“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 2-iyundagi PF-2612-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi Komplekslari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 2-iyundagi PF-2612-son Farmonini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan va litsenziyalar blankalarini tayyorlash tartibini belgilaydi.
2. Litsenziyalar tegishli blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, ular hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyaning amal qilish muddati (amal qilishi cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun);
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
litsenziya egasining joylashgan joyi (pochta manzili), uning soliq to‘lovchi sifatidagi identifikatsiyalash tartib raqami va boshqa rekvizitlari;
Litsenziya vakolatli shaxs tomonidan imzolanadi, litsenziyani bergan tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Litsenziyalar blankalarini tayyorlash Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ichki ishlar organlarining ruxsatnomasiga ega bo‘lgan va qat’iy hisobda turadigan blankalarni chop etish huquqiga ega bo‘lgan korxonalar ro‘yxatiga kiritilgan matbaa korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
5. Litsenziya beruvchi organ litsenziya namunasini ishlab chiqishda belgilangan tartibda litsenziya blankasini tasdiqlashi va unga quyidagi axborotlar mavjud bo‘lgan sertifikatni ilova qilishi kerak:
6. Litsenziyalar blankalarini tayyorlashga buyurtmani rasmiylashtirish matbaa korxonasi tomonidan buyurtmachining yozma buyurtmanomasi asosida amalga oshiriladi.
Xat (buyurtmanoma)ga litsenziya blankasining belgilangan tartibda tasdiqlangan namunasi va sertifikat nusxasi ilova qilinadi.
7. Litsenziyalar blankalarini tayyorlashga barcha buyurtmanomalar tartib raqami qo‘yilgan, ip bilan tikilgan, muhr bilan tasdiqlangan, matbaa korxonasi rahbari tomonidan imzolangan alohida “Litsenziyalar blankalari buyurtmanomalari daftari”da ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
8. Litsenziyalar blankalari tayyorlangandan keyin bosma shakllar va yaroqsiz blankalar buyurtmachining vakili ishtirokida yo‘q qilinadi, bu to‘g‘rida dalolatnoma tuziladi va “Litsenziyalar blankalari buyurtmanomalari daftari”ga yozib qo‘yiladi.
9. Litsenziyalar blankalarini tayyorlash qat’iy hisobga olib boriladigan hujjatlarni saqlash rejimi bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Litsenziyalar blankalari buyurtmachiga topshirilgandan keyin litsenziya blankasining bir nusxasi va tasdiqlangan namuna doimiy saqlash uchun matbaa korxonasida qoladi.
1. Mazkur Nizom “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 2-iyundagi PF-2612-son Farmonini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan va yuridik hamda jismoniy shaxslarga beriladigan litsenziyalar reyestrining litsenziyalovchi organlar tomonidan yuritilishi tartibini belgilaydi.
2. Litsenziyalar reyestri berilgan, to‘xtatib qo‘yilgan, yangilangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan litsenziyalar to‘g‘risidagi, shuningdek amal qilishi to‘xtatilgan litsenziyalar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan litsenziyalovchi organlarning yalpi ma’lumotlar bazasidir.
3. Litsenziyalovchi organlar reyestrni yuritish bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirishda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonunga, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladilar.
4. Litsenziyalar reyestri faoliyatning muayyan turlariga litsenziya berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat tomonidan hisobga olinishini ta’minlash va ular to‘g‘risida ma’lumotlar berish, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyati ustidan davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida yuritiladi.
5. Faoliyatning har bir turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan litsenziya yig‘imlari, shuningdek aniq litsenziatlar to‘g‘risida litsenziyalar reyestridan ko‘chirma tarzida ma’lumotlar berganlik uchun to‘lov reyestrni yuritish bilan bog‘liq tartibotlarni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi.
6. Litsenziyalovchi organlar litsenziyalar reyestrini litsenziya beradigan har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida yuritadilar. Litsenziya berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar litsenziya reyestriga xo‘jalik yurituvchi subyektga litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kuni kiritiladi. Litsenziyalar reyestridagi barcha yozuvlarning sanasi ko‘rsatiladi hamda ular imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyalarning amal qilish muddatlari (amal qilishi cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun);
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish ularning amal qilish muddatini uzaytirish (amal qilishi cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun), amal qilishini to‘xtatib qo‘yish va tiklash asoslari va sanalari;
(7-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
8. Reyestr litsenziyalovchi organ tomonidan yagona nusxada yuritiladi va yonmaydigan yoki maxsus jihozlangan shkafda saqlanadi.
Reyestr jurnali ip bilan tikib qo‘yiladi, raqamlanadi va uning orqa tomoniga sahifalar soni, jurnal yuritilishi boshlangan sana (yili, kuni, oyi) ko‘rsatiladi, litsenziyalovchi organning muhri va uning rahbarining imzosi qo‘yiladi.
9. Litsenziyalovchi organlar litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib qo‘yish, tiklash, shuningdek litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda litsenziyalar reyestriga tegishli yozuvlarni yozib qo‘yadilar.
10. Litsenziyalar reyestrlaridagi axborotlar aniq litsenziatlar to‘g‘risida litsenziyalar reyestridan ko‘chirmalar tarzidagi axborot uchun litsenziyalovchi organlarda haq to‘lab olish huquqiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishlari uchun ochiq hisoblanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan axborotlarni taqdim etish tartibi va uning uchun to‘lanadigan haq miqdori faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarda belgilanadi.
Litsenziyalovchi organlar litsenziyalar reyestridan axborotlarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga tekin taqdim etishlari shart.