalari bajarilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi akkreditatsiya qilingan tashkilotlarni tashkil etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm sohasidagi vakolatli davlat organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ijro etilishi uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy boʻlinmalarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi hududiy boʻlinmalarining rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan vakolatli davlat organining rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining mablagʻlari vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalarini moliyalashtirish manbalaridir. Vakolatli davlat organi hududiy boʻlinmalarining xodimlarini qoʻshimcha ravishda moddiy ragʻbatlantirish vakolatli davlat organi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalari tegishli hududda quyidagi vazifalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda turistik salohiyatni oshirishga qaratilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda turizm sohasidagi, tegishli hududning turistik sohasiga investitsiyalarni jalb etishga doir hududiy dasturlarning ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik resurslarni saqlash va rivojlantirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda turistik faoliyat rivojlantirilishini taʼminlash, yangi turistik yoʻnalishlarni tashkil etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasi subyektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarda uslubiy va maslahat yordami koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda harakatlanish vaqtida turistlar va ekskursantlarning turistik resurslarga moneliksiz kirishini taʼminlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik salohiyatni rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan gʻovlarni bartaraf etish, shuningdek turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik bozorlarda tegishli hududning turistik salohiyati targʻib qilinishini tashkil etish, tegishli hududning turistik jozibadorligini saqlab qolish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda turizmni rivojlantirish toʻgʻrisida axborotni toʻplashni, tahlil qilishni amalga oshirish va uni vakolatli davlat organiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining turizm sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari turizm sohasidagi hududiy dasturlarni, shu jumladan qisqa muddatli hamda oʻrta muddatli istiqbolda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(10-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda turizm sohasidagi davlat siyosatini hamda ushbu sohani muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasidagi davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi va (yoki) uning hududiy boʻlinmasi bilan kelishuvga koʻra turizm sohasidagi hududiy dasturlarni, shu jumladan qisqa muddatli hamda oʻrta muddatli istiqbolda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi;
(10-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda turizm sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar va ekskursantlarning tegishli hududlarda joylashgan turistik resurslardan hamda aloqa vositalaridan moneliksiz foydalanishini, shuningdek ularning tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi yordam olishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud turistik salohiyatni tahlil qiladi va tegishli hududda turizmni rivojlantirish toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda joylashgan turistik resurslarni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularni joriy etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda turistik industriya obyektlarini rejalashtirish va qurish hamda ularning zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini taʼminlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
(10-moddaning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlarni qidirish va jalb etishni, shuningdek tegishli hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida ularga koʻmaklashishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligi va daromadlarini oshirish maqsadida turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantiradi va qoʻllab-quvvatlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik axborot markazlarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (bundan buyon matnda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb yuritiladi) turizmni barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari boʻyicha davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, turizm sohasi subyektlarining hamkorligini takomillashtirish maqsadida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga vakolatli davlat organi, manfaatdor davlat organlarining, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi, vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borgan holda turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishining borishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish, shuningdek ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan masalalarni tezkor koʻrib chiqish va hal etish;
(11-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hisobotlarini eshitib borgan holda turizm sohasidagi tasdiqlangan hududiy dasturlarning bajarilishini, tegishli hududning salohiyatidan foydalanish samaradorligini hamda joylarda mavjud byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan ishlarning oʻrganilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va qoʻshimcha infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan davlat yordamini olish uchun beriladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining, shuningdek boshqa tashabbuskorlarning (ariza beruvchilarning) takliflari hamda talabnomalarini har yili koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning turistik salohiyatini targʻib qilishga va chet ellik turistlarni jalb etishga qaratilgan qoʻshma tadbirlarni xorijda oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasini” har yili tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasidagi strategiyalar, konsepsiyalar, davlat dasturlari va boshqa dasturlarning vazirliklar va idoralar, boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishining borishi yuzasidan monitoring oʻtkazish, shuningdek ular bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi har choraklik axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
(11-modda toʻrtinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtiruvchi kengashning hududiy organlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchiligidagi hudud darajasida Muvofiqlashtiruvchi kengash vazifalarini bajaruvchi turizmni rivojlantirish boʻyicha hududiy kengashlardan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm sohasining rivojlanishini moliyaviy jihatdan qoʻshimcha taʼminlash maqsadida vakolatli davlat organi huzurida budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik yigʻimlardan tushgan tushumlar, xalqaro moliya institutlarining, xorijiy donorlarning grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriyalari, Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar boʻyicha tushumlar hamda qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi;
(12-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni turizm sohasining va turistik industriyaning rivojlantirilishini qoʻllab-quvvatlashga, turistik bozorlarda Oʻzbekiston Respublikasining turistik mahsulotlarini hamda turizm sohasidagi milliy tanitish belgisini targʻib qilish uchun yoʻnaltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining turizm sohasi tadbirlaridagi ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlarini targʻib qilishda, turizm salohiyatini saqlash va rivojlantirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
(13-moddaning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasidagi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Turistik industriya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Turistik industriya va turistik industriyadagi xizmatlarning turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylashtirish vositalari, transport, umumiy ovqatlanish obyektlari va koʻngilochar, maʼrifiy, ishbilarmonlik, davolash-sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya-sport hamda boshqa maqsadga moʻljallangan obyektlar, turistik faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, ekskursiya xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar majmui, shuningdek ekskursiya yetakchilarining, gidlar (gid-tarjimonlar) hamda yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning xizmatlari majmui turistik industriyadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasiga muvofiq turistik industriyadagi xizmatlarning turlari quyidagilardan iboratdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turlarni taqdim etish boʻyicha xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash joylarini taqdim etish boʻyicha xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovqatlantirish boʻyicha xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotga oid, reklama xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi transport uchun chiptalar hamda tadbirlarga va koʻngilochar obyektlarga borish uchun chiptalar taqdim etish (band qilib qoʻyish, sotish va yetkazib berish) boʻyicha xizmatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasida boshqa turistik xizmatlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Turistik industriya obyektlarini tasniflash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik industriya obyektlarini tasniflash va ularga toifalar berish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylashtirish vositalarini, togʻ changʻisi trassalarini, plyajlarni oʻz ichiga olgan turistik industriya obyektlarini tasniflash va ularga toifalar berish, shuningdek berilgan Toifalar reyestrini yuritish vakolatli davlat organi huzuridagi akkreditatsiya qilingan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylashtirish vositalari mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualarni, dam olish uylari va zonalarini, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylarini, oʻtov va chodirli oromgohlar, sanatoriylarni hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish boʻyicha xizmatlar) koʻrsatiladigan boshqa obyektlarni, shuningdek joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transportini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toifa berilgan turistik industriya obyektining mulkdori va (yoki) egasi uning mazkur toifaga muvofiq boʻlishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Turistik axborot markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarni turistik resurslar hamda turistik industriya obyektlari toʻgʻrisida xabardor qilish, shuningdek turistik bozorlarda turistik mahsulotlarni targʻib qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi markaz turistik axborot markazidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik axborot markazlarining loyihalari hamda ularda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (ishlar va xizmatlarning) roʻyxati vakolatli davlat organi bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik axborot markazi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Turistik zonalar va turistik klasterlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Turistik zonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan chegaralarga ega boʻlgan, bir yoki bir necha turistik resurslar (tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-madaniy, davolash-sogʻlomlashtirish obyektlari, shuningdek turistlar va ekskursantlarning ehtiyojlarini qanoatlantira oladigan boshqa obyektlar) joylashgan, kirish turizmini va ichki turizmni, turistik industriyani rivojlantirish, turistik resurslarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida tashkil etilgan hudud turistik zonadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik zonalar davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning taklifiga koʻra tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik zonalar respublika yoki mahalliy darajada tashkil etiladi. Respublika darajasidagi turistik zonalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, mahalliy darajadagi turistik zonalar esa vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik zonalarni aniqlashda ularda turistik resurslarning mavjudligi, shuningdek ushbu hududlarning turizm turlarini rivojlantirish uchun potensial imkoniyatlari inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilayotgan turistik industriya obyektlarining mulkdorlari va (yoki) egalari turistik zonalarning hududlarida turistik resurslar barpo etilayotganda, shuningdek ulardan foydalanilayotganda ushbu obyektlarning mavjud mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy muhitga yoki boshqa tashkiliy-maqsadli muhitga va infratuzilma muhitiga uygʻunlashuvini nazarda tutishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm sohasi subyektlari turistik zonalar hududlarida oʻz faoliyatini tashkil etishda va amalga oshirishda atrof tabiiy muhitga, madaniy meros obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni taʼminlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik zonalarda amalga oshiriladigan turistik faoliyat va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turistik zonalarni tashkil etish maqsadlariga monelik qilmasligi kerak.
(17-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Turistik zonalarning turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizmni kompleks rivojlantirish va turistik resurslarni lozim darajadagi holatda saqlash, tegishli hududning turistik salohiyatini oshirish, shuningdek ularni rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilinishini ragʻbatlantirish maqsadida turistik zonalarning quyidagi turlari tashkil etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin turistik zona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik turistik zona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus turistik zona.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin turistik zona erkin iqtisodiy zonaga tenglashtiriladi. Erkin turistik zonaga va erkin turistik zonaning ishtirokchilari sifatida roʻyxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoidalari, shu jumladan erkin iqtisodiy zonalar va ularning ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar hamda preferensiyalar tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik turistik zona kichik sanoat zonasiga tenglashtiriladi. Kichik turistik zonalarga nisbatan kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoidalari tatbiq etiladi.
(18-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus turistik zona belgilangan maxsus hudud boʻlib, unda turistik resurslar va ushbu hududda muayyan turistik mahsulotni shakllantirish hisobidan turistlarga xizmat koʻrsatilishini taʼminlovchi turistik industriya obyektlari jamlanadi. Maxsus turistik zonani tashkil etishda ushbu zona ishtirokchilari uchun shartlar, imtiyozlar va preferensiyalar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Turistik klaster
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompleks turistik xizmatlar hamda turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatuvchi mustaqil tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar majmui turistik klasterdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik klasterlar kompleks turistik xizmatlar koʻrsatish, turistik faoliyatning raqobatbardoshliligi va sifatini oshirish maqsadida turistik mahsulotni shakllantiradi, targʻib etadi va realizatsiya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Turizm sohasidagi faoliyatni amalga oshirish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Turistik faoliyatni litsenziyalash va turistik faoliyatni xabardor qilish tartibida amalga oshirish
(20-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperatorlik va turagentlik faoliyati, shuningdek sayohatlar tashkil etishga doir boshqa faoliyat turistik faoliyatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik mahsulotni shakllantirish, targʻib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati turoperatorlik faoliyatidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik mahsulotni targʻib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati turagentlik faoliyatidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperatorlar turistik faoliyatni vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.
(20-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turagentlar turistik faoliyatni xabardor qilish tartibida amalga oshiradi.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuniga asosan beshinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperatorlar turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Bunda ekskursiya xizmatlari koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan jismoniy shaxslarga turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.
(20-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekskursiya faoliyati yigirma toʻrt soatdan oshmaydigan va joylashtirishga (tunab qolishga) doir xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutmaydigan, madaniy meros obyektlari, diqqatga sazovor joylar va boshqa obyektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yoʻnalishlar boʻyicha ekskursiya yetakchisi hamrohligida ekskursiyalar tashkil etishga doir turistik faoliyatning elementidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperatorlar faoliyatini amalga oshirishda litsenziya asosiy talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
(20-modda sakkizinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik mahsulot buyurtmachisi bilan turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasi tuzilganidan keyin turistik xizmatlar koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida Oʻzbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda boʻlishning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborotni yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistga va ekskursantga oʻz ishi tartibi, joylashgan yeri (pochta manzili), litsenziyaning mavjudligi, turizmning muayyan turlarini yuritish uchun masʼul boʻlgan mutaxassislar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish, shu jumladan mazkur axborotni oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirgan holda taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlar majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 13-maydagi OʻRQ-926-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2024-y., 03/24/926/0344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlarni sertifikatlashtirish vakolatli davlat organi huzuridagi akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish boʻyicha tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan amalga oshiriladi hamda ushbu xizmatlarning xavfsizligi va sifatini taʼminlashga qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi Sertifikatlashtirilgan turistik xizmatlarning reyestrini yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator xizmatlarini sertifikatlashtirish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Turizm sohasida standartlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistlar va ekskursantlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida turoperatorlik va turagentlik faoliyatini, shuningdek turistik industriya obyektlarini standartlashtirish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi turistik xizmatlar sohasidagi standartlashtirishga doir ishlarni tashkil etishni, muvofiqlashtirishni, ularning bajarilishini taʼminlashni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Gidlarning (gid-tarjimonlarning), ekskursiya yetakchilarining va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning malakasini sertifikatlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan tegishli sertifikat olinganidan keyin yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar sifatida yoxud yuridik shaxslar bilan tuziladigan mehnat shartnomalari asosida mustaqil ravishda xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Turizm sohasidagi yagona reyestrlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi Turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantiradi va yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm sohasidagi yagona reyestrlar turoperatorlarga, turagentlarga, gidlarga (gid-tarjimonlarga), ekskursiya yetakchilariga va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga nisbatan, joylashtirish vositalariga, togʻ changʻisi trassalariga va plyajlarga, shuningdek turistik yoʻnalishlar va turistik obyektlarga nisbatan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm sohasidagi yagona reyestrlar vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Turistik mahsulotni shakllantirish, targʻib etish va realizatsiya qilishning oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Turistik mahsulotni shakllantirish va targʻib etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik mahsulot turistik bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda yoxud turistning yoki ekskursantning buyurtmasiga koʻra turoperator tomonidan shakllantiriladigan, turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan turistik xizmatlar majmuidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperatorning turistik mahsulot jumlasiga kiruvchi alohida turistik xizmatlarni koʻrsatuvchi shaxslar bilan shartnomalar tuzishga va ularni ijro etishga doir faoliyati turistik mahsulotni shakllantirishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik mahsulotni realizatsiya qilishga (reklama qilishga, ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishga, kataloglar, bukletlar nashr etishga va boshqalarga) qaratilgan chora-tadbirlar majmui turistik mahsulotni targʻib etishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator turistlar va ekskursantlarga turistik mahsulot jumlasiga kiruvchi turistik xizmatlar majmui yoki ularning bir qismi mustaqil ravishda yoki alohida turistik xizmatlar koʻrsatuvchi shaxslarni jalb etgan holda koʻrsatilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator turga kiruvchi xizmatlarga boʻlgan huquqni alohida turistik xizmatlar koʻrsatuvchi shaxslar bilan yoki turga kiruvchi xizmatlarning barcha turlari koʻrsatilishini taʼminlovchi, turistlar va ekskursantlarni qabul qiluvchi turoperator bilan tuzilgan shartnomalar asosida oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistning, ekskursantning yoki turistlar, ekskursantlar guruhi vakili boʻlgan shaxsning turistik mahsulotni shakllantirish uchun turoperatorga beradigan buyurtmasi dastlabki shartnoma xususiyatiga ega boʻlgan bitim tarzida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kirish turizmi va ichki turizm sohalaridagi turistik mahsulotni shakllantirish faqat Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan turoperatorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik mahsulotni shakllantirish chogʻida turoperator atrof tabiiy muhitga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish taʼminlanishini nazarda tutishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik mahsulotni targʻib etish chogʻida turoperator va turagent turistik mahsulot toʻgʻrisidagi axborotning ishonchliligi uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turagent turistik mahsulotni targʻib etishni turoperator bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik mahsulotlarni kirish turizmi va ichki turizm hamda joylashtirish vositalari tarzida reklama qilish chogʻida turizm sohasida belgilangan milliy tanitish belgisidan foydalanish majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Turistik mahsulotni realizatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik mahsulotni realizatsiya qilish turoperator va (yoki) turagent hamda turistik mahsulotning buyurtmachisi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turist, ekskursant yoki turist yoxud ekskursant nomidan turistik mahsulotga buyurtma beruvchi boshqa shaxs turistik mahsulotning buyurtmachisidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turagent va turoperator oʻrtasidagi shartnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik mahsulotni turagent tomonidan realizatsiya qilish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turagentning turistik mahsulotni turoperator nomidan yohud oʻz nomidan realizatsiya qilishga doir huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turagent tomonidan ikkilamchi agent shartnomalarini tuzish mumkinligini (mumkin emasligini) nazarda tutuvchi shartlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularga turistik mahsulotning buyurtmachisi tomonidan turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasini ijro etish borasida eʼtirozlar bildirilgan taqdirda, turoperator va turagentning hamkorligi tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik mahsulot toʻgʻrisida axborot taqdim etmaganlik yoki notoʻgʻri axborot taqdim etganlik uchun, turistik xizmatlar koʻrsatishga doir shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun turistik mahsulotning buyurtmachisi oldida turoperatorning va turagentning javobgarligi, shuningdek taraflardan har birining javobgarligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va (yoki) turagent va turistik mahsulotning buyurtmachisi oʻrtasidagi shartnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turoperatorning nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), litsenziyasining yoʻnalishi va raqami;
(26-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turagentning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomaning yoʻnalishi va raqami;
(26-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik mahsulotning buyurtmachisi toʻgʻrisidagi, uning turistik mahsulotni realizatsiya qilish uchun zarur boʻlgan hajm doirasidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik mahsulotning qiymati va uni toʻlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turoperatorning va (yoki) turagentning hamda turistik mahsulot buyurtmachisining huquqlari va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turoperatorning va (yoki) turagentning va turistik mahsulot buyurtmachisining javobgarligi hamda nizolarni koʻrib chiqish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va (yoki) turagent va turistik mahsulot buyurtmachisi shartnomada turistik mahsulotdan foydalanish shartlarini, shu jumladan sayohatning dasturini, sayohatning yoʻnalishi va shart-sharoitlarini, joylashtirish vositalari, yashash va ovqatlanish sharoitlari, turistni va ekskursantni vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) tashish boʻyicha xizmatlar, ekskursiya yetakchisi, gid (gid-tarjimon), yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi mavjudligi, shuningdek qoʻshimcha xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kelishib olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperator va (yoki) turagent hamda turistik mahsulotning buyurtmachisi oʻrtasidagi shartnomada boshqa shartlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekskursiya yetakchilari, gidlar (gid-tarjimonlar) va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar shartnoma tuzmasdan ham oʻz xizmatlarini koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Oʻzbekistonning Milliy turistik brendi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasidagi tanitish belgisi va shiori Oʻzbekistonning Milliy turistik brendidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasidagi tanitish belgisining shakli, rangli tasviri hamda shiorning mazmuni vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning Milliy turistik brendidan tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) targʻib etishda foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning Milliy turistik brendining elementlaridan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Turistik xizmat koʻrsatish shartlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperatorlar va turagentlar turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasini tuzish chogʻida turistga va ekskursantga quyidagi axborotni taqdim etishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish va chiqish hujjatlarini (vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) kirish va undan chiqish uchun vizani) rasmiylashtirishga nisbatan qoʻyiladigan asosiy talablar toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rioya etilishi turni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tibbiy rasmiyatchiliklar, shu jumladan turistning va ekskursantning ularda muayyan kasalliklar, jismoniy holatining va yoshining oʻziga xos xususiyatlari mavjud boʻlgan taqdirda, turda ishtirok etishiga qarshi koʻrsatmalar toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona, chegara qoidalari va boshqa qoidalar (sayohatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hajmda) toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) turistning (ekskursantning) hayoti xavfsizligiga va sogʻligʻiga tahdid soluvchi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda yoki boshqa holatlarda, shuningdek turistning (ekskursantning) mol-mulkiga zarar yetishi xavfi yuzaga kelgan hollarda, turist (ekskursant) murojaat qilishi mumkin boʻlgan, vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) mavjud mahalliy davlat hokimiyati organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik va konsullik muassasalarining joylashgan yeri (pochta manzillari) va aloqa bogʻlash uchun telefon raqamlari toʻgʻrisidagi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Turoperatorlar va turagentlarning, turistlar va ekskursantlarning, gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Turoperatorlar hamda turagentlarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperatorlar va turagentlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turning davomiyligi va yoʻnalishini, xizmat koʻrsatish shartlarini, transportda xizmat koʻrsatish turini, turistning, ekskursantning xavfsizligini hamda ularning mol-mulki muhofaza qilinishini taʼminlash choralarini turistning va ekskursantning roziligi hamda xohishiga koʻra oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistning va ekskursantning roziligi bilan ularni tur boshlanishidan kamida yigirma kun oldin bu haqda xabardor etish sharti bilan turning shartlashilgan qiymatini koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar koʻrsatishning imkoni boʻlmaydigan fors-major holatlar yuzaga kelgan taqdirda, shuningdek guruh tuzish uchun zarur boʻlgan turistlar va ekskursantlarning talab qilinadigan soni yigʻilmagan taqdirda, turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasini bekor qilish, bu haqda turistlar va ekskursantlar tur boshlanishidan kamida yigirma kun oldin xabardor etilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar, ekskursantlar yoki turizm sohasi subyektlari tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishini talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperatorlar va turagentlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar va ekskursantlarga turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasida shartlashilgan xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik xizmatlar koʻrsatilmagan yoki ular toʻliq boʻlmagan hajmda koʻrsatilgan yoxud lozim darajada sifatli koʻrsatilmagan taqdirda turistlar va ekskursantlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi hamda maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar va ekskursantlarga turni tashkil etish, ularning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida toʻliq axborot taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik resurslarning saqlanishiga koʻmaklashishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar va ekskursantlar vaqtincha borilgan mamlakatda (joyda) qonunchilikka rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirishi shart.
(29-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Turistlar hamda ekskursantlarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistlar va ekskursantlar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasida nazarda tutilgan xizmatlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sayohat bilan bogʻliq toʻliq va ishonchli axborot olish, shu jumladan vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) kirish va unda boʻlish qoidalari, mahalliy aholining urf-odatlari, diniy marosimlar, madaniy meros obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va turizm sohasining obyektlari, atrof tabiiy muhitning holati toʻgʻrisida axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy xavfsizligi hamda oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish taʼminlanishi, shuningdek oʻz mol-mulkining but saqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch tibbiy yordam olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasi bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda moddiy zararning oʻrni qoplanishi, shuningdek maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar turning umumiy qiymati oshishi shartnomada shartlashilgan qiymatidan ortib ketsa, turistik xizmatlar koʻrsatishga doir shartnomani turoperatorlar va turagentlarga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplamagan holda bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistlar va ekskursantlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turda ishtirok etish uchun oʻz sogʻligʻi holatining va (yoki) yoshining xususiyatlariga bogʻliq cheklovlar (qarshi koʻrsatmalar) toʻgʻrisidagi, oʻz doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi hamda vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) kirishi uchun cheklovlar haqidagi maʼlumotlarni turoperatorning va (yoki) turagentning talabiga koʻra taqdim etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasi shartlariga va vaqtincha boʻlish mamlakatining (joyining) qonunchiligiga rioya etishi, uning siyosiy hamda ijtimoiy tuzilishini, mahalliy aholining anʼanalarini, urf-odatlarini, diniy eʼtiqodini hurmat qilishi;
(30-modda ikkinchi qismidagi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) atrof tabiiy muhitga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlariga zarar yetkazmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) bojxona va chegara nazorati, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari hamda yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tur vaqtida oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun turoperatordan, turagentdan yoki turistik mahsulot buyurtmachisidan zarur axborot bilan taʼminlanishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz huquq va majburiyatlarini belgilovchi hujjatlar bilan (shartnoma mavjud boʻlganda) tanishib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar va ekskursantlar bilan mustaqil ravishda shartnomalar tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli maʼlumotga, malaka sertifikatiga ega boʻlishi va oʻz vaqtida malaka oshirishdan oʻtishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatning tarixi, madaniyati, etnografiyasi, iqtisodiyotini va boshqa sohalarini rasmiy yoki ishonchli manbalardan bilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik yoʻnalishni rejalashtirish va ekskursiyada hamrohlik qilish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz funksional vazifalarini bajarish chogʻida ismi va familiyasi yozilgan koʻkrak nishonini (beyjikni) taqib yurishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlikni taʼminlash choralarini bilishi va favqulodda vaziyatlarda amaliy harakat qilish, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish koʻnikmalariga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Turizm sohasi subyektlarining birlashmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Turizm sohasi subyektlarining birlashmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm sohasi subyektlarining kasbiy faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti turizm sohasi subyektlarining birlashmasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm sohasi subyektlarining birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida faoliyatini amalga oshiruvchi turizm sohasi subyektlarining ixtiyoriy aʼzoligi prinsipiga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Turoperatorlar va turagentlar birlashmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperatorlar va turagentlar oʻz tadbirkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida birlashma tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik hamda jismoniy shaxslarning ixtiyoriy aʼzoligi prinsipiga asoslangan nodavlat notijorat tashkiloti turoperatorlar va turagentlar birlashmasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperatorlar va turagentlar birlashmasi yangi aʼzolar kirishi uchun ochiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Turoperatorlar va turagentlar birlashmalarining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperatorlar va turagentlar birlashmalari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasi subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatining tahlilini oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm toʻgʻrisidagi qonunchilik ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
(34-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda va muhokama qilishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlari tarkibida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasi subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish tizimini shakllantirishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash va kiritish, turizm sohasini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish jarayonlariga boshqa tadbirkorlik subyektlarini jalb etish;
(34-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning milliy turistik brendini va mahsulotlarni turistik bozorlarda targʻib etishga, turizm sohasiga investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Xavfsiz turizmni taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Turistlar va ekskursantlarning xavfsizligi kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistlar va ekskursantlarning xavfsizligi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda turistlar hamda ekskursantlarning xavfsizligini va himoya qilinishini, jamiyat va davlat manfaatlarini, turizmdan shaxslarning qonunga xilof migratsiyasi, ularning mehnatini ekspluatatsiya qilish hamda ularni boshqacha tarzda ekspluatatsiya qilish maqsadida foydalanishga qarshi kurashishni taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
(35-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlari turistlar va ekskursantlarning shaxsiy xavfsizligi, ularning mol-mulki but saqlanishi, atrof tabiiy muhitga, jamiyatning moddiy hamda maʼnaviy qadriyatlariga, davlat xavfsizligiga zarar yetkazilishining oldini olish taʼminlanishini nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari barcha turistik yoʻnalishlar boʻyicha turistlar va ekskursantlarning himoya qilinishini va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hududiy dasturlar ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi.
(35-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm sohasi subyektlari turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini taʼminlash, tabiiy ofatlar chogʻida, ular jarohatlanganda, kasallikka chalinganda hamda boshqa hollarda tibbiy va oʻzga tarzda yordam koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi turoperatorlarni, turagentlarni, turistlar va ekskursantlarni vaqtincha boʻlish mamlakatidagi (joyidagi) turistlar hamda ekskursantlarning xavfsizligiga nisbatan tahdid toʻgʻrisida xabardor qiladi, shuningdek xavfsizlikka nisbatan tahdid mavjud boʻlganligi sababli borib koʻrish uchun tavsiya etilmaydigan mamlakatlar (joylar) roʻyxatini ommaviy axborot vositalariga, shu jumladan oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassislari (hammuassislari) davlat organlari boʻlgan ommaviy axborot vositalari vakolatli davlat organiga turistlar va ekskursantlarning xavfsizligiga nisbatan tahdid haqidagi axborotni eʼlon qilish imkoniyatini darhol va bepul taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistlar va ekskursantlar yuqumli kasalliklarning yuqori darajadagi xavfiga uchrashi mumkin boʻlgan vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) sayohatni amalga oshirish boshlanguniga qadar xalqaro tibbiy talablarga muvofiq profilaktikadan oʻtishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistlar va ekskursantlar guruhlarini kuzatib boruvchi shaxslar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun dasturiy asosda minimal tibbiy tayyorgarlikka, tibbiy buyumlarga hamda dori qutichasiga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Turoperatorlar va turagentlar tomonidan turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini taʼminlashga doir chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperatorlar turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil turizmni amalga oshiruvchi turistlar va ekskursantlar murojaat qilgan taqdirda, turistlar va ekskursantlarni yoʻnalishning xususiyati hamda ularning oʻz xatti-harakatiga bogʻliq holda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf manbalari haqida xabardor qilishi, turistlar va ekskursantlarni jarohatlanish hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish va ulardan himoyalanish usullari bilan tanishtirishi, shuningdek yoʻnalishdagi xavfsizlik texnikasi boʻyicha turistlar va ekskursantlarga yoʻl-yoʻriq berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
falokatga uchragan turistlar va ekskursantlarga tezkor yordam koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
togʻ, trek, changʻi, velosiped, mototsikl, gʻor turizmi (tabiiy yer osti yoʻlaklari — gʻorlarga sayohatlar) va turizmning boshqa maxsus turlarini tashkil etish hamda amalga oshirishdagi xavfsizlikning alohida talablarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sayohat vaqtida turistlar, ekskursantlar bilan sodir boʻlgan favqulodda hodisalar toʻgʻrisida, shuningdek sayohatdan qaytib kelmagan turistlar hamda ekskursantlar haqida vakolatli davlat organini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini va manfaatdor shaxslarni darhol xabardor qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistlar va ekskursantlarga sayohatlarning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida, shuningdek sayohat qilish chogʻida ular duch kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar haqida toʻliq maʼlumotlar taqdim etishi hamda turistlar va ekskursantlarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ogohlantiruvchi chora-tadbirlarni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
togʻli hududda togʻ, trek, changʻi, velosiped, mototsikl va gʻor turizmi hamda turizmning otda sayr qilish turlarini tashkil etish va amalga oshirishda yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar xizmatlaridan foydalanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlar turagentlarning ham zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sayohatlarni turistlar va ekskursantlar harakatlanishining faol shakllaridan foydalangan holda tashkil etishga ixtisoslashgan turoperatorlar turistlar hamda ekskursantlarning xavfsizligini taʼminlash, ekstremal vaziyatlarda ularga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish maqsadida qidiruv-qutqaruv xizmatlari, shoshilinch operativ xizmatlar hamda boshqa qutqaruv xizmatlari bilan xizmat koʻrsatilishi uchun shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan, qutqaruv va shoshilinch xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida falokatga uchragan turistlar va ekskursantlarga zarur yordam koʻrsatish ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qidiruv-qutqaruv xizmatlari, shoshilinch operativ xizmatlar va boshqa qutqaruv xizmatlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek sogʻliqni saqlash, aloqa, ichki ishlar organlari, davlat oʻrmon xoʻjaligi, gidrometeorologiya, fuqaro aviatsiyasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatadi.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Turizm sohasida sugʻurta qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistlar va ekskursantlarni sugʻurta qilish ixtiyoriydir, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno hamda turistlar va ekskursantlar tomonidan bunday faoliyatni olib borish huquqiga ega boʻlgan tegishli sugʻurta tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperatorlar va turagentlar turistik mahsulotning xususiyati hamda shakliga qarab turistlar va ekskursantlarda sugʻurta polisi mavjud boʻlishi toʻgʻrisida talab belgilash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turoperatorlar oʻzining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Turizm sohasidagi xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm sohasidagi xalqaro hamkorlik xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
(39-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(40-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Turizm toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(41-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Turizm toʻgʻrisida”gi 830-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 227-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 831-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 228-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 6-aprelda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish tartib-taomillari soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-31-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda) 7-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-476-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 36-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(44-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 18-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-549-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2019-y., 03/19/549/3446-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 14.05.2024-y., 03/24/926/0344-son; 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)