09.01.2019 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xoʻjaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligida yer va suv munosabatlarini tartibga solish, qishloq xoʻjaligi ekin yer maydonlaridan samarali foydalanish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta va gʻalla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirish, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid narxini oshirib borish hisobiga qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligi taʼminlanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanishda tizimli muammolar mavjudligi sohani barqaror rivojlantirishga salbiy taʼsir etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, yerlarni noqonuniy ajratish va ulardan xoʻjasizlarcha foydalanish holatlariga yoʻl qoʻyilmoqda, jumladan, 2018-yilda 2 638 ta holatda 16 447 gektar maydondan noqonuniy foydalanilgan hamda 1 502 ta holatda 28 427 gektar ekin yerlari noqonuniy ajratilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, yerlardan, ayniqsa sugʻoriladigan yerlardan noqonuniy foydalanish, shaxsiy manfaati yoʻlida yakka tartibda uy-joy yoki boshqa bino va inshootlarni qurib olish holatlari ortib bormoqda, jumladan, 2018-yil davomida respublika boʻyicha 4 062 holatda 622 gektar yer maydoni oʻzboshimchalik bilan egallab olinib, yakka tartibda uy-joy yoki boshqa bino va inshootlar qurib olinganligi aniqlangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari yer maydonlarining konturlari kesimida ekinlarni joylashtirish va hosildorlikni belgilash boʻyicha mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilingan qarorlarning shaffofligi va xolisonaligi taʼminlanmayapti. Bu esa, ayrim qishloq xoʻjaligi ekinlarini shartnomaga nisbatan koʻp yoki kam ekilishiga, hosildorlikning adolatsiz belgilanishiga sabab boʻlmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan tuproq unumdorligini oshirish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda zamonaviy resurstejamkor innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga eʼtibor qaratilmayapti, jumladan, tomchilatib sugʻorish tizimi bor-yoʻgʻi 43,1 ming gektar yoki jami sugʻoriladigan maydonning atigi 1 foizida joriy qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki boʻlgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, yer ajratish va ekinlarni joylashtirishda shaffoflikni taʼminlash, yerning ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy innovatsion va resurstejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy va iqtisodiy holatini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish masalalari boʻyicha hududlarga biriktirilgan respublika ishchi guruhlari (keyingi oʻrinlarda hududlarga biriktirilgan respublika ishchi guruhlari deb ataladi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar ishchi guruhlari namunaviy tarkiblari 2-3-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirishga qoʻyiladigan talablar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari rahbarligida Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar ishchi guruhlari (keyingi oʻrinlarda hududiy ishchi guruhlar deb ataladi) ikki kun muddatda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hududlarga biriktirilgan respublika ishchi guruhlari joylarga chiqqan holda hududiy ishchi guruhlar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining yagona roʻyxatini shakllantirib, ularga ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilayotganligi va yer ijara shartnomasi shartlariga rioya etilayotganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish faoliyatini, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishini, mahsulot sotishdan tushgan mablagʻlarning bank hisobvaraqlari orqali aylanishini, debitor-kreditor qarzdorliklari va moliyaviy holatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyatida qoʻshimcha tarmoqlar tashkil etilganligini, talab etiladigan zarur qishloq xoʻjaligi texnikasi va agregatlar bilan taʼminlanganlik darajasini, moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish holatini tahlil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha oʻtkazilgan tahlillarda har bir tumanning aholi zichligi va ish bilan taʼminlanganlik darajasi, xoʻjaliklarning ixtisoslashuvi (paxtachilik va gʻallachilik, gʻallachilik va sabzavotchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik, sabzavotchilik va polizchilik) va oʻziga xos xususiyatlarini alohida hisobga olsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, hududlarga biriktirilgan respublika ishchi guruhlari (B.T.Yusupov, R.N. Raxmatov, A.J. Vaxabov, U.Ya. Xalilov, R.Q. Davletov) tumanlarning toʻrtta sektor rahbarlari, yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi tuman komissiyasi hamda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan birgalikda yer uchastkalarini maqbullashtirish jarayonida fermer xoʻjaliklari faoliyatiga xolisona baho berilishiga, shaffoflik, oshkoralik, ochiqlik va adolat tamoyillariga qatʼiy rioya qilinishiga shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga hududlarga biriktirilgan respublika ishchi guruhlari va hududiy ishchi guruhlar faoliyati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasi boʻyicha muntazam axborot berib borilishini taʼminlash va yer uchastkalarini maqbullashtirish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari maqbullashtirish jarayonida tumanlar hokimliklari zaxirasiga qaytarilgan yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritadigan qishloq xoʻjaligi klasterlariga, eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalarga, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga ajratish ishlarini bir oy muddatda yakunlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki, eksperiment tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) fermer xoʻjaliklari uchun yer uchastkalari ochiq tanlov yakunlariga koʻra yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi tuman komissiyasi hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga binoan xalq deputatlari tuman Kengashining qarori asosida qabul qilingan tuman hokimining qarori boʻyicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qaror talablariga muvofiq fermer xoʻjaliklariga yer uchastkalarini ajratish uchun oʻtkaziladigan ochiq tanlov barcha tartib-taomillar bilan birga oʻn kundan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda asosiy eʼtibor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor yuridik va jismoniy shaxsning hisobvaragʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻlari mavjudligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorga yoki uning oila aʼzolariga tegishli yaroqli qishloq xoʻjaligi texnikalari mavjudligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksportga yoʻnaltirganligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soniga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻnggi uch yil davomida mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalarning bajarilishiga qaratilishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yer uchastkalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir gektar yer maydoni uchun paxta-gʻallachilik loyihasiga 2 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sabzavot-gʻallachilik, bogʻdorchilik-uzumchilik, sabzavot-polizchilik loyihalariga 5 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritadigan talabgorlarga va klaster korxonalariga mablagʻlar bankdagi hisobvaragʻida koʻringanidan soʻng, joriy yilda maqsadli ishlatish sharti bilan hamda tuman sektor rahbarining tavsiyasiga koʻra tanlov oʻtkazmasdan tuman hokimining qaroriga asosan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talablar asosida yer uchastkasi ajratilgan yoki yangidan tashkil etilgan fermer xoʻjaliklari yoki boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari biznes rejasida koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, yer ijara shartnomasi tuman hokimi tomonidan bir tomonlama bekor qilinishi uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari almashlab ekish tizimini joriy qilish maqsadida paxta-gʻallachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari ekin yer maydonining 10 foiz qismiga boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari (beda, sabzavot, poliz) joylashtirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda qishloq aholisini kafolatli ish oʻrinlari bilan taʼminlash maqsadida yangidan tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi klasterlarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib qishloq aholisini ishga olish meʼyorlarini belgilash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzagrokimyohimoya”, “Oʻzneftmahsulot”, “Oʻzagroservis”, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatlari, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer ijara shartnomasi bekor qilingan fermer xoʻjaliklarining 2019-yil hosili uchun (kuzgi shudgor, kuzgi boshoqli don, toʻqsonbosti va boshqa ekinlarga) sarflangan xarajatlari, yetkazib berilgan moddiy-texnik resurslar va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorliklarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil gʻalla hosili uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarini, shuningdek, 2018-yilda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun urugʻlik, koʻchat va mineral oʻgʻitlar uchun ajratilgan tijorat kreditlarining qoplanmagan qismini yangi tashkil etilgan yoki maqbullashtirilgan fermer xoʻjaliklari yoxud boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga uch tomonlama dalolatnoma asosida qayta rasmiylashtirish ishlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari maqbullashtirilgan yoki yangidan tashkil etilgan fermer xoʻjaliklari yoxud boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan 2019-yil hosilidan boshoqli don va paxta xomashyosi yetishtirish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalarini, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalarni qaytadan tuzish ishlarini yakunlash vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tugatilgan fermer xoʻjaliklariga lizing va kredit asosida berilgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini yangidan tashkil etilgan fermer xoʻjaliklariga va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirish ishlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari maqbullashtirish jarayoni yakuni bilan faoliyati tugatilgan fermer xoʻjaliklarini yuridik shaxslarning davlat reyestridan chiqarish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari R.N. Raxmatov, Qishloq xoʻjaligi vaziri B.T. Yusupov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 14-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish masalalari boʻyicha hududlarga biriktirilgan respublika ishchi guruhlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

I. Respublika ishchi guruhi:

B. Yusupov — Qishloq xoʻjaligi vaziri
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.‎

A. Ergashev

Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari

2.‎

I. Xoshimov

Suv xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

3.‎

F. Nurmuxamedov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi bosh mutaxassisi

4.

A. Seitov

—‎

Davlat soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

5.‎

M. Xoldarov

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi boʻlim boshligʻi

6.

E. Rajabov

“Agrobank” ATB boʻlim boshligʻi

7.

U. Niyazmetov

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

8.

N. Toʻrayev

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

9.

B. Sobirov

“Oʻzneftmahsulot” AJ yetakchi mutaxassisi

10.

P. Xakimov

“Oʻzagroservis” AJ “Qoraqalpoq Agroservis MTP” direktori

11.

Sh. Saidov

“Oʻzpaxtasanoat” AJ bosh mutaxassisi

Xorazm viloyati

1.‎

S. Islomov

Suv xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi

2.‎

Sh. Ortiqov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi yetakchi mutaxassisi

3.‎

Q. Murodov

Davlat soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

4.

R. Pirnazarov

Xorazm viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi

5.‎

R. Qayratdinov

“Agrobank” ATB boʻlim boshligʻi

6.

S. Nizomov

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi mutaxassisi

7.

D. Nurmetov

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ bosh mutaxassisi

8.

I. Bekmuratov

“Oʻzneftmahsulot” AJ yetakchi mutaxassisi

9.

F. Qurbonov

“Oʻzagroservis” AJ “Xorazm Agroservis MTP” MCHJ bosh hisobchisi

10.

R. Roziqulov

“Oʻzpaxtasanoat” AJ boʻlim boshligʻi

II. Respublika ishchi guruhi:

R. Raxmatov — Bosh prokuror oʻrinbosari

(Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari)

Jizzax viloyati

1.‎

A. Xolmurodov

“Oʻzagrolizing” AJ raisi

2.‎

Sh. Latipov

Suv xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

3.‎

M. Zulfiqorov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi bosh mutaxassisi

4.

Sh. Sulaymonov

Davlat soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

5.‎

X. Alimardonov

Jizzax viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi

6.

D. Bekmirzayev

“Agrobank” ATB bosh mutaxassis

7.

I. Ergashev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi mutaxassisi

8.

N. Xamrayev

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ bosh mutaxassisi

9.

S. Yunusov

“Oʻzneftmahsulot” AJ bosh mutaxassisi

10.

Sh. Iskandarov

“Oʻzagroservis” AJ “Jizzax Agroservis MTP” MCHJ direktori oʻrinbosari

11.

F. Oripov

“Oʻzpaxtasanoat” AJ bosh mutaxassisi

Sirdaryo viloyati

1.‎

I.Xamrayev

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari

2.‎

Gʻ. Abdullayev

Qishloq xoʻjaligi vazirligi bosh mutaxassisi

3.‎

Z. Ishaliyev

“Oʻzsuvqurilishtaʼminot” RB boʻlim boshligʻi

4.

B. Mirzajonov

Davlat soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

5.‎

A. Abdushukurov

—‎

Sirdaryo viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi v.b.

6.

Sh. Zamonov

“Agrobank” ATB boʻlim boshligʻi

7.

E. Mengliqulov

“Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi mutaxassisi

8.

Sh. Xudoyberdiyev

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boshqarma boshligʻi

9.

A. Shodmonov

“Oʻzneftmahsulot” AJ yetakchi mutaxassisi

10.

O. Velulayev

“Oʻzagroservis” AJ “Sirdaryo Agroservis MTP” MCHJ direktori oʻrinbosari

11.

X. Aminov

“Oʻzpaxtasanoat” AJ boʻlim boshligʻi

Toshkent viloyati

1.‎

S. Xodjayev

Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari

2.‎

A. Alibekov

Suv xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi

3.‎

Q. Sapayev

Qishloq xoʻjaligi vazirligi bosh mutaxassisi

4.

D. Musayev

—‎ ‎

Davlat soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

5.‎

M. Egamberdiyev

Toshkent viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi v.b.

6.

Sh. Raximov

“Agrobank” ATB boʻlim boshligʻi

7.

F. Xushvaqtov

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

8.

A. Boymuratov

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boshqarma boshligʻi

9.

R. Inoyatov

“Oʻzneftmahsulot” AJ bosh mutaxassisi

10.

A. Mirzayev

“Oʻzagroservis” AJ “Toshkent Agroservis MTP”
MCHJ direktori

11.

A. Boqilov

“Oʻzpaxtasanoat” AJ bosh mutaxassisi

III. Respublika ishchi guruhi:

A. Vaxabov — Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
(Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari)

Surxondaryo viloyati

1.‎

F. Poʻlatov

—‎

“Oʻzdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi

2.‎

S. Maxmanov

Surxondaryo viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi

3.‎

F. Ochildiyev

Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi

4.

J. Abdullayev

Suv xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

5.‎

S. Raxmonqulov

—‎

Davlat soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

6.

A. Eshmuratov

“Agrobank” ATB boʻlim boshligʻi

7.

B. Berdiyev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi mutaxassisi

8.

A. Xusanov

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boshqarma boshligʻi

9.

Z. Ergashev

“Oʻzneftmahsulot” AJ bosh mutaxassisi

10.

O. Tolliyev

“Oʻzagroservis” AJ “Surxondaryo Agroservis MTP” MCHJ direktori oʻrinbosari

11.

B. Xoliqov

“Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

Qashqadaryo viloyati

1.‎

M. Roʻzmetov

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

2.‎

B. Baxodirov

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi

3.‎

X. Maxmudov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

4.

A. Toshmatov

Suv xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

5.‎

K. Qurbonov

—‎

Davlat soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

6.

I. Xudoyqulov

“Agrobank” ATB bosh mutaxassis

7.

Q. Xojiyev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi mutaxassisi

8.

I. Xamroyev

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

9.

S. Baratov

“Oʻzneftmahsulot” AJ nazoratchi-taftishchi

10.

M. Oromov

“Oʻzagroservis” AJ “Qashqadaryo Agroservis MTP” MCHJ direktori oʻrinbosari

11.

L. Maxmudov

“Oʻzpaxtasanoat” AJ bosh mutaxassisi

IV. Respublika ishchi guruhi:

U. Xalilov — Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi
taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
(Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari)

Buxoro viloyati

1.‎

X. Bekbergenov

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ raisining birinchi oʻrinbosari

2.‎

N. Amanov

Suv xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

3.‎

E. Xayitov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi bosh mutaxassisi

4.

B. Xudoyberdiyev

—‎‎

Davlat soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

5.‎

K. Temirov

Buxoro viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi

6.

Q. Kazakov

“Agrobank” ATB boʻlim boshligʻi

7.

A. Abduvaxobov

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi mutaxassisi

8.

M. Xibbimov

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

9.

J. Mamadiyev

“Oʻzneftmahsulot” AJ bosh mutaxassisi

10.

X. Rozikov

“Oʻzagroservis” AJ “Buxoro Agroservis MTP” MCHJ direktori oʻrinbosari

11.

Q. Muxammadiyev

“Oʻzpaxtasanoat” AJ bosh mutaxassisi

Navoiy viloyati

1.‎

R. Hayitov

“Oʻzagroservis” AJ raisi v.b.‎,

2.‎

J. Madraximov

Navoiy viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi

3.‎

B. Quvaqov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi

4.

D. Mustafoyev

Suv xoʻjaligi vazirligi boʻlim boshligʻi

5.‎

Gʻ. Buronov

—‎

Davlat soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

6.

I. Tirkashev

“Agrobank” ATB bosh mutaxassis

7.

Q. Fayziyev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi mutaxassisi

8.

B. Ernazarov

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

9.

O. Maxmudov

“Oʻzneftmahsulot” AJ yetakchi mutaxassisi

10.

A. Berdixolov

“Oʻzagroservis” AJ “Navoiy Agroservis MTP” MCHJ direktori oʻrinbosari

11.

A. Kamiljanov

“Oʻzpaxtasanoat” AJ boʻlim boshligʻi

Samarqand viloyati

1.‎

A. Joʻrayev

Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi

2.‎

M. Shomayramov

Suv xoʻjaligi vazirligi boshqarmasi boshligʻi

3.‎

F. Usmonov

Davlat soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

4.

A. Turumov

Samarqand viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi

5.‎

Q. Shodiyev

“Agrobank” ATB boʻlim boshligʻi

6.

M. Agzamov

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

7.

D. Toʻpchibayev

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

8.

F. Azimov

“Oʻzneftmahsulot” AJ yetakchi mutaxassisi

9.

O. Gʻafforov

“Oʻzagroservis” AJ “Samarqand Agroservis MTP” MCHJ direktori oʻrinbosari

10.

Sh. Togʻayev

“Oʻzpaxtasanoat” AJ bosh mutaxassisi

V. Respublika ishchi guruhi:

R. Davletov — Adliya vaziri
(Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari)

Andijon viloyati

1.‎

Sh. Nurmatov

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi direktori

2.‎

I. Xolmirzayev

Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi

3.‎

Sh. Usmonov

Suv xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

4.

L. Mamajonov

Davlat soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

5.‎

M. Boltaboyev

Andijon viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi

6.

X. Raxmonov

“Agrobank” ATB bosh mutaxassisi

7.

F. Sobitov

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

8.

Z. Mirzajonov

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

9.

X. Oqqoʻziyev

“Oʻzneftmahsulot” AJ yetakchi mutaxassisi

10.

X. Sattarov

“Oʻzagroservis” AJ “Andijon Agroservis MTP” MCHJ direktori

11.

U. Quronboyev

“Oʻzpaxtasanoat” AJ bosh mutaxassisi

Namangan viloyati

1.‎

M. Fayziyev

“Oʻzneftmahsulot” AJ boshqaruvi raisi

2.‎

N. Bobomurodov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

3.‎

M. Olimov

Suv xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi

4.

T. Xojiyev

Davlat soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

5.‎

S. Tuxtaboyev

Namangan viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi

6.

T. Himmatov

“Agrobank” ATB bosh mutaxassis

7.

M. Xamidov

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi mutaxassisi

8.

U. Boliyev

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boʻlim boshligʻi

9.

I. Islomov

“Oʻzneftmahsulot” AJ boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

10.

B. Tursunov

“Oʻzagroservis” AJ “Namangan Agroservis MTP” MCHJ direktori oʻrinbosari

11.

E. Boyqulov

“Oʻzpaxtasanoat” AJ boʻlim boshligʻi

Fargʻona viloyati

1.‎

A. Xaitov

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa
yer egalari kengashi raisi v.b.

2.‎

O. Avezmatov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

3.‎

R. Raximov

Suv xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi

4.

M. Xasanov

—‎

Davlat soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi

5.‎

F. Ismoilov

Fargʻona viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi

6.

R. Azmetov

“Agrobank” ATB bosh mutaxassisi

7.

N. Meliyev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi mutaxassisi

8.

Sh. Xudoyberdiyev

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ bosh mutaxassisi

9.

N. Akbarov

“Oʻzneftmahsulot” AJ bosh mutaxassisi

10.

D. Xaydarov

“Oʻzagroservis” AJ “Fargʻona Agroservis MTP” MCHJ direktori oʻrinbosari

11.

M. Kuchkarov

“Oʻzpaxtasanoat”AJ bosh mutaxassisi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 14-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar ishchi guruhlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat hokimi, Ishchi guruhi rahbari

lavozimi boʻyicha

viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari

2.

lavozimi boʻyicha

viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari

3.

lavozimi boʻyicha

viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi

4.

lavozimi boʻyicha

viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi

5.

lavozimi boʻyicha

viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi

6.

lavozimi boʻyicha

viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi

7.

lavozimi boʻyicha

viloyat fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

8.

lavozimi boʻyicha

viloyat iqtisodiyot boshqarmasi boshligʻi

9.

lavozimi boʻyicha

viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi

10.

lavozimi boʻyicha

viloyat moliya boshqarmasi boshligʻi

11.

lavozimi boʻyicha

viloyat irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi

12.

lavozimi boʻyicha

viloyat bandlik boshqarmasi boshligʻi

13.

lavozimi boʻyicha

“Agrobank” ATB viloyat filiali rahbari

14.

lavozimi boʻyicha

viloyat “Agroservis” MTP MCHJ raisi

15.

lavozimi boʻyicha

viloyat neftbaza unitar korxonasi rahbari

16.

lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi boshligʻi

17.

lavozimi boʻyicha

“Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati viloyat birlashmasi boshligʻi

18.

lavozimi boʻyicha

Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlarini faoliyatini muvofiqlashtirish viloyat kengashi raisining oʻrinbosari

19.

lavozimi boʻyicha

viloyat veterinariya boshqarmasi boshligʻi

20.

lavozimi boʻyicha

Mintaqaviy paxta terminali MCHJ raisi

21.

lavozimi boʻyicha

viloyat tijorat banklari rahbarlari

22.

lavozimi boʻyicha

viloyat don korxonalari rahbarlari

23.

lavozimi boʻyicha

viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshligʻi, Ishchi guruhi kotibi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 14-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish boʻyicha tuman ishchi guruhining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

lavozimi boʻyicha

tuman hokimi, Ishchi guruhi rahbari

2.

lavozimi boʻyicha

tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari

3.

lavozimi boʻyicha

tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari

4.

lavozimi boʻyicha

tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi

5.

lavozimi boʻyicha

tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi

6.

lavozimi boʻyicha

tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

7.

lavozimi boʻyicha

tuman adliya boʻlimi boshligʻi

8.

lavozimi boʻyicha

tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

9.

lavozimi boʻyicha

tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi

10.

lavozimiboʻyicha

tuman statistika boʻlimi boshligʻi

11.

lavozimi boʻyicha

tuman moliya boʻlimi mudiri

12.

lavozimi boʻyicha

tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi

13.

lavozimi boʻyicha

tuman bandlik markazi rahbari

14.

lavozimi boʻyicha

“Agrobank” ATB tuman filiali rahbari

15.

lavozimi boʻyicha

tuman “Agroservis” MTP MCHJ raisi

16.

lavozimi boʻyicha

Neftbaza unitar korxonasi vakili

17.

lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman boʻlimi boshligʻi

18.

lavozimi boʻyicha

“Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati tuman filiali boshligʻi

19.

lavozimi boʻyicha

tuman hokimligi huquqshunosi

20.

lavozimi boʻyicha

Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlarini faoliyatini muvofiqlashtirish tuman kengashi raisining oʻrinbosari

21.

lavozimi boʻyicha

tuman veterinariya boʻlimi rahbari

22.

lavozimi boʻyicha

tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi

23.

lavozimi boʻyicha

tuman paxta tozalash korxonasi rahbari

24.

lavozimi boʻyicha

tuman tijorat banklari rahbarlari

25.

lavozimi boʻyicha

tuman don shoxobchalari rahbarlari

26.

lavozimi boʻyicha

tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi, Ishchi guruhi kotibi

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 14-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirishga qoʻyiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining (keyingi oʻrinlarda qishloq xoʻjaligi korxonalari deb ataladi) yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirishda, ularning oxirgi uch yillik faoliyati toʻliq tahlil qilinadi va natijasi boʻyicha har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi kesimida tahliliy maʼlumot tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish jarayonida quyidagi holatlarda qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan tuzilgan uzoq muddatli yer ijara shartnomasi bekor qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasidan qonunchilik hujjatlarida, ijaraga olish shartnomasida koʻrsatilgan talablar va qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish shartlari buzilganda hamda maqsadli, samarali va oqilona foydalanilmaganda;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini saqlash shartlariga va suvdan foydalanish tartibiga rioya etilmaganda, yerning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish chora-tadbirlari koʻrilmaganda, shuningdek ushbu maqsadlar uchun oʻz mablaѓlarini ajratmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari maydonlari uzoq muddatli yer ijara shartnomasida belgilangan oʻlchamlarga nisbatan kamaytirib yuborilganda, sugʻoriladigan maydonlarga asossiz ravishda bino-inshootlar qurilganda yoki boshqa turdagi zarar yetkazilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarishlashda agrotexnika tadbirlari oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda yoki belgilangan talablarga rioya etilmaganda va normativ kadastr bahosidan past hosil olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari shartlari soʻnggi uch yilda bajarilmaganda, xoʻjalik faoliyati samarasiz yoki past rentabellik bilan yuritilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilmaganda, ishchi — xodimlar, shu jumladan fermer xoʻjaligida mehnat qiladigan oila aʼzolari, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar uchun mehnat xavfsizligi shartlari taʼminlanmaganda;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda, soʻnggi uch yil davomida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan tushadigan mablagʻlar bank hisobvaraqlarida aylanishi taʼminlamaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasini berish boʻyicha oʻtkazilgan ochiq tanlovda koʻrsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari xoʻjalikning ustav fondiga kiritilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xoʻjaligi korxonalari yer uchastkalarining hajmlari ularning faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxtachilik va gʻallachilik yoʻnalishidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam oʻlchami — 100 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻallachilik va sabzavotchilik yoʻnalishidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam oʻlchami — 20 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam oʻlchami — 10 gektar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sabzavotchilik va polizchilik yoʻnalishidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam oʻlchami — 5 gektar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvachilik yoʻnalishidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari yer uchastkalarining hajmlari qonunchilikda belgilangan tartibda mavjud shartli mol bosh sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xoʻjaligi korxonalari yer uchastkalarining oʻlchami mazkur talablarning 3-bandida nazarda tutilgan miqdorlardan kam boʻlgan taqdirda, ularni maqbullashtirishga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, yer uchastkalaridan samarali foydalanayotgan, kontraktatsiya shartnomasi majburiyatlarini bajarib kelayotgan, moddiy-texnika bazasiga ega boʻlgan hamda koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻygan paxta-gʻallachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklariga, shuningdek, zamonaviy issiqxonalar, intensiv usulda tashkil qilingan bogʻ va tokzorlarning yer uchastkalariga mazkur talablarning 3-bandida koʻzda tutilgan miqdorlar qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maqbullashtirish jarayonida tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarilgan yer uchastkalari, birinchi navbatda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritadigan, moliyaviy holati yaxshi (qarzdorligi yoʻq, bank hisobvaraqlarida mablagʻi boʻlgan) va qishloq xoʻjaligi texnikalariga ega koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari (kichik — klasterlar), paxta-toʻqimachilik klasterlari, eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini maqbullashtirishda konturlarning yaxlitligini saqlagan holda, tuproq sharoiti, suv yoʻli va boshqa omillar hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Eski, iqtisodiy jihatdan samaradorligi past boʻlgan (koʻchat soni kam boʻlgan, koʻchatlar intensiv usulda ekilmagan) bogʻ va tokzorlar belgilangan tartibda buzilib, ekin yer maydonlari tarkibiga qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bogʻ va tokzorlarni maqbullashtirishda soʻnggi uch yilda olingan hosil, uni sotishdan tushgan tushum toʻgʻrisidagi statistika organlariga topshirilgan hisobotlar, bank hisobvaraqlarida aylangan mablagʻlar, yangi tashkil etilgan bogʻ va tokzorlarga sarflangan xarajatlar tahlil qilinib, xulosa qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer ijara shartnomasi bekor qilinayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari, bogʻ va tokzorlarga qilingan xarajatlar, yer uchastkasi biriktirib berilayotgan yoki yangidan tashkil etiladigan fermer xoʻjaliklari, klasterlar, eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalari tomonidan oʻzaro kelishuv (kelishilgan narxlar) yoki baholash natijalari asosida qoplab beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yer uchastkalari oʻlchami mazkur talablarning 3-bandida belgilangan miqdorlardan kam boʻlgan qishloq xoʻjaligi korxonalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda qoʻshib yuborish, qoʻshib olish tartibida qayta tashkil etilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining yer uchastkalarini maqbullashtirish jarayonida qonunchilik hujjatlari hamda xolislik, oshkoralik va ochiqlik tamoyillariga qatʼiy rioya qilinishiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar 4 ta sektor rahbarlari hamda tumanlar komissiyalarining barcha aʼzolari shaxsan javobgar hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 09/19/14/2451-son, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)