Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2022 06.04.2019 yildagi 282-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-sentabrdagi 505-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-apreldagi 302-son qarorining ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalarining shaxsiy tarkibini ovqatlantirishni tashkil etish tizimini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-apreldagi 302-son qarorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisiga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarining zarur boʻlgan zaxiralarini saqlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini taʼminlash uchun autsorserlarga haqiqiy xarid narxlarida transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda, yangilash tartibida realizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy tarkibning uzluksiz ovqatlanishini (jumladan, doimiy joylashuv punktida, dala sharoitida, tabiiy va boshqa xarakterdagi favqulodda holatlar yuzaga kelganda, shuningdek, boshqa holatlarda) tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shtatida tegishli lavozimlarni saqlab turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda va boshqa vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibini ovqatlanishini tashkil etish uchun muqobil shtat lavozimlarini nazarda tutish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati boʻlinmalari va organlari shtatiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy tarkibni issiq ovqat taʼminotiga kiritgan holda, uning ovqatlanishini tashkil etadigan autsorserlar tomonidan savdo ustamasining yuqori — 20 foiz darajasiga rioya qilish sharti bilan ular uchun qonunchilikda nazarda tutilgan shartlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining toifalangan harbiy obyektlari hududida shaxsiy tarkibni issiq ovqat taʼminotiga kiritmagan holda, shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil qiladigan tadbirkorlik subyektlariga oshxona uchun bino va uskunalarni taqdim etish, shuningdek, ularning kommunal toʻlovlar boʻyicha xarajatlarini toʻlab berish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xavfsizlik xizmatining shaxsiy tarkib ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish tizimiga oʻtadigan organlari va boʻlinmalarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorserlar tanlovini oʻtkazishni, bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta tajribaga, yetarli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega, oʻz tashabbusi bilan oshxonalar sharoitini yaxshilashga tayyor boʻlgan talabgorlarga ustunlik berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining organlari va boʻlinmalariga belgilangan tartibda shartnomalar tuzish uchun autsorserlarni tanlash boʻyicha bayonnoma qarorlarini oʻz vaqtida taqdim etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorserlarga oziq-ovqat mahsulotlarini fermer xoʻjaliklaridan va boshqa ulgurji savdo vakillaridan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotib olishda har tomonlama koʻmaklashishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Autsorserlar tanlovini sifatli oʻtkazish boʻyicha javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasiga har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati buyurtmanomalariga muvofiq asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavotlar va boshqa oziq ovqat mahsulotlari turlarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari ehtiyojini hisobga olsin va ularni autsorserlarga issiq ovqat taʼminotida boʻlgan shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun realizatsiya qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri D.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 6-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
282-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-apreldagi 282-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda Xizmat organlari va boʻlinmalari deb ataladi) shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing — Xizmat organlari va boʻlinmalari tomonidan shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish xizmatlarini koʻrsatish funksiyalarini shartnoma asosida autsorserga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorser — Xizmat organlari va boʻlinmalariga shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha shartnoma asosida autsorsing xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy tarkib — oʻrnatilgan tartibda issiq ovqat taʼminotiga kiritilgan harbiy xizmatchilar va pensionerlar hamda ularning oila aʼzolari (bolalaridan tashqari), shu jumladan statsionar harbiy-shifoxona muassasalarida davolanayotganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xizmat organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibini oziq-ovqat taʼminoti oziq-ovqat yoʻnalishi tomonidan autsorsing shartlarida tashqi umumiy ovqatlanish korxonalarini jalb etish orqali taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Autsorserlarni jalb etish orqali Xizmat organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun pul mablagʻlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va talab qilish rejalashtirilgan yilda ovqatlanuvchilar soni, meʼyorlar va oziq-ovqat mahsulotlari narxidan kelib chiqqan holda tuziladigan hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Talabgorlarni tanlash, narxlarni shakllantirish va shartnomalarni tuzish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Autsorserlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan talabgorlarni oʻrganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tanlab olinadi. Bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega, oshxonalarning holatini yaxshilashga tayyor boʻlgan talabgorlarga ustunlik beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Autsorserlarni tanlab olish natijalari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan Xizmat organlari va boʻlinmalari bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish uchun bir kun muddatda Xizmat organlari va boʻlinmalariga yuboriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Autsorserlarni jalb etgan holda, shaxsiy tarkibning statsionar va dala sharoitlarida ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha shartnomalar bir kalendar yil uchun tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha hisob-kitoblar shartnoma shartlariga muvofiq amalda koʻrsatilgan xizmatlar va taomnoma boʻyicha tayyorlangan taomlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli oy uchun umumiy summaning 15 foizi miqdoridagi oldindan toʻlov boshlangan oyning dastlabki 10 bank kuni davomida xizmatlar koʻrsatish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Summaning qolgan qismi amalda koʻrsatilgan xizmatlar asosida shartnoma shartlariga koʻra toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shartnoma summasi tuziladigan shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan umumqoʻshin payogining hisob-kitobiga asosan aniqlanadi va unda umumiy ovqatlanuvchilar soni, oziq-ovqat payoklarining normasi, bir ovqatlanuvchi uchun oziq-ovqat narxi va umumiy qiymat oylarga boʻlingan holda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi oʻrtacha koʻrsatkichlari tegishli hududda yuzaga kelgan narxlar darajasini har oy oʻrganish orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bayonnomalarida belgilangan narxlari ular tasdiqlangandan keyingi kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agar oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi bozor narxlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bayonnoma qarorida belgilangan narxlardan baland boʻlsa, Xizmatning organi yoki boʻlinmasi rahbari autsorser bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun tegishli hududdagi amaldagi narxlarni oʻrganib chiqish dalolatnomasi ilova qilingan takliflarni belgilangan tartibda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bayonnoma qarorlarning toʻgʻri tuzilishi uchun javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xizmat shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etishda autsorserlarga davlat strategik zaxirasidan olingan oziq-ovqat mahsulotlarini hamda Xizmat organlari va boʻlinmalarining yordamchi xoʻjaliklarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash asosida berishga yoki realizatsiya qilishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Autsorserlarga beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda amalda sotib olingan narx asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Autsorser har oyning 5-sanasiga qadar Xizmat organiga (boʻlimiga) oʻtgan oyda amalda koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisob-fakturani oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun taqdim etadi. Koʻrsatilgan xizmatlar narxi oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi xarid narxidan kelib chiqqan holda (boʻlinmalar joylashgan joydagi oʻrtacha bozor narxidan yuqori boʻlmagan darajada) va autsorserning barcha xarajatlarini, shu jumladan xodimlar ish haqi, soliqlar, transport xarajatlari va boshqalarni oʻz ichiga olgan 20 foizgacha ustama haqi hisobga olingan ravishda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xizmat organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun autsorserlarni tanlash va autsorser hamda Xizmat organi (boʻlinmasi) oʻrtasidagi hisob-kitoblar mazkur Nizomga 2- va 3-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ovqatlanish rejimi va uni rejalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Shaxsiy tarkibning ovqatlanish rejimini ishlab chiqish autsorserlar bilan kelishilgan holda Xizmat organi va boʻlinmasi boshligʻiga, uning tegishli oʻrinbosariga, Xizmat organi va boʻlinmasi tibbiyot va oziq-ovqat yoʻnalishlari boshliqlariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Taomlar tarqatilishidan oldin Xizmat organi va boʻlinmasi vrachi (feldsher) organ va boʻlinma navbatchisi bilan birgalikda taomlar sifatini tatib koʻrish orqali tekshiradilar, shuningdek, oshxona xonalari, oshxona idish-tovoqlari, inventarlarning sanitar holatini nazorat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ovqatlanishni tashkil etishni nazorat qilish va oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xizmat organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini, belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarining har bir harbiy xizmatchiga toʻliq berilishini nazorat qilish, tayyorlangan taomlar sifatini baholash uchun boʻlinma va organ rahbari yoki uning koʻrsatmasiga binoan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan har kuni tayyor taomlar (ertalabki nonushta, tushlik, kechki nonushtadan oldin) tatib koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat organlari va boʻlinmalari masʼul mansabdor shaxslar orqali tayyorlangan taomlar sifati, porsiyalar miqdorini tekshirishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xizmat organlari va boʻlinmalariga keltiriladigan barcha oziq-ovqat mahsulotlari sifatli boʻlishi shart. Mahsulotlar sifati muvofiqlik sertifikatiga va davlat standartlari tomonidan oʻrnatilgan koʻrsatkich va texnik shartlarga mos kelishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz (sertifikatlar va maʼlumotlar), shuningdek, davlat standartlari talablariga va texnik shartlarga javob bermagan oziq-ovqat mahsulotlarni qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Keltirilgan har bir partiya oziq-ovqat mahsulotlariga ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xizmat organ va boʻlinmalariga keltiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari Xizmat organ va boʻlinmalarining mansabdor shaxslari, tibbiyot va oziq-ovqat yoʻnalishlari komissiyalari tomonidan autsorser vakili ishtirokida nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Organoleptik koʻrsatkichlariga koʻra sifatsizligi aniqlangan mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli laboratoriyalariga, shuningdek, ichki idoraviy laboratoriyalarga tahlil uchun topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat omboriga keltirilgan mahsulotlarning sifati haqiqatdan ham hujjatlarda koʻrsatilgan standart talablariga, texnik shartlarga, markirovkaga mos kelmasa, Xizmat organi va boʻlinma rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan bu haqida dalolatnoma tuziladi. Autsorser zudlik bilan sifatsiz mahsulotni almashtirish boʻyicha choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holatda Xizmat organi va boʻlinma rahbari sifatsiz mahsulot keltirilganligi va shartnoma shartlari buzilganligi haqida yozma ravishda autsorserni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Oshxona ishini (faoliyatini) tashkil etish va sanitariya normalariga rioya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oshpazlar va oshxonaning boshqa ishchilariga ular sanitariya-gigiyena minimumidan sinov topshirib tibbiy koʻrikdan oʻtganlaridan soʻng oshxonada ishlashga ruxsat beriladi. Keyinchalik ular maʼlum oʻrnatilgan muddatlarda tibbiy koʻrikdan oʻtadilar va koʻrik natijalari shaxsiy sanitariya kitobchasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xizmatning tegishli organlari va boʻlinmalari tomonidan maxsus tekshiruv tadbirlaridan oʻtkazilgan autsorserlarga Xizmatning yopiq obyektlarida faoliyat koʻrsatishiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xizmatning yopiq obyektlarida faoliyat koʻrsatuvchi autsorserlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ravishda Xizmat organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish faoliyati davrida maʼlum boʻlgan oshkor qilib boʻlmaydigan va maxfiy maʼlumotlarni tarqatmasligi uchun toʻliq javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Oziq-ovqat yoʻnalishidagi obyekt va moddiy-texnika vositalardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oziq-ovqat yoʻnalishidagi obyektlar va oshxonaga foydalanishga berilgan moddiy-texnik vositalar Xizmat organlari va boʻlinmalari komissiyasi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, autsorserga (nol stavka bilan) vaqtincha foydalanishga beriladi. Ushbu dalolatnoma organ va boʻlinma komissiyasi va autsorser tomonidan imzolanib, Xizmat organi va boʻlinmasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xizmat organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun foydalanishga vaqtincha topshirilgan moddiy-texnik vositalarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini autsorser amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Autsorsyerga vaqtincha foydalanishga topshirilgan moddiy-texnik vositalar ekspluatatsiya qilishning oʻrnatilgan muddatidan oldin yaroqsiz holga kelsa, autsorser hisobidan tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan autsorserlarga yopiq obyektlarda joylashgan umumiy ovqatlanish muassasalarida Xizmatning shaxsiy tarkibi uchun xalq isteʼmol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish boʻyicha savdo shaxobchalari yuritishga ruxsat beriladi. Bu faoliyat uchun qoʻshimcha ruxsat beruvchi hujjatlar talab etilmaydi. Mahsulot narxiga 20 foizgacha ustama haqi oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Nizomda belgilangan talablarning buzilishi tuzilgan shartnomani belgilangan tartibda Xizmat organi va boʻlinmasi yoki autsorser tashabbusi bilan bekor qilish uchun asos boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizomda belgilangan talablarni buzgan shaxslar qonunchilikka asosan javobgar boʻladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat organlari va boʻlinmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun autsorserlarni tanlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Autsorser va Xizmat organi (boʻlinmasi) oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2019-y., 09/19/282/2894-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)