Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.02.2005 24.03.1992 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.03.1992 yildagi 139-son
Kuchga kirish sanasi
24.03.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.02.2005
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA BOShQARMASI (“OʻZGEODEZIYA”) FAOLIYATI MASALALARI
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi toʻgʻrisidagi, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi, davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan..
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geodeziya va kartografiya boshqarmasi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilova qilingan quyidagilar tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geodeziya nazorati haqida Nizom;
(1-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-yanvardagi 44-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2, 3, 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-yanvardagi 44-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Geodeziya va kartografiya boshqarmasining manzilgohi “Tabiat” davlat markazi Oʻzbekiston filialining binosi, Toshkent shahar, Chilonzor mavzesi, “S” dahasi, 56-uy, deb belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6, 7, 8-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-yanvardagi 44-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, korxonalar, tashkilotlar, kimning tasarrufida ekanligi va mulkiy egaligidan qatʼi nazar, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini olib borishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geodeziya nazorati haqidagi Nizomga amal qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 24-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139-son
Oldingi tahrirga qarang.
(nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-yanvardagi 44-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 24-martdagi 139-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geodeziya nazorati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. Oʻzbekiston Respublikasida davlat geodeziya nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi tizimiga kiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga, mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati bosh davlat inspektori hisoblanadi, uning oʻrinbosarlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasining nihoyasiga yetkazilgan topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini nazorat qilish va qabul qilishni amalga oshiruvchi xodimlari geodeziya nazorati davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodeziya va kartografiya faoliyati barcha subyektlarining meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya etishlarini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kartografiya rejalarida va boshqa hujjatlarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegaralari va hududining toʻgʻri ifodalanishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodeziya punktlarini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat kartografik-geodeziya fondining faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining doimiy maʼlumotnoma xaritasini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaysi idoraga boʻysunishlaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajariladigan topografiya-geodeziya, kartografiya, muhandislik-geodeziya, aero suratga olish (jumladan, muhandislik, yer osti kommunikatsiyalari va makonlarni grafik suratga olish) ishlarining tashkil etilishi, qoʻyilishi, ularning texnik darajasi va sifatini, ular tomonidan ishlarni bajarishda va geodezik maʼlumotlar, materiallar, rejalar va xaritalar, kosmik va aero suratlardan foydalanishda meʼyoriy hujjatlarga rioya qilinishini nazorat qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni olib borishning belgilangan tartibiga va geodeziya, kartografiya sohasida amaldagi meʼyoriy hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
natijalarni xalq xoʻjaligi tarmoqlarida va mudofaa ehtiyojlari uchun foydalanishi kerak boʻlgan tugallangan topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya ishlarini davlat yoʻli bilan qabul qilib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻllanilayotgan metodika va texnologiyalarning zamonaviy texnik darajaga mos kelishini hamda loyihalashtirilayotgan ishlardagi boshlangʻich maʼlumotlar va materiallarni hisobga olishning toʻlaligini tekshirish maqsadida topografiya-geodeziya va muhandislik-geodeziya, kartografiya ishlari bajarilishining texnik loyihalari (dasturlari) ni nazorat qilishni amalga oshiradi. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bu ishlarni bajarish uchun oldingi yillardagi ishlar boʻyicha boshlangʻich geodeziya maʼlumotlari va materiallarni, topografik kartalar hamda kadastr rejalarini, shuningdek, oʻrganilgan topografiya-geodeziya, aero suratga olingan va kadastr materiallardan foydalanishga ruxsat beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarining bajarilishi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda jamlanishini nazorat qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya ishlarini bajaruvchi korxonalar va tashkilotlarning hisobini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli viloyatlar, tumanlar, shaharlar, aholi yashash joylari va sanoat majmualari hududlarining topografiya-geodeziya, kartografiya jihatidan oʻrganilishning ahvolini va tashkilotlar tomonidan topografiya-geodeziya, kartografiya ishlarida koordinatlar va balandliklarning davlat hamda mahalliy tizimlarning qoʻllanilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodeziya punktlarining saqlanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini hamda amaldagi qonunchilik va yoʻriqnomalarga muvofiq ularning tiklanishini nazorat qiladi, respublikadagi geodeziya punktlarini hisobga olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosib chiqarilayotgan kartalar va atlaslarda Davlat chegaralari, shelf chegaralari, viloyatlar va tumanlar, shaharlar va shaharchalar maʼmuriy chegaralarining grafik jihatidan toʻgʻri chizilishini, xorijiy davlatlar va boshqa elementlarning xaritalar hamda atlaslarning saqlashini, shuningdek, aholi yashash joylari va geografik obyektlarning toʻgʻri nomlanishi va aniq ifodalanishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xaritalar, rejalar va atlaslarni tuzish va bosib chiqarish (koʻpaytirish) ning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topografiya-geodeziya ishlari bajariladigan uchastkalarni bevosita tadqiq etish va texnik hamda loyiha-smeta hujjatlarini tekshirish yoʻli bilan topografiya-geodeziya ishlarining barcha turlari boʻyicha materiallar va hujjatlarni nazorat qiladi; bu ishlar va kosmik suratlarning hisobga olinishi, saqlanishi, koʻpaytirilishi va ulardan foydalanilishi ahvolini tekshiradi, tekshirish natijalari boʻyicha xulosalar (dalolatnomalar) tuzadi, tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar maʼmuriyatlari ular bilan albatta tanishtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda geodeziya punktlari, texnik hisobotlar, topografiya va topografiya rejalari koordinatlari jamgʻarilishini nazorat qiladi, ushbu fondlarning geodeziya nazorati inspeksiyasi bilan tegishlicha kelishuvsiz toʻplanishiga yoʻl qoʻymaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topografiya-geodeziya, kartografiya ishlari bajarilishida xalq xoʻjaligi tarmoqlarining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini oʻrganadi, materiallar va maʼlumotlar bilan taʼminlaydi, vazirliklarda, davlat qoʻmitalarida va idoralarda, korxonalar va muassasalarda bu ishlarni rejalashtirishda qatnashadi, xalq xoʻjaligida va mudofaa ehtiyojlari uchun koʻp maqsadli foydalanish manfaatlari yoʻlida, shuningdek, parallellik va bir-birini takrorlashga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ularning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya va kartografiya ishlarini yuritish masalalari boʻyicha, shu jumladan, ishlar va aerokosmik suratlarning natijalari boʻyicha olingan maʼlumotlarni va materiallarni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi hamma uchun majburiy boʻlgan yoʻriqnomalar, meʼyorlar, qoidalar, standartlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan topografiya-geodeziya, kartografiya ishlarining qoʻyilishi, tashkil etilishi, nazorat qilinishi va qabul qilinishi hamda ishlar va materiallar maʼlumotlaridan foydalanishga daxldor boʻlgan majburiy tartibda taqdim etiladigan idoralarga qarashli yoʻriqnomalarni, normativ hujjatlarni, qoidalarni, dalolatnomalarni va tarmoq standartlarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topografiya-geodeziya, kartografiya ishlarini bajarish uchun normativ-texnik hujjatlarni, yoʻriqnomalar va standartlarni belgilangan tartibda kelishib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan topografiya-geodeziya va kadastr ishlarini hisobga olishni va inspeksiyaning arxiv fondida roʻyxatdan oʻtkazishni, xalq xoʻjaligida foydalanish uchun bu ishlar va aerokosmik suratga olishlar natijalari boʻyicha maʼlumotlar va materiallarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash va tarqatishni amalga oshiradi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni zarur axborotlar bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodezik punktlar va geografik obyektlar koordinatlarini, kosmik va aerosuratlar, xaritalar, atlaslar, joylarning yoki koʻrgazmalarda va televideniyeda namoyish qilish mumkinligi toʻgʻrisida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geodezik oʻlchovlar, texnologiyalar, ilgʻor tajriba va standartlashtirish birligini taʼminlash uchun topografiya-kartografiya va kadastr ishlarini bajarishda yagona texnika siyosatini va ularga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat kartografiya-geodeziya va kadastr fondi hujjatlarini tanlash, toʻldirish, hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish boʻyicha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
(1—4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini qabul qilish va nazorat qilish tartibi manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi (“Oʻzdavkadastr”)” tomonidan tasdiqlanadigan davlat geodeziya nazorati toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma bilan tartibga solinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasiga quyidagi huquqlar beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq xoʻjaligini zarur materiallar bilan oʻz vaqtida taʼminlash hamda ishlarning parallelligi va bir-birini takrorlashiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarining istiqbol rejalarini soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini tayyorlash, shuningdek, bu ishlar boʻyicha maʼlumotlar va materiallarni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, koʻpaytirish va ulardan foydalanishga tegishli normativ-texnik hujjatlarni soʻrash va kelishish uchun olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topografiya-geodeziya va kartografiya ishlari bajarilishini, agar ular ruxsatsiz yoki hamma uchun majburiy boʻlgan normativ hujjatlar talablari buzilgan holda oʻtkazilayotgan boʻlsa, toʻxtatib qoʻyish, bunday hollarda davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi ruxsatnomani olib qoʻyadi hamda yuqori tashkilotlarni va mablagʻ bilan taʼminlovchi banklarni ular tomonidan zarur choralar koʻrilishi uchun xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilgan ishlar boʻyicha kartogrammalar, maʼlumotlar va materiallarni hisobga olish va hududning topografik-geodezik oʻrganilishini tahlil qilish uchun, shuningdek, tarmoqlararo davlat topografiya-geodeziya arxiv fondini toʻldirish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan, ularning idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, kartogrammalar, maʼlumotlar va materiallarning oʻz vaqtida taqdim etilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslariga topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini oʻtkazish uchun masʼul shaxslar sifatida bu ishlarni olib borish texnologiyasi va tartibidagi, shuningdek, bu ishlar va aerokosmik suratga olishlar natijalari boʻyicha maʼlumotlar va materiallarni toʻplash, hisobga olish, saqlash, koʻpaytirish va ulardan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining roziligi bilan davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq tugallangan topografiya-geodeziya va kartografiya ishlari va tekshirishlarini qabul qilib olish uchun mutaxassislarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishga doir faoliyati natijalarini tahlil etish va umumlashtirish, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga takliflar kiritish va koʻrsatib oʻtilgan ishlarning texnologiyasini tashkil etish, tannarxini pasaytirish ularning sifatini oshirish, shuningdek, bu ishlarning maʼlumotlari va materiallarini toʻplash, hisobga olish, saqlash, koʻpaytirishni va ulardan foydalanishni yaxshilash yuzasidan belgilangan tartibda kengash chaqirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarish tartibi va bu ishlarning materiallaridan foydalanish masalalari boʻyicha paydo boʻladigan nizolarni hal etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topografiya-geodeziya ishlarini bajarish huquqini berish uchun ruxsatnoma (litsenziya)lar berish yuzasidan takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geodeziya nazoratining mansabdor shaxslari qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarga egadirlar.
(6-band oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qarori bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va toʻgʻri amalga oshirish uchun, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini olib borishni, bu ishlar boʻyicha maʼlumotlar va materiallarni toʻplash, hisobga olish, saqlash, koʻpaytirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq masalalarning obyektiv koʻrib chiqilishi uchun javob beradi, davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshiruvchi yoki bu ishlar va kosmik suratga olishlar maʼlumotlari va materiallaridan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (ularning idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar)ning rahbarlari nazorat qiluvchi shaxslarga-geodeziya nazorati davlat inspektorlariga tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur sharoitlar (avtotransport, xizmat binolari, aloqa vositalari bilan taʼminlash)ni yaratib berishga, shuningdek, ularga ishlab chiqarish-texnika va loyiha-smeta hujjatlari taqdim etishga hamda davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tushuntirish berishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasining faoliyati respublika budjeti mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi geodeziya nazorati Davlat inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-yanvardagi 44-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)