27.06.2019 yildagi 535-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Xalqaro sirk sanʼati festivalini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dunyo xalqlarining sirk sanʼati yutuqlaridan bahramand boʻlish, oʻzbek milliy sirk sanʼatini asrab-avaylash va rivojlantirish, uning obroʻ-eʼtiborini, sanʼat sohasidagi oʻrni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini oshirish, xalqlar oʻrtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbek sirk sanʼatini yanada rivojlantirish va “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-yanvardagi 55-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining “Xalqaro sirk sanʼati” festivalini (keyingi oʻrinlarda Festival deb ataladi) 2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Xalqaro sirk sanʼati” festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Toshkent shahar hokimligi Festivalni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Toshkent shahar hokimligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda Festivalni oʻtkazish uchun homiylik xayriyalarini jalb etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival sovrindorlariga topshiriladigan diplom, sertifikat, statuetka namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi binosining atrofidagi hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Festival veb-saytini tayyorlab, Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirilishini hamda muntazam ravishda yangiliklar, fotosuratlar, audio va video materiallar bilan yangilab borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning quyidagi manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;

50 foizi — Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining buyurtmanomalariga asosan Festivalga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun kirish vizalarining konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Festivalni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼrifat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 27-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
535-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 535-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqaro sirk sanʼati” festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Xalqaro sirk sanʼati” festivalini (keyingi oʻrinlarda Festival deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon sirk sanʼati yutuqlaridan bahramand boʻlish, milliy sirk sanʼati anʼanalarini asrab-avaylash, tomoshabinlarning sirk sanʼatiga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, milliy sirk dasturlarining badiiy saviyasi va qamrovini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirk sanʼatining betakror ruhi va qiyofasini, oʻziga xosligini eʼtirof etish, xalqlar oʻrtasida doʻstlik rishtalarini mustahkamlash, tinchlik, doʻstlik va ahillikni, boy tarixiy va betakror madaniyatimizni keng targʻib etish, mamlakatimiz sirk sanʼatini jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy sirk sanʼatini yanada rivojlantirish, boshqa xalqlarning sirk sanʼati anʼanalarini oʻrganish maqsadida ijodiy muloqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, sirk sanʼati sohasidagi ilmiy oʻrganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, oʻzaro tajriba almashish, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Festival 2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marta Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalni oʻtkazishning aniq sanasi va muddatini belgilaydi hamda Festival boshlanishidan uch oy oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival dasturini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va Festival oʻtkazilishidan uch oy avval uning turizm tashkilotlariga taqdim etilishini, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi Festival tashkilotchilari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Festivalni oʻtkazish tartibi va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Festival doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy sirk ustalari tomonidan koʻrgazmali namoyishlar, ijodiy uchrashuvlar, sayillar, matbuot konferensiyalari, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslari, ilmiy-amaliy konferensiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirk ustalarining Xalqaro koʻrik-tanlovi (keyingi oʻrinlarda koʻrik-tanlov deb ataladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival koʻrik-tanlovning gʻoliblari va sovrindorlari ishtirokida “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasida tantanali taqdirlash marosimi va sirk namoyishlari bilan yakunlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival doirasida mahalliy va xorijiy sirk ustalari tomonidan koʻrgazmali namoyishlar, ijodiy uchrashuvlar, sayillar, matbuot konferensiyalari, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslari, ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Festivalga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan Xalqaro hayʼat aʼzolari, faxriy mehmonlar va ishtirokchi sifatida xorijiy mamlakatlardan ijodiy delegatsiyalar taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Koʻrik-tanlovda namoyish etiladigan sirk dasturlarining musiqalari fonogramma yoki orkestr orqali ijro etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Koʻrik-tanlovda masxarabozlar ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Masxarabozlar tomonidan faqat koʻrgazmali chiqishlar namoyish etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashkilotchilar taklifiga koʻra sirk ustalari, xorijiy davlatlardan taniqli olimlar, mutaxassislar va faxriy mehmonlar Festivalda oʻz hisobidan qatnashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Koʻrik-tanlovda ishtirok etishni istagan sirk artistlari va sirk jamoalari koʻrik-tanlovni oʻtkazish sanasidan ikki oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirk jamoasi tarkibi va soni, jamoa haqida maʼlumotnoma (rezyume), sirk artisti yakka oʻzi ishtirok etganda, u haqida maʼlumotnoma (rezyume);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlar uchun tegishli veterinariya xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CD hamda DVD diskda taqdimot ijod namunasidan lavhalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta polisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Har bir ishtirokchi Festivalda 1 yoki 2 ta sahna koʻrinishi bilan chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Festival ishtirokchilari zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq veterinariya hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yovvoyi fauna va floraning yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan turlarining xalqaro savdosi haqidagi konvensiya (CITES), hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha xalqaro hujjatlar talablariga qatʼiy amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirk dasturi ijrosi va mashgʻulotlar davomida xavfsizlik va mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival davomida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga rioya etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo-akrobat gimnastlari oʻzlari foydalanadigan chiqish uskuna jihozlariga joriy yilda berilgan texnik sertifikatlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Maxsus xavfsizlik vositalarisiz ishtirokchilarning salomatligi va hayotiga xavf tugʻdiradigan chiqishlarni koʻrsatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sugʻurta polisiga ega boʻlmagan ishtirokchilarning sirk dasturlari koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlovda ishtirok etish ketma-ketligi Festival rejissori tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival rejissori Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbek, ingliz va rus tillari festivalning ishchi tillari etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar tashkilotchilar tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Festivalning ishtirokchilari va xorijiy mehmonlari, shuningdek, Xalqaro hayʼat aʼzolari tashkilotchilar tomonidan Festival oʻtkaziladigan davr va hududda yotoqxona, ovqatlanish va belgilangan marshrut boʻyicha transport bilan taʼminlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival xorijiy mehmonlarining Oʻzbekiston hududidagi alohida mehmonxona va transport xarajatlari ularni taklif etgan mezbon tashkilot va muassasalar yoki mehmonlarning oʻzlari tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xalqaro hayʼat faoliyatini tashkil etish va Festival ishtirokchilarini baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Koʻrik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 7 — 9 kishidan iborat tarkibda Xalqaro hayʼat tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro hayʼat tarkibiga sirk sanʼati yoʻnalishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar, taniqli sanʼat va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, xorijiy va mahalliy sirk ustalari, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalar namoyandalari taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro hayʼat aʼzolari raisni oʻz tarkibidan saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro hayʼat raisiga — 1500 AQSH dollari, hayʼat aʼzolariga — 1000 AQSH dollari miqdorida gonorar puli toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarayonida sirk sanʼatining asl xususiyatlari va oʻziga xosligining aks etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijrochilarning yuksak ijro va kasbiy mahorati, tryuk repertuarining murakkabligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqishlarning va ijrochilarning zamonaviyligi hamda oʻziga xosligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xalqaro hayʼat tomonidan koʻrik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari toʻrtta yoʻnalish boʻyicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gimnastika;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akrobatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlar olami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus (original) chiqishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Mukofotlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Festival mukofotlarini berish toʻgʻrisidagi qaror ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va bayonnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xalqaro hayʼat qarori Festivalning tantanali yopilish marosimida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Koʻrik-tanlov gʻoliblari diplom, statuetka va quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I — oʻrin (har bir yoʻnalish boʻyicha bittadan) 5 000 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II — oʻrin (har bir yoʻnalish boʻyicha bittadan) 3 500 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III — oʻrin (har bir yoʻnalish boʻyicha bittadan) 2 000 AQSH dollari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrik-tanlov sovrindorlari Festivalning tantanali yopilish marosimi dasturida qatnashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalning har bir qatnashchisiga “Xalqaro sirk sanʼati” festivali ishtirokchisi sertifikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tashkilotchilar huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tashkilotchi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival qatnashchilarining ijrolarini efirga uzatish hamda boshqa tashkilotlarga translyatsiya qilishi uchun ruxsatnoma berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalni oʻtkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi video, bosma va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalda ishtirok etishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tashkilotchilarga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalga jahondagi sirk sanʼati boʻyicha yetakchi soha mutaxassislari va sanʼat namoyondalarini jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Festivalning har bir qatnashchisi oʻz tibbiy sugʻurtasiga ega boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Festivalni tashkil etish va oʻtkazish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi va toʻgʻri toʻlanishini nazorat qiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/535/3345-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)