07.02.2019 yildagi PQ-4163-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari, xodimlari, ishchi va xizmatchilari, shuningdek ularning oila aʼzolari, mamlakatimiz yoshlarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirishga koʻmaklashish, ularning mazmunli hordiq olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibida Maʼnaviyat va maʼrifat markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilar va xodimlarning harbiy-vatanparvarlik tuygʻusini, maʼnaviy saviyasini va intellektual salohiyatini yuksaltirishni taʼminlash, ularda mamlakatimizning qadimiy va boy madaniyati, azaliy qadriyatlari, udumlari va anʼanalariga asoslangan keng dunyoqarashni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilar ongiga Vatan himoyasi har bir fuqaroning sharafli va muqaddas burchi ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat va jamiyat xavfsizligini taʼminlash uchun masʼuliyat tuygʻusini chuqur singdirish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilar, xodimlar, ishchi va xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolarining madaniy hordiq olishlarini taʼminlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy kamol topishi boʻyicha qiziqishlarini roʻyobga chiqarish, shaxsiy tarkib qalbida vatanparvarlik, burchga sadoqat, Vatanimiz kelajagi uchun daxldorlik hissini oshirish, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyaning samarali usullarini joriy etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanʼat, musiqa va qoʻshiqchilik sohasida yosh ijodkorlarning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ofitserlar tarkibining harbiy unvonlari va lavozimlar boʻyicha tarif razryadlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoniga Markazning tuzilmasiga harbiy xizmatchilar, ishchi va xizmatchilarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga qoʻshimcha 63 ta shtat birligi (ofitserlar — 2, serjant va oddiy askar tarkibidagi shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar — 6, ishchi va xizmatchilar — 55 nafar) ajratish hisobidan tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz toʻgaraklari xodimlarining shtat birliklari ushbu toʻgaraklar tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlardan tushadigan mablagʻlar hisobiga saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining yuridik shaxs tashkil etmagan holda Markazning budjetdan tashqari jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar (Markazning toʻgaraklari tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlardan tushadigan mablagʻlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, Jamgʻarmaning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75 foizdan kam boʻlmagan mablagʻlari — Markazning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foizdan koʻp boʻlmagan mablagʻlari — Markazning harbiy xizmatchilari, ishchi va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining asoslangan hisob-kitoblari asosida Markazning samarali faoliyatini tashkil etish uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Markazning ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning moddiy-texnik bazasini shakllantirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan Markazda faoliyat olib borish uchun kelgan mutaxassislarni xizmat uylari bilan taʼminlash yuzasidan takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 7-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4163-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4163-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Jami‎‎

ofitserlar‎‎

serjant va oddiy askar
‎tarkibidagi SHAHX

Ishchi va xizmatchilar‎‎

63

2

6

55

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:

* — pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar hisobidan saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qavs ichida koʻrsatilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-raqam — ofitserlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-raqam — serjant va oddiy askar tarkibidagi shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar (SHAHX);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-raqam — Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4163-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ofitserlar tarkibining harbiy unvonlari va lavozimlar boʻyicha tarif razryadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

T/r

Lavozim nomi

Harbiy unvon

Tarif razryadi

1.

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boshligʻi

polkovnik

19,2

2.

Markaz boshligʻining oʻrinbosari — ashula va raqs ansambli boshligʻi

podpolkovnik

18,3