Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi va Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi 180-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3825-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi bir hafta muddatda Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti hamda Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlasin.
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-dekabrdagi 989-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 1-martdagi 151-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-iyul,
579-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyuldagi 579-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3825-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbarining (keyingi oʻrinlarda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining faoliyati hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kommunal xoʻjaligi tizimini rivojlantirish, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini, transport kommunikatsiyalarini modernizatsiyalash, kapital qurilishda islohotlarni, pudrat ishlari dasturlarini izchil amalga oshirish, qurilish ishlari va arxitektura ishlari sifatini nazorat qilish, qurilish industriyasini rivojlantirish masalalarini hal etishga yoʻnaltirilgan.
5. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
2-bob. Bosh vazir birinchi oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
6. Quyidagilar Bosh vazir birinchi oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining markaziy apparati, uning boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari bilan yaqin oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” ijrosining borishi ustidan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yoʻli bilan tizimli nazoratni taʼminlash;
kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Kompleks, shuningdek, uning tarkibiga kiradigan vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalarining xodimlari malakasini oshirish va Kompleksda kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.
7. Quyidagilar Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tahlil qilish sohasida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasini, viloyatlarni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va darajasini kompleks tahlil qilish, mavjud nomutanosibliklar, zaxiralarni va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo resurslarini, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash;
asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasining, tarkibiy va institutsional qayta oʻzgartirishlarning, mahalliy budjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularni tezkor hal etish boʻyicha takliflar kiritgan holda ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlash;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, boshqa hududiy dasturlarni monitoring va tahlil qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholashning samarali metodikalari va indikatorlarini joriy etish;
hududlarning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirishning holati boʻyicha kompleks tahliliy materiallarni, shuningdek hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, qabul qilingan hududiy dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
har bir hududning oʻziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan ularning hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qisqa muddatli va uzoq muddatli taʼsirini kompleks baholash;
b) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning ishlab chiqiladigan iqtisodiy koʻrsatkichlari, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat va qishloq xoʻjaligi, investitsiyalar, savdo aylanmasi, eksport, isteʼmol narxlari indeksi, bandlik koʻrsatkichlari asoslanganligini ekspert jihatidan baholash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, shuningdek har bir hududning oʻziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasini, viloyatlarni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni kompleks va jadal rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
hududlar iqtisodiyotining barqarorligini va muvozanatli faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, har bir hududning mineral-xomashyo resurslaridan, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismini kengaytirish, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning subvensiyaviyligini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, oʻzaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda hududlarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi xomashyosini sanoat yoʻli bilan chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni barpo etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
hududlarni kompleks rivojlantirishning, tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalashning joriy, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarini, shu jumladan mintaqaviy investitsiya dasturlarini, sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlarini, mahalliylashtirish dasturini, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturlarini, ish oʻrinlari tashkil etish va bandlikni taʼminlash dasturlarini, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish, ayniqsa paxta tolasi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha dasturlarni, xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini hamda boshqa hududiy dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish;
shaharlar, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetlari parametrlari bilan bogʻliqlikda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ishlab chiqilayotgan dasturlarini moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilash;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, davlatning maqsadli dasturlari, qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, “yoʻl xaritalari”, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublika hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, iqtisodiyotdagi, eng avvalo, sanoat va qishloq xoʻjaligidagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlar boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
faol tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, biznes-subyektlarni dinamik va barqaror rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilishga va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini taʼminlash uchun hududiy boshqaruv organlari masʼuliyatini oshirishga koʻmaklashish;
hududlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari tayyorlanishini tashkil etish;
v) aholi hayoti sifati va darajasini oshirish sohasida:
demografik jarayonlarni va hududlar aholisi jins va yosh tarkibini, aholi bandligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarining darajasi va tuzilmasini, aholi hayoti darajasini, shuningdek madaniy-maʼrifiy ishlar sohasida ishlarning holatini tizimli tahlil qilish;
joylarda, ayniqsa qishloq joylarda aholining bandligi holatini chuqur tahlil qilish va shu asosda mehnat bozorini rivojlantirish va boshqarish, demografik omillarni va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilgʻor shakllarini joriy etish, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish hisobiga aholining ayniqsa, yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
aholi daromadlari oʻsishini taʼminlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki isteʼmol bozorini toʻldirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
aholiga tibbiy, taʼlim va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va salomatligini himoya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida mutaxassislar nomenklaturasini takomillashtirish va oʻzgartirish, shuningdek oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, koʻrsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suv va sanitariya jihatidan tozalash tizimi, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon va qulay uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarini rivojlantirish dasturlari, aholi bandligini taʼminlash, arzon va qulay uy-joy qurish dasturlari amalga oshirilishi, shuningdek demografik jarayonlar dinamikasi va aholi hayoti darajasi, amalga oshiriladigan madaniy-maʼrifiy ishlarning holati va natijalari toʻgʻrisida tahliliy materiallar tayyorlash;
aholining elektr energiyasi, tabiiy gaz va koʻmir bilan taʼminlanganligini uzluksiz taʼminlashning holatini oʻrganish va takliflar kiritish;
g) aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqot qilish sohasida:
muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, shuningdek hududlarni yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha aholining fikrlari va qonuniy talablarini oʻrganish va tahlil qilish;
aholining fikrini va qonuniy talablarini tahlil qilish asosida tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ularni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlarni, shuningdek qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, zarur hududiy dasturlarni qabul qilish yoxud amaldagi dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqot qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish masalalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tahlil qilish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqish;
d) Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish sohasida:
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara boʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining chegara boʻyida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish, muhandislik-texnik jihatdan jihozlash, shuningdek chegara boʻyi muammolarini hal qilish boʻyicha ishlarni samarali tashkil uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar koʻrish;
xalqaro hamkorlik, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha arxiv, kartografiya materiallarini va boshqa materiallarni yigʻish, umumlashtirish, turkumlash va har tomonlama tahlil qilish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etish;
e) kommunal xoʻjaligi sohasida:
kommunal xoʻjaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida rivojlantirishning prognozlari va eng muhim dasturlari ishlab chiqilishini va ularning bajarilishini tashkil etish;
kommunal sohada monitoringni taʼminlash, ushbu sohadagi holat va vaziyatni tahlil etish, kommunal xizmat koʻrsatishdagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kommunal xizmat koʻrsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, “yoʻl xaritalari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etish boʻyicha faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga va kommunal xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirishga doir vazifalarning kompleks hal etilishini tashkil qilish;
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari bilan birgalikda kommunal xizmat koʻrsatish uchun tariflar oshganda aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, aholi punktlarini rivojlantirish sxemalariga va bosh rejalarga muvofiq suv taʼminoti, kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, suv taʼminoti tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini taʼminlash;
suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va kommunal soha tashkilotlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlarini zamonaviy hisobga olish priborlari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishni taʼminlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qoʻllashni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
arzon koʻp kvartirali uy-joylar, suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, koʻp kvartirali, shu jumladan eskirib ketgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini xatlovdan oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish;
koʻp kvartirali uy-joylarning yondosh hududlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga muvofiq saqlash ishlarini tashkil etish, koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, majburiy badallar va foydalanish xarajatlarini, koʻp kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari va normalarini belgilashga doir talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qilish, ushbu soha tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini taʼminlash;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini, uy-joy-kommunal xoʻjaligi metodologiyasini hisobga olgan holda uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
uy-joy-kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda oʻquv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish;
j) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida:
atrof-muhit sifat holatining kafolatli darajasiga erishishga, tabiatni muhofaza qilishga, insonning yashash muhiti sifatida biosferaning va uning ekologik tizimlari barqarorligini saqlab qolishga va odamlarning ekologik xavfsizligi, inson va uning boʻlgʻusi avlodlari genofondi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;
tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasida maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan oʻzaro hamkorlik qilishini muvofiqlashtirish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, “yoʻl xaritalari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati va oʻzaro hamkorligi samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklashning ustun darajadagi iqtisodiy usullarini keng qoʻllash, hamma joyda resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqarishni tashkil etish chora-tadbirlarini, shuningdek, xoʻjalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga noxush taʼsirini pasaytirish va oldini olish boʻyicha aholining ekologik xavfsizligini kafolatlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, respublikada sanitariya va ekologiya vaziyatini yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli taʼsirini bartaraf etish, chiqindilarning hosil boʻlishini qisqartirish va xoʻjalik faoliyatiga jalb etilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish maqsadida ekologik taʼlim va taʼlim, shuningdek, ekologik bilimlarni targʻib qilish sohasida tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini va normativ-metodik bazani takomillashtirish;
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining soʻzsiz va sifatli bajarilishiga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli, oʻrta muddatli va qisqa muddatli respublika va hududiy ekologik dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish;
fuqarolarni atrof-muhitga, uning resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash, tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni targʻib qilish va yoyish, ekologik taʼlim darajasini oshirish, shuningdek, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan ishlash sohasida qonun buzilishlarini profilaktika qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolarning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlari masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati istitutlari bilan yaqindan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ekologik muammolarni hal etishda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
z) transport sohasida:
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport sohasining faoliyat koʻrsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
yoʻlovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va uni oqilona tashkillashtirish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat koʻrsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
raqobat muhitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
transport xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikatsiya qilishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport tarmogʻi korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va sanoat mahsulotlarining yangi turlari oʻzlashtirilishini taʼminlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari tizimini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan transport korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potensial investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etish, shu asosda transport parkini modernizatsiyalash va yangilashni taʼminlashni chuqur oʻrganish va ekspert baholashni oʻtkazish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash va tahlil qilish;
avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sifati nazorat qilinishini muvofiqlashtirish;
avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi uchun energiya resurslari bilan taʼminlashni muvofiqlashtirish;
yoʻl ishlari moliyalashtirilishini muvofiqlashtirish;
koʻmir qazib olish, sotish va uni tashish dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
aholini, iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani koʻmir xomashyosi bilan zarur miqdorda oʻz vaqtida taʼminlash;
i) qurilish sohasida:
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida, shuningdek kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlarning va siyosatning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, muhim xalq xoʻjaligi obyektlari qurilishida, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni taʼminlash hamda holat va vaziyatni tahlil qilish;
shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish masalalari va kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xoʻjalik munosabatlariga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, arzon uy-joylar qurish, boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
shaharsozlik faoliyati va kapital qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
obyektlarning shaharsozlik hujjatlarini shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash darajasini oshirish hamda tartibini takomillashtirish;
loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda yangi samarali mexanizmlarni joriy etish va tanlov savdolari oʻtkazish darajasini oshirish, shuningdek shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;
shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurish boʻyicha dasturiy hujjatlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
innovatsiya texnologiyalarini va montajning ilgʻor tizimlarini joriy etish, shuningdek ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj ishlarini industriyalashtirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash asosida ularni tashkil etishni takomillashtirish yoʻli bilan maxsus va montaj ishlarini tashkil etish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini tahlil qilish;
yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda Qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholashni oʻtkazish;
pudrat tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
kapital qurilish sohasida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
kapital qurilish va arxitektura sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash va tahlil qilish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek ularning hududiy va idoraviy mansub boʻlinmalari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qilish;
vakolatli davlat organlari tomonidan loyiha-qidiruv tashkilotlarining obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir faoliyati monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan shaharsozlik yechimlarining samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy parametrlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
belgilangan talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini belgilangan tartibda cheklash, toʻxtatib turish yoki taqiqlash choralarini koʻrish;
shaharsozlik subyektlari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati ustidan texnik nazorat, shuningdek mualliflik nazorati amalga oshirilishi holatini oʻrganish;
vakolatli davlat organlari tomonidan arxitektura va qurilish sohasida ruxsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
noqonuniy qurilishning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanishning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlarining tizimli monitoringini amalga oshirish;
qurilishda ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda yangi konstruktiv yechimlar qoʻllanilishini oʻrganish va tahlil qilish, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini oʻrganish;
k) qurilish industriyasi sohasida:
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni taʼminlash va ishlarning holatini tahlil qilish;
qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, shuningdek ushbu sohalarda xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qurilish materiallari sanoatini yangi texnologiyalar, qurilish asbob-uskunalari, texnika, materiallar bilan taʼminlashning kompleks dasturlarini shakllantirishni taʼminlash;
qurilish materiallarining ilgʻor turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qurilish industriyasi korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va sanoat mahsulotlarining yangi turlari oʻzlashtirilishini taʼminlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan qurilish industriyasi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potensial investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholashni oʻtkazish;
qurilish industriyasini yanada modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshli eksportbop va importning oʻrnini bosadigan tayyor mahsulotlar turlarini mahalliy xomashyoni qayta ishlash negizida ishlab chiqarishni koʻpaytirish ishlarini tashkil etish;
potensial xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda ishlab chiqarishga zamonaviy ilgʻor, energiyadan samarali foydalanadigan va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shu asosda tarmoqning eksport potensialini oshirish, ana shunday mahsulotlarni import qilishni bosqichma-bosqich qisqartirish ishlarini tashkil etish;
qurilish industriyasi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
qurilish industriyasi korxonalarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
qurilish industriyasi korxonalarini jadal rivojlantirish uchun xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha dasturiy maʼlumotlarning amalga oshirilishini tahlil qilish;
l) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
“yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlashni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifida va respublika hududlariga safarida Kompleks vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlar, materiallar taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
8. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining markaziy apparati, uning tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga rahbarlik qiladi;
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara boʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalarini muvofiqlashtiradi;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda Kommunal soha, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentiga bevosita rahbarlik qiladi;
Kompleks yurituviga kiradigan masalalar boʻyicha mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining Vazirlar Mahkamasi qarorini talab qiladigan masalalar boʻyicha takliflari koʻrib chiqilishini tashkil etadi;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari tadbirlari soʻzsiz va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan oldini oluvchi choralar koʻradi;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridagi va boshqa tashkilotlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda kiritadi;
Kompleks yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, “yoʻl xaritalari”ning, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda Kommunal soha, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish,transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining departament mudiri, mudir oʻrinbosari, shuʼba mudirlari, bosh va yetakchi mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlashni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda amalga oshiradi;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda Kommunal soha, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish,transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining departament mudiri, mudir oʻrinbosari, shuʼba mudirlari, bosh va yetakchi mutaxassislari hamda inspektorlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentida hamda Kommunal soha, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish,transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentida va tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida lavozimlarga kadrlarni tanlash va taʼsirchan kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi.
9. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari tegishli komissiyalar (kengashlar)ga rahbarlik qiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri boshchilik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish, natijalari yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
3-bob. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
10. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari boʻyicha — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni, zarurat boʻlganda, puxta ishlash uchun qaytarish.
Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining oʻzi boshqaradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
11. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari:
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kompleks vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
rahbarlik qilinayotgan Kompleksdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kompleks vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kompleks vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, hududlarni rivojlantirishning investitsiyaviy (davlat) dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi hamda ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi taʼminlanishi uchun javob beradi.
4-bob. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
12. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
13. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish yoʻli bilan, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish,transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyuldagi 579-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi apparati deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departament faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi, ayni vaqtda Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Departament oʻz faoliyatini:
Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha — Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, tijorat banklari hamda boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, shuningdek, tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari faoliyati masalalari boʻyicha — Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati;
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaraboʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini masalalari boʻyicha — Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Davyergeodezkadastr”, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, “Oʻzarxiv” agentligi, boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Departamentga ushbu Nizomga muvofiq yuklangan vazifalar va funksiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari apparatlarining tegishli axborot-tahlil guruhlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari orqali amalga oshiriladi.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari apparatlarining axborot-tahlil guruhlari va tashkiliy-nazorat guruhlari (ijro intizomi borasida) tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar, Toshkent shahri hokimlariga va Departamentga hisobot beradilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari apparatlarining axborot-tahlil guruhlari rahbarlari lavozimga Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari bilan kelishgan holda, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tayinlanadi.
2-bob. Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining markaziy apparati, uning boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari bilan yaqin oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari hamda va Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” ijrosining borishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlash;
kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Departament shuningdek, Kompleks tarkibiga kiradigan vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalarining xodimlari malakasini oshirish va rahbarlar tarkibiga va mutaxassislar lavozimlariga kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.
8. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:
asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional tub oʻzgarishlar va mahalliy budjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, maqsadli davlat dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, shuningdek, har bir hududning oʻziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni jadal va kompleks rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
aholining daromadlari oʻsishini va xarid qilish qobiliyati darajasini oshirishni va ichki isteʼmol bozorini toʻldirishni taʼminlash masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, xususiy mulk manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari va ularning manfaatlariga rioya etilishi kafolatlarini taʼminlash uchun hududiy boshqaruv organlari masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil qilish;
hududlar iqtisodiyotining barqaror va muvozanatli faoliyatini taʼminlash, har bir hududning mineral-xomashyo resurslaridan, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy budjetlar daromad qismini kengaytirishga doir takliflar ishlab chiqish, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning subvensiyaga qaramligini qisqartirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, oʻzaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shaharlar va tumanlarda jamiyatni demokratlashtirish jarayonlarini hamda mamlakat sanoatini texnologik jihatdan modernizatsiyalashni, iqtisodiyotda, avvalo, sanoat va qishloq xoʻjaligida tarkibiy oʻzgarishlarni chuqurlashtirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning ishlab chiqiladigan iqtisodiy koʻrsatkichlari prognozlari, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari, investitsiyalarni jalb etish, savdo aylanmasi, eksport, isteʼmol narxlari indeksi, bandlik koʻrsatkichlari asoslanganligini ekspert jihatidan baholash;
hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyati ishtirokida uchrashuvlar, sessiyalar oʻtkazilishi bilan bogʻliq materiallarni tayyorlash va umumlashtirish;
b) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi monitoringi sohasida:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda hududlarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral xomashyo va qishloq xoʻjaligi xomashyosini sanoat yoʻli bilan yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va shu asosda eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi hamda turlarini kengaytirishga doir dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;
hududlarni kompleks rivojlantirishning, tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalashning joriy, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarini, shu jumladan mintaqaviy investitsiya dasturlarini, sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlarini, mahalliylashtirish dasturini, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturlarini, ish oʻrinlari tashkil etish va bandlikni taʼminlash dasturlarini, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish, ayniqsa paxta tolasi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha dasturlarni, xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini hamda boshqa hududiy dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish;
shaharlar, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetlari parametrlari bilan bogʻliq holda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ishlab chiqilayotgan dasturlarini moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilash;
hududlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari tayyorlanishini tashkil etish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari hamda darajasini kompleks tahlil qilish, mavjud nomutanosibliklarni, zaxiralar va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo resurslari, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish, ushbu dasturlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlash hamda ularni tezkor hal etish boʻyicha takliflar kiritish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va boshqa hududiy dasturlarning amalga oshirishi va uning natijadorligi monitoringi va tahlili tizimini takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholashning samarali metodlari va indikatorlarini joriy etish;
hududlar iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirishning joriy holati boʻyicha kompleks tahliliy materiallar, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, ilgari qabul qilingan hududiy dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
har bir hududning oʻziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan ularning hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qisqa muddatli va uzoq muddatli taʼsirini kompleks baholash;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va respublika Hukumatining hududlarni rivojlantirishning tizimli muammolari boʻyicha topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish sohasida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, shuningdek, tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari bilan birgalikda murojaatlar uchun asos boʻlgan tizimli huquqbuzarliklar sabablari hamda sharoitlarini aniqlashni tahlil qilish, tahlil yakunlari boʻyicha dasturlar, shuningdek, ushbu huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;
mahalliy ijro hokimiyati organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar va takliflar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha topshiriqlariga doir maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, topshiriqlar bajarilishi joriy monitoringi va nazoratini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyati ishtirokida hududlarda oʻtkazilgan uchrashuvlar, sessiyalar yakunlari boʻyicha qabul qilingan hujjatlarni tahlil qilish;
muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, hududlarni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan aholining fikri hamda qonuniy talablarini muntazam ravishda oʻrganish va tahlil qilish;
aholining fikri hamda qonuniy talablarini oʻrganish va tahlil qilish natijalarini hisobga olgan holda tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar bilan birgalikda oʻtkir muammolarni bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar, shuningdek, qonunchilikni yanada takomillashtirish, zarur hududiy dasturlar ishlab chiqish yoki amaldagi dasturlarga tuzatishlar kiritishga doir takliflar ishlab chiqish;
aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʻz vaqtida sifatli koʻrib chiqilishini taʼminlash masalalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi organlar faoliyati samaradorligini tahlil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari bilan bogʻliq tahliliy materiallar tayyorlash;
mahalliy ijro etuvchi organlarda ijro intizomining ahvolini tahlil qilish;
g) aholi hayoti sifati va darajasini oshirish sohasida:
xalq bilan bevosita muloqot oʻrnatish va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻli bilan “Inson manfaati — hamma narsadan yuqori” tamoyilini hayotga tatbiq etishni taʼminlash;
demografik jarayonlarni va hududlar aholisi jinsi va yoshi, bandlik darajasi va tarkibini tizimli asosda tahlil qilish;
joylarda, ayniqsa, qishloq joylarda aholi bandligining holatini chuqur tahlil qilish va shu asosda mehnat bozorini rivojlantirish va boshqarish, demografik omillarni va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish oʻrinlari tashkil etishni hisobga olgan holda, ishga joylashtirishning ilgʻor shakllarini joriy etish hisobiga aholi, ayniqsa yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
aholining daromadlari oʻsishini taʼminlash, xarid qilish qobiliyati darajasini oshirish va ichki isteʼmol bozorini toʻldirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
aholiga tibbiy, taʼlim va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, aholining ayrim qatlamlarini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, koʻrsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suv va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan taʼminlash, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon va qulay uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarini rivojlantirish dasturlari, aholi bandligini taʼminlash, arzon va qulay uy-joy qurish dasturlari amalga oshirilishi, shuningdek, demografik jarayonlar dinamikasi va aholining hayot darajasi, amalga oshiriladigan madaniy-maʼrifiy ishlarning holati va natijalari toʻgʻrisida tahliliy materiallar tayyorlash;
aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va koʻmir bilan uzluksiz taʼminlash holatini oʻrganish va takliflar kiritish;
d) Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaraboʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalari boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining chegaraboʻyi hududida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish, muhandislik-texnik jihatdan jihozlash, shuningdek, chegaraboʻyi muammolarini hal qilish ishlarini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar koʻrish;
xalqaro hamkorlik, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha arxiv, kartografiya materiallarini va boshqa materiallarni yigʻish, umumlashtirish, turkumlash va har tomonlama tahlil qilish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etish;
e) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
“yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Departament vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini taʼminlash;
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlar, materiallar muntazam taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;
uyma-uy yurish va aholi bilan uchrashuvlarda eng quyi daraja — mahallada aniqlangan dolzarb muammolar yakunlari boʻyicha tumanlar (shaharlar)ni rivojlantirishga doir “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishga koʻmaklashishni taʼminlash;
hududlarda “yoʻl xaritalari”ning amalga oshirilishi samaradorligini har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish.
9. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari ijrosi muntazam ravishda oʻrganilishi va nazorat qilinishini taʼminlaydi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomining holatini tahlil qiladi, tahlil natijalari haqida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri manfaatlariga daxl qiluvchi boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va kelishadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarining kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha ularni himoya qilishni tashkil etadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taʼminlash bilan bogʻliq masalalarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishini tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qiladigan masalalar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining takliflari koʻrib chiqilishini tashkil etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishini taʼminlaydi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqadi;
oʻz yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari, hududiy maqsadli dasturlar boʻyicha maʼlumotlar bazasi tashkil etilishi, yuritilishi va muntazam yangilanishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan majlislarni tayyorlash, shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosini nazorat qilishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarining materiallari tayyorlanishi hamda ularning oʻtkazilishini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi.
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish masalalari boʻyicha ishchi guruhlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalari ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini, jamoatchilik tomonidan muhokama qilinishini, ular boʻyicha takliflar va xulosalar umumlashtirilishini tashkil etadi, ularning puxta ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritilishini taʼminlaydi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari huzurida himoya qilinishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari va koʻrsatmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlaridan kelib chiqib, shuningdek, ularning amalga oshirilishi samaradorligini tahlil qilish natijalarini hisobga olib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qabul qilingan dasturlariga zarur tuzatishlar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha nazorat rejalari, tarmoq jadvallari va boshqa tashkiliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari roʻyobga chiqarilishi muvofiqlashtirilishini va muntazam ravishda nazorat qilinishini tashkil etadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari tadbirlari soʻzsiz va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan oldini oluvchi choralar koʻradi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi monitoringini olib boradi va tahlil qiladi, natijalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun zarur tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga yuklangan vazifalar bajarilishi boʻyicha ularning faoliyati samaradorligini tahlil qiladi va tahlil natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga ushbu rahbarlar boʻyicha takliflar kiritadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlari faoliyatini tahlil qiladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, shaharlar va tumanlar hokimlariga tegishli takliflar kiritadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shuningdek, tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari bilan birgalikda murojaatlar uchun asos boʻlgan tizimli huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash maqsadida tahlil oʻtkazadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari bilan bogʻliq tahliliy materiallar tayyorlaydi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomi holatini tahlil qiladi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar va takliflar ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaraboʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalari boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining chegaraboʻyi hududida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilash, muhandislik-texnik jihatdan jihozlash, shuningdek, chegaraboʻyi muammolarini hal qilish ishlarini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
xalqaro hamkorlik, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha arxiv va boshqa materiallarni yigʻish, turkumlash va har tomonlama tahlil qilish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etadi.
Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
10. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy va prognozlashtirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi masalalari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjatlarini toʻxtatib turish va bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlar xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar va yigʻilishlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash masalalari va boshqa masalalar boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish;
zarur boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
11. Departament:
oʻziga yuklangan, ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida koʻrsatilgan vazifalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazorat taʼminlanishi;
Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy holatini har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari tashkil qilinishi va hal etilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishining taʼminlanishi hamda ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan oʻzaro bogʻlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan nazorat taʼminlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Departamentning tuzilmasi
12. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, Departament mudirining oʻrinbosari, shuningdek:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari shuʼbasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va respublika Hukumatining hududlarni rivojlantirishning tizimli muammolari boʻyicha topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish shuʼbasi;
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari shuʼbasi kiradi.
Har bir shuʼba tarkibiga shuʼba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
13. Departament ishlariga Departament mudiri rahbarlik qiladi.
14. Departament mudiri, Departament mudirining oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
15. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, mudir oʻrinbosari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejalari, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mudir oʻrinbosari, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari mutasaddilik qilinadigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishi tizimli monitoringi boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi ish rejasiga asosan kompleks oʻrganishlar yoʻli bilan, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Kompleks, Departament majlislarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkaziladigan yigʻilishlarda hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali taʼminlanadi.
16. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlik qiladi, oʻz oʻrinbosari va mutaxassislar ishlarini tashkil etadi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Departamentning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini tashkil etadi va hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga ruxsat belgisi (viza) qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
respublikaning tegishli hududlarida iqtisodiy islohotlar holati va natijadorligining tizimli monitoringi tashkil etilishi va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasiga va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya qilinayotgan nomzodlar boʻyicha takliflarni, mutaxassislarning kasbiy darajasini va amaliy malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda jazolash choralarini puxta ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
oʻrinbosar va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek, Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Kompleks rahbariga kiritadi, Departament mudiri oʻrinbosari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kelgan va respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departamentning ish yuritish sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Departament xodimlarining malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlarning amaliy zaxirasini shakllantirish va ularni moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini qoʻllash choralarini koʻradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
17. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini oʻrinbosari bajaradi.
18. Departament mudirining oʻrinbosari:
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi hamda oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini muvofiqlashtiradi, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini, erishilgan natijalar monitoringini doimiy asosda taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi, Departamentning tegishli davrga moʻljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishi va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Departament mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;
tegishli masalalar boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilab borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar bilan oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi,
Departament mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha Departament mudiriga takliflar kiritadi;
mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida Departament mudiriga takliflar taqdim etadi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
19. Shuʼba mudiri:
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shuʼbaga biriktirilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirish va mutaxassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli davr uchun tasdiqlangan ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament mudiriga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga kiritadi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departamentning ish yuritish sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departament mudiri topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni koʻrib chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi muhokama qiladi;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri bir vaqtning oʻzida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan Toshkent shahri boʻyicha masʼul hisoblanadi va bosh mutaxassislarga respublikaning tegishli hududlari boʻyicha yuklangan funksiyalarni bajaradi.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi monitoringi masalalari shuʼbasi mudiri hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasida hokimliklar, vazirliklar va idoralar ishlarini muvofiqlashtiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va respublika Hukumatining hududlarni rivojlantirishning tizimli muammolari boʻyicha topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish shuʼbasi mudiri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari uchun materiallar tayyorlaydi.
20. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert xulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga va shuʼba mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
tegishli hududlar boʻyicha bosh mutaxassislar Departamentga yuklangan vazifalarning bajarilishini tashkil etish uchun har oyda joylarga xizmat safarlariga chiqadilar;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
21. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert xulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiri, shuʼba mudiri va bosh mutaxassisga, shuningdek, belgilangan tartibda — Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar va boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qiladi;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
22. Inspektor Departamentda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishi va arxivda saqlashga oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyuldagi 579-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining apparatini kommunal xoʻjaligini isloh qilish va rivojlantirish, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport va transport kommunikatsiyalari, kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish, qurilish ishlari va arxitektura ishlari sifatini nazorat qilish, qurilish industriyasini rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbariga (keyingi oʻrinlarda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari deb ataladi) boʻysunadi, ayni paytda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining markaziy apparati, uning boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari bilan yaqin oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari hamda va Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” ijrosining borishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlash;
kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Departament shuningdek, Kompleks tarkibiga kiradigan vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalarining xodimlari malakasini oshirish va rahbarlar tarkibiga va mutaxassislar lavozimlariga kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.
7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) kommunal xoʻjaligi sohasida:
kommunal xoʻjaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida rivojlantirishning prognozlari va eng muhim dasturlari ishlab chiqilishini va ularning bajarilishini tashkil etish;
kommunal sohada monitoringni taʼminlash, ushbu sohadagi holat va vaziyatni tahlil etish, kommunal xizmat koʻrsatishdagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kommunal xizmat koʻrsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, “yoʻl xaritalari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etish boʻyicha faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga va kommunal xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirishga doir vazifalarning kompleks hal etilishini tashkil qilish;
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari bilan birgalikda kommunal xizmat koʻrsatish uchun tariflar oshganda aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, aholi punktlarini rivojlantirish sxemalariga va bosh rejalarga muvofiq suv taʼminoti, kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, suv taʼminoti tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini taʼminlash;
suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va kommunal soha tashkilotlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlarini zamonaviy hisobga olish priborlari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishni taʼminlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qoʻllashni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
arzon koʻp kvartirali uy-joylar, suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, koʻp kvartirali, shu jumladan eskirib ketgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini xatlovdan oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish;
koʻp kvartirali uy-joylarning yondosh hududlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga muvofiq saqlash ishlarini tashkil etish, koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, majburiy badallar va foydalanish xarajatlarini, koʻp kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari va normalarini belgilashga doir talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qilish, ushbu soha tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini taʼminlash;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini, uy-joy-kommunal xoʻjaligi metodologiyasini hisobga olgan holda uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
uy-joy-kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda oʻquv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish;
b) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida:
atrof-muhit sifat holatining kafolatli darajasiga erishishga, tabiatni muhofaza qilishga, insonning yashash muhiti sifatida biosferaning va uning ekologik tizimlari barqarorligini saqlab qolishga va odamlarning ekologik xavfsizligi, inson va uning boʻlgʻusi avlodlari genofondi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;
tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasida maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan oʻzaro hamkorlik qilishini muvofiqlashtirish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, “yoʻl xaritalari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati va oʻzaro hamkorligi samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklashning ustun darajadagi iqtisodiy usullarini keng qoʻllash, hamma joyda resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqarishni tashkil etish chora-tadbirlarini, shuningdek, xoʻjalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga noxush taʼsirini pasaytirish va oldini olish boʻyicha aholining ekologik xavfsizligini kafolatlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, respublikada sanitariya va ekologiya vaziyatini yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli taʼsirini bartaraf etish, chiqindilarning hosil boʻlishini qisqartirish va xoʻjalik faoliyatiga jalb etilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish maqsadida ekologik taʼlim va taʼlim, shuningdek, ekologik bilimlarni targʻib qilish sohasida tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini va normativ-metodik bazani takomillashtirish;
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining soʻzsiz va sifatli bajarilishiga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli, oʻrta muddatli va qisqa muddatli respublika va hududiy ekologik dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish;
fuqarolarni atrof-muhitga, uning resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash, tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni targʻib qilish va yoyish, ekologik taʼlim darajasini oshirish, shuningdek, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan ishlash sohasida qonun buzilishlarini profilaktika qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolarning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlari masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati istitutlari bilan yaqindan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ekologik muammolarni hal etishda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
v) transport sohasida:
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport sohasining faoliyat koʻrsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, “yoʻl xaritalari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati va oʻzaro hamkorligi samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
yoʻlovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va uni oqilona tashkillashtirish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat koʻrsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
raqobat muhitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
transport xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikatsiya qilishga doir takliflar ishlab chiqish;
transport tarmogʻi korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va sanoat mahsulotlarining yangi turlari oʻzlashtirilishini taʼminlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
transport va transport kommunikatsiyalari tizimini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan transport korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potensial investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etish, shu asosda transport parkini modernizatsiyalash va yangilashni taʼminlashni chuqur oʻrganish va ekspert baholashni oʻtkazish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash va tahlil qilish;
avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sifati nazorat qilinishini muvofiqlashtirish;
avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi uchun energiya resurslari bilan taʼminlashni muvofiqlashtirish;
yoʻl ishlari moliyalashtirilishini muvofiqlashtirish;
koʻmir qazib olish, sotish va uni tashish dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
aholini, iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani koʻmir xomashyosi bilan zarur miqdorda oʻz vaqtida taʼminlash;
g) qurilish sohasida:
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida, shuningdek kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlarning va siyosatning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, muhim xalq xoʻjaligi obyektlari qurilishida, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni taʼminlash hamda ishlarning umumiy holati va joriy vaziyatni tahlil qilish;
shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish masalalari va kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xoʻjalik munosabatlariga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
shaharsozlik faoliyati va kapital qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
obyektlarning shaharsozlik hujjatlarini shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash darajasini oshirish hamda tartibini takomillashtirish;
loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda yangi samarali mexanizmlarni joriy etish va tanlov savdolari oʻtkazish darajasini oshirish, shuningdek shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;
shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurish boʻyicha dasturiy hujjatlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
innovatsiya texnologiyalarini va montajning ilgʻor tizimlarini joriy etish, shuningdek ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj ishlarini industriyalashtirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash asosida ularni tashkil etishni takomillashtirish yoʻli bilan maxsus va montaj ishlarini tashkil etish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini tahlil qilish;
yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda Qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholashni oʻtkazish;
pudrat tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
kapital qurilish sohasida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
kapital qurilish va arxitektura sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash va tahlil qilish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek ularning hududiy va idoraviy mansub boʻlinmalari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qilish;
vakolatli davlat organlari tomonidan loyiha-qidiruv tashkilotlarining obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir faoliyati monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan shaharsozlik yechimlarining samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy parametrlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
belgilangan talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini belgilangan tartibda cheklash, toʻxtatib turish yoki taqiqlash choralarini koʻrish;
shaharsozlik subyektlari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati ustidan texnik nazorat, shuningdek mualliflik nazorati amalga oshirilishi holatini oʻrganish;
vakolatli davlat organlari tomonidan arxitektura va qurilish sohasida ruxsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
noqonuniy qurilishning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanishning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlarining tizimli monitoringini amalga oshirish;
qurilishda ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda yangi konstruktiv yechimlar qoʻllanilishini oʻrganish va tahlil qilish, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini oʻrganish;
d) qurilish industriyasi sohasida:
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni taʼminlash va ishlarning holatini tahlil qilish;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, “yoʻl xaritalari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati va oʻzaro hamkorligi samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, shuningdek ushbu sohalarda xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qurilish materiallari sanoatini yangi texnologiyalar, qurilish asbob-uskunalari, texnika, materiallar bilan taʼminlashning kompleks dasturlarini shakllantirish;
qurilish materiallarining ilgʻor turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qurilish industriyasi korxonalarida foydalaniladigan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va sanoat mahsulotlarining yangi turlari oʻzlashtirilishini taʼminlovchi butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlarni jalb etish, shu jumladan qurilish industriyasi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini potensial investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etishni chuqur oʻrganish va ekspert baholashni oʻtkazish;
qurilish industriyasini yanada modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshli eksportbop va importning oʻrnini bosadigan tayyor mahsulotlar turlarini mahalliy xomashyoni qayta ishlash negizida ishlab chiqarishni koʻpaytirish ishlarini tashkil etish;
potensial xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda ishlab chiqarishga zamonaviy ilgʻor, energiyadan samarali foydalanadigan va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, shu asosda tarmoqning eksport potensialini oshirish, ana shunday mahsulotlarni import qilishni bosqichma-bosqich qisqartirish ishlarini tashkil etish;
qurilish industriyasi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
qurilish industriyasi korxonalarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
qurilish industriyasi korxonalarini jadal rivojlantirish uchun xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf boʻyicha dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishini tahlil qilish;
e) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
“yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlashni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Departament vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlar, materiallar taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallarni takliflarni tayyorlaydi;
ijtimoiy-iqtisodiy, tarkibiy va maʼmuriy islohotlar masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini, hududlardagi ishlarning holatini shu jumladan joylarga borgan holda oʻrganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
tegishli tarmoqlarni va sohalarni rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy oʻzgartirishlarni, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish, tegishli tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, bayonnomalari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni puxta ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleksliligi hamda ularning sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishi, shuningdek ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi;
Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
9. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun davlat organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari vakillarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ekspert guruhlar tashkil qilish;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining, Bosh vazir oʻrinbosarlarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Departament:
oʻziga yuklangan, ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, hududlarni rivojlantirishning investitsiyaviy (davlat) dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishining taʼminlanishi hamda ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Departamentning tuzilmasi
11. Departamentning tuzilmasiga mudir, Departament mudirining oʻrinbosari, shuningdek:
kommunal xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish shuʼbasi;
transport shuʼbasi;
kapital qurilish va qurilish industriyasi shuʼbasi kiradi.
Shuʼbalar tarkibiga shuʼba mudiri, bosh mutaxassislar va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
12. Departament ishlariga Departament mudiri rahbarlik qiladi.
13. Departament mudiri, mudir oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
14. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, uning oʻrinbosari, shuʼba mudirlari, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Departamentning ish rejasi, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Departament mudiri oʻrinbosarining, shuʼba mudirlarining va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini olib borish boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Kompleks, Departament majlislarida hisobotlarni eshitish va tegishli maʼlumotlar bankini yuritish yoʻli bilan tashkil etiladi.
15. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar va Departament mudirining oʻrinbosari, shuʼba mudirlari, mutaxassislar va inspektorlarning ishlarini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
shuʼba mudirlari, mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbariga kelishish hamda tasdiqlash uchun kiritadi, Departament mudiri oʻrinbosari, shuʼba mudirlari, mutaxassislar ish rejalarini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Departament xodimlarining malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlarning amaliy zaxirasini shakllantirish va ularni moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini qoʻllash choralarini koʻradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
16. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini mudir oʻrinbosari bajaradi.
17. Departament mudirining oʻrinbosari:
shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishlarini muvofiqlashtiradi hamda oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishini nazorat qiladi;
tegishli masalalar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlashtirilgan bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularning muntazam toʻldirilishi va yangilanishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departament mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalar taqsimoti yuzasidan takliflar kiritadi;
Departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va jazo berish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
18. Shuʼba mudiri:
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shuʼbaga birkitilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, “yoʻl xaritalari”ni Hukumat qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Vazirlar Mahkamasi, Departamentning tasdiqlangan ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament mudiriga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga kiritadi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga va uning oʻrinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, tarmoqlarni yanada rivojlantirish, shuningdek Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departament mudiri va mudir oʻrinbosari topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga va shuʼba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuʼba mudiriga taqdim etadi.
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuʼba mudiriga, bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”ning, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Departament mudiri, uning oʻrinbosari va shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.