22.02.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3138
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, 22.02.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3138
Kuchga kirish sanasi
22.02.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3138]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. SHADMANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 25-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-son

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2019-yil 25-yanvardagi 68-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patologoanatom — patologik-anatomik tadqiqotlarni oʻtkazuvchi mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biopsiya — odam hayotligida undagi kasallikka tashxis qoʻyish maqsadida patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autopsiya — davolash-profilaktika muassasalarida vafot etgan shaxslarning oʻlim sabablarini aniqlash maqsadida patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Patologik-anatomik tadqiqotlar faqat patologoanatom tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Patologik-anatomik tadqiqotlar biopsiya va autopsiya usullarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Biopsiya usulida patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davolash-profilaktika muassasasida ambulator va statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarga toʻgʻri tashxis qoʻyish va ularni samarali davolash maqsadida tegishliligi boʻyicha Respublika patologik-anatomiya markazi, patologik-anatomiya boʻlimlari hamda hududiy patologik-anatomiya byurolarida (bundan buyon matnda patologik-anatomiya xizmati deb yuritiladi) biopsiya usulida patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davolash-profilaktika muassasalarida ambulator va statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlardan olingan biopsiya materiali yoki jarrohlik amaliyoti jarayonida olingan toʻqima tegishli patologik-anatomiya xizmatiga kasallikni hujayraviy darajada aniqlash uchun yoʻllanma asosida taqdim qilinganda uni patologik-anatomiya xizmatining masʼul xodimi qabul qilib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Masʼul xodim qabul qilib olingan biopsiya materiali yoki jarrohlik amaliyoti jarayonida olingan toʻqima haqidagi maʼlumotlarni taqdim qilingan yoʻllanmaning tegishli qismiga yozib qoʻyadi. Ushbu maʼlumotlar laborant tomonidan yuritiladigan daftarga ham qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Patologoanatom patologik-anatomik tadqiqot oʻtkazish uchun taqdim etilgan biopsiya materiali yoki jarrohlik amaliyoti jarayonida olingan toʻqimadan mikropreparat tayyorlash uchun kesma oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Patologoanatom olingan kesmani mikropreparat tayyorlash uchun yoʻllanma asosida laboratoriyaga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Laboratoriyaning masʼul xodimi topshirilgan kesmadan 10 kundan koʻp boʻlmagan muddatda mikropreparat tayyorlaydi. Mikropreparatni tayyorlash qoʻshimcha vaqt talab etgan taqdirda, mazkur muddat yana 10 kungacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda laboratoriyaning masʼul xodimi muddat uzaytirilganligi toʻgʻrisida shu kunning oʻzida patologoanatomni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 25-fevraldagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3138-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3138-1/0204-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Laboratoriyaning masʼul xodimi tayyorlangan mikropreparatni shu kunning oʻzida patologoanatomga topshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Patologoanatom tayyorlangan mikropreparatni mikroskop yordamida tahlil qiladi va gistologik tashxis qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Patologoanatom tomonidan qoʻyilgan tashxis va unga tegishli boshqa maʼlumotlar haqida yoʻllanmaning tegishli qismiga yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yoʻllanmada koʻrsatilgan tashxis va boshqa maʼlumotlar laborant tomonidan yuritiladigan daftarga qayd etiladi va yoʻllanma tegishli davolash-profilaktika muassasasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Autopsiya usulida patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davolash-profilaktika muassasasida kasallik oqibatida vafot etgan shaxsning murdasida autopsiya usulida patologik-anatomik tadqiqotlar oʻtkazish tegishliligi boʻyicha patologik-anatomiya xizmatlarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Patologik-anatomiya xizmati masʼul xodimi murdani qabul qilib olishda uning kasallik tarixida qayd etilgan tashxisga asosan murdani qabul qilib oladi. Bunda masʼul xodim tomonidan murdaning tashqi koʻrinishi koʻrikdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Patologoanatom patologik-anatomik tadqiqotini boshlashdan oldin murdani tashqi holatini koʻrikdan oʻtkazadi. Koʻrikdan oʻtkazish jarayonida jarohat va sinish belgilari mavjudligi aniqlanmasa, patologoanatom tadqiqotni davom ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Koʻrikdan oʻtkazish jarayonida jarohat va sinish belgilari mavjudligi aniqlangan hollarda, patologoanatom murdada patologik-anatomik tadqiqotini oʻtkazishni rad etadi va bu haqda patologik-anatomiya xizmati rahbarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Patologoanatom murdaning tegishli tana qismini yoradi va murdaning ichki aʼzolarini birma-bir koʻrikdan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Murdaning ichki aʼzolarini koʻrikdan oʻtkazishda gistologik tadqiqot uchun har bir ichki organdan 1 santimetrdan katta boʻlmagan hajmdagi namunalar kesib olinadi. Agar davolash-profilaktika muassasasida vafot etgan shaxsning kasallik tarixida u yuqumli kasalliklar oqibatida vafot etganligi koʻrsatilgan boʻlsa, shuningdek, tadqiqotni oʻtkazayotgan patologoanatom murdada yuqumli virus va mikroblar mavjudligiga shubha qilgan hollarda, virusologik va bakteriologik tekshiruv uchun namunalar olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kesib olingan namunalar shu vaqtning oʻzida tegishliligi boʻyicha gistologik, virusologik yoki bakteriologik laboratoriyaga tekshirish uchun topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Topshirilgan namunalar tegishli laboratoriya tomonidan 7 kundan koʻp boʻlmagan muddatda laborator tekshiruvdan oʻtkaziladi. Topshirilgan namunalarning laborator tekshiruvi qoʻshimcha vaqt talab etgan taqdirda, mazkur muddat yana 10 kungacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda laborator tekshiruvni amalga oshirayotgan masʼul xodim muddat uzaytirilganligi toʻgʻrisida shu kunning oʻzida patologoanatomni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 25-fevraldagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3138-1, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/3138-1/0204-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Laboratoriya oʻtkazilgan laborator tekshiruv yakunlangan vaqtdan boshlab 1 kun ichida tekshiruv natijalari boʻyicha tegishli patologoanatomga yozma ravishda xulosa taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Patologoanatom tomonidan shu vaqtning oʻzida Patologik-anatomik tadqiqoti bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Patologoanatom bayonnomada murdaning har bir organ va toʻqimalarida kuzatilgan morfologik oʻzgarishlar hamda laboratoriya tekshiruvi uchun olingan namunalar bilan bogʻliq maʼlumotlarni, shuningdek, murdaning kasallik tarixidagi maʼlumotlarni aniq koʻrsatishi shart. Bunda patologoanatom murdaga oid boshqa maʼlumotlarni ham bayonnomaga qoʻshimcha sifatida kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Laborator tekshiruv natijalari olingandan keyin patologoanatom tomonidan tahlil qilinadi hamda oʻtkazilgan patologik-anatomik tadqiqoti boʻyicha yakuniy tashxis Patologik-anatomik tadqiqoti bayonnomasida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bayonnoma patologik-anatomik tadqiqotni oʻtkazgan patologoanatom, mutaxassislar hamda tegishli boʻlim mudiri tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2019-y., 10/19/3138/2656-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 07.03.2026-y., 10/26/3138-1/0204-son)