07.11.2018 yildagi PQ-4008-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijdagi, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — chet el fuqarolari deb yuritiladi) respublikadagi mehnat faoliyatini tartibga solish maqsadida mamlakatdan chiqish va unga kirishni tashkil etish tizimi va mexanizmlarini tartibga solish, shuningdek, mehnat organlarining faoliyatini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, xorijiy migrantlarning kirib kelishiga tanlovga oid yondashuvga asoslangan differensiyalashtirilgan immigratsiya siyosatiga qaratilgan zarur choralar koʻrilmadi. Oʻz oʻrnida, mutaxassislarning tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, malakali xorijiy menejerlarni jalb qilishdagi toʻsiqlarning bartaraf etilishi yalpi ichki mahsulotni xorijiy investitsiyalar kirib kelishi hisobiga oshganiga qaraganda yanada koʻproq oshishiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga koʻra, oʻtkazilgan tadqiqot natijalari mamlakatga malakali mehnat resurslarining kirib kelishiga toʻsqinlik qiluvchi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda. Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, chet ellik kadrlarni malaka toifalari boʻyicha huquqiy chegaralashning mavjud emasligi, shuningdek, har bir malaka oʻziga xosligining tartibga solinmaganligi tor doiradagi chet ellik mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlarni yuqori samaradorlikda amalga oshirish imkoniyatini bermayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishlariga ruxsat berishning ikki bosqichli tartib-taomillarining mavjudligi hozirgi zamon talablariga javob bermaydigan jiddiy byurokratik toʻsiq boʻlib qolmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mamlakatga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish sohasida kompleks jihatdan tartibga solingan vazifalarining mavjud emasligi ushbu sohani rivojlantirishga har tomonlama va samarali koʻmaklashishga imkon bermayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, malakali chet el fuqarolarini ragʻbatlantirish boʻyicha samarali mexanizmlarning mavjud emasligi, shuningdek, talab yuqori boʻlgan mutaxassislarga nisbatan afzallik rejimini qoʻllash amaliyotining yoʻlga qoʻyilmaganligi ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishga boʻlgan qiziqishining oshishiga yordam bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malakali chet ellik mutaxassislar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va uni mutlaqo yangi pogʻonaga koʻtarish hamda raqobatbardosh mehnat resurslarini jalb qilishni ragʻbatlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali chet ellik mutaxassislarni jalb qilish sohasida yaqin xalqaro hamkorlikni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali chet ellik mutaxassislarga ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat qilish huquqini roʻyobga chiqarishlariga har tomonlama koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali chet ellik mutaxassislarning elektron maʼlumotlar bazasini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining mehnat faoliyatini amalga oshirishining muntazam tahlili va monitoringini oʻtkazib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat migratsiyasi sohasidagi muammolarni oʻrganish, ushbu sohani takomillashtirish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish yoʻli bilan boʻshliq va kamchiliklarni aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2018-yil 1-dekabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni (keyingi oʻrinlarda — tasdiqnoma deb yuritiladi) olish (berish) boʻyicha yagona tartib-taomilni saqlagan holda yuqori malakali va malakali chet ellik mutaxassislarga nisbatan xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnomalarni olish (uzaytirish) zaruriyati haqidagi talab bekor qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali chet ellik mutaxassislarga tasdiqnomalarni rasmiylashtirish va berish (uzaytirish) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida, malakali chet ellik mutaxassislarga — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida toʻlov undiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali va malakali chet ellik mutaxassislarga berilgan tasdiqnomalarning amal qilish muddati ariza beruvchining istagiga koʻra ular berilgan kundan boshlab cheksiz miqdorda, biroq har bir holatda 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatgacha uzaytirish imkoniyati bilan 3 yilgacha boʻlgan muddatni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuqori malakali mutaxassislar deb quyidagi chet el fuqarolari tan olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallaydigan oliy taʼlim muassasalarini bitirgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eʼtirof etilgan mutaxassislik yoki diplomdagi mutaxassislik boʻyicha 5 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatiga jalb qilish shartlari yiliga 60 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan summada ish haqi (mukofot) olishni nazarda tutuvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) malakali mutaxassislar deb quyidagi chet el fuqarolari tan olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumotga ega boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eʼtirof etilgan mutaxassislik yoki diplomdagi mutaxassislik boʻyicha 5 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatiga jalb qilish shartlari yiliga 30 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan summada ish haqi (mukofot) olishni nazarda tutuvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yuqori malakali va malakali mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻrindoshlik asosida ishlash uchun tasdiqnoma olmasdan oʻrindoshlik asosida ishlash huquqiga egadirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yuqori malakali va malakali mutaxassislarga koʻp marotabali mehnat vizasi mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi amal qiladigan, biroq 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yuqori malakali va malakali mutaxassislarga berilgan mehnat vizalarining amal qilish muddatini uzaytirish ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish zaruriyatisiz mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi amal qiladigan, biroq har bir holatda 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) yuqori malakali mutaxassislarga va ularning oila aʼzolariga xohishiga koʻra mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi amal qiladigan muddatga yashash guvohnomasi rasmiylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yuqori malakali va malakali mutaxassislar 30 ish kuni ichida boshqa ish beruvchini qidirish huquqiga egadirlar, bu muddat davomida ularga berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalari oʻz kuchini saqlab qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ichki ishlar organlari, mehnat organlari, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari va diplomatik vakolatxonalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari va masʼul xodimlari ushbu qarorning 2-3-bandlarida nazarda tutilgan talablarga soʻzsiz rioya qilishlari haqida, shuningdek, vizalar berish (uzaytirish), yashash guvohnomalarini rasmiylashtirish, chet el fuqarolarini yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish muddatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida qatʼiy ogohlantirilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2018-yil 1-dekabrdan boshlab investitsiya kiritish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 8 500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari hech qanday ruxsat beruvchi tartib-taomillarni oʻtmagan holda mazkur tashkilotning istalgan lavozimida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan har yili tasdiqlanadigan xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oylik muddatda, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolari, yuqori malakali va malakali mutaxassislar tushunchasi va huquqiy maqomini belgilashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolari tomonidan maʼmuriy va fuqarolik-huquqiy tartib-taomillardan oʻtishning hamda mehnat munosabatlari sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilishning shaffof va ochiq tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolarining davlat xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmini yaratishni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda bir necha xalqaro tillarda (ingliz, nemis, arab, xitoy, rus va boshqalar) ishlaydigan Oʻzbekiston Respublikasiga kirish va undan chiqish tartib-taomillari, viza, yashash guvohnomasi olish, roʻyxatga turish, propiska qilinish tartibi, soliq solish mexanizmlari va mehnat munosabatlari xususiyatlari, chet el fuqarolari uchun imtiyoz va preferensiyalar boʻyicha batafsil axborotni nazarda tutuvchi hamda ish va uy-joy izlash boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga oluvchi maxsus axborot portalini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi maxsus portalni doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlash va axborot bilan taʼminlashni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbai etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus portalni yaratish boʻyicha — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus portalni doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlash va axborot bilan taʼminlash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, elektron ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralarning maslahati koʻmagida chet ellik shaxslarni ishga joylashtirishni samarali tashkil qilish sohasida mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni keng yoritish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini tushuntirish ishlarini tashkil qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oylik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yangilangan Nizomni tasdiqlash boʻyicha qaror loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlik va idoralar bir oylik muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 7-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4008-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2018-y., 07/18/4008/2168-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)