Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2021 15.02.2019 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir yagona talablarni belgilash, shuningdek, amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlarning xavfsizligi va sifatini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 136-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablar ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik diagnostika vositalarining soni va tavsiflariga, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir talablar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi 1-ilova qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Talablar DYHXX diagnostika stansiyalari, vazirliklar va idoralar, boshqa tashkilotlar hamda jismoniy shaxslarga tegishli texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari, tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan transport vositalarining texnik holatini baholash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza (laboratoriyalar) (keyingi oʻrinlarda ishlab chiqarish-texnik baza deb ataladi) joylashtiriladigan xona va maydonlarning parametrlariga doir texnik normalarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishlab chiqarish-texnik baza belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan, transport vositalarining texnik holatini texnika jihatidan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholashni tashkil etish va oʻtkazish uchun tegishli texnologik, sinov jihozlari va oʻlchash vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning hududiga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishlab chiqarish-texnik baza hududining oʻlchamlari quyidagi majburiy elementlarning joylashtirilishi imkoniyatini nazarda tutgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik holati baholanishi kutilayotgan va tugallangan transport vositalari uchun maydon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xona va maydonlarga kirish va oʻtish yoʻllari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishlab chiqarish-texnik baza hududida transport vositalari harakatini tashkil etish uchun quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sunʼiy yoritish chiroqlari, shu jumladan kunning qorongʻi vaqtida hamda kirish yoʻli va hududi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatnov qismi tekis va qattiq qoplamali (asfaltbetonli yoki sementbetonli) boʻlgan kirish yoʻli, maydon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
perimetri boʻyicha oʻrnatilgan toʻsiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ishlab chiqarish-texnik baza hududi yoki u joylashgan tashkilotga kirish joyi oldida ishlab chiqarish-texnik bazaning ish rejimi va texnik holati, baholashdan oʻtkaziladigan transport vositalarining harakatlanish sxemasi koʻrsatilgan axborotli stend oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish-texnik baza binosida kengligi 2,0 metrdan va balandligi 0,7 metrdan kam boʻlmagan oʻlchamdagi, davlat tilida “Texnik koʻrik” yozuvi boʻlgan peshlavha oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Yozuv boshqa tillarda takrorlanishi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasiga kirish yoʻllari boʻylab transport vositalarining harakatini tashkil etish quyidagi talablar asosida bajariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarining bir tomonlama harakatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun imkoniyat yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish-texnik baza hududida transport vositalarining ruxsat etilgan harakat yoʻnalishlarini tegishli yoʻl chiziqlari bilan belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishlab chiqarish-texnik baza hududi ichimlik va ishlab chiqarish suv quvurlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishlab chiqarish-texnik baza hududi maydonining yuzasi tekis, suv quvurlari va suv oqib ketadigan ariq mavjud boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishlab chiqarish-texnik bazaga kirish hamda uning hududi boʻylab transport vositalarining harakatlanishi, barcha mavjud inshootlar, yoʻl belgilari va chiziqlari koʻrsatilgan holdagi sxemasi hududida ishlab chiqarish-texnik baza joylashgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlning kengligi yengil avtomobillar uchun — 3 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun — 4,5 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Texnik holati baholanishi kutilayotgan va tugallangan transport vositalarini joylashtirish uchun maydonlarning oʻlchamlarini aniqlashda baholanadigan transport vositalarining gabarit oʻlchamlari va texnik koʻrik liniyasining bir soatdan kam boʻlmagan vaqtdagi ishlab chiqarish quvvatiga teng boʻlgan transport vositalarining aynan bir vaqtda maydonda boʻlishi eʼtiborga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasiga kirish oldidagi maydonning kengligi ishlab chiqarish xonasi kengligi bilan teng boʻlishi, uzunligi esa — 20 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Siqilgan va suyultirilgan tabiiy gaz yoqilgʻisida ishlaydigan transport vositalarini baholashga moʻljallangan xonalarning yertoʻlada, aholi yashash uylariga va boshqa korxonalar binolariga tutashgan holda joylashtirilishiga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning xonalariga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishlab chiqarish-texnik baza tarkibiga quyidagilar kiritilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalari egalarini qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish uchun xona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasining texnik holatini baholash natijalarini rasmiylashtirish uchun xona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-gigiyena xonalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonalari quyidagilarni inobatga olgan holda rejalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasining texnik holatini baholashdan oʻtkazish dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari va sinov jihozlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasining texnik holatini baholash va natijalarini rasmiylashtirishning texnologik jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻinga qarshi xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish talablari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasi oʻlchamlari mazkur Talablarning ilovasiga muvofiq texnik koʻrik liniyalarining texnologik postlari soni va baholanadigan transport vositalarining gabarit oʻlchamlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasi rejasi ishlab chiqarish bino va inshootlarini texnologik loyihalashtirish qoidalari va normalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish korpusi xonasining boʻrtib chiqqan qurilish konstruksiyalarigacha balandligi yengil avtomobillar uchun — 4,0 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun — 7,0 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xonalarning poli tekis, neft mahsulotlari taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xonada barcha texnologik jarayonlarni mehnatning sanitariya-gigiyena sharoitlariga toʻliq muvofiq holda xavfsiz va ratsional bajarilishi taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ishlab chiqarish xonalaridagi shovqin va vibratsiya darajasi sanitariya-gigiyena normalarida belgilangan, ruxsat etilgan koʻrsatkichlardan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xona va ish joylarining tabiiy va sunʼiy yoritilishi ishlarning xavfsiz bajarilishi, odamlar uchun xavfsiz boʻlishi va ularning harakatlanishini taʼminlash uchun yetarli va quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joylarida xonaning poli sathida — kamida 200 lk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi xonalarda (kabinetlarda) poldan 0,8 metr balandlikdagi sathda — kamida 200 lk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrikdan oʻtkazish xandagʻida transport vositalarining tag qismi sathida — kamida 150 lk.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avariya (favqulodda) holatlar uchun yoritilishi ish yuzasining umumiy yoritilishi uchun belgilangan normalarning 5 foizdan kam boʻlmasligi, lekin kamida 2 lk boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Transport vositalarining texnik holatini baholashdan oʻtkazish uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati oʻtkaziladigan sinov metodlariga doir normativ hujjatlar normalariga muvofiq boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish-texnik bazasi binolaridagi havo harorati yilning sovuq davrida — 15 °C dan 25 °C gacha, issiq davrida — 22 °C dan 30 °C gacha oraliqda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Transport vositalarining korxona hududida harakatlanish tezligi ochiq yoʻllarda — 10 km/s dan, xona ichida — 5 km/s dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasiga kirish joyi peshlavha bilan belgilanadi va sutkaning qorongʻi paytida yoritiladi. Ishlab chiqarish xonasiga kirish (chiqish) yoʻli ishlab chiqarish xonasidan boshqariladigan yorugʻlik (masalan, svetofor) signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kirish darvozasi ustida 3.13 “Cheklangan balandlik”, 3.14 “Cheklangan kenglik” va 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan (5 km/s)” yoʻl belgilari joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ishlab chiqarish-texnik baza xonasining mijozlar uchun qulay boʻlgan joyida quyidagi maʼlumotlar aks ettirilgan axborot stendi yoki boshqa maxsus qurilma oʻrnatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish-texnik bazaning tegishliligi (kimning tasarrufidaligi), joylashgan joyi, ish tartibi va rejimi, aloqa telefonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi IIVning Call-markazi telefoni va hududiy YHXBning ishonch telefoni raqamlari, taklif va eʼtirozlar kitobi saqlanadigan joy va uni yuritish (saqlash) uchun masʼul boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarining texnik holatini baholash uchun tekshirishdan oʻtish tartibi, tekshiriladigan (baholanadigan) parametrlar va normativlar, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishning davriyligi va texnik holatni baholash natijalari toʻgʻrisidagi hujjatni berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasining texnik holatini baholashdan oʻtkazish uchun qonunchilikka muvofiq taqdim etilishi zarur boʻlgan hujjatlar, majburiy texnik koʻrikdan oʻtish uchun toʻlov miqdori, zarur jarayonlarni amalga oshirish muddati va boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ishlab chiqarish xonasi elektr taʼminoti (yoritish) uchun elektr tarmoqlari, shuningdek, quvvat berish kabellari (diagnostika jihozlarining elektr energiyasi taʼminoti uchun) va taqsimlagich elektroshitlar bilan elektr xavfsizligi talablarini belgilovchi normativ hujjat talablariga muvofiq jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasining ikkitadan kam boʻlmagan evakuatsion chiqish joylari mavjud boʻlishi nazarda tutiladi. Evakuatsion chiqish joylarining eshiklari xonadan tashqari tomonga ochiladigan, oʻtish yoʻlagining kengligi 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ishlab chiqarish-texnik bazaning yongʻindan himoyasi, yongʻinning oldini olish tizimi va yongʻin xavfsizligi hamda portlash xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Transport vositalari egalarini (keyingi oʻrinlarda transport egalari deb ataladi) qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish xonasi (binosi) hamda transport vositasining texnik holatini baholash natijalari haqidagi hujjatni rasmiylashtirish uchun xona ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasida yoki unga bevosita yaqin joyda boʻlishi kerak. Ushbu xonalarga kirish tegishli koʻrsatgichlar bilan belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Transport egalarini qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish uchun xonalarning oʻlchamlarini aniqlashda ularda ishlab chiqarish-texnik bazaning xodimi tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ish joylarining hamda transport egalarining kutib turishi uchun joylar nazarda tutilishi kerak. Transport egalarining kutib turishi uchun joylar soni har bir texnik koʻrik liniyasiga beshtadan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ishlab chiqarish-texnik baza ishlab chiqarish xonasining sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga muvofiqligi vakolatli sanitariya-epidemiologiya nazorat organining tegishli xulosasi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasini texnologik rejalashtirishga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ishlab chiqarish-texnik bazaning diagnostika jihozlari texnologik loyihalashga doir talablar va normalarga amal qilgan holda oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Transport vositasining texnik holatini baholash dvigatel ishlab turgan paytda bajariladigan postlar (ishlab chiqarilgan gazlardagi tutun va zaharli gaz miqdorini, shovqin darajasini, tormozlanish samaradorligi koʻrsatkichlarini tekshirish va boshqalar) transport vositasidan gazlarni chiqarish quvuri (quvurlari)dan chiqayotgan ishlab chiqarilgan gazlarni tashqariga olib chiqish tizimi bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Transport vositalarining ishlab chiqarish-texnik baza ishlab chiqarish xonasiga kirishi (chiqishi) uchun har bir texnik koʻrik liniyasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universal liniyalar uchun — kengligi 3,0 metrdan va balandligi 4,3 metrdan kam boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
M1 va N1 toifasidagi transport vositalarini tekshirish boʻyicha liniyalar uchun — kengligi 2,5 metrdan va balandligi 2,3 metrdan kam boʻlmagan oʻlchamli kirish (chiqish) darvozalari quriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Texnik koʻrik liniyalarida transport vositalarining texnik holatini baholash koʻrikdan oʻtkazish xandagʻidan foydalangan holda bajariladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonasidagi koʻrikdan oʻtkazish xandaqlari soni texnik koʻrikdan oʻtkazish liniyalari soniga muvofiq boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrikdan oʻtkazish xandagʻining uzunligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan transport vositasining maksimal uzunligini va undan chiqib ketish uchun zaxira yoʻlning mavjudligini hisobga olgan holda aniqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrikdan oʻtkazish xandagʻining kengligi 0,9 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Maksimal kengligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan minimal koleyali transport vositasining xandaqdan oʻtishi imkoniyatini hisobga olgan holda aniqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrikdan oʻtkazish xandaqlari tutunni tortib olish ventilatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi xulosalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Transport vositalarining texnik holatini baholashning texnologik jarayoni texnik koʻrik liniyasining rejalashtiriladigan yechimlarini, tekshiriladigan transport vositalarining toifasini, bajariladigan ishlarning murakkabligini, qoʻllanadigan jihozlar, oʻlchov vositalari va anjomlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Transport vositalarining texnik holatini baholash boʻyicha ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga amal qilishning majburiyligi nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Texnologik postlarda diagnostika parametrlari, texnika xavfsizligi qoidalari va ishlarning xavfsiz usullari boʻyicha amalda boʻlgan tavsiyalar koʻrsatilgan texnologik kartalar joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ishlab chiqarish-texnik bazada texnik holati baholanadigan toifaga mansub transport vositalaridan foydalanish boʻyicha amaldagi normativ hujjatlar, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, qoʻllanmalar (yoʻriqnomalar), avtomobil maʼlumotnomalari va boshqa zarur maʼlumotnomalar mavjud boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ishlab chiqarish-texnik bazada birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan tibbiyot dori vositalari va anjomlari tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq jamlangan tibbiyot qutichasi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablarga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun texnik koʻrik liniyalarining oʻlchamlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Texnik holati baholanadigan transport vositalarining toifalari

Texnologik postlar soni

1

2

3

Texnik koʻrik liniyasining uzunligi, metrdan kam emas

1.

M1, M2, N1, O1

12

18

24

2.

M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1

18

30

42

3.

M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2

21

36

51

4.

M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2, O3

24

42

60

5.

M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2, O3, O4

27

45

66

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 298-modda) 2-bandi uchinchi xatboshidagi “2019-yil 1-yanvardan” soʻzlari “2021-yil 1-yanvardan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/136/2623-son)