Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 02.04.2019 yildagi O‘RQ-532-son
Kuchga kirish sanasi
03.04.2019
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 14.03.2022 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni |
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida | Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida |
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 7-yanvarda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda maʼqullangan | Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 7-yanvarda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda maʼqullangan |
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonunning maqsadi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat (bundan buyon matnda maʼmuriy nazorat deb yuritiladi) bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat (bundan buyon matnda maʼmuriy nazorat deb yuritiladi) bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. |
2-modda. Maʼmuriy nazoratning asosiy vazifasi | 2-modda. Maʼmuriy nazoratning asosiy vazifasi |
Maʼmuriy nazoratning asosiy vazifasi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularga yakka tartibda profilaktik taʼsir koʻrsatishdan iboratdir. | Maʼmuriy nazoratning asosiy vazifasi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularga yakka tartibda profilaktik taʼsir koʻrsatishdan iboratdir. |
3-modda. Maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik | 3-modda. Maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. | Maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
4-modda. Maʼmuriy nazoratning asosiy prinsiplari | 4-modda. Maʼmuriy nazoratning asosiy prinsiplari |
Maʼmuriy nazoratning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: | Maʼmuriy nazoratning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: |
qonuniylik; | qonuniylik; |
demokratizm; | demokratizm; |
adolatparvarlik; | adolatparvarlik; |
insonparvarlik; | insonparvarlik; |
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni hurmat qilish; | fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni hurmat qilish; |
belgilanadigan cheklovlarning differensiallashganligi va individuallashtirilganligi; | belgilanadigan cheklovlarning differensiallashganligi va individuallashtirilganligi; |
qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ragʻbatlantirish. | qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ragʻbatlantirish. |
5-modda. Asosiy tushunchalar | 5-modda. Asosiy tushunchalar |
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: |
maʼmuriy nazorat — nazorat ostidagi shaxslarga sud tomonidan belgilanadigan maʼmuriy cheklovlarni qoʻllashdan iborat tarbiyaviy-profilaktik taʼsir koʻrsatish choralari majmui; | maʼmuriy nazorat — nazorat ostidagi shaxslarga sud tomonidan belgilanadigan maʼmuriy cheklovlarni qoʻllashdan iborat tarbiyaviy-profilaktik taʼsir koʻrsatish choralari majmui; |
maʼmuriy cheklov — huquqlar va erkinliklarni vaqtinchalik cheklash yoki zimmaga majburiyatlar yuklatish boʻlib, ushbu cheklash yoki majburiyat yuklatish jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxsga nisbatan sud tomonidan belgilanadi; | maʼmuriy cheklov — huquqlar va erkinliklarni vaqtinchalik cheklash yoki zimmaga majburiyatlar yuklatish boʻlib, ushbu cheklash yoki majburiyat yuklatish jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxsga nisbatan sud tomonidan belgilanadi; |
nazorat ostidagi shaxs — oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat amalga oshirilayotgan shaxs; | nazorat ostidagi shaxs — oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat amalga oshirilayotgan shaxs; |
nazorat ostidagi shaxsning yashash joyi (yashash joyi) — nazorat ostidagi shaxs doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan turar joy. | nazorat ostidagi shaxsning yashash joyi (yashash joyi) — nazorat ostidagi shaxs doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan turar joy. |
6-modda. Oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatiladigan shaxslar | 6-modda. Oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatiladigan shaxslar |
Ushbu Qonun 8-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda quyidagi voyaga yetgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan maʼmuriy nazorat oʻrnatiladi: | Ushbu Qonun 8-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda quyidagi voyaga yetgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan maʼmuriy nazorat oʻrnatiladi: |
sud tomonidan oʻta xavfli retsidivist deb topilgan; | sud tomonidan oʻta xavfli retsidivist deb topilgan; |
ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan; | ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan; |
har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan; | har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan; |
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga binoan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat hisoblanadigan qilmishlarni sodir etganlik uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtagan. | Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga binoan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat hisoblanadigan qilmishlarni sodir etganlik uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtagan. |
Maʼmuriy nazorat sudlanganligi olib tashlangan yoki sudlanganlik holati tugallangan shaxslarga nisbatan oʻrnatilishi mumkin emas. | Maʼmuriy nazorat sudlanganligi olib tashlangan yoki sudlanganlik holati tugallangan shaxslarga nisbatan oʻrnatilishi mumkin emas. |
7-modda. Maʼmuriy nazorat chogʻida belgilanadigan maʼmuriy cheklovlar | 7-modda. Maʼmuriy nazorat chogʻida belgilanadigan maʼmuriy cheklovlar |
Nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan sudning sodir etilgan qilmishning xususiyati hisobga olingan holdagi qarori asosida quyidagi maʼmuriy cheklovlar belgilanishi mumkin: | Nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan sudning sodir etilgan qilmishning xususiyati hisobga olingan holdagi qarori asosida quyidagi maʼmuriy cheklovlar belgilanishi mumkin: |
yashash joyidan sutkaning belgilangan vaqtida tashqarida boʻlishni taqiqlash; | yashash joyidan sutkaning belgilangan vaqtida tashqarida boʻlishni taqiqlash; |
muayyan joylarda boʻlishni taqiqlash; | muayyan joylarda boʻlishni taqiqlash; |
sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan ichki ishlar organlarining ruxsatisiz chiqishni taqiqlash; | sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan ichki ishlar organlarining ruxsatisiz chiqishni taqiqlash; |
roʻyxatdan oʻtish uchun har oyda bir martadan toʻrt martagacha ichki ishlar organiga (ichki ishlar organining tayanch punktiga) kelish; | roʻyxatdan oʻtish uchun har oyda bir martadan toʻrt martagacha ichki ishlar organiga (ichki ishlar organining tayanch punktiga) kelish; |
alkogolli ichimliklarni isteʼmol qilishni taqiqlash. | alkogolli ichimliklarni isteʼmol qilishni taqiqlash. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼmuriy cheklovlar nazorat ostidagi shaxsning turmush tarziga, oilaviy ahvoliga, shuningdek uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlarga qarab toʻliq hajmda yoki alohida-alohida tarzda belgilanadi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼmuriy cheklovlar nazorat ostidagi shaxsning turmush tarziga, oilaviy ahvoliga, shuningdek uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlarga qarab toʻliq hajmda yoki alohida-alohida tarzda belgilanadi. |
Maʼmuriy cheklovlarning roʻyxati uzil-kesil boʻlib, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki u kengaytirib sharhlanishi mumkin emas. | Maʼmuriy cheklovlarning roʻyxati uzil-kesil boʻlib, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki u kengaytirib sharhlanishi mumkin emas. |
Qoʻllaniladigan maʼmuriy cheklovlar sud tomonidan ichki ishlar organining taqdimnomasiga yoki nazorat ostidagi shaxsning yoxud uning vakilining arizasiga, shuningdek mehnat jamoasining, jamoat birlashmasining va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining iltimosnomasiga binoan nazorat ostidagi shaxsning turmush tarzi va xulq-atvori haqidagi maʼlumotlar inobatga olingan holda qisman bekor qilinishi mumkin. | Qoʻllaniladigan maʼmuriy cheklovlar sud tomonidan ichki ishlar organining taqdimnomasiga yoki nazorat ostidagi shaxsning yoxud uning vakilining arizasiga, shuningdek mehnat jamoasining, jamoat birlashmasining va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining iltimosnomasiga binoan nazorat ostidagi shaxsning turmush tarzi va xulq-atvori haqidagi maʼlumotlar inobatga olingan holda qisman bekor qilinishi mumkin. |
2-bob. Maʼmuriy nazoratni oʻrnatish, amalga oshirish, uzaytirish, tugatish va maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish tartibi | 2-bob. Maʼmuriy nazoratni oʻrnatish, amalga oshirish, uzaytirish, tugatish va maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish tartibi |
8-modda. Maʼmuriy nazoratni oʻrnatish tartibi | 8-modda. Maʼmuriy nazoratni oʻrnatish tartibi |
Maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan taqdimnoma sudga quyidagilar tomonidan yuboriladi: | Maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan taqdimnoma sudga quyidagilar tomonidan yuboriladi: |
sud tomonidan oʻta xavfli retsidivist deb topilgan shaxslarga nisbatan — ularni ozod etishdan kamida bir oy oldin jazoni ijro etish muassasasining boshligʻi tomonidan; | sud tomonidan oʻta xavfli retsidivist deb topilgan shaxslarga nisbatan — ularni ozod etishdan kamida bir oy oldin jazoni ijro etish muassasasining boshligʻi tomonidan; |
jazoni ijro etish muassasalarida turgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoxud har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ular jazoni oʻtash davrida belgilangan tartibda saqlash rejimini qasddan buzuvchilar deb topilgan boʻlsa, — ularni ozod etishdan kamida bir oy oldin jazoni ijro etish muassasasining boshligʻi tomonidan; | jazoni ijro etish muassasalarida turgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoxud har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ular jazoni oʻtash davrida belgilangan tartibda saqlash rejimini qasddan buzuvchilar deb topilgan boʻlsa, — ularni ozod etishdan kamida bir oy oldin jazoni ijro etish muassasasining boshligʻi tomonidan; |
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga nisbatan — sudlanganlik holatining tugatilishi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlari doirasida ichki ishlar organining boshligʻi tomonidan ushbu shaxslar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganidan keyin bir yil ichida ikki yoki undan koʻproq maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etganligidan dalolat beruvchi materiallar asosida. | jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga nisbatan — sudlanganlik holatining tugatilishi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlari doirasida ichki ishlar organining boshligʻi tomonidan ushbu shaxslar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganidan keyin bir yil ichida ikki yoki undan koʻproq maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etganligidan dalolat beruvchi materiallar asosida. |
Maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnomada maʼmuriy nazoratni oʻrnatish zarurati, oʻrnatiladigan maʼmuriy cheklovlar yuzasidan takliflar va oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilishi mumkin boʻlgan shaxsning oʻzi tanlagan yashash joyi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. | Maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnomada maʼmuriy nazoratni oʻrnatish zarurati, oʻrnatiladigan maʼmuriy cheklovlar yuzasidan takliflar va oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilishi mumkin boʻlgan shaxsning oʻzi tanlagan yashash joyi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. |
Agar jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilayotgan shaxsning maʼlum sabablarga koʻra aniq turar joyi boʻlmasa, jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati unga yashash joyi bilan taʼminlash, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishga hamda ishga joylashishga yordam berishni soʻrab, shuningdek nogiron yoki ogʻir kasalliklarga chalingan shaxslarni davolash masalalarini oldindan hal qilish toʻgʻrisida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga, ichki ishlar organlariga va sogʻliqni saqlash muassasalariga iltimosnoma yuboradi. | Agar jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilayotgan shaxsning maʼlum sabablarga koʻra aniq turar joyi boʻlmasa, jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati unga yashash joyi bilan taʼminlash, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishga hamda ishga joylashishga yordam berishni soʻrab, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarni yoki ogʻir kasalliklarga chalingan shaxslarni davolash masalalarini oldindan hal qilish toʻgʻrisida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga, ichki ishlar organlariga va sogʻliqni saqlash muassasalariga iltimosnoma yuboradi. |
Maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma olingan paytdan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan sud majlisida ichki ishlar organi vakilining majburiy ishtirokida va oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma koʻrib chiqilayotgan shaxs ishtirokida yakka tartibda koʻrib chiqiladi. | Maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma olingan paytdan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan sud majlisida ichki ishlar organi vakilining majburiy ishtirokida va oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma koʻrib chiqilayotgan shaxs ishtirokida yakka tartibda koʻrib chiqiladi. |
Agar oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma koʻrib chiqiladigan, sud majlisi oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida xabardor qilingan shaxs uzrsiz sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, shuningdek sud majlisini boshqa kunga qoldirish toʻgʻrisida iltimosnoma taqdim etilmagan boʻlsa, taqdimnoma sud tomonidan ushbu shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin. | Agar oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma koʻrib chiqiladigan, sud majlisi oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida xabardor qilingan shaxs uzrsiz sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, shuningdek sud majlisini boshqa kunga qoldirish toʻgʻrisida iltimosnoma taqdim etilmagan boʻlsa, taqdimnoma sud tomonidan ushbu shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin. |
Sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorida maʼmuriy nazoratni oʻrnatish uchun asos, uning muddati va nazorat ostidagi shaxsga nisbatan oʻrnatiladigan maʼmuriy cheklovlar koʻrsatiladi. Agar maʼmuriy nazorat jazoni ijro etish muassasasidan ozod etish chogʻida belgilangan boʻlsa, sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorida nazorat ostidagi shaxs tanlagan yashash joyiga yetib keladigan muddat ham koʻrsatiladi. | Sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorida maʼmuriy nazoratni oʻrnatish uchun asos, uning muddati va nazorat ostidagi shaxsga nisbatan oʻrnatiladigan maʼmuriy cheklovlar koʻrsatiladi. Agar maʼmuriy nazorat jazoni ijro etish muassasasidan ozod etish chogʻida belgilangan boʻlsa, sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorida nazorat ostidagi shaxs tanlagan yashash joyiga yetib keladigan muddat ham koʻrsatiladi. |
Jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilayotgan shaxsning aniq yashash joyi maʼlum boʻlmagan taqdirda, sud uning ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanishidan oldin yashagan oxirgi yashash joyi boʻyicha maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Nazorat ostidagi shaxsning yashash joyi boʻlmagan taqdirda, sud mahalliy davlat hokimiyati organlariga nazorat ostidagi shaxsni turar joy bilan taʼminlash choralarini koʻrish majburiyatini yuklash toʻgʻrisida qaror chiqaradi. | Jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilayotgan shaxsning aniq yashash joyi maʼlum boʻlmagan taqdirda, sud uning ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanishidan oldin yashagan oxirgi yashash joyi boʻyicha maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Nazorat ostidagi shaxsning yashash joyi boʻlmagan taqdirda, sud mahalliy davlat hokimiyati organlariga nazorat ostidagi shaxsni turar joy bilan taʼminlash choralarini koʻrish majburiyatini yuklash toʻgʻrisida qaror chiqaradi. |
9-modda. Maʼmuriy nazorat muddati | 9-modda. Maʼmuriy nazorat muddati |
Maʼmuriy nazorat olti oydan bir yilgacha muddatga oʻrnatiladi. Maʼmuriy nazorat muddati maʼmuriy nazoratni oʻrnatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqarilgan paytdan eʼtiboran, maʼmuriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan shaxsni ozod etish chogʻida oʻrnatilgan hollarda esa, nazorat ostidagi shaxs tanlagan yashash joyiga yetib kelgan paytdan eʼtiboran hisoblanadi. | Maʼmuriy nazorat olti oydan bir yilgacha muddatga oʻrnatiladi. Maʼmuriy nazorat muddati maʼmuriy nazoratni oʻrnatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqarilgan paytdan eʼtiboran, maʼmuriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan shaxsni ozod etish chogʻida oʻrnatilgan hollarda esa, nazorat ostidagi shaxs tanlagan yashash joyiga yetib kelgan paytdan eʼtiboran hisoblanadi. |
Maʼmuriy nazorat muddatining oʻtishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi: | Maʼmuriy nazorat muddatining oʻtishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi: |
nazorat ostidagi shaxsga qidiruv eʼlon qilinganda; | nazorat ostidagi shaxsga qidiruv eʼlon qilinganda; |
nazorat ostidagi shaxs sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilganda. | nazorat ostidagi shaxs sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilganda. |
Nazorat ostidagi shaxs maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan taqdirda, maʼmuriy nazorat muddati ichki ishlar organining taqdimnomasi boʻyicha sud tomonidan olti oygacha boʻlgan muddatga, lekin sudlanganlik holatining tugallanishi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. | Nazorat ostidagi shaxs maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan taqdirda, maʼmuriy nazorat muddati ichki ishlar organining taqdimnomasi boʻyicha sud tomonidan olti oygacha boʻlgan muddatga, lekin sudlanganlik holatining tugallanishi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. |
10-modda. Nazorat ostidagi shaxsga sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, uning muddatini uzaytirish yoki maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorini eʼlon qilish va topshirish | 10-modda. Nazorat ostidagi shaxsga sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, uning muddatini uzaytirish yoki maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorini eʼlon qilish va topshirish |
Nazorat ostidagi shaxs sud majlisida ishtirok etgan taqdirda sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, uning muddatini uzaytirish yoki maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori nazorat ostidagi shaxsga sud tomonidan eʼlon qilinadi. | Nazorat ostidagi shaxs sud majlisida ishtirok etgan taqdirda sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, uning muddatini uzaytirish yoki maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori nazorat ostidagi shaxsga sud tomonidan eʼlon qilinadi. |
Sudning qarori tegishincha jazoni ijro etish muassasasiga yoki nazorat ostidagi shaxsning yashash joyidagi ichki ishlar organiga keyinchalik nazorat ostidagi shaxsga tilxat olib topshirish uchun yuboriladi. | Sudning qarori tegishincha jazoni ijro etish muassasasiga yoki nazorat ostidagi shaxsning yashash joyidagi ichki ishlar organiga keyinchalik nazorat ostidagi shaxsga tilxat olib topshirish uchun yuboriladi. |
Sudning qarorini nazorat ostidagi shaxsga topshirish chogʻida uning huquq va majburiyatlari, oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarni buzganlik va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik, shu jumladan maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida yashash joyini oʻzboshimchalik bilan tark etganlik uchun javobgarligi, oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilishidan oldin oʻrnatilgan shaxsga esa, tanlagan yashash joyiga belgilangan muddatda yetib bormaganlik uchun javobgarligi tushuntiriladi. | Sudning qarorini nazorat ostidagi shaxsga topshirish chogʻida uning huquq va majburiyatlari, oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarni buzganlik va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik, shu jumladan maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida yashash joyini oʻzboshimchalik bilan tark etganlik uchun javobgarligi, oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilishidan oldin oʻrnatilgan shaxsga esa, tanlagan yashash joyiga belgilangan muddatda yetib bormaganlik uchun javobgarligi tushuntiriladi. |
11-modda. Jazoni ijro etish muassasasi tomonidan sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorini yuborish | 11-modda. Jazoni ijro etish muassasasi tomonidan sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorini yuborish |
Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati jazoni oʻtash davrida oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxsni jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilishdan oldin nazorat ostidagi shaxsning tanlagan yashash joyidagi ichki ishlar organiga sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorini ushbu shaxs yetib boradigan vaqt toʻgʻrisida yozma ravishda xabar qilgan holda yuboradi. | Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati jazoni oʻtash davrida oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxsni jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilishdan oldin nazorat ostidagi shaxsning tanlagan yashash joyidagi ichki ishlar organiga sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorini ushbu shaxs yetib boradigan vaqt toʻgʻrisida yozma ravishda xabar qilgan holda yuboradi. |
12-modda. Maʼmuriy nazoratni amalga oshirish tartibi | 12-modda. Maʼmuriy nazoratni amalga oshirish tartibi |
Maʼmuriy nazorat nazorat ostidagi shaxsning yashash joyidagi ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi: | Maʼmuriy nazorat nazorat ostidagi shaxsning yashash joyidagi ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi: |
maʼmuriy nazorat muddati mobaynida nazorat ostidagi shaxslarning hisobini yuritish, shu jumladan ularning turmush tarzi, xulq-atvori va niyatlari toʻgʻrisida axborot toʻplash; | maʼmuriy nazorat muddati mobaynida nazorat ostidagi shaxslarning hisobini yuritish, shu jumladan ularning turmush tarzi, xulq-atvori va niyatlari toʻgʻrisida axborot toʻplash; |
nazorat ostidagi shaxsning ijtimoiy reabilitatsiyasi va ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish; | nazorat ostidagi shaxsning ijtimoiy reabilitatsiyasi va ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish; |
nazorat ostidagi shaxsning oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etishi va yashash, ish, oʻqish yoki xizmat joyi boʻyicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshirish; | nazorat ostidagi shaxsning oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etishi va yashash, ish, oʻqish yoki xizmat joyi boʻyicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshirish; |
nazorat ostidagi shaxs bilan uning huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini amalga oshirish; | nazorat ostidagi shaxs bilan uning huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini amalga oshirish; |
nazorat ostidagi shaxsning oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarni buzganligi va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi faktlarini aniqlash hamda hujjatlashtirish boʻyicha choralar koʻrish. | nazorat ostidagi shaxsning oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarni buzganligi va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi faktlarini aniqlash hamda hujjatlashtirish boʻyicha choralar koʻrish. |
Yashash joyi oʻzgargan taqdirda maʼmuriy nazoratni nazorat ostidagi shaxsning yangi yashash joyidagi ichki ishlar organi amalga oshiradi. | Yashash joyi oʻzgargan taqdirda maʼmuriy nazoratni nazorat ostidagi shaxsning yangi yashash joyidagi ichki ishlar organi amalga oshiradi. |
Maʼmuriy nazoratni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish davriyligi va vaqti sud belgilagan maʼmuriy cheklovlardan, nazorat ostidagi shaxsning turmush tarzi, oilaviy ahvoli, xulq-atvoridan, shuningdek uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlardan kelib chiqqan holda ichki ishlar organi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. | Maʼmuriy nazoratni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish davriyligi va vaqti sud belgilagan maʼmuriy cheklovlardan, nazorat ostidagi shaxsning turmush tarzi, oilaviy ahvoli, xulq-atvoridan, shuningdek uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlardan kelib chiqqan holda ichki ishlar organi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. |
Maʼmuriy nazorat nazorat ostidagi shaxsning bir maromdagi hayot faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi kerak va, qoida tariqasida, uning ishdan, oʻqishdan yoki xizmatdan boʻsh vaqtida amalga oshiriladi. | Maʼmuriy nazorat nazorat ostidagi shaxsning bir maromdagi hayot faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi kerak va, qoida tariqasida, uning ishdan, oʻqishdan yoki xizmatdan boʻsh vaqtida amalga oshiriladi. |
13-modda. Maʼmuriy nazoratni tugatish tartibi | 13-modda. Maʼmuriy nazoratni tugatish tartibi |
Maʼmuriy nazorat quyidagi hollarda tugatiladi: | Maʼmuriy nazorat quyidagi hollarda tugatiladi: |
maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan muddat tugaganda; | maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan muddat tugaganda; |
sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganlik olib tashlanganda; | sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganlik olib tashlanganda; |
nazorat ostidagi shaxs ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan va jazoni oʻtash joyiga yuborilganda; | nazorat ostidagi shaxs ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan va jazoni oʻtash joyiga yuborilganda; |
nazorat ostidagi shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilganda; | nazorat ostidagi shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilganda; |
nazorat ostidagi shaxs boshqa davlatga doimiy yashash joyiga chiqib ketganda; | nazorat ostidagi shaxs boshqa davlatga doimiy yashash joyiga chiqib ketganda; |
nazorat ostidagi shaxs vafot etgan yoki sudning uni vafot etgan deb topish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirganda. | nazorat ostidagi shaxs vafot etgan yoki sudning uni vafot etgan deb topish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirganda. |
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha maʼmuriy nazoratni tugatish toʻgʻrisida ichki ishlar organi tomonidan qaror chiqariladi. | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha maʼmuriy nazoratni tugatish toʻgʻrisida ichki ishlar organi tomonidan qaror chiqariladi. |
Agar nazorat ostidagi shaxs huquqbuzarlik sodir etmayotganligi, oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya qilayotganligi hamda zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarayotganligi aniqlansa, shuningdek yashash, ish, oʻqish yoki xizmat joyidan ijobiy tavsifnomalar mavjud boʻlsa, maʼmuriy nazorat muddatining kamida yarmi oʻtgach ichki ishlar organining taqdimnomasi yoxud nazorat ostidagi shaxsning yoki uning vakilining arizasi asosida, shuningdek mehnat jamoasining, jamoat birlashmasining va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining iltimosnomasiga koʻra maʼmuriy nazorat sud tomonidan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Maʼmuriy nazoratni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnoma, ariza yoki iltimosnoma oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqilishi lozim. | Agar nazorat ostidagi shaxs huquqbuzarlik sodir etmayotganligi, oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya qilayotganligi hamda zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarayotganligi aniqlansa, shuningdek yashash, ish, oʻqish yoki xizmat joyidan ijobiy tavsifnomalar mavjud boʻlsa, maʼmuriy nazorat muddatining kamida yarmi oʻtgach ichki ishlar organining taqdimnomasi yoxud nazorat ostidagi shaxsning yoki uning vakilining arizasi asosida, shuningdek mehnat jamoasining, jamoat birlashmasining va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining iltimosnomasiga koʻra maʼmuriy nazorat sud tomonidan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Maʼmuriy nazoratni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnoma, ariza yoki iltimosnoma oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqilishi lozim. |
Maʼmuriy nazoratni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqariladi, qaror nazorat ostidagi shaxsga eʼlon qilinadi. | Maʼmuriy nazoratni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqariladi, qaror nazorat ostidagi shaxsga eʼlon qilinadi. |
3-bob. Nazorat ostidagi shaxsning huquq va majburiyatlari. Ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlari | 3-bob. Nazorat ostidagi shaxsning huquq va majburiyatlari. Ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlari |
14-modda. Nazorat ostidagi shaxsning huquqlari | 14-modda. Nazorat ostidagi shaxsning huquqlari |
Nazorat ostidagi shaxs quyidagi huquqlarga ega: | Nazorat ostidagi shaxs quyidagi huquqlarga ega: |
advokat xizmatlaridan foydalanish; | advokat xizmatlaridan foydalanish; |
koʻrib chiqilayotgan masala yuzasidan izohlar berish; | koʻrib chiqilayotgan masala yuzasidan izohlar berish; |
dalillar taqdim etish; | dalillar taqdim etish; |
sudda maʼmuriy nazorat oʻrnatish va cheklovlar qoʻllash toʻgʻrisidagi materiallar bilan tanishib chiqish hamda ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; | sudda maʼmuriy nazorat oʻrnatish va cheklovlar qoʻllash toʻgʻrisidagi materiallar bilan tanishib chiqish hamda ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; |
maʼmuriy nazoratni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida, shuningdek belgilangan maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish haqida sudga bevosita yoki vakili orqali arizalar bilan murojaat etish; | maʼmuriy nazoratni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida, shuningdek belgilangan maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish haqida sudga bevosita yoki vakili orqali arizalar bilan murojaat etish; |
sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u boʻyicha oʻz mulohazalarini bildirish; | sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u boʻyicha oʻz mulohazalarini bildirish; |
sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, u bilan bogʻliq maʼmuriy cheklovlar va uning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilish; | sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, u bilan bogʻliq maʼmuriy cheklovlar va uning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilish; |
ish boʻyicha keltirilgan protestlar va kelib tushgan shikoyatlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish; | ish boʻyicha keltirilgan protestlar va kelib tushgan shikoyatlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish; |
yashash joyidan tashqarida boʻlish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan qisqa muddatga chiqish uchun ruxsatnomalar olish toʻgʻrisidagi arizalar bilan ichki ishlar organlariga murojaat etish; | yashash joyidan tashqarida boʻlish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan qisqa muddatga chiqish uchun ruxsatnomalar olish toʻgʻrisidagi arizalar bilan ichki ishlar organlariga murojaat etish; |
bevosita yoki vakili orqali ichki ishlar organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining maʼmuriy nazoratni oʻrnatish va amalga oshirish chogʻidagi harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish. | bevosita yoki vakili orqali ichki ishlar organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining maʼmuriy nazoratni oʻrnatish va amalga oshirish chogʻidagi harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish. |
15-modda. Nazorat ostidagi shaxsning majburiyatlari | 15-modda. Nazorat ostidagi shaxsning majburiyatlari |
Nazorat ostidagi shaxs quyidagi maʼmuriy nazorat qoidalariga rioya etishi shart: | Nazorat ostidagi shaxs quyidagi maʼmuriy nazorat qoidalariga rioya etishi shart: |
jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganidan keyin oʻzi tanlagan yashash joyiga sud tomonidan belgilangan muddatda yetib borish; | jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganidan keyin oʻzi tanlagan yashash joyiga sud tomonidan belgilangan muddatda yetib borish; |
jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganidan keyin, shuningdek yashash joyi oʻzgarganidan soʻng oʻzi tanlagan yashash joyiga yetib kelgan kundan eʼtiboran uch kun ichida hisobga qoʻyilish uchun maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organiga kelish; | jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganidan keyin, shuningdek yashash joyi oʻzgarganidan soʻng oʻzi tanlagan yashash joyiga yetib kelgan kundan eʼtiboran uch kun ichida hisobga qoʻyilish uchun maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organiga kelish; |
oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etish; | oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etish; |
maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organidan yashash joyidan tashqarida boʻlish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan tashqariga qisqa muddatga chiqish uchun ruxsatnoma olingan taqdirda, qisqa muddatga chiqilayotgan hududning ichki ishlar organini xabardor qilish; | maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organidan yashash joyidan tashqarida boʻlish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan tashqariga qisqa muddatga chiqish uchun ruxsatnoma olingan taqdirda, qisqa muddatga chiqilayotgan hududning ichki ishlar organini xabardor qilish; |
qisqa muddatga chiqish joyidan qaytib kelganida doimiy yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organini xabardor qilish; | qisqa muddatga chiqish joyidan qaytib kelganida doimiy yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organini xabardor qilish; |
maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organini ishga joylashganligi, yashash, ish, oʻqish yoki xizmat joyi oʻzgarganligi yoxud mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisida uch kun ichida xabardor qilish; | maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organini ishga joylashganligi, yashash, ish, oʻqish yoki xizmat joyi oʻzgarganligi yoxud mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisida uch kun ichida xabardor qilish; |
yashash joyidagi ichki ishlar organiga ushbu organ tomonidan belgilangan muddatda chaqiruvga koʻra borish; | yashash joyidagi ichki ishlar organiga ushbu organ tomonidan belgilangan muddatda chaqiruvga koʻra borish; |
oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etish va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish. | oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etish va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish. |
16-modda. Maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining huquqlari | 16-modda. Maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining huquqlari |
Maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlari quyidagi huquqlarga ega: | Maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlari quyidagi huquqlarga ega: |
nazorat ostidagi shaxsning xulq-atvori toʻgʻrisida ish, oʻqish yoki xizmat joyi maʼmuriyatidan, jamoat birlashmasidan, yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan, shuningdek fuqarolardan maʼlumotlarni soʻrash va olish; | nazorat ostidagi shaxsning xulq-atvori toʻgʻrisida ish, oʻqish yoki xizmat joyi maʼmuriyatidan, jamoat birlashmasidan, yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan, shuningdek fuqarolardan maʼlumotlarni soʻrash va olish; |
nazorat ostidagi shaxsga uy-joy berish va uni ishga joylashtirish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga iltimosnomalar yuborish; | nazorat ostidagi shaxsga uy-joy berish va uni ishga joylashtirish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga iltimosnomalar yuborish; |
profilaktik suhbat oʻtkazish uchun nazorat ostidagi shaxsni uning yashash joyidagi ichki ishlar organlariga chaqirish, nazorat ostidagi shaxsning talabi bilan bunday suhbatlarni advokat, jamoatchilik, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari yoki yaqin qarindoshlari ishtirokida oʻtkazish; | profilaktik suhbat oʻtkazish uchun nazorat ostidagi shaxsni uning yashash joyidagi ichki ishlar organlariga chaqirish, nazorat ostidagi shaxsning talabi bilan bunday suhbatlarni advokat, jamoatchilik, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari yoki yaqin qarindoshlari ishtirokida oʻtkazish; |
nazorat ostidagi shaxsdan oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etish hamda zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar talab qilish. | nazorat ostidagi shaxsdan oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etish hamda zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar talab qilish. |
Ichki ishlar organlari maʼmuriy nazoratni amalga oshirish boʻyicha alohida tadbirlarni oʻtkazishda davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar bilan hamkorlik qilishi mumkin. | Ichki ishlar organlari maʼmuriy nazoratni amalga oshirish boʻyicha alohida tadbirlarni oʻtkazishda davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar bilan hamkorlik qilishi mumkin. |
17-modda. Maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining majburiyatlari | 17-modda. Maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining majburiyatlari |
Maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlari: | Maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlari: |
nazorat ostidagi shaxsga uning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi, shuningdek oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarni buzganlik hamda zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirishi; | nazorat ostidagi shaxsga uning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi, shuningdek oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarni buzganlik hamda zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirishi; |
maʼmuriy nazorat muddati mobaynida nazorat ostidagi shaxslarning hisobini yuritishi; | maʼmuriy nazorat muddati mobaynida nazorat ostidagi shaxslarning hisobini yuritishi; |
nazorat ostidagi shaxslarni oʻzlari tanlagan yashash joyida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish va ularni ishga joylashtirish yuzasidan zarur choralar koʻrishi; | nazorat ostidagi shaxslarni oʻzlari tanlagan yashash joyida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish va ularni ishga joylashtirish yuzasidan zarur choralar koʻrishi; |
maʼmuriy nazorat ostidagi shaxsning oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etishi va yashash, ish, oʻqish yoki xizmat joyi boʻyicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan tizimli ravishda nazoratni amalga oshirishi; | maʼmuriy nazorat ostidagi shaxsning oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etishi va yashash, ish, oʻqish yoki xizmat joyi boʻyicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan tizimli ravishda nazoratni amalga oshirishi; |
nazorat ostidagi shaxs bilan uning huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini olib borishi; | nazorat ostidagi shaxs bilan uning huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini olib borishi; |
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinganidan keyin yashash joylariga belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz yetib kelmagan, shuningdek yashash joylarini oʻzboshimchalik bilan tark etgan yoki sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan ruxsatnomasiz chiqib ketgan nazorat ostidagi shaxslarning qidiruvini amalga oshirishi shart. | jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinganidan keyin yashash joylariga belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz yetib kelmagan, shuningdek yashash joylarini oʻzboshimchalik bilan tark etgan yoki sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan ruxsatnomasiz chiqib ketgan nazorat ostidagi shaxslarning qidiruvini amalga oshirishi shart. |
Maʼmuriy nazoratni oʻrnatish va amalga oshirish nazorat ostidagi shaxsning boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi, uning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmasligi kerak. | Maʼmuriy nazoratni oʻrnatish va amalga oshirish nazorat ostidagi shaxsning boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi, uning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmasligi kerak. |
18-modda. Nazorat ostidagi shaxslarning qidiruvi | 18-modda. Nazorat ostidagi shaxslarning qidiruvi |
Nazorat ostidagi shaxs yashash joyini oʻzboshimchalik bilan tark etganda, shuningdek jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilish chogʻida maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan hollarda yashash joyiga belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz yetib kelmaganda ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsning turar joyi va yetib kelmaslik sabablarini aniqlash choralarini koʻradi. | Nazorat ostidagi shaxs yashash joyini oʻzboshimchalik bilan tark etganda, shuningdek jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilish chogʻida maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan hollarda yashash joyiga belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz yetib kelmaganda ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsning turar joyi va yetib kelmaslik sabablarini aniqlash choralarini koʻradi. |
Nazorat ostidagi shaxsning qayerdaligi aniqlanmagan taqdirda ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsning turar joyi va yetib kelmaslik sabablarini aniqlash boʻyicha koʻrilgan choralar haqidagi hujjatlar (dalolatnoma, fuqarolarning yozma koʻrsatuvlari, ichki ishlar organi xodimining bildirgisi) bilan birga sudga unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish zarurligi toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi. | Nazorat ostidagi shaxsning qayerdaligi aniqlanmagan taqdirda ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsning turar joyi va yetib kelmaslik sabablarini aniqlash boʻyicha koʻrilgan choralar haqidagi hujjatlar (dalolatnoma, fuqarolarning yozma koʻrsatuvlari, ichki ishlar organi xodimining bildirgisi) bilan birga sudga unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish zarurligi toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi. |
Nazorat ostidagi shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma sud tomonidan besh kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. | Nazorat ostidagi shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma sud tomonidan besh kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. |
Nazorat ostidagi shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilinadi. | Nazorat ostidagi shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilinadi. |
Nazorat ostidagi shaxslarning qidiruvi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. | Nazorat ostidagi shaxslarning qidiruvi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. |
19-modda. Ichki ishlar organlari tomonidan nazorat ostidagi shaxslarga beriladigan ruxsatnomalar | 19-modda. Ichki ishlar organlari tomonidan nazorat ostidagi shaxslarga beriladigan ruxsatnomalar |
Maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsga yashash joyidan tashqarida boʻlish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan qisqa muddatga chiqish uchun oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga quyidagi shaxsiy holatlar munosabati bilan ruxsatnoma beradi: | Maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsga yashash joyidan tashqarida boʻlish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan qisqa muddatga chiqish uchun oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga quyidagi shaxsiy holatlar munosabati bilan ruxsatnoma beradi: |
yaqin qarindoshining oʻlimi yoki ogʻir kasalligi; | yaqin qarindoshining oʻlimi yoki ogʻir kasalligi; |
ishga joylashish yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish zarurati; | ishga joylashish yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish zarurati; |
taʼlim muassasalariga qabul qilish chogʻida kirish imtihonlarini topshirish zarurati. | taʼlim muassasalariga qabul qilish chogʻida kirish imtihonlarini topshirish zarurati. |
Ushbu modda birinchi qismining birinchi xatboshisida koʻrsatilgan ruxsatnoma quyidagi hollarda bir oygacha boʻlgan muddatga berilishi mumkin: | Ushbu modda birinchi qismining birinchi xatboshisida koʻrsatilgan ruxsatnoma quyidagi hollarda bir oygacha boʻlgan muddatga berilishi mumkin: |
nazorat ostidagi shaxsning tibbiy yordam olishi yoki sogʻliqni saqlash muassasalarida davolanishdan oʻtishi zarur boʻlganda; | nazorat ostidagi shaxsning tibbiy yordam olishi yoki sogʻliqni saqlash muassasalarida davolanishdan oʻtishi zarur boʻlganda; |
tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar munosabati bilan yashash joyida bundan buyon istiqomat qilishning imkoni boʻlmasa; | tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar munosabati bilan yashash joyida bundan buyon istiqomat qilishning imkoni boʻlmasa; |
sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan tashqarida taʼlim olganda. | sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan tashqarida taʼlim olganda. |
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat oshib ketgan taqdirda, maʼmuriy nazorat nazorat ostidagi shaxsning turgan joyi boʻyicha amalga oshiriladi. | Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat oshib ketgan taqdirda, maʼmuriy nazorat nazorat ostidagi shaxsning turgan joyi boʻyicha amalga oshiriladi. |
4-bob. Yakunlovchi qoidalar | 4-bob. Yakunlovchi qoidalar |
20-modda. Sudning, ichki ishlar organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) | 20-modda. Sudning, ichki ishlar organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) |
Ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazoratni oʻrnatish va amalga oshirish bilan bogʻliq qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan prokuror tomonidan protest keltirilishi yoki nazorat ostidagi shaxs yoki uning vakili tomonidan sud qarori nusxasi olingan kundan boshlab oʻn kunlik muddatda boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. | Ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazoratni oʻrnatish va amalga oshirish bilan bogʻliq qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan prokuror tomonidan protest keltirilishi yoki nazorat ostidagi shaxs yoki uning vakili tomonidan sud qarori nusxasi olingan kundan boshlab oʻn kunlik muddatda boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. |
Sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan ilgari tugatish yoxud maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat yoki protest yuqori turuvchi sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Shikoyat yoki protestni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha sud tomonidan quyidagi qarorlardan biri chiqariladi: | Sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan ilgari tugatish yoxud maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat yoki protest yuqori turuvchi sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Shikoyat yoki protestni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha sud tomonidan quyidagi qarorlardan biri chiqariladi: |
sudning qarorini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida; | sudning qarorini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida; |
sudning qarorini oʻzgartirish toʻgʻrisida; | sudning qarorini oʻzgartirish toʻgʻrisida; |
sudning qarorini bekor qilish toʻgʻrisida; | sudning qarorini bekor qilish toʻgʻrisida; |
sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilish va maʼmuriy nazorat oʻrnatish haqida. | sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilish va maʼmuriy nazorat oʻrnatish haqida. |
Shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi maʼmuriy nazoratning amalga oshirilishini sud maʼmuriy nazoratni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarguniga qadar toʻxtatib turmaydi. | Shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi maʼmuriy nazoratning amalga oshirilishini sud maʼmuriy nazoratni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarguniga qadar toʻxtatib turmaydi. |
21-modda. Maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 21-modda. Maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. |
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish | 22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish |
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin: | Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin: |
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida”gi 750-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 33-modda); | 1) Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida”gi 750-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 33-modda); |
2) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 832-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) VIII boʻlimi. | 2) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 832-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) VIII boʻlimi. |
23-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash | 23-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin. |
24-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish | 24-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; | hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; |
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. | davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. |
25-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi | 25-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi |
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2019-yil 2-aprel, | 2019-yil 2-aprel, |
OʻRQ-532-son | OʻRQ-532-son |