1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/23/0023-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlashga ham sarflanishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlashga oid normalar mazkur Agentlik tashkil etilgan sanadan boshlab tadbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.Ya. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 15-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/23/0023-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarining shakllantirish va ulardan foylanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi negizida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamgʻarma hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbai quyidagilar hisoblanadi:
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan korxonalarni, xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi aksiyalar (ulushlar)ni, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasiga boʻlgan ijara va mulk huquqi hamda davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi oʻrinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotishdan, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat aktivlari boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilganda, ularga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida hisoblanadigan foizlardan Jamgʻarmaga tushgan mablagʻlar;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha jamlanadigan boshqa manbalar, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ilgari berilgan qarzlar boʻyicha qarz oluvchilar tomonidan olingan qarzlarning asosiy summasi va ular boʻyicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar boʻyicha tushgan penyalar va jarimalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda davlat ulushi boʻyicha tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) oldidagi davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qarzlarini qoplash uchun Jamgʻarmaga tushgan mablagʻlar;
(3-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayonnomani yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auksionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy oferta gʻoliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlarini buzilganligi uchun neustoyka summalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasidan ilgari oʻtkazilgan mablagʻlar qaytarilishidan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro institutlar va tashkilotlarning, yuridik va jismoniy shaxslarning grant mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud aktlari boʻyicha tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalarida ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlarida jamlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy valyutadagi mablagʻlar Jamgʻarmaning maxsus valyuta hisobraqamiga tushadi. Jamgʻarmaning maxsus valyuta hisobraqamiga tushgan xorijiy valyutadagi barcha summa oʻrnatilan tartibda sotiladi (mazkur Nizomda koʻzda tutilgan holatlar va alohida xarajatlardan tashqari). Xorijiy valyutani sotishdan olingan milliy valyutadagi mablagʻlar Jamgʻarmaning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ushbu Nizomga muvofiq taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarmaga barcha turdagi manbalar boʻyicha tushgan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamgʻarmaga kelib tushgan mablagʻlarni taqsimlash va ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 foizi — Jamgʻarmaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 foizi — Sport vazirligi huzuridagi Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hududi 10 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlari (bundan ushbu bandning “v” kichik bandi hamda xususiylashtirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilgan davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlari mustasno), shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari asosida sotiladigan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tegishli boʻlgan aksiyalar (ulushlar)ni sotishdan tushadigan mablagʻlar:
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90 foizi — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga teng ulushlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Jamgʻarmaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mahalladagi hududi 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan sotishdan tushadigan mablagʻlar tegishli mahallalarning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmalariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan davlat aktivlarini (bundan ushbu bandning “b” kichik bandi mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmasiga;
(6-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasiga boʻlgan ijara yoki mulk huquqini sotishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlardan davlat aktivlarini sotish bilan bogʻliq xarajatlar (baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar xizmatlarini toʻlash xarajatlari) chegiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bekor qilingan taqdirda avval taqsimlab, yoʻnaltirilgan mablagʻlar qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xaridor oldida qoplanmagan qarzdorlik qismi boshqa davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qaytariladi, bunda savdo tashkilotchilari yoki vositachilarining xarajatlari qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlar har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan tegishli mablagʻ oluvchilarning hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlarida aniq davlat aktivini sotishdan tushgan mablagʻlar boshqa maqsadlarga toʻliq yoki qisman yoʻnaltirish koʻzda tutilgan taqdirda, mazkur Nizomning 6-bandi mablagʻlarning qolgan qismiga tatbiq etiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tushgan mablagʻlar nazarda tutilgan maqsadlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olish toʻlovlari (shu jumladan, hisoblangan taqdirda - penyalar) toʻliq toʻlangandan keyin yoʻnaltiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamgʻarmalari va davlat boshqaruv organlari va/yoki budjet tashkilotlari hisobraqamlariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aktivlarining tuzilgan va bekor qilingan oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) boʻyicha penya va jarimalar summasi, shuningdek ushbu davlat aktivini sotish bilan bogʻliq xarajatlar (baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar xizmatlarini toʻlash xarajatlari) chegirilgan holda yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Nizomning 3-bandining “v” kichik bandida koʻrsatilgan mablagʻlar Jamgʻarmaning shaxsiy hisobvaraqlarida jamlanib, taqsimlanmaydi va belgilangan tartibda foydalaniladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi (bitimi) bekor qilinganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni sotib oluvchiga qaytarish, agar sudning qarorida yoki shartnoma tomonlarining alohida kelishuvi bilan boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlangan mablagʻlardan penyalar yoki jarimalar summasini ushlab qolgan holda davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi (bitimi) shartlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi (bitimi) boʻyicha xorijiy valyutada toʻlangan toʻlovlar xaridor roziligi bilan mablagʻlar qaytarilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha belgilangan tartibda milliy valyutada qaytarilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy valyutada tuzilgan va toʻlov milliy valyutada amalga oshirilgan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi (bitimi) boʻyicha penya yoki jarima, shartnomani (bitimni) bekor qilish toʻgʻrisidagi sudning qarori kuchga kirgan kundagi, boshqa hollarda esa shartnoma (bitim) belgilangan tartibda bekor qilingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha xorijiy valyutada hisoblanadi;
(10-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mablagʻlarni mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq taqsimlash quyidagilarni chegirgan holda amalga oshiriladi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan Jamgʻarmaning umumiy mablagʻlari hisobidan bir yoʻla toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) boʻyicha Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan xaridorlarga qaytarilgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar tomonidan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) tuzish uchun deponentlangan, lekin ular boʻyicha shartnomalar (bitimlar) tuzilmagan va ularning egalariga qaytarilishi kerak boʻlgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaga notoʻgʻri tushgan va ortiqcha oʻtkazilgan, shuningdek aniqlashtirilgungacha summalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aktivlarini sotish, shu jumladan aksiyalarni ikkilamchi ommaviy taklif qilish, Agentlik boshqaruvidagi davlatga tegishli aksiyalarga boʻlgan huquq hisobini yuritish boʻyicha depozitariy xizmatlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 07/22/168/0228-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari buyurtmalariga asosan davlat aktivlarini xususiylashtirish, davlat korxonalarini qayta tashkil etish, davlat aktivlarini xoʻjalik jamiyatlariga operativ boshqarish huquqi bilan va ustav fondiga berish maqsadida hamda davlat manfaatlarini koʻzlab boshqa hollarda baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi aksiyalarni (ulushlarni, paylarni), shuningdek, boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini koʻzlab sotib olish hamda xoʻjalik jamiyati tomonidan aloqa mavjud boʻlmagan aksiyadorlar (ishtirokchilar)ning ulushi qiymatini notarial idoraning depozitiga qoʻyish natijasida ularga oʻtgan aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar;
(11-bandning sakkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining boshqaruv organlari manfaatlarini ifodalovchi davlat vakillari – jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarorlari asosida amalga oshirilgan xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamgʻarmaning tasarrufida qolgan mablagʻlar quyidagilarga sarflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlarini tashkil etish bilan bogʻliq tadbirlarni oʻtkazishga;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jamiyatlarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot, auditorlik, moliyaviy, konsalting xizmatlari, boshqa mahalliy va xorijiy tashkilotlar, amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish boʻyicha mustaqil ekspertlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, uslubiy hujjatlar, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlariga mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy va konsalting tashkilotlarini jalb qilishga;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirishdan oldin chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan aksiyalari (ulushlari) boshqariladigan xoʻjalik jamiyatlariga foizsiz qarz (zayom) mablagʻlarini ajratishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning maʼmuriy va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni, shu jumladan, davlat aktivlari elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish xarajatlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va uning idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlashga, shu jumladan, ular tomonidan uy-joy sotib olishlari uchun imtiyozli moliyalashtirishga, shuningdek, Agentlik rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek Agentlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarga.
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 219-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2022-y., 09/22/219/0358-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu bandning ikkinchi, toʻrtinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida koʻzda tutilgan xarajatlarga mablagʻ, Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkazish yoʻli bilan ajratiladi hamda ushbu xarajatlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga asosan amalga oshiriladi.
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamgʻarmaning joriy moliya yili yakuni boʻyicha qoldiq mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish Agentlik direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jamgʻarma ishchi organi Agentlikning Jamgʻarmani yuritish vazifasi yuklatilgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozini manbalar, hududlar va choraklar boʻyicha tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarining tushishi va taqsimlanishi hisobini yuritadi, mazkur Nizom va qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi, Jamgʻarma budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlarining tushishi va ulardan foydalanilishi boʻyicha hisob, hisobot va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamgʻarma mablagʻlarining tushishi va taqsimlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hududiy boshqarmalar tomonidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasidagi holatiga koʻra, hisobot oyining 5-sanasidan kechikmay Agentlikka taqdim etiladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jamgʻarma hisobotining daromad va xarajat qismidan quyidagilar chegirib qolinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xato va ortiqcha kirim qilingan summalar, shuningdek talabgorlar tomonidan shartnomalar (bitimlar) tuzish uchun deponentlangan, lekin ular boʻyicha shartnomalar (bitimlar) tuzilmagan mablagʻlar - ular qaytarilgan davrda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xato va ortiqcha oʻtkazilgan summalar — ular oʻtkazilgan davrda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xato va ortiqcha oʻtkazilgan summalar Jamgʻarmaga qaytarilishi va mazkur Nizomga muvofiq taqsimlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agentlik har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Jamgʻarma budjetining ijrosi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar hisob-kitobining oʻz vaqtida olib borilishini quyidagilar taʼminlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo tashkilotchilari — hisob-kliring xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga muvofiq birja savdolarida sotilgan davlat aktivlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va uning hududiy bosharmalari — qonun hujjatlariga muvofiq birjadan tashqari savdolarda sotilgan davlat aktivlari boʻyicha;
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlar oʻtkazishga javobgar tashkilotlar — boshqa manbalar boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari Jamgʻarma mablagʻlarini toʻgʻri taqsimlash, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq Jamgʻarma budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish va taqdim etish yuzasidan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jamgʻarmadan mablagʻ oluvchilar mablagʻlardan qonun hujjatlariga muvofiq maqsadli va toʻgʻri foydalanilishi yuzasidan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 0.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaga davlat aktivlarini sotishdan mablagʻlarni jamlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini sotib oluvchilar, savdo tashkilotchilari
Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) boʻyicha sotib olish toʻlovlarini, penya va jarimalar summasini Jamgʻarmaga toʻlash
Shartnomada belgilangan muddatlarda
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari, savdo tashkilotchilari
Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) boʻyicha sotib olish toʻlovlari, penya va jarimalar summasini hisobini yuritish va monitoringi
Har kuni
Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) boʻyicha sotib olish toʻlovlari, penya va jarimalar summasining Jamgʻarmaga tushishini nazorat qilish
Har kuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning boshqa manbalari boʻyicha mablagʻlarni jamlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa manbalar boʻyicha Jamgʻarmaga tushgan mablagʻlar hisobini yuritish va monitoringi
Har kuni
Boshqa manbalar boʻyicha Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishini nazorat qilish
Har kuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-iyundagi 391-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 106-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 23-iyundagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 118-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni)” 2017-yil 9-oktabrdagi 810-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 229-modda) 1-ilovaning 36-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarori)” 2018-yil 22-maydagi 384-son qaroriga 1-ilovaning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 121-modda) 13-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Fermer, dehkon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 7-iyundagi 433-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 143-modda) 5-bandi.