1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish boʻyicha koʻrilayotgan kompleks tashkiliy-texnik choralar telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini yaxshilash va turlarini oshirish, shu jumladan mobil aloqa qamrovini kengaytirishga imkon bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, olis va qishloq aholi punktlarida, turistik va rekreatsion hududlarda, magistral avtomobil va temir yoʻllari boʻyida telekommunikatsiya infratuzilmasini, shuningdek, Internet tarmogʻiga simsiz keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish surʼatlari yetarli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiya tarmoqlarini jadal rivojlantirishga salbiy taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish, elektron davlat xizmatlarining ommabopligini taʼminlash, shuningdek, hududlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun zarur infratuzilmani yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya tarmoqlari, qurilmalari, vositalari va obyektlari, operatorlar va provayderlarning mobil aloqa bazaviy stansiyalari, shu jumladan ijaraga beruvchilarning hududlarida ijara asosida oʻrnatilgan stansiyalar (keyingi oʻrinlarda — telekommunikatsiya obyektlari) mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari hisoblanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.08.00 Sanoat qurilishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari, shu jumladan kabel kanalizatsiyasi, past tokli kabel shaxtalari, telekommunikatsiya qurilmalarini oʻrnatish uchun maydonlar va infratuzilmalar bilan taʼminlanmagan jamoat, sanoat, turar-joy, maʼmuriy binolar va inshootlarni qurish hamda foydalanishga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, loyiha-smeta hujjatlari 2019-yil 1-iyulgacha tasdiqlangan binolar va inshootlar bundan mustasno;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya obyektlarini koʻchirish, qayta oʻrnatish, shuningdek, ularning faoliyatiga uchinchi shaxslar tomonidan har qanday aralashish yuzaga kelgan muammolarni hal etishning boshqa imkoniyatlari mavjud boʻlmagan hollardagina hamda faqat mazkur obyektlarning egasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bunda telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining telekommunikatsiya obyektlarini koʻchirish yoki qayta oʻrnatish, ularni sozlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha xarajatlari mazkur oʻzgarishlarning tashabbuskori tomonidan toʻliq hajmda qoplanadi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binoda yashovchilardan telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishga ariza mavjud boʻlganda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga bino ichida telekommunikatsiya tarmoqlarini past tokli kabel shaxtalari, telekommunikatsiya qurilmalarini oʻrnatish uchun maydonlar va infratuzilmadan begʻaraz asosda foydalangan holda oʻtkazishni rad etishga yoki toʻsqinlik qilishga haqli emaslar, mobil aloqa baza stansiyalarini oʻrnatish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2019-yil 1-avgustdan shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat-xususiy sheriklik shartlarida olis va qishloq aholi punktlarida joylashgan budjet tashkilotlari uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratishni taʼminlagan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga, mobil aloqa operatorlaridan tashqari, 10 yil davomida quyidagilar kafolatlanadi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning xizmatlaridan olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari foydalanishi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbektelekom” AK tomonidan Internet tarmogʻiga kirish xizmatini ulanish joyidan qatʼi nazar yagona tarif boʻyicha taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari tomonidan mazkur tashkilotlarga, shuningdek, ushbu hududdagi aholi va boshqa yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan telekommunikatsiya vositalarini oʻrnatish uchun maydonlar va infratuzilmalarni begʻaraz asosda taqdim etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining foyda soligʻi hamda yagona soliq toʻlovini hisoblashda soliq solinadigan baza olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari uchun muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini yaratishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlariga, ular telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanganidan soʻng, ularning buyurtmalari boʻyicha telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishlari uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Wi-Fi texnologiyasi boʻyicha simsiz maʼlumotlar uzatish uchun signal quvvatidan qatʼi nazar 2400 — 2483,5 MGs va 5000 — 5999 MGs radiochastota polosalarida ekspluatatsion yigʻim va radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-iyuldagi PQ-4771-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2020-y., 07/20/4771/1013-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat subdomenida (gov.uz) joylashtirilgan axborot resurslariga kirishda ishlatiladigan trafik uchun haq olmaslik tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga 2022-yil 1-yanvarga qadar telekommunikatsiya obyektlarini qurish-montaj ishlarini, radioelektron vositalarni oʻrnatish maydonchalarini (joylarini) oʻrnatilgan tartibda kelishgandan soʻng, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan parallel ravishda amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda jamoat, maʼmuriy, turar-joy va sanoat maqsadlaridagi binolar va inshootlarni loyihalashga topshiriqlarni hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish bosqichlarida majburiy tartibda quyidagi talablarni koʻzda tutsinlar:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarda telekommunikatsiya obyektlarini oʻrnatish uchun tegishli maydonlar va infratuzilmalarni, ularga elektr taʼminotini keltirgan holda, ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar ichida telefoniya, maʼlumotlar uzatish va Internet tarmoqlari, kabel televideniya va efir televideniyasini jamoaviy qabul qilish tizimlari, shuningdek, “xavfsiz uy” va qoʻriqlash signalizatsiyasi kabellarini oʻtkazish uchun past tokli kabel shaxtalari mavjudligini;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.03 Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar-joy, jamoat, maʼmuriy va sanoat hududlarida telekommunikatsiya liniyalarini yotqizish va telekommunikatsiya obyektlarini (telekommunikatsiya shkaflari, antenna minoralari, machtalari va boshqalar) oʻrnatish uchun tegishli yer uchastkalari ajratilishini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga telekommunikatsiya obyektlarini oʻrnatishga har taraflama koʻmak bersin, shuningdek, zaruratga koʻra, ularning temir yoʻllar boʻyidagi elektr tarmoqlariga ulanishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.11.00 Transport, aloqa va energetika obyektlari qurilishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-transport infratuzilmasini qurish va kapital taʼmirlashda bir vaqtda temir yoʻllari boʻylab, shuningdek, zaruratga koʻra, avtomobil yoʻllari boʻylab kelgusida telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga ijaraga berish uchun telekommunikatsiya kanalizatsiyasini qurishni koʻzda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish hamda olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlarga, shuningdek, aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyat markazlarida tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining server hamda telekommunikatsiya qurilmalarini zamonaviy maydonchalarda joylashtirish boʻyicha xizmatlar majmuasini taqdim etuvchi xosting va trafik almashuvi markazlarini tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalida keng polosali ulanish va mobil Internet qamrovi zonalari toʻgʻrisida hududlar kesimidagi maʼlumotlarni chop etib borsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilgʻor xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda mobil aloqa va simsiz ulanish qurilmalaridan turli chastotalardagi elektromagnit nurlanishi taʼsiri xavfsizligining sanitariya qoidalari va meʼyorlarini qayta koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda olis va qishloq aholi punktlarida, turistik va rekreatsion zonalarda, magistral avtomobil va temir yoʻllar boʻylarida quyidagilarni oʻz vaqtida taʼminlab borsin:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari murojaatlari boʻyicha telekommunikatsiya obyektlarini elektr tarmoqlariga ulash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.08.00 Radioeshittirish va televideniyening texnik vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va tumanlar markazlaridagi mobil aloqa tarmoqlari bazaviy stansiyalarini hamda telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining markaziy bogʻlamalarini, teleradioeshittirish obyektlarini elektr tarmoqlaridan oʻchirilmaydigan toifali obyektlar qatoriga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr tarmoqlari tayanch ustunlariga telekommunikatsiya tarmoqlarini begʻaraz asosda oʻrnatishga (osishga) ruxsat berish.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 2022-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan telekommunikatsiya vositalari ilovaga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi turistik obyektlarda bosqichma-bosqich, shu jumladan 2019-yilda davlat-xususiy sheriklik shartlarida Internet tarmogʻidan simsiz foydalanish boʻyicha ommaviy nuqtalarni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishga texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tegishli xulosa berishni ular kiritilgan sanasidan boshlab ikki hafta muddatda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olgan holda telekommunikatsiya obyektlarini olib kirish, loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilishda ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish va qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 22-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4329-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-maydagi PQ-4329-son qaroriga ILOVA
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvarga qadar olib kirishda bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (qoʻshimcha qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etiladigan telekommunikatsiya vositalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
TIF TN kodi
(2017-yilgi versiyasi)
Tovarning qisqacha nomlanishi
1.
8471 70
telekommunikatsiya va Internetdan foydalanish tarmoqlari uskunasining tarkibiga kiruvchi xotirlovchi qurilmalar
2.
8536 70 000
optik tolalar, optik-tolali jgutlar yoki kabellar uchun ulagichlar
3.
8544 20 000
koaksial kabellar va boshqa koaksial elektr oʻtkazgichlar
4.
8544 42 100 0
1000 V dan koʻp boʻlmagan kuchlanish uchun elektr oʻtkazgichlar va telekommunikatsiyalarda foydalaniladigan ulash moslamalari bilan jihozlangan boshqa oʻtkazgichlar
5.
8544 49 200 0
80 V dan koʻp boʻlmagan kuchlanish uchun elektr oʻtkazgichlar va telekommunikatsiyalarda foydalaniladigan boshqa oʻtkazgichlar.
6.
8544 70 000 0
optik-tolali kabellar
7.
9001 10 100 0
tasvirlarni uzatish uchun kabellar
8.
9001 10 900
optik tolalar, optik-tolali jgutlar va kabellar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4329/3168-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son, 02.07.2020-y., 07/20/4771/1013-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)