Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, fermer xoʻjaligi Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestriga kiritilgan kundan boshlab koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi maqomiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamentiga va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 29-noyabr,

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-noyabrdagi 972-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) fermer xoʻjaliklarini Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestriga kiritish, reyestrdan chiqarish, reyestrga oʻzgartirish kiritish va reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etish boʻyicha davlat xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat usulida ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari bilan shugʻullanuvchi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari elektron roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmatlari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan fermer xoʻjaligi rahbari yoki vakilining (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) ixtiyoriy murojaatiga asosan bepul koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari va ular tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat usulida ishlab chiqarish faoliyati amalga oshirilishi, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish haqidagi maʼlumotlarning yagona elektron bazasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikadagi fermer xoʻjaliklarining holati va salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimli jamlab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklarining qonunchilik hujjatlarida koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari uchun belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar monitoringini yuritish imkoniyatini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda — Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Fermer xoʻjaliklarini Reyestrga kiritish uchun soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligining ixtisoslashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab turgan oʻz xususiy vositalarning asosiy roʻyxati nusxasi (ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat usulida ishlab chiqarish boʻyicha faoliyat, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari amalga oshirilishini tasdiqlovchi (fermer xoʻjaligi tomonidan tasdiqlangan) shartnomalar va hisob-fakturalar nusxasi (bajarilgan ishlar dalolatnomasi va shu kabilar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi hisobot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vakil orqali murojaat qilinganda vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma soʻrovnomaga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (Mobile-ID tizimi, elektron imzo, daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Reyestr Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shaklda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Reyestr koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari Reyestrga kiritilishi zarur boʻlgan maʼlumotlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida shunday oʻzgarishlarni asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda yetti ish kunidan kechiktirmasdan, ushbu Reglamentning 6-bandida belgilangan tartibda murojaat qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vakolatli organ soʻrovnomani ushbu Reglamentning 17-bandida belgilangan muddatda koʻrib chiqadi va kiritilgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fermer xoʻjaligini Reyestrga kiritish yoki uni Reyestrdan chiqarish sanasi deb vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilingan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Fermer xoʻjaligi tomonidan tayyorlangan hujjatlarning nusxalari fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan lavozimi va imzolangan sana koʻrsatilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarga tuzatishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli organ quyidagi hollarda davlat xizmatlarini koʻrsatishni rad etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligi qonunchilik hujjatlarida koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlmaganda (fermer xoʻjaliklarini Reyestrga kiritishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Reglamentning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq ilova qilinmaganda (fermer xoʻjaliklarini Reyestrga kiritishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrovnomaga ilova qilingan hujjatlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini koʻrsatish rad etilganda vakolatli organ aniq sabablarni, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etish mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda, Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin besh ish kunidan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng berilgan soʻrovnoma yangidan berilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ariza beruvchi tomonidan Reyestrga kiritmaslikka asos boʻlgan kamchiliklar bartaraf etilganda, hujjatlarni qabul qilishda takroran rad qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ariza beruvchi tomonidan Reyestrga kiritish uchun taqdim qilingan hujjatlar qanday qaror qabul qilinishidan qatʼi nazar, vakolatli organ arxivida oʻn besh yil davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli organ uch ish kuni mobaynida soʻrovnomani koʻrib chiqib, taqdim etilgan hujjatlar ushbu Reglamentga muvofiq boʻlgan taqdirda, bu haqida qabul qilingan qaror asosida fermer xoʻjaligini Reyestrga kiritadi hamda ushbu Reglamentga 4-ilovadagi maʼlumotnomani QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat xizmatlari markazi oʻn daqiqa mobaynida xizmat natijasini ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi xizmat natijasini elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari quyidagi holatlarda Reyestrdan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrdan ixtiyoriy chiqarish toʻgʻrisida ariza berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi tugatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish va oʻzgartirish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holda ariza beruvchi ushbu Reglamentning 6-bandida belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan fermer xoʻjaligi tugatilganligi yoki qayta tashkil etilganligi toʻgʻrisida vakolatli organga kompozit tarzda xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ushbu Reglamentning 19-bandiga asosan kelib tushgan arizaga (xabarnoma) muvofiq vakolatli organ qaroriga asosan bir ish kunida Reyestrdan chiqariladi va bu haqida Reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi hamda Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Reyestrdan chiqarilgan kundan boshlab ushbu fermer xoʻjaligining koʻp tarmoqli fermer xoʻjalik maqomi tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ariza beruvchi fermer xoʻjaligi Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun ushbu Reglamentning 6-bandida belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ avtomatik tarzda ushbu Reglamentga 4-ilovadagi maʼlumotnomani QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan maʼlumot taqdim etilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vakolatli organ Reyestrni yuritishda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro axborot almashinuvi bepul asosda, ularga Reyestrga kirish huquqini berish (zarurat boʻlganda) orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Reglament talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchilar
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Markaz xodimi soʻrovnomani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada
2. YIDXP
2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
2. Real vaqt rejimida
3-bosqich
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
1. Fermer xoʻjaligini Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritadi (Reyestrga oʻzgartirish kiritadi) yoki Reyestrga kiritishni rad etadi.
1. 3 ish kunida
2. Fermer xoʻjaligini Reyestrdan chiqaradi.
2. 1 ish kunida
3. Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomani taqdim etadi.
3. Avtomatik tarzda
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida ariza beruvchiga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani yuboradi.
1. 10 daqiqa ichida
2. YIDXP
2. YIDXP Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida ariza beruvchiga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnoma yuboriladi.
2. Avtomatik tarzda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Tashkilot nomi:
2. Joylashgan joyi (pochta manzili):
3. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR):
4. Kadastr raqami:
5. Korxona va tashkilotning umumdavlat tasnifi kodi (KTUT):
6. Telefon raqami:
II. Fermer xoʻjaligi rahbari (vakili):
1. F.I.O.:
2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
III. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:
a) fermer xoʻjaliklarini Reyestrga kiritish uchun:
koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligining ixtisoslashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ishlab turgan oʻz xususiy vositalarning asosiy roʻyxati nusxasi (ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar);
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab chiqarishi boʻyicha faoliyat, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va faoliyatning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari amalga oshirilishini tasdiqlovchi (fermer xoʻjaligi tomonidan tasdiqlangan) shartnomalar va hisob-fakturalar nusxasi (bajarilgan ishlar dalolatnomasi va shu kabilar);
moliyaviy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi hisobot;
vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma.
b) Reyestrga oʻzgartirish kiritish uchun:
oʻzgartirishlarni asoslantiruvchi hujjatlar;
vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma.
v) Reyestrdan chiqarish va Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Ariza tushgan sana va vaqt
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi nomi
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligining davlat roʻyxatidan oʻtgan tartib raqami va sanasi
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligining ixtisoslashuvi
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi joylashgan joy
Ishlab turgan oʻz asosiy vositalari roʻyxati
(ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar)
Yer uchastkasining konturlari
Yer uchastkasi kadastr raqami
1.
2.
3.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
Fermer xoʻjaliklari Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida MAʼLUMOTNOMA
Reyestrga kiritilgan sana _________________________
Kun, oy, yil ______________________________________
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi nomi _______________
Tashkiliy-huquqiy shakli __________________________
Pochta manzili__________________________________
STIR __________________________________________
Hujjatning haqiqiyligini
____________________________
tasdiqlovchi
Maʼlumotnomani bergan vakolatli organning nomi
QR-kod
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2018-y., 09/18/972/2250-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)