Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 18.10.2018 yildagi 833-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakat iqtisodiyotida muhim oʻrin tutuvchi Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Navoiy viloyati hokimligi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi maʼmuriyatining 2018-yil oktyabr-noyabr oylarida Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlash (keyingi oʻrinlarda tadbir deb ataladi) toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirga bagʻishlangan bayram tantanalariga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrish va yuksak saviyada oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil noyabr oyida kon-metallurgiya sohasini innovatsion rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirning moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirish va ularning maqsadli sarflanishini nazorat qilish. Bunda tadbirni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Navoiy viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari va homiylik xayriyalari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Navoiy viloyati hokimligi Navoiy shahar hokimligi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining tashkil topishi va rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga tadbirni keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 18-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
833-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-oktabrdagi 833-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi

2.

A. Sultanov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

3.

F. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari (kelishilgan holda)

4.

Q. Tursunov

Navoiy viloyati hokimi

5.

Q. Sanaqulov

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori

6.

A. Xaydarov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

B. Asadov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

D. Nazarmuxamedov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

M. �azarov

Navoiy shahar hokimi

10.

L. Tangriyev

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori

11.

A. Xodjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.

12.

A. Kuchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-oktabrdagi 833-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Muddati

Ijro uchun masʼullar

1.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahri haqida telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2018-yil

oktyabr — dekabr

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,
“Dunyo” axborot agentligi

2.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligiga bagʻishlangan kitob-albom nashr etish.

2018-yil

oktyabr

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi,

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi

3.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahrining tarixi va mustaqillik yillaridagi rivojlanishi haqida publitsistik ocherk va maqolalar toʻplamini nashr etish.

2018-yil

oktyabr

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat kor�onasi,

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi

4.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahrining tarixi, bugungi rivojlanish bosqichlari haqida hujjatli film yaratish.

2018-yil

oktyabr

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi,

Navoiy viloyati hokimligi,

Navoiy shahar hokimligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

5.

“Oʻzbekiston konchilik xabarnomasi” jurnali va “Doʻstlik bayrogʻi”, “Znamya drujbi”, “Konchilar hayoti”, “Navoiy ziyosi” gazetalarining Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligiga bagʻishlangan maxsus sonini tayyorlash va chop ettirish.

2018-yil

oktyabr

Navoiy viloyati hokimligi,

Navoiy shahar hokimligi,

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi,
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi

6.

Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalariga MDH davlatlarida istiqomat qilayotgan mehnat faxriylarini taklif etish.

2018-yil

oktyabr

Navoiy viloyati hokimligi,

Navoiy shahar hokimligi,

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati”

davlat korxonasi, Tashqi ishlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

7.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining xorijiy hamkor kompaniyalari vakillarini bayram tadbirlariga taklif etish.

2018-yil

oktyabr

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi,

Tashqi ishlar vazirligi

8.

Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi 60 yilligi munosabati bilan xorijiy va respublika ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Media tur va matbuot anjumanini tashkil etish.

2018-yil

oktyabr

Navoiy viloyati hokimligi,

Navoiy shahar hokimligi,

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi,
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

“Dunyo” axborot agentligi

9.

Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi 60 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri ishtirokchilari uchun esdalik sovgʻalarini tayyorlash va topshirish.

2018-yil

oktyabr

Navoiy viloyati hokimligi,

Navoiy shahar hokimligi,

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi

10.

Kon-metallurgiya sohasini innovatsion rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazish.

2018-yil

noyabr

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

11.

Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalarini oʻtkazish:

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga qarashli “Farxod” madaniyat saroyida tantanali yigʻilish oʻtkazish va mazkur madaniyat saroyi hamda Navoiy viloyatining ijodiy jamoalari ishtirokida konsert dasturlarini tashkil qilish;

Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻida xalq sayillarini tashkil etish.

2018-yil

noyabr

Navoiy viloyati hokimligi,

Navoiy shahar hokimligi,

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi,
Madaniyat vazirligi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2018-y., 09/18/833/2069-son)