Ushbu Qonunning maqsadi chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanilishini ta’minlashdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish — chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida hisobga olish va nazorat qilish, chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish, chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat;
(2-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilarni zararsizlantirish — chiqindilarni neytral holga keltirish, dezaktivatsiyalash, dezinfeksiyalash, demerkurizatsiyalash, chiritish, yoqib yuborish, termik jihatdan qayta ishlash va ko‘mib tashlash bilan bog‘liq faoliyat;
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlari — chiqindilarni to‘plash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish uchun foydalaniladigan obyektlar;
(2-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
chiqindi pasporti — chiqindi kelib chiqqan joyni hamda chiqindining individual xususiyatlarini tasdiqlovchi hujjat;
chiqindilar — ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil bo‘lgan qoldiqlari, shuningdek o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar);
chiqindilarni joylashtirish limiti — muayyan muddatga joylashtirish ruxsat etilgan chiqindilarning eng yuqori miqdori;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilarni joylashtirish obyekti — chiqindilarni saqlash hamda zararsizlantirish uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joy;
(2-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
chiqindilarni ko‘mib tashlash — chiqindilarni, ifloslantiruvchi moddalar atrof-muhitni bulg‘atishining oldini olishga qaratilgan hamda bu chiqindilardan kelgusida foydalanish imkoniyatini istisno etadigan tarzda, ajratib qo‘yish;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilarni saqlash — chiqindilar zararsizlantirish, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish maqsadida olib ketilguniga qadar ularni maxsus jihozlangan to‘plagichlarda saqlash;
(2-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xomashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish;
chiqindilarni qayta ishlash — chiqindilarni ekologik jihatdan bexatar saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish;
chiqindilarning hosil bo‘lish normativi — mahsulot birligi ishlab chiqarilayotganda yoki boshlang‘ich xomashyo birligidan hosil bo‘ladigan muayyan turdagi chiqindilarning belgilangan miqdori;
xavfli chiqindilar — tarkibida xavfli (zaharlilik, yuqumlilik, portlovchanlik, tez alangalanib yong‘in chiqaruvchanlik, reaksiyaga tez kirishuvchanlik, radioaktivlik) xususiyatlardan loaqal bittasiga ega moddalar mavjud bo‘lgan, bunday moddalar fuqarolar sog‘lig‘i va hayotiga, atrof-muhitga o‘zi mustaqil tarzda ham, shuningdek boshqa moddalarga qo‘shilganda ham bevosita yoki potensial xavf tug‘diradigan miqdorda va shaklda mavjud bo‘lgan chiqindilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilik atmosfera havosiga va suv obyektlariga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash va oqizish bilan bog‘liq munosabatlarga taalluqli emas.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Chiqindi qaysi xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyum yoki mahsulotlardan, shuningdek tovarlardan (mahsulotlardan) foydalanish natijasida hosil bo‘lsa, chiqindilarga bo‘lgan mulk huquqi shularning egasiga tegishli bo‘ladi.
Chiqindilarga bo‘lgan mulk huquqini boshqa shaxs oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomasi yoki chiqindilarni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi qonun bilan taqiqlab qo‘yilmagan o‘zga bitimlar asosida olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarning mulkdorlari qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida chiqindilarga egalik qiladilar, ulardan foydalanadilar hamda ularni tasarruf etadilar.
(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilar joylashgan yer uchastkasining mulkdori o‘zgargan taqdirda chiqindilarga bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi hamda zararli oqibatlar uchun javobgarlik qonunchilikka muvofiq hal etiladi.
(4-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 165-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91, 911 va 913-moddalari.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati olib borilishi tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
chiqindilar ko‘mib tashlanadigan va utilizatsiya qilinadigan joylarning davlat kadastrini yuritish tartibini belgilaydi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida normativlar ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
xavfli chiqindilarning hamda chegara osha tashilishi davlat tomonidan tartibga solinishi kerak bo‘lgan chiqindilarning ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari quyidagilardir:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
(7-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 3-bobi.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va texnologik ishlanmalar hamda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi;
chiqindilar hosil bo‘lishining belgilanayotgan normativlariga hamda chiqindilarni joylashtirish obyektlariga rozilik beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish chog‘ida belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshiradi;
fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini chiqindilarning zararli ta’siridan muhofaza etish chora-tadbirlarini belgilaydi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlari xususida davlat sanitariya-gigiyena ekspertizasi xulosasini beradi;
chiqindilardan tayyorlanayotgan tovarlarga (mahsulotlarga) nisbatan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi hamda ularga doir gigiyena sertifikati beradi;
chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘ligi uchun xavflilik darajasini belgilashda uslubiy ta’minotni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
maishiy-ro‘zg‘or chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi;
maishiy-ro‘zg‘or chiqindilarini to‘plash, tashish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish holati monitoringini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respubikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019-yil 7-noyabrdagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari (ro‘yxat raqami 3195, 2019-yil 8-noyabr).
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
konchilik va qayta ishlash sohasidagi ishlab chiqarish chiqindilarini hisobga olish, saqlash va utilizatsiya qilish ustidan davlat nazorati va tekshiruvini;
radioaktiv chiqindilarni saqlash, tashish, utilizatsiya qilish va ko‘mib tashlash paytida radiatsiyaviy xavfsizlik ustidan davlat nazoratini;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid umumdavlat dasturlarini bajarishda ishtirok etadilar;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratib beradilar;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini hal etadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qiladilar;
(11-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududda joylashtirish masalalarini hal qilishda ishtirok etadilar;
aholi punktlari sanitariya jihatidan tozalanishiga hamda maishiy-ro‘zg‘or chiqindilari to‘plab olib ketilganligi uchun to‘lovlar vaqtida to‘lanishiga ko‘maklashadilar;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarining sanitariya va ekologik holati ustidan jamoat nazoratini amalga oshiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
chiqindi bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilayotganda hayotlari va sog‘liqlari uchun xavfsiz sharoitlar bilan ta’minlanish;
o‘zlari yashayotgan joylarda xavfli chiqindilar bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan, shuningdek ishlab turgan chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarining xavfsizligi haqida belgilangan tartibda to‘liq va aniq axborot olish;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlari qurilishiga doir qarorlarning loyihalari muhokamasida ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi natijasida hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zararni to‘latish;
(13-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarining sanitariya va ekologik holati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish huquqlariga egadirlar.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirayotganda belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga, boshqa talablarga rioya qilishlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalari.
maishiy-ro‘zg‘or chiqindilarini to‘plab olib ketish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va tashkilotlar xizmatidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda to‘lab borishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishlari hamda zimmalarida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlaridan chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi sanitariya normalari va qoidalari, ekologik normativlar to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot olishga;
chiqindilarni hududni toza-orasta tutishning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq ravishda chiqindilarni joylashtirish obyektlarida saqlashga;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarini joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq takliflarni kiritishga;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishga;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish natijasida boshqa shaxslar tomonidan o‘zlariga yetkazilgan zararni to‘latishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga rioya etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda chiqindilarning hisobini yuritishi, ular to‘g‘risida hisobot taqdim etishi;
(15-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Qonunning 26-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavflilik darajasini belgilangan tartibda aniqlashi;
chiqindilarning hosil bo‘lish normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlari loyihalarini ishlab chiqishi;
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga, yo‘llarning chetiga, qatnov qismiga qurilish va maishiy chiqindilar tashlanishi hamda joylashtirilishining oldini olishi;
chiqindilarni to‘plashni ta’minlashi, o‘ziga tegishli bo‘lgan binolarga yaqin yoki tutash hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va vaqtinchalik saqlash uchun konteynerlar (qutilar) o‘rnatishi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019-yil 17-oktabrdagi 12-son qarori bilan tasdiqlangan Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 3197, 2019-yil 19-noyabr).
resurs qimmatiga ega va utilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan chiqindilarning lozim darajada saqlanishini ta’minlashi hamda ularning yo‘q qilinishi va buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
o‘zining mulki bo‘lgan chiqindilarning utilizatsiya qilinishiga doir texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rishi;
chiqindilarning aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi, bundan ishlab chiqarish texnologiyasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
chiqindilarning belgilanmagan joylarda yoki obyektlarda saqlanishi, qayta ishlanishi, utilizatsiya qilinishi va zararsizlantirilishiga, shuningdek bunday joylarga yoki obyektlarga joylashtirilishi hamda tashlanishiga yo‘l qo‘ymasligi;
sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni buzmasligi;
chiqindilar joylashtirilgan o‘z obyektlarining sanitariya va ekologik holati ustidan nazoratni amalga oshirishi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish chog‘ida holati buzilgan yer uchastkalarida rekultivatsiya ishlarini o‘tkazishi;
chiqindilarni mumkin qadar ko‘proq utilizatsiya qilish, ularni chiqindilarni to‘plash, saqlash va utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish yoki berish chora-tadbirlari majmuini amalga oshirishi, shuningdek utilizatsiya qilinmaydigan chiqindilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda zararsizlantirilishini ta’minlashi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga ruxsat olinmagan tarzda atrof-muhitga chiqindilar chiqarilganligi holatlari to‘g‘risida va ko‘rilgan choralar haqida belgilangan tartibda axborot taqdim etishi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof-muhitga, yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar zimmasida chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu Qonunda yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladilar hamda majburiyatlarni bajaradilar.
Yuridik shaxslarning chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi faoliyati fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ining hamda atrof-muhitning xavfsizligini ta’minlamog‘i kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilikning talablari buzilganligi natijasida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga yoki atrof- muhitga zarar yetkazilganda, shuningdek fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavfsizlikni ta’minlashning texnikaviy yoki boshqa imkoniyati bo‘lmay turib xavfli chiqindilar hosil bo‘lgan hollarda yuridik shaxslarning faoliyati belgilangan tartibda cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki tugatilishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit muhofaza qilinishini ta’minlash, chiqindilarning hosil bo‘lishini kamaytirish maqsadida chiqindilarning hosil bo‘lish normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlari ishlab chiqiladi.
Chiqindilarning hosil bo‘lish normativlari chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan holda yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Chiqindilarni joylashtirish limitlari yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi va chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarning hosil bo‘lish normativlarini hamda chiqindilarni joylashtirish limitlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tadiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldi-sotdi, eksport-import operatsiyasi obyekti bo‘lgan chiqindilar, shuningdek tashilishi kerak bo‘lgan xavfli chiqindilar chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga muvofiqlik bo‘yicha ekologik sertifikatlashdan o‘tkazilishi kerak, uning natijalariga ko‘ra chiqindilarning mulkdorlariga ekologik sertifikat beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-sonli qarori bilan tasdiqlangan Majburiy ekologik sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar va chiqindilar ro‘yxati.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2010-yil 1-dekabrlagi 85-1-TK-sonli “Chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish qoidalari”ning 4-bandi
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfli chiqindilarni tashish chiqindilarning ekologik sertifikati hamda ularni tashish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda maxsus jihozlangan transport vositalarida amalga oshiriladi.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2010-yil 1-dekabrlagi 85-1-TK-sonli “Chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish qoidalari”.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga chiqindilarni, shu jumladan chet elga mansub radioaktiv chiqindilarning har qanday turlarini saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida olib kirish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhitning xavfsizligi ta’min etilishi sharti bilan chiqindilar faqat qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda olib kirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni saqlash sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq hamda chiqindilardan oqilona foydalanilishini yoki ularning boshqa shaxslarga berilishini ta’minlovchi usullarda amalga oshiriladi.
Sanoat chiqindilarini va maishiy chiqindilarni maxsus texnik moslamalarsiz zararsizlantirish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilar ko‘mib tashlanadigan joy (xavfli chiqindilar bundan mustasno) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasida utilizatsiya qilish uchun tegishli texnologiyalar mavjud bo‘lgan chiqindilarning ko‘mib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda va moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda saqlash va zararsizlantirish taqiqlanadi.
Alohida hollarda, maxsus tadqiqotlar natijalariga ko‘ra fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit xavfsizligini, tabiiy resurslar saqlanishini ta’minlash talablariga rioya etgan holda chiqindilarni yer ostiga ko‘mib tashlashga yo‘l qo‘yiladi.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarga joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari undiriladi.
Kompensatsiya to‘lovlari miqdori belgilangan tartibda chiqindilarni joylashtirish limitlari asosida, chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i hamda atrof-muhit uchun xavflilik darajasiga qarab belgilanadi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar sog‘lig‘ini va atrof-muhitni g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish maqsadida utilizatsiya yig‘imi to‘lanadi.
(231-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi tomonidan — g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilganda;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar ishlab chiqarilganda (yig‘ilganda, tayyorlanganda) undiriladi.
(231-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi)
Oldingi tahrirga qarang.
Utilizatsiya yig‘imining miqdorlari, utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalarining, o‘ziyurar mashinalarning va ular tirkamalarining, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalarning turlari hamda toifalari, shuningdek utilizatsiya yig‘imini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(231-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 358-son qarori bilan tasdiqlangan G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-iyundagi 347-son qarori bilan tasdiilangan Utilizatsiya yig‘imining miqdorlari va utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalarining turlari va toifalari ro‘yxati.
Oldingi tahrirga qarang.
G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni bajarish bo‘yicha infratuzilmani tashkil etish uchun xarajatlar utilizatsiya yig‘imidan tushgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
(231-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi)
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish hamda ularni utilizatsiya qilishga qaratilgan texnologiyalarni ishlab chiqayotgan va joriy etayotgan, chiqindilarni utilizatsiya qilishga mo‘ljallangan korxonalar va sexlar yaratayotgan, uskunalar ishlab chiqarayotgan, chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil bo‘lishini kamaytirish chora-tadbirlarini moliyalashtirishda ulushbay asosida ishtirok etayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar beriladi.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mahalliy davlat hokimiyati organlari chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil bo‘lishini kamaytirishga doir faoliyatni rag‘batlantirish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qo‘shimcha choralar belgilashlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil bo‘lishini kamaytirishga doir tadbirlarni moliyalashtirish chiqindilarning mulkdorlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bunday tadbirlarni moliyalashtirishga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasining, budjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari jalb etilishi mumkin.
(25-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Olib kiriladigan, olib chiqiladigan, amalda mavjud bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida hosil bo‘ladigan, shuningdek tranzit tarzida olib o‘tiladigan chiqindilarning davlat hisobi yuritilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risida nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilar to‘g‘risidagi davlat statistika hisobotining shakli, uni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Chiqindi pasporti chiqindining har bir turi uchun yuridik shaxslar tomonidan tuziladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq tarzda chiqindining o‘ziga xos xususiyatlari o‘zgargan hollarda chiqindi pasportiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-ilovasi.
Chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi axborotlar to‘planishi, qayta ishlanishi, saqlanishi va tahlil qilinishini ta’minlash maqsadida chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastri yuritiladi, kadastrda chiqindilarning miqdor va sifat tavsiflari, chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi hamda ularning xavflilik darajasini kamaytirish chora-tadbirlari haqidagi axborot o‘z ifodasini topadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastri qonunchilikda belgilangan tartibda yuritiladi.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish qoidalarining 47-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91, 911 — 913-modda.