O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Qashqadaryo viloyatidagi sug‘oriladigan yerlarni suv bilan kafolatlangan ta’minlash, Qarshi nasos stansiyalari kaskadi ishonchliligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza) loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 19-maydagi PQ-2977-son qarorini amalga oshirish doirasida 2018-yil 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasida 43,2 mln. AQSH dollari miqdorida Qarz bitimi imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi bilan tuzilgan Qarz bitimi shartlariga muvofiq “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — loyiha) amalga oshiriladigan davrda besh shtat birligidan iborat loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-331-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2024-y., 07/24/331/0741-son)
Belgilab qo‘yilsinki, loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish va ta’minlab turish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, loyiha doirasida jalb qilinadigan konsalting kompaniyasi xarajatlari esa Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga loyihani moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining qayta moliyalashtiriladigan krediti yuzasidan Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasining “Agrobank” ATB oldidagi majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat kafolatini belgilangan tartibda berish vakolati berilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi PQ-382-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 07/23/382/0915-son)
“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ va “Agrobank” ATB loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan valyuta mablag‘larining bir qismini komissiya undirmagan holda sotishni hamda 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha loyihani moliyalashtirishga maqsadli yo‘naltirishni ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 19-maydagi PQ-2977-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Hamroyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-fevral,
PQ-4170-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-fevraldagi PQ-4170-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishga doir tadbirlarga O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan kreditning bir qismidan maqsadli foydalanish
SXEMASI
1. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi valyuta mablag‘larining bir qismini “Agrobank” ATBga ajratadi. “Agrobank” ATB mazkur valyuta mablag‘larini “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ orqali sotadi.
2. “Agrobank” ATB milliy valyutada olingan mablag‘larni Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasiga o‘tkazadi.
3. Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi olingan mablag‘larni loyiha bo‘yicha tovarlar to‘lovi uchun — “O‘zelektrapparat-Elektroshiyeld” AJ va “Gidromexmontaj” QK MCHJga yo‘naltiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-fevraldagi PQ-4170-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 19-maydagi PQ-2977-son qarorining rus tilidagi matniga kiritilayotgan
o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-noyabrdagi PQ-4515-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2019-y., 07/19/4515/4013-son)
2. 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ispolnitelnim organom, otvetstvennim za selevoye ispolzovaniye sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan i chasti sredstv Fonda rekonstruksii i razvitiya Respubliki Uzbekistan po kontraktam, zaklyuchayemim s postavshikami, ukazannimi v abzatsax chetvertom i pyatom punkta 4 nastoyashego postanovleniya, yavlyayetsya Upravleniye ekspluatatsii Karshinskogo magistralnogo kanala Ministerstva vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan, a takje sredstv Saudovskogo fonda razvitiya i chasti sredstv Fonda rekonstruksii i razvitiya Respubliki Uzbekistan — Agentstvo po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya;”.
3. 4-bandning uchinchi xatboshidagi “GUP “Spetsializirovannaya peredvijnaya mexanizirovannaya kolonna № 97” Upravleniya ekspluatatsii Karshinskogo magistralnogo kanala Ministerstva selskogo i vodnogo xozyaystva” so‘zlari “GUP “Maxsus yirik nasos ta’mir” Respublikanskogo obyedineniya “Uzsuvkurilishta’minot” Ministerstva vodnogo xozyaystva” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Mejvedomstvennoy komissii po provedeniyu zakupochnix protsedur po utverjdeniyu postavshikov tovarov (rabot i uslug), a takje stroitelno-podryadnix organizatsiy po otdelnim investitsionnim proyektam Ministerstva vodnogo xozyaystva v ustanovlennom poryadke organizovat i provesti tendernie torgi po opredeleniyu pobediteley zakupayemix tovarov (rabot i uslug) v ramkax realizatsii proyekta.”.
5. 7-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “Respublikanskogo obyedineniya “Uzvodremekspluatatsiya” Ministerstva selskogo i vodnogo xozyaystva” so‘zlari “Ministerstva vodnogo xozyaystva” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshi “v ustanovlennom poryadke.” so‘zlaridan keyin “, a takje po drugim kontraktam.” so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
6. 8-bandning birinchi xatboshidagi “selskogo i” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. 9-bandda:
“Ministerstvu selskogo i vodnogo xozyaystva” so‘zlari “Ministerstvu vodnogo xozyaystva, Ministerstvu selskogo xozyaystva” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Agentstvom po restrukturizatsii selskoxozyaystvennix predpriyatiy” so‘zlari “Agentstvom po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2019-y., 07/19/4170/2595-son, 12.11.2019-y., 07/19/4515/4013-son; 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 07/23/382/0915-son; 24.09.2024-y., 07/24/331/0741-son)