26.12.2018 yildagi 1047-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2025-yil 1-maydan boshlab Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomning 9-bandida belgilangan zararlarni (keyingi oʻrinlarda — zararlar) qoplash boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarining onlayn roʻyxat shaklida yuritiladigan Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) tizimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Reyestrda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlar onlayn roʻyxati hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararlar onlayn roʻyxati alohida-alohida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlar onlayn roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarning ishchi organlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararlar onlayn (ochiq) roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qonuniy kuchga kirgan sud hujjati asosida tasdiqlangan zararlar va ular haqidagi maʼlumotlar zararlarni qoplash uchun mablagʻlar mavjudligi yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar, Reyestrga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) zararlar ularning Reyestrda joylashgan navbatiga qatʼiy rioya qilgan holda hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) sud hujjati boʻyicha zararlar qoplanganda, zararlarni qoplashga asos boʻlgan sud hujjati bekor qilinganda, zararlar va ular haqidagi maʼlumotlar Reyestrga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil 1-mayga qadar Reyestrni elektron yuritish imkoniyatini beradigan dasturiy majmua yaratilishini taʼminlasin.
(21 va 22-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1047-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda respublika darajasida — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — respublika kompensatsiya jamgʻarmasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy darajada — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — mahalliy hokimliklar) huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalar (keyingi oʻrinlarda — hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son hamda “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 24-avgustdagi PF-198-son farmonlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashni moliyalashtirish maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni qoplab berish 1-ilovadagi;
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zararlarni undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlarini ijro etish 11-ilovadagi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplab berish 2-ilovadagi sxemalarga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va uning qoʻshimcha manbalari mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalar quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy hokimliklar zaxira jamgʻarmalari mablagʻlarining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni elektron savdo platformasida realizatsiya qilishdan kelib tushgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlarining maxsus gʻazna hisobvaraqlariga qoʻshimcha manbalar sifatida oʻtkaziladigan mablagʻlar;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik va xayriya yordamlari tarzidagi mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjet parametrlarida mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat foydasiga musodara qilingan mol-mulklarni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar (hududiy kompensatsiya jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan manba boʻyicha shakllantirilgan mablagʻlar faqat mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladi.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan manba boʻyicha tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlariga tushgan tushumlar yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar, mulkiy va maʼnaviy zararlar toʻlovlaridan qarzdorlik mavjud boʻlganda, qarzdorlik toʻliq bartaraf etilgunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarga tushgan mablagʻlar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamgʻariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan quyidagi zararlarni (keyingi oʻrinlarda — mulkiy va maʼnaviy zarar) qoplash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga noqonuniy yoki haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarning kiritilishi natijasida ularga ishonib harakat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan va sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zararlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof deb topilgan harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar va maʼnaviy ziyonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy insofli egallovchidan qonunchilikda belgilangan tartibda talab qilib olinishiga yoʻl qoʻyilmasligi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplab berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan faqat Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklarining yoki respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashabbusiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat yoki Toshkent shahar Kengashi tomonidan kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinganligi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash uchun foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining mablagʻlaridan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar (shaharlar) hokimliklarining tashabbusiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat yoki Toshkent shahar Kengashi tomonidan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinganligi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash uchun foydalaniladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining kuzatuv kengashlari mazkur jamgʻarmalarni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining kuzatuv kengashlari (keyingi oʻrinlarda — kuzatuv kengashlari) tegishli ravishda mazkur Nizomga 3 va 4-ilovalarga muvofiq tarkibda faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kuzatuv kengashlari quyidagi vakolatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan asoslantiruvchi materiallarni koʻrib chiqish va kelishib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrni jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli jamgʻarma mablagʻlarining kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarini koʻrib chiqish, shuningdek, ularni keyingi yil uchun tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli jamgʻarma daromadlarining barqaror shakllantirilishini hamda yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplab berishni oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kuzatuv kengashlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar barcha davlat organlari va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuv kengashlarining qarorlari kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining ishchi organlari ularning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi respublika kompensatsiya jamgʻarmasi kuzatuv kengashining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari esa hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari kuzatuv kengashlarining ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining ishchi organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli jamgʻarmalar mablagʻlari tushumi va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi hamda belgilangan muddatlarda jamgʻarmalarning kuzatuv kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazilgan zararlarni qoplashni moliyalashtirish uchun moʻljallangan mablagʻlar tushumi jadvallarini ishlab chiqadi, shuningdek, ularning bajarilishini tahlil qiladi va tegishli jamgʻarmalar mablagʻlarining oʻz vaqtida jamlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni bartaraf etish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazilgan zararlarni qoplashni moliyalashtirishga ajratilgan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishi monitoringini tizimli asosda yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik va har yilgi hisobotlarni tuzadi hamda koʻrib chiqish uchun tegishli jamgʻarmalarning kuzatuv kengashlariga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Respublika kompensatsiya jamgʻarmasidan mablagʻlar hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari orqali ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari respublika kompensatsiya jamgʻarmasidan tegishli mablagʻlarni hududiy kompensatsiya jamgʻarmalariga ajratish toʻgʻrisida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda respublika kompensatsiya jamgʻarmasining ishchi organiga murojaat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish nazarda tutilgan qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tizimidagi hududiy qurilish organlarining tegishli xulosalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buzilishga tushgan obyektlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlangan roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buziladigan koʻchmas mulk obyektlarini, shuningdek olib qoʻyiladigan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni baholash boʻyicha hisobot nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari va mulkdor oʻrtasidagi notarial tasdiqlangan kelishuv shartnomasi yoki sud qarori nusxalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Respublika kompensatsiya jamgʻarmasining ishchi organi taqdim etilgan hujjatlarni toʻliqligini koʻrib chiqib, ularni respublika kompensatsiya jamgʻarmasi kuzatuv kengashiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi kuzatuv kengashi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash uchun tegishli hududiy kompensatsiya jamgʻarmasiga mablagʻ ajratish yoki mablagʻ ajratishni rad etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tuman (shahar) hokimliklari yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplab berish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda, tegishli hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi kuzatuv kengashi ishchi organiga murojaat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlari bilan ochiq muhokama oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tizimidagi hududiy qurilish organlarining tegishli xulosalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining (filiallarining) yer uchastkasiga nisbatan huquq egalari hamda unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari haqidagi tegishli maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr hujjatidan nusxalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buziladigan koʻchmas mulk obyektlarini, shuningdek, olib qoʻyiladigan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni baholash boʻyicha hisobot nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari va mulkdor oʻrtasidagi notarial tasdiqlangan kelishuv shartnomasi yoki sud qarori nusxalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining ishchi organi taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini koʻrib chiqib, ularni hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining kuzatuv kengashlariga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining kuzatuv kengashi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish yoki moliyalashtirishni rad etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kuzatuv kengashlarining qarorlari asosida mahalliy hokimliklarning (shuningdek, tuman va shahar hokimliklarining) hisob-kitob boʻlimi hududiy kompensatsiya jamgʻarmasidan yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar summasini qoplab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlarini boshqarish hamda taqsimlash ushbu jamgʻarmalarning kuzatuv kengashlari raislari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarni, kuzatuv kengashlarining qarorlari loyihalarini va boshqa zarur hujjatlarni tayyorlash hamda rasmiylashtirish tegishli jamgʻarmalar kuzatuv kengashlari kotiblari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-bob. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zararlarni undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlarini ijro etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
261. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zararlarni qoplab berish boʻyicha kelib tushgan sud hujjati hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organiga bir ish kuni davomida taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
262. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organi yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi natijasida yetkazilgan mulkiy zararlarni sud hujjatiga asosan qoplab berish uchun zaruratga koʻra yuridik va jismoniy shaxslardan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
263. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining ishchi organi quyidagi hollarda ijro hujjatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ijro etmaslik yuzasidan tegishli sudlarga ariza kiritish boʻyicha taklif kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjati asosida berilgan ijro varaqa Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjati asosida berilgan ijro varaqa Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasida nazarda tutilgan ijroga topshirish muddati oʻtgandan keyin taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro varaqani berishga asos boʻlgan sud hujjati bekor qilinganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda nazarda tutilmagan hollar boʻyicha ijro varaqani ijro etmaslikka yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
264. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining ishchi organi taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini koʻrib chiqib, ularni mazkur sud hujjati kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) va tegishli hududiy kompensatsiya jamgʻarmasining kuzatuv kengashiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr onlayn (ochiq) roʻyxat shaklida yuritiladi. Reyestrda yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi natijasida (sud hujjatlari asosida undirish belgilangan) mulkdorga yetkazilgan zararlarni roʻyxati hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararlar roʻyxati alohida-alohida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash sud hujjati kelib tushgan sanaga muvofiq ketma-ketlikda hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarida mavjud mablagʻlar doirasida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
265. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining kuzatuv kengashi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qiladi yoki yetarli asoslar mavjud boʻlganda tegishli sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taklif kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
266. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari kuzatuv kengashlarining yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi qarorlari asosida mahalliy hokimliklarning hisob-kitob boʻlimi uch ish kuni davomida hududiy kompensatsiya jamgʻarmasidan yetkazilgan zarar summasini yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organi yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrni jismoniy va yuridik shaxslarga qoplangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
267. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari kuzatuv kengashlari tomonidan tegishli sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish toʻgʻrisida taklif kiritilganda, tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bunday taklif kiritilgan kundan boshlab protsessual muddatlarni inoabatga olgan holda sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
268. Sud hujjati ustidan sudga shikoyat kiritilgan va ijro ishini yuritish sud tomonidan toʻxtatib turilgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki ish kuni ichida yuridik va jismoniy shaxslarga hamda hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organga ijro ishini yuritish toʻxtatilganligi haqida sudning tegishli qarorini (ajrimini) ilova qilgan holda xat yuboradi. Bunda sud hujjati asosida berilgan ijro varaqani ijro etish boʻyicha barcha harakatlar sud tomonidan ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisida qaror (ajrim) qabul qilingunga qadar toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklarining xatiga asosan Reyestrga tegishli sud hujjati boʻyicha ish yuritish toʻxtatilganligi haqida maʼlumot kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
269. Sudning ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi qarori (ajrimi) qabul qilinganda, zararlarni qoplash ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjati belgilangan tartibda bekor qilinganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklari bir ish kuni ichida hududiy kompensatsiya jamgʻarmasidan mablagʻ toʻlashni rad etish toʻgʻrisida tegishli hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi ishchi organiga xat yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2610. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar yoki Toshkent shahri hokimliklarining hududiy kompensatsiya jamgʻarmasidan mablagʻ toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi xatiga asosan tegishli maʼlumotlarni Reyestrga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organi undirishning har qanday bosqichida yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi natijasida mulkdorga yetkazilgan zararlar haqidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetkazilgan zarar toʻliq qoplab berilgandan yoki zararni qoplab berish toʻgʻrisida sud hujjati bekor qilingandan soʻng sud hujjatini koʻrib chiqish tamomlangan hisoblanadi.
(41-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplab berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplab berish boʻyicha arizasi (murojaati) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplab berish boʻyicha arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjati (hukm, hal qiluv qarori, ajrim, qaror) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjati asosida berilgan ijro varaqaning asl nusxasi (agar sud hujjati asosida berilgan ijro varaqa sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida taqdim etilgan boʻlsa, uning asl nusxasini ilova qilish talab etilmaydi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi hisobidan mablagʻlar oʻtkazish uchun arizachining tegishli bankdagi hisobvaragʻi rekvizitlari haqida maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari quyidagi hollarda arizani qaytaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan hujjatlar arizaga ilova qilinmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjati asosida berilgan ijro varaqa Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjati asosida berilgan ijro varaqa Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasida nazarda tutilgan ijroga topshirish muddati oʻtgandan keyin taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro varaqani berishga asos boʻlgan sud hujjati bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining tegishli bankdagi hisobvaragʻi rekvizitlari toʻliq taqdim etilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlarni ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha koʻrib chiqmasdan qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ariza qabul qilingandan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yuridik xizmati uch ish kuni ichida mulkiy va maʼnaviy zarar va u haqidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritadi hamda ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagi takliflardan birini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki hokimga kiritadi:
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza va unga ilova qilingan hujjatlarga asosan unda koʻrsatilgan mablagʻlarni toʻlab berish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizaga ilova qilingan sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish toʻgʻrisida (shikoyat loyihasini ilova qilgan holda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari uch ish kuni ichida yuridik xizmatning tegishli taklifi asosida quyidagi harakatlardan birini amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitob boʻlimiga sud hujjatida koʻrsatilgan mablagʻlarni qoplab berish boʻyicha koʻrsatma beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisob-kitob boʻlimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki tegishli hokimning koʻrsatmasi kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida hududiy kompensatsiya jamgʻarmasida mavjud mablagʻlar doirasida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan mablagʻlarni ariza beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik xizmati tegishli sud hujjati boʻyicha zarar qoplangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritadi.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplash sud hujjati qabul qilingan sanaga muvofiq ketma-ketlikda hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarida mavjud mablagʻlar doirasida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy kompensatsiya jamgʻarmasida yetarli mablagʻlar mavjud boʻlmaganda, ikki ish kuni ichida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda nazarda tutilgan mablagʻlarni mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplab berish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashiga taklif kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi taklifi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigʻilishida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Arizaga ilova qilingan sud hujjati ustidan sudga shikoyat kiritilgan va ijro ishini yuritish toʻxtatib turilgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki ish kuni ichida ariza beruvchiga ijro ishini yuritish toʻxtatilganligi haqida sudning tegishli qarorini (ajrimini) ilova qilgan holda xat yuboradi. Bunda sud hujjati asosida berilgan ijro varaqani ijro etish boʻyicha barcha harakatlar sud tomonidan ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisida qaror (ajrim) qabul qilingunga qadar toʻxtatib turiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklarining yuridik xizmati tegishli sud hujjati boʻyicha ish yuritish toʻxtatilganligi haqida maʼlumotni bir ish kuni ichida Reyestrga kiritadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Sudning ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi qarori (ajrimi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida sud hujjatida koʻrsatilgan mablagʻlar ariza beruvchining tegishli bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Sud hujjati belgilangan tartibda bekor qilinganda bir ish kuni ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy kompensatsiya jamgʻarmasidan mablagʻlar toʻlashni rad etish toʻgʻrisida ariza beruvchiga xat yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklarining yuridik xizmati tegishli sud hujjati bekor qilingani toʻgʻrisida maʼlumotni bir ish kuni ichida Reyestrga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza boʻyicha yetkazilgan zarar toʻliq qoplab berilgandan yoki zararni qoplab berish toʻgʻrisida sud hujjati bekor qilingandan soʻng, murojaatni koʻrib chiqish tamomlangan hisoblanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Sud hujjatida regress tartibida undirish nazarda tutilgan boʻlsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari hamda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplab berilgan mablagʻlarni keyinchalik aybdor deb topilgan davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilaridan toʻliq miqdorda regress tartibida undirib olish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi, uning mansabdor shaxsi va xizmatchisining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararlar, birinchi navbatda, tegishli davlat organining budjetdan tashqari maxsus hisobvaragʻiga tushadigan mablagʻlari hisobidan qoplanadi va keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Respublika va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisobot, nazorat va javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari kuzatuv kengashlari hamda mahalliy hokimliklar respublika va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlaridan maqsadli va tejab foydalanishni belgilangan tartibda nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlari hisobini, Iqtisodiyot va moliya vazirligi respublika kompensatsiya jamgʻarmasi mablagʻlarining hisobini yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlari shakllanishi va ulardan foydalanilishini nazorat qilish tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan toʻlovlar va ularning regress tartibida undirib olinishiga oid hisobotni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Iqtisodiyot va moliya vazirligi respublika va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan toʻlovlar va ularning regress tartibida undirib olinishiga oid hisobotlarni umumlashtirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati asosida yoki oʻz tashabbusiga koʻra tegishli hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar kuzatuv kengashlarining (keyingi oʻrinlarda — kuzatuv kengashlari) ishchi organlariga murojaat qiladi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Kuzatuv kengashlari

Kuzatuv kengashlarining ishchi organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Uch ish kuni mobaynida

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari

Yetkazilgan zararlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalar hisobidan qoplab beradi.

Uch ish kuni mobaynida

4-bosqich

Kuzatuv kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Mablagʻlardan maqsadli tejab foydalanishni belgilangan tartibda nazorat qilib boradi, mablagʻlardan foydalanish hisobini yuritadi hamda belgilangan tartibda hisobotini shakllantiradi.

Doimiy

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zararlarni undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlarini ijro etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zararlarni undirish toʻgʻrisidagi kelib tushgan sud hujjatlarini hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organiga taqdim qiladi.

Bir ish kuni davomida

2-bosqich

Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organi

Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zararlarni qoplab berish boʻyicha kelib tushgan sud hujjatini Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli dasturiy majmuasida yaratilgan Reyestrga kiritadi hamda hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari kuzatuv kengashlariga (keyingi oʻrinlarda — Kuzatuv kengashlari) koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.

Uch ish kuni mobaynida

3-bosqich

Kuzatuv kengashlari

Kuzatuv kengashlarining ishchi organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini jismoniy
va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish toʻ
risida qaror qabul qiladi yoki tegishli sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taklif kiritadi.

Uch ish kuni mobaynida

4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari

1. Yetkazilgan zararlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalar hisobidan qoplab beradi.

Uch ish kuni mobaynida

2. Kuzatuv kengashi tomonidan tegishli sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish toʻgʻrisida taklif kiritilgan taqdirda, sud organiga qabul qilingan sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritadi.

Besh ish kuni davomida

Sud hujjati ustidan shikoyat kiritilgan taqdirda, bu haqida yuridik va jismoniy shaxslarga hamda hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organga xat yuboradi.

Shikoyat taqdim etilgan kundan boshlab ikki ish kuni davomida

5-bosqich

Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organi

Kuzatuv kengashi qaroriga asosan yetkazilgan zarar qoplab berilgani yoki sud organiga shikoyat kiritilgani toʻgʻrisida hujjatlarni Reyestrga kiritadi.

Ikki ish kuni mobaynida

6-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari

1. Sudning ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi qarori (ajrimi) kelib tushgan kundan boshlab, sud hujjatida koʻrsatilgan mablagʻlar yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli bank hisobvaragʻiga oʻtkazib berish choralarini koʻradi.

2. Sud hujjati asosida zarar qoplab berilganda yoki bekor qilinganda, hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organga yetkazilgan zarar qoplab berilgani yoki sud hujjati bekor qilingani toʻgʻrisida maʼlumotlarni ilova qilgan holda xat yuboradi.

Ikki ish kuni mobaynida

7-bosqich

Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organi

Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zarar qoplab berilgani yoki sud hujjati bekor qilingani toʻgʻrisida hujjatlarni Reyestrga kiritadi.

Ikki ish kuni mobaynida

(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxs

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplash boʻyicha ariza, sud qarori va boshqa tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

Ixtiyoriy

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yuridik xizmati uch ish kuni ichida mulkiy va maʼnaviy zarar va u haqidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritadi hamda ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagi takliflardan birini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki hokimga kiritadi:

1) ariza va unga ilova qilingan hujjatlarga asosan unda koʻrsatilgan mablagʻlarni toʻlab berish;

2) arizaga ilova qilingan sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish (shikoyat loyihasini ilova qilgan holda).

Uch ish kuni ichida

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi

Yuridik xizmatning tegishli takliflari asosida quyidagi harakatlardan birini amalga oshiradi:

1) hisob-kitob boʻlimiga sud hujjatida koʻrsatilgan mablagʻlarini qoplab berish boʻyicha koʻrsatma beradi;

2) sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritadi.

Uch ish kuni ichida

4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Hisob-kitob boʻlimi:

a) hududiy kompensatsiya jamgʻarmasida mavjud mablagʻlar doirasida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan mablagʻlarni ariza beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi;

Bir ish kuni ichida

b) hududiy kompensatsiya jamgʻarmasida yetarli mablagʻlar mavjud boʻlmaganda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashiga taklif kiritadi.

Ikki ish kuni ichida

2. Yuridik xizmat:

a) ariza beruvchiga ijro boʻyicha ish yuritish toʻxtatilganligi haqida sudning tegishli qarorini (ajrimini) ilova qilgan holda xat yuboradi hamda tasdiqlovchi hujjatlarni Reyestrga kiritadi;

b) mulkiy va maʼnaviy zarar qoplab berilgani toʻgʻrisida hujjatlarni Reyestrga kiritadi.

Ikki ish kuni ichida

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Sudning ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi qarori (ajrimi) kelib tushgan kundan boshlab, sud hujjatida koʻrsatilgan mablagʻlar ariza beruvchining tegishli bank hisobvaragʻiga oʻtkazib berish choralarini koʻradi.

Yuridik xizmat:

a) sud hujjati belgilangan tartibda bekor qilinganda hududiy kompensatsiya jamgʻarmasidan mablagʻlar toʻlashni rad etish toʻgʻrisida ariza beruvchiga xat yuboradi;

b) mulkiy va maʼnaviy zarar qoplab berilgani yoki sud hujjati bekor qilingani toʻgʻrisida hujjatlarni Reyestrga kiritadi.

Ikki ish kuni mobaynida

6-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan toʻlovlarni davlat organlarining budjetdan tashqari maxsus hisobvaragʻidan qoplash uchun talabnoma kiritadi.

Uch ish kuni mobaynida

(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish boʻyicha respublika kuzatuv kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

J. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Kengash raisi

2.

Sh. Xidoyatov

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

3.

A. Ortiqov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

4.

F. Pulatov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

5.

A. Xaydarov

iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari

6.

S. Sadullayev

Iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari

7.

lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, Kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Respublika kompensatsiya jamgʻarmasi kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

4-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy kompensatsiya jamgʻarmalaridan mablagʻ ajratish boʻyicha hududiy kuzatuv kengashlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari , Toshkent shahar va viloyatlar hokimlarining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshliqlari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalari boshliqlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻining masʼul oʻrinbosari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasidagi Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish shuʼbalari rahbari, Kengash kotibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalar kuzatuv kengashlari aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1047/2384-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2019-y., 09/19/911/4028-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 10.01.2024-y., 09/24/9/0012-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)