4-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha tashkiliy tadbirlar | ||||
|
1. |
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish, kuzatish va yanada takomillashtirish jarayonini metodik taʼminlash boʻyicha masʼul ijrochilar mutaxassislaridan iborat tarkibda ekspertlar kengashini tashkil etish. |
Moliya vazirligining buyrugʻi |
2019-yil |
Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha). |
|
2. |
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish jarayonini texnik taʼminlash va kuzatish boʻyicha idoralararo ishchi guruhni tashkil etish. |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyrugʻi |
2019-yil |
Pensiya jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha), manfaatdor vazirliklar va idoralar. |
|
II. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish | ||||
|
4. |
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish va kuzatish boʻyicha ishlar (xizmatlar) qiymatini, shu jumladan, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi xodimlarini oʻqitishga va Sirdaryo viloyatida tajriba loyihani tashkil etish doirasida uning samarali ishlashini taʼminlash uchun moddiy-texnik jihozlash xarajatlari qiymatini aniqlash. |
Budjetni tasdiqlash hamda moliyalashtirish manbalarini aniqlash |
2019-yil |
Pensiya jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha). |
|
5. |
Soliq organlari va boshqa davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazalarini taqqoslash yoʻli bilan, shu jumladan, mobil ilova ishlab chiqilishini hisobga olgan holda oilalarning ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va olishga boʻlgan muhtojligini real vaqt rejimida baholashni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi yaratish boʻyicha texnik topshiriqni tayyorlash. |
Texnik vazifalarni tasdiqlash |
2019-yil iyun |
Pensiya jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa davlat organlari. |
|
6. |
Davlat organlari va tashkilotlarning maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilingan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish. |
Texnik topshiriqqa muvofiq |
Texnik topshiriqning muddatlariga muvofiq |
Pensiya jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha). |
|
7. |
Davlat organlari va tashkilotlarning maʼlumotlar bazalarini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan integratsiya qilish. |
Texnik topshiriqqa muvofiq |
Tasdiqlangan jadvalga muvofiq |
Pensiya jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa davlat organlari. |
|
8. |
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi ishlashini taʼminlash uchun zarur boʻlgan kompyuter va boshqa texnikani, inventar va boshqa tovarlarni sotib olish. |
Texnik topshiriqqa muvofiq |
Tasdiqlangan jadvalga muvofiq |
Pensiya jamgʻarmasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi. |
|
9. |
Sirdaryo viloyatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tajriba loyihasini joriy etish va amalga oshirish hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlinmalari va boshqa vazirliklar va idoralarning xodimlarini — ushbu axborot tizimidan foydalanuvchilarni oʻqitish. |
Texnik topshiriqqa muvofiq |
Texnik topshiriqning muddatlariga muvofiq |
Pensiya jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha). |
|
10. |
Sirdaryo viloyatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tajriba sifatida joriy etilishi natijalarini tahlil qilish. |
Tahliliy |
2020-yil |
Pensiya jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha). |
|
11. |
Sirdaryo viloyatidagi tajriba loyihasini tahlil qilish natijalarini hisobga olgan holda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini respublikaning butun hududida joriy etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Qaror loyihasi |
2020-yil oktabr |
Pensiya jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha). |
|
III. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini kuzatib borish chora-tadbirlari | ||||
|
12. |
Yangi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining mohiyati va vazifalari toʻgʻrisida axborot materiallari tayyorlash, ularni barcha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va aholiga, ayniqsa borish qiyin boʻlgan va chekka aholi punktlarida yashovchi aholiga yetkazish. |
Tashkiliy |
2020-yil |
Pensiya jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha). |
|
13. |
Aholiga koʻrsatiladigan davlat ijtimoiy xizmatlarining barcha turlarini xatlovdan oʻtkazish va eng yaxshi xorijiy amaliyotlarni hisobga olgan holda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga joriy etish boʻyicha ijtimoiy xizmatlar davlat klassifikatorini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasiga analitik maʼlumotlar va takliflar |
2020-yil aprel |
Pensiya jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi agentligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha). |