Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.1992 17.02.1992 yildagi 66-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.02.1992 yildagi 66-son
Kuchga kirish sanasi
17.02.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.1992
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OʻZBEKISTONNING TARAQQIYOT ISTIQBOLINI BELGILASh QOʻMITASINING FAOLIYATI MASALALARI
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi (“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 7-avgustdagi 367-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 13-fevraldagi Farmoniga muvofiq hamda respublikaning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlashning milliy dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish hamda bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini belgilashning rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish taraqqiyot istiqbollarini belgilash va parametrlarini aniqlash sohasida respublika iqtisodiy organlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, konsernlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy boshqaruv organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun respublikaning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtishi dasturlari, yirik iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy muammolarni hal qilish loyihalarini, aholining turmush darajasi va ijtimoiy muhofazasini oshirishga oid davlat siyosatini shakllantirish, investitsiya, pul muomalasini tartibga solish va moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish, xalq xoʻjaligi tuzilmalarini qayta qurish borasidagi takliflarni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar ishtirokida yirik investitsiya dasturlari prognozlari ekspertizasini oʻtkazish va ularni Vazirlar Mahkamasining tasdigʻiga kiritish, xorijiy investitsiyalardan belgilangan maqsadda va samarali foydalanishni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika organlari, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy boshqaruv organlaridan, shuningdek, idoraviy boʻysunishlaridan qatʼi nazar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan oʻz vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan statistik maʼlumotlar va materiallarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhim xalq xoʻjaligi muammolarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarini, parametrlarini ishlab chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini, ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, oliy oʻquv yurtlari va boshqa muassasalarni, shuningdek, ayrim olimlar va yirik mutaxassislarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga berilgan vakolatlar doirasida meʼyoriy va metodik hujjatlarni tasdiqlash, noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarining 180 nafardan iborat (xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni hisobga olmagan holda), tegishli ish haqi fondiga ega boʻlgan cheklangan miqdori belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaga Qoʻmita raisining besh nafar oʻrinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga hamda shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 9 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat maqomi, moddiy-maishiy taʼminot, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlariga koʻra Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari vazirlarga, Raisning oʻrinbosarlari — vazirning birinchi oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi Raisiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita markaziy apparati faoliyatining yoʻnalishi va tuzilmasi oʻzgarishi munosabati bilan markaziy apparatdan boʻshatiladigan xodimlar uchun ishga joylashish davrida, lekin uch oydan koʻp emas, ularning avvalgi ish joyida olgan lavozim maoshlarini saqlab qolish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi tashkil etilganligi munosabati bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida mavjud viloyatlar va Toshkent shahar reja komissiyalari negizida 20—30 kishidan iborat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishni prognozlash va iqtisodiyotni muvofiqlashtirish boʻyicha boshqarma tashkil etilsin. Belgilab qoʻyilsinki, aytib oʻtilgan hududiy boshqarmalar hokimliklarning va Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi boʻysunishida boʻladi hamda ularga hisob berib turadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nohiyalar, shaharlardagi nohiyalar va shaharlar hokimlari huzurida mavjud nohiya va shahar reja komissiyalari xodimlari soni va mablagʻlari hisobidan nohiya, shahar iqtisodiyoti rivojlanishini muvofiqlashtirish boʻyicha 3—8 kishilik boʻlimlar tashkil etilsin. Bu hududiy organlarga metodik rahbarlik qilish Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoʻmita faoliyati yoʻnalishini hisobga olgan holda, uning ilmiy va axborot bilan taʼminlanish darajasini oshirish maqsadida unga qarashli ilmiy-tadqiqot tashkilotlari qaytadan tashkil etilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasining hisoblash markazi bor boʻlgan Iqtisodiyot va normativlar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Axborot va texnik-iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasining Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi bir oy muddat ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun, Qoʻmitaning yangi funksiyalari va faoliyati yoʻnalishlarini hisobga olgan holda, Qoʻmita toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti toʻgʻrisidagi Nizomni, uning xodimlari soni va tuzilmasini tasdiqlasin. Institut faoliyatining ilmiy yoʻnalishi, ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tizimi tubdan qayta koʻrib chiqilsin, rahbarlik qilish darajasi oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasiga bogʻlik “Hayot va iqtisod” (“Jizn i ekonomika”) jurnalini taʼsis etish va nashr qilish huquqi berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 26-avgustdagi 300-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday amalga oshirilayotganligi 1992-yil may oyida koʻrib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 17-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66-son

Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 17-fevraldagi 66-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OʻZBEKISTONNING TARAQQIYOT ISTIQBOLINI BELGILASh QOʻMITASINING MARKAZIY APPARATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Rais

Raisning birinchi oʻrinbosari — ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni va tashqi iqtisodiy aloqalarni prognozlash kompleksi rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xalq xoʻjaligi balansi parametrlarini prognozlash yigʻma boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor iqtisodiyotini shakllantirishni tahlil etish boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mintaqalar iqtisodiyoti rivojlanishi istiqbollari va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishini prognozlash boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport imkoniyatlarini prognozlash va eksport-import boʻyicha mahsulot yetkazib berishlarni boshqarib borish boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi boʻlim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais oʻrinbosari — sanoat, yoqilgʻi-energetika resurslari rivojlanishini va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarishni prognozlash kompleksi rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishini prognozlash yigʻma boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoqilgʻi-energetika kompleksi rivojlanishini prognozlash boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mashinasozlikni rivojlantirishni prognozlash boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mineral-xomashyo resurslarini, kimyo va metallurgiyaning rivojlanishini prognozlash boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq isteʼmoli mollari va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va prognozlash boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais oʻrinbosari — dehqonchilik sanoati kompleksi rivojlanishini prognozlash kompleksining rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balanslar va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi rivojlanishini prognozlash boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqonchilik sanoati kompleksi qayta ishlash tarmoqlarini istiqbolli rivojlantirishni muvofiqlashtirish boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqonchilik sanoati kompleksi rivojlanishini investitsiyalash boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya va tabiatdan oqilona foydalanish boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais oʻrinbosari — ijtimoiy rivojlanish va aholini himoya qilish kompleksi rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy rivojlanishni prognozlash, aholining ish bilan taʼminlanishi va ijtimoiy himoya qilinishini boshqarish boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol bozorini, pul muomalasini prognozlash va boshqarish boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi va madaniyat boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlashning rivojlanishini muvofiqlashtirish va prognozlash boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais oʻrinbosari — investitsiyalarni va fan-texnika taraqqiyotini prognozlash kompleksi rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va fan-texnika taraqqiyotini prognozlash yigʻma boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish industriyasi va pudrat ishlari bozorini boshqarish boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binokorlik materiallari sanoati, yogʻoch-taxta tayyorlash va yogʻochga ishlov berishning rivojlanishini prognozlash boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy-kommunal qurilishning rivojlanishini muvofiqlashtirish boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport, informatika va aloqa tizimining rivojlanishini muvofiqlashtirish va istiqbollari boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlar boshqarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasarrufidagi tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hayot va iqtisod” (“Jizn i ekonomika”) jurnali tahririyati