13.02.2019 yildagi PQ-4190-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan vaqt mobaynida aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish milliy xizmatini takomillashtirish, ruhiy holati buzilishidan aziyat chekuvchi shaxslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha sogʻliqni saqlash tizimining barcha darajalarida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3606-son qaroriga muvofiq aholiga psixiatriya yordamini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish, psixiatriya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash), shuningdek respublika psixiatriya muassasalari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari bajarilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, “psixiatriya” yoʻnalishi boʻyicha davlat grantlari asosida magistraturaga qabul kvotalari oshirildi, oliy tibbiy taʼlim muassasalarining psixiatriya kafedralarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot ishlari faollashdi. Ilk bor ruhiy xastaliklarga tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati tasdiqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish, sifatli psixiatriya yordami koʻrsatishni tashkil etish, ruhiy holat buzilishining oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash tizimini yanada rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini 2019-2020-yillarda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi oʻrinlarda — Kompleks chora-tadbirlar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslar manfaatlari yoʻlida maʼmuriyatchilik sifatini oshirish, psixiatriya xizmati bilan davlat va nodavlat tashkilotlar oʻrtasida samarali hamkorlik tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini innovatsion rivojlantirish, ruhiy xastaliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha ilgʻor texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga psixiatriya yordami koʻrsatish sohasida xususiy tibbiyot amaliyoti rivojlanishini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holat buzilishi alomatlariga ega boʻlgan insonlarga nisbatan salbiy qarashlarning shakllanishi va ularning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik, ruhiyati buzilgan shaxslar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishi uchun teng shart-sharoitlarni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy salomatlikni muhofaza qilish masalalarida aholining xabardorlik darajasini oshirish, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan notoʻgʻri tasavvurlarga barham berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamga muhtoj boʻlgan aholining barcha yoshdagi guruhlarini psixiatriya yordami bilan qamrab olish, ruhiy holati buzilgan shaxslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini bilan integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yordamini koʻrsatishda, ayniqsa respublika hududlarida idoralararo multidissiplinar brigada ishi modelini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yordamini koʻrsatuvchi amaldagi muassasalar negizida faol terapiyaga va keng koʻlamli davolash-reabilitatsiya kompleks tadbirlari oʻtkazishga, kundalik vrachlar kuzatuvida boʻlishga muhtoj boʻlgan, biroq kunu-tun psixiatriya statsionariga joylashtirilishi shart boʻlmagan ruhiy holati buzilishi zoʻrayadigan yoki kompensatsiyasi buziladigan shaxslar uchun kunduzgi statsionarlar faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yordamini koʻrsatuvchi muassasalar moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni rekonstruksiya qilish va zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi lavozimlari roʻyxatiga “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlarini kiritish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ruhiy holati buzilgan shaxslar ularga psixiatriya yordami koʻrsatilishi vaqtida bepul yuridik yordam davlat tizimi doirasida bepul yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.K. Shodmonov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yordamini olish imkoniyati, uning samaradorligi va sifatini oshirish, ruhiy holatlar buzilishining ijtimoiy va iqtisodiy yukini kamaytirish, shuningdek aholining koʻrsatilayotgan davolash-diagnostika va tibbiy-reabilitatsiya yordamidan toʻliq qoniqish hosil qilishiga erishish maqsadida aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmati faoliyatini yanada maqbullashtirish yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari amaliyotiga ruhiy holatlar buzilishiga tashxis qoʻyish va ularni davolash klinik protokollarini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslarni zamonaviy yuqori samarali dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish vaqtini xronometrajdan oʻtkazish orqali, aholiga psixiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etadigan mutaxassislar ish hajmi normativlarini, kelgusida shtat normativlariga oʻzgartishlar kiritgan holda qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlar ijrosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot taqdim etgan holda, ularning sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan monitoring oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlar ijrosiga, shuningdek aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilishga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan axborot-tahliliy sharhlarni muntazam tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish yuzasidan choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini tayyorlash va kiritishda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari funksiyalari hamda vakolatlari aniq chegaralanishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimovga — Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlarni ijro etish yuzasidan masʼul vazirliklar va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga — Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari rahbarlariga — fundamental va amaliy fanlar rivojlanishini taʼminlash, shuningdek aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan shaxsiy javobgarligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qaror maqsadlari va vazifalarini, shuningdek Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlar ijrosining borishini yoritish boʻyicha maqolalar va mavzuga doir telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4190-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-fevraldagi PQ-4190-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsepsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirishning maqsad va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasining (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) asosiy maqsadlari psixiatriya yordamini olish imkoniyati, uning samaradorligi va sifatini oshirish, ruhiy holatlar buzilishining ijtimoiy va iqtisodiy yukini kamaytirish, shuningdek aholining koʻrsatilayotgan davolash-diagnostika va tibbiy-reabilitatsiya yordamidan toʻliq qoniqish hosil qilishiga erishishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari hamda aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatlarini isloh etishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan ilgʻor mamlakatlar tajribasiga asoslangan yondashuvlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsepsiya qisqa va oʻrta muddatli istiqbolda respublika aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmati faoliyatini maqbullashtirish boʻyicha strategik yoʻnalishlar va tegishli tadbirlarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsepsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qisqa muddatli istiqbolda (2019 — 2021-yillarda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslar manfaatlari yoʻlida maʼmuriyatchilik sifatini oshirish, psixiatriya xizmati bilan davlat va nodavlat tashkilotlar oʻrtasida samarali hamkorlik tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatini tashkil etishdagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashxis qilish va davolash (shu jumladan, ixtisoslashmagan tibbiyot muassasalarida) standartlarini qayta koʻrib chiqish va keyinchalik ularni klinik amaliyot va taʼlim jarayoniga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sogʻliqni saqlashning ixtisoslashmagan muassasalarida ruhiy holat buzilishlari va nevrologik buzilishlar, shuningdek psixofaol moddalarni isteʼmol qilish bilan bogʻliq buzilishlar munosabati bilan yordam koʻrsatish boʻyicha mhGAP-IG qoʻllanmasi (2.0 versiya)”ni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga psixiatriya yordamini koʻrsatish sohasida xususiy tibbiyot amaliyoti rivojlanishini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha hududlarida “goʻdaklar psixiatriyasi” xizmatini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻma va irsiy kasalliklar bilan xastalangan bolalar tugʻilishining oldini olish uchun perinatal skriningni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar huquqlari himoyasini taʼminlaydigan mexanizmlarni, jumladan, aholining ushbu guruhi bilan ishlayotgan barcha muassasa va xizmatlarda bolalar huquqlari buzilishi holatlari toʻgʻrisida tezkor xabardor qilishni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yordamining kasalxonadan tashqari shakllarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamga muhtoj boʻlgan aholining barcha yoshdagi guruhlarini psixiatriya yordami bilan qamrab olish, ruhiy holati buzilgan shaxslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yordamini koʻrsatuvchi muassasalarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni rekonstruksiya qilish va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Psixiatriya yordamini koʻrsatishda idoralararo multidissiplinar brigada ishining modellari” metodik tavsiyasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻrta muddatli istiqbolda (2022 — 2025-yillarda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga psixiatriya yordamini koʻrsatish tizimini innovatsion rivojlantirish, yosh jihatidan ruhiy holat buzilishlarini profilaktika, tashxis qilish va davolashning ilgʻor texnologiyalarini amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini bilan integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslarning sport obyektlari, madaniyat muassasalari va boshqa obyektlardan foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
demensiya toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish, shuningdek demensiya bilan kasallangan odamlarni parvarishlayotgan shaxslar va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash va oʻqitish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash, “tibbiy psixolog va psixoterapevt”, “ijtimoiy ishlar boʻyicha mutaxassis”, “ijtimoiy xodim” yoʻnalishlari boʻyicha aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmati mutaxassislarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika psixiatriya muassasalarida ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini davolashning innovatsion diagnostik va davolash-reabilitatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Psixiatriya yordamini koʻrsatishda idoralararo multidissiplinar brigada ishining modellari”ni joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Psixiatriya yordamini koʻrsatish tizimini takomillashtirish faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Konsepsiyani amalga oshirish doirasida quyidagilar koʻzda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani, shu jumladan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari amaliyotiga ruhiy holat buzilishlarini tashxis qilish va davolash klinik protokollarini joriy etish orqali yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davolash-profilaktika tadbirlarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslarni ambulatoriya sharoitida koʻmaklashuvchi terapiyani amalga oshirish uchun samaradorligi yuqori boʻlgan zamonaviy dori vositalari va preparatlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslarning yoʻldosh kasalliklarini tashxis qilish va davolash uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari vrachlari uchun — aholi oʻrtasida suitsidal xulq-atvorni profilaktika qilish modullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida obyektiv maʼlumotlarni toʻplash, axborot olishning obyektivligi va tezkorligini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasida quyidagi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini profilaktika, tashxis qilish, davolash, reabilitatsiya qilish va prognozlash masalalariga innovatsion yondashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy, etnik, yoshga oid, gender va boshqa xususiyatlarni oʻrgangan holda aholining gʻayriijtimoiy xulq-atvori darajasini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni keltirib chiqaruvchi stress holatlarining aniq sabablarini, jumladan sud muhokamasi materiallari asosida oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh jihatidan ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini barvaqt tashxis qilish, davolash va profilaktika qilish usullarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya xizmatlari faoliyati toʻgʻrisidagi notoʻgʻri tasavvurlarga barham berish masalalarida ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan oʻzaro hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holat buzilishlarining sabablari, prognozi va ularning alomatlari aniqlanganda zarur yordam toʻgʻrisidagi axborotni tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslar, jumladan, ularning oila aʼzolari uchun taʼlim dasturlarini, shu jumladan demensiya bilan kasallangan odamlar uchun inklyuziv jamiyatni shakllantirish maqsadida ruhiy gigiyena va profilaktika boʻyicha materiallarni ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida va aholining keng qatlamlarida ruhiy salomatlikni asrashga qaratilgan sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) kadrlar salohiyatini mustahkamlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim standartlarini yanada takomillashtirish orqali ruhiy salomatlik sohasidagi mutaxassislarning professional darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmati mutaxassislarini tayyorlash va taqsimlash hajmlarini hududlarning real ehtiyojlarini hisobga olgan holda, aholi soni va boshqa mahalliy sharoitlardan kelib chiqib optimallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga psixiatriya yordamini koʻrsatishda ishtirok etuvchi mutaxassislarning ish hajmi normativlarini ish vaqti xronometrajini oʻtkazgan holda qayta koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadr resurslarini jalb etish maqsadida ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari va oddiy tibbiyot xodimlari uchun mehnat sharoitlarini yaxshilash, moddiy taʼminotini oshirish va xizmatda oʻsish imkoniyatlarini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsepsiyani amalga oshirish 2021-yilga kelib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga psixiatriya yordamini koʻrsatishning barcha darajalarida sogʻliqni mustahkamlash, profilaktika, tashxis qilish va davolash boʻyicha xizmatlarning keng doirasidan teng foydalanishni taʼminlaydigan ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh jihatidan ruhiy va xulq-atvor buzilishlarini sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini darajasida aniqlash darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilada va taʼlim muassasalarida qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan aholiga psixiatriya yordami koʻrsatish hisobiga psixiatrlar yetishmovchiligini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilayotgan psixiatriya xizmati sifatini oshirgan holda davlat va xususiy psixiatriya muassasalari oʻrtasida raqobat muhitini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmati mutaxassislarini tayyorlash darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holat buzilishlarining asosiy koʻrsatkichlarini tizimli monitoring qilish uchun axborot tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yordamini koʻrsatuvchi muassasalarning moddiy-texnik va sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy salomatlikni muhofaza qilish, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan salbiy qarashlarning shakllanishiga chek qoʻyish, ularga nisbatan notoʻgʻri tasavvurlarga barham berish masalalarida aholining xabardorlik darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning uzoq vaqt boʻlish va/yoki yashash muassasalarida bolalar huquqlarining himoyasini taʼminlash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Konsepsiyani amalga oshirish 2025-yilga kelib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion axborot-kommunikatsiya tizimlari asosida ruhiy salomatlik sohasida zarur darajada rejalashtirish va baholashni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida ruhiy holat buzilishlarini profilaktika qilish va barvaqt aniqlash boʻyicha kuchli salohiyatni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati yoki xulq-atvori buzilgan shaxslarni tashxis qilish, davolash va reabilitatsiya qilishning xalqaro standartlarga javob beradigan hamda ilgʻor xorijiy mamlakatlarda keng qoʻllaniladigan usullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga psixiatriya yordami koʻrsatishning barcha boʻgʻinlarida ruhiy salomatlikni saqlash boʻyicha mutaxassislar bilan taʼminlanishini yaxshilash, kadrlarning zarur darajadagi malakasi, koʻnikma va yuksak professional darajaga yetishishiga motivatsiya yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
demensiya bilan kasallangan shaxslar, shuningdek ularni parvarish qilayotgan shaxslarni profilaktika, tashxis qilish va davolash (jumladan, palliativ yordam, reabilitatsiya va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash) boʻyicha xizmatlarning keng doirasi bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslar va ularning yaqinlarini taʼlim dasturlari bilan qamrab olish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Konsepsiyani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Natijalarga erishish darajasi va ularning samaradorligi ilovada keltirilgan indikatorlar boʻyicha Konsepsiyada nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini doimiy monitoring qilish asosida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli koʻrsatkichlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Bugungi kunda*

2021-y.

2025-y.

1.

Psixiatriya dispanseri hisobida turganlar orasida nogironligi boʻlgan shaxslar sonining qisqargani (foizlarda)

35,3

30

20

2.

Ruhiy holati buzilgan shaxslar oʻlimi darajasining pasaygani (100 ming kishiga)

11,6

10

8

3.

Psixiatriya yordami koʻrsatuvchi muassasalarning oʻrin (koyka)lar bilan taʼminlangani (100 ming kishiga)

24

25,5

27

4.

Psixiatriya yordami koʻrsatuvchi statsionar muassasalarda davolanishga takror yotqizilgani (foizlarda)

37,9

30

25

5.

Kunduzgi statsionarlarning joylar bilan taʼminlangani (100 ming kishiga)

1,7

2

2,5

6.

Psixiatriya muassasalari va ularning tarkibiy boʻlinmalari psixiatr vrachlar bilan taʼminlangani (100 ming kishiga)

2,5

3

4

7.

Psixiatriya yordami koʻrsatuvchi mutaxassislar bilan taʼminlanganlik (ilmiy maʼmuriy xodimlar bilan birgalikda, 100 ming kishiga)

3,1

3,5

4

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2018-yil uchun rasmiy statistik maʼlumotlar eʼlon qilinmaganligi sababli 2017-yil oxiri holatidagi maʼlumotlar keltirilgan.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-fevraldagi PQ-4190-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini 2019-2020-yillarda amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizomga quyidagilarni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:

“Muruvvat” internat uylariga yuborishga tibbiy koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalarni qayta koʻrib chiqish;

“Muruvvat” nogironlar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizomni “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2019-yil

1-mayga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Oʻzbekiston nogironlar jamiyati (K. Abdullayev),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi lavozimlari roʻyxatiga “Oʻzbekiston Respublikasi bosh psixiatri” va “Oʻzbekiston Respublikasi bosh suitsidologi” lavozimlarini kiritish.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi loyihasi

2019-yil

1-martga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov)

3.

Ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashxis qilish va davolash (shu jumladan, ixtisoslashmagan tibbiyot muassasalarida) standartlarini qayta koʻrib chiqish va keyinchalik ularni klinik amaliyot va taʼlim jarayoniga joriy etish.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi loyihasi

2020-yil

1-dekabrga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov)

4.

Ruhiy holat buzilishlarini tashxis qilish va davolash klinik protokollarini ishlab chiqish va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari amaliyotiga joriy etish.

Ishlab chiqish

Joriy etish

2019-yil

1-iyunga qadar

2020-2021-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov)

5.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining texnik va moliyaviy koʻmagida ruhiy holat va xulq-atvor buzilishining yuki boʻyicha mamlakat miqyosida tadqiqot oʻtkazish.

Aniq takliflar keltirilgan tahliliy maʼlumotnoma

2019-yil

1-iyulga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

“Sogʻliqni saqlashning ixtisoslashmagan muassasalarida ruhiy holat buzilishlari va nevrologik buzilishlar, shuningdek psixofaol moddalarni isteʼmol qilish bilan bogʻliq buzilishlar munosabati bilan yordam koʻrsatish boʻyicha mhGAP-IG qoʻllanmasi (2.0 versiya)”ni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Ishlab chiqish

Joriy etish

2019-yil

1-oktabrga qadar

2019 — 2025-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov)

7.

“Psixiatriya yordamini koʻrsatishda idoralararo multidissiplinar brigada ishining modellari” metodik tavsiyalarini ishlab chiqish va respublika hududlaridan birida tajriba loyihasini amalga oshirgan holda joriy etish.

Ishlab chiqish

Joriy etish

2020-yil

1-yanvarga qadar

2020-yil

1-dekabrga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev),

IIV (D. Nazarmuxamedov), manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Ruhiy holat buzilishlarining oldini olish, barvaqt tashxis qilish va davolash choralarini takomillashtirish

8.

Ruhiy holati buzilgan shaxslarni:

samaradorligi yuqori boʻlgan zamonaviy dori vositalari;

ambulatoriya sharoitida koʻmaklashuvchi terapiyani amalga oshirish uchun psixotrop preparatlar bilan taʼminlash.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi loyihasi

2019-yil

1-aprelga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

9.

Ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini barvaqt tashxis qilish va davolash sifatini yaxshilash uchun psixiatriya muassasalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil

1-dekabrga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

10.

Psixiatriya amaliyotida foydalaniladigan Asosiy dori vositalari roʻyxati va Dori vositalari formulyar roʻyxatiga psixiatriya xizmati ehtiyojlaridan kelib chiqib, psixiatriya sohasidagi jahon tajribasi va farmaiqtisodiy tadqiqotlarni hisobga olgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi loyihasi

2019-yil

1-mayga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

11.

Jamoat tashkilotlarini (ularning roziligi bilan) ruhiy holati va xulq-atvori buzilgan shaxslarni profilaktika, barvaqt tashxis va reabilitatsiya qilishda ishtirok etishga jalb etish.

Axborot-multimedia kompleks chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
“Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Tugʻma fenilketonuriya va gipotireozni aniqlash boʻyicha, neonatal davrning muhim bosqichlarida skrining tekshiruvlarini oʻtkazish, shuningdek fenilketonuriya va gipotireoz bilan kasallangan bolalarni maxsus davolash ozuqasi bilan taʼminlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

13.

Bolalar huquqlari himoyasini taʼminlaydigan mexanizmlarni, jumladan, barcha muassasa va xizmatlarda bolalar huquqlarining buzilishi holatlari toʻgʻrisida tezkor xabardor qilishni joriy etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Psixiatriya xizmatining yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlanganligini yaxshilash, psixiatriya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish

14.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining psixiatriya kafedrasida umumiy amaliyot shifokorlari uchun psixiatriya kurslarini tashkil etish va oʻtkazish.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi loyihasi

2019-yil
1-avgustga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

15.

Aholiga psixiatriya yordamini koʻrsatishda ishtirok etuvchi mutaxassislarning ish hajmi normativlarini ish vaqti xronometrajini oʻtkazgan holda qayta koʻrib chiqish va keyinchalik shtat normativlariga oʻzgartirishlar kiritish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

1-sentabrga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev)

16.

Kadrlar tayyorlash sifati va davolash-tashxis yordamini yaxshilash uchun tibbiyot oliy taʼlim muassasalari psixiatriya kafedralarining klinik bazalar bilan oʻzaro ilmiy-amaliy hamkorligini chuqurlashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

OTMV (I. Madjidov)

17.

Ruhiy sogʻliqni saqlash xizmati mutaxassislarini tayyorlashning davlat taʼlim standartlarini takomillashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

OTMV (I. Madjidov)

18.

Endogen, psixogen va somatopsixik buzilishlarni yosh jihatidan profilaktika, tashxis qilish va davolashning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha psixiatriya sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish.

Chora-tadbirlar
dasturi

2019-2020-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish

19.

Psixiatriya xizmatlari faoliyati toʻgʻrisidagi notoʻgʻri tasavvurlarga va psixiatriya sohasida salbiy qarashlarga barham berish masalalarida tushuntirish ishlarini olib borish, ruhiy holat buzilishlarining sabablari, prognozi va ularning alomatlari aniqlanganda zarur yordam toʻgʻrisidagi axborotni tarqatish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

OTMV (I. Madjidov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

MTRK (A. Xodjayev),

OʻzA (A. Kuchimov)

20.

Ruhiy holati buzilgan shaxslar hamda ularning oila aʼzolari uchun taʼlim dasturlarini, shu jumladan demensiya bilan kasallangan odamlar uchun inklyuziv jamiyatni shakllantirish maqsadida ruhiy gigiyena va profilaktika boʻyicha materiallarni ishlab chiqish va joriy etish.

Taʼlim dasturlari

ishlab chiqish
— 2019-yil

1-avgustga qadar

joriy etish —

2019-yil

1-sentabrdan

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

OTMV (I. Madjidov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

21.

Taʼlim muassasalarida va aholining keng qatlamlarida ruhiy salomatlikni asrashga qaratilgan sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

OTMV (I. Madjidov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

MTRK (A. Xodjayev),

Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

V. Sogʻliqni saqlash davlat psixiatriya tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish

22.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarining mavjud psixiatriya muassasalari negizida kunduzgi statsionarlar faoliyatini tashkil etish, jumladan:

2019-yilda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent viloyatida;

2020-yilda — Andijon, Navoiy, Namangan viloyatlarida.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Andijon, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlari hokimliklari

23.

Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan kunduzgi statsionarlarga oziq-ovqat taʼminoti uchun budjet mablagʻlarini ajratish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari

VI. Xalqaro hamkorlik

24.

Oʻzbekiston psixiatrlari assotsiatsiyasi faoliyatini tashkil etish va uning Jahon psixiatriya assotsiatsiyasiga (Jeneva sh.) aʼzo boʻlishi boʻyicha zarur choralarni koʻrish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil

1-sentabrga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

Adliya vazirligi (R. Davletov)

25.

Xorijiy mutaxassislar ishtirokida psixiatriya boʻyicha xalqaro ilmiy konferensiyalar, mahorat darslari, seminarlar tashkil etish va oʻtkazish.

Tadbirlar
jadvali

tasdiqlash — 2019-yil

1-mayga qadar

amalga oshirish — 2019-2020-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

OTMV (I. Madjidov)

26.

Psixiatriya muassasalari psixiatr shifokorlarining yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalarida stajirovka oʻtashini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 07/19/4190/2614-son)