Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5868-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2019-yil 13-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼkidlash lozimki, tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda koʻmaklashish, mulkdorlarning oʻzlariga tegishli boʻsh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona va maqsadli foydalanish boʻyicha masʼuliyatini kuchaytirish borasida koʻrilayotgan choralar amalda oʻz samaradorligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlashda yondashuv va ish uslubining tubdan oʻzgartirilishi bir yarim mingdan ortiq faoliyat koʻrsatmayotgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash va oʻn ikki mingdan ortiq ish oʻrinlari yaratish imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, hududlarda hanuzgacha davlatga va davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalarga tegishli boʻlgan, shuningdek, ajratilgan yer uchastkalarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan qurilgan hamda sobiq jamoa va shirkat xoʻjaliklarini tugatish davrida sotib olingan katta miqdordagi faoliyat koʻrsatmayotgan va samarasiz foydalanilayotgan binolar va qurilishi tugallanmagan obyektlar saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur holat yangi ish oʻrinlari yaratish imkoniyatining yoʻqotilishiga, ishlab chiqarish quvvatlarining maʼnan eskirishi va jismonan yemirilishiga olib kelayotgan boʻlib, ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrishni talab etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyat koʻrsatmayotgan va foydalanilmasdan turgan obyektlar mulkdorlari, barcha darajadagi rahbarlarning mazkur obyektlardan oqilona va maqsadli foydalanilishi boʻyicha masʼuliyatini kuchaytirish, shuningdek, korxonalarni faol xoʻjalik faoliyatiga jalb etish hamda shu asosda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ilgari xususiylashtirilgan obyektlarni xoʻjalik faoliyatiga jadal jalb etish boʻyicha amaldagi mexanizmni mulk huquqining vujudga kelish asoslari va egallagan maydon hajmidan qatʼi nazar barcha toifadagi qurilishi tugallanmagan obyektlar, boʻsh turgan binolar, noturar inshootlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlariga (keyingi oʻrinlarda foydalanilmayotgan obyektlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish boʻyicha namunaviy tarkibdagi idoralararo komissiyalar (keyingi oʻrinlarda idoralararo komissiyalar deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar)da foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish boʻyicha namunaviy tarkibdagi ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda ishchi guruhlar deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiyalar rahbarlari etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, ishchi guruhlar rahbarlari etib tegishli tuman (shahar) hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Idoralararo komissiyalarga quyidagilar amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy monitoring natijalariga koʻra tegishli hududdagi foydalanilmayotgan obyektlarni aniqlash va ularning roʻyxatlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilmayotgan obyektlar faoliyatini tiklash, ishlab chiqarishni tashkil etish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha “yoʻl xaritalari” va investitsiya loyihalarini mulkdorlar bilan birga ishlab chiqish, shuningdek, ularni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilmayotgan obyektlar faoliyatini tiklash boʻyicha takliflarni taqdim etmagan yoki tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” ijrosini taʼminlamayotgan mulkdorlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan taʼsir choralarini qoʻllash haqida xulosalar chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish va ishchi guruhlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar va tijorat banklari kreditlarini olishda koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat mulki boʻlgan foydalanilmayotgan obyektlar oʻrnatilgan tartibda sotiladi, davlat-xususiy sheriklik asosida, shu jumladan ijaraga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) foydalanilmayotgan obyektlarning xususiy mulkdorlariga quyidagi taʼsir choralari qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarga — soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni umumbelgilangan tartibda toʻlashga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarga — mol-mulk va yer soliqlarini ikki karra mikdorda toʻlash, 6 oy oʻtgandan soʻng — besh karra, 12 oy oʻtgandan soʻng va keyinchalik — oʻrnatilgan stavkaga nisbatan oʻn karra miqdorda toʻlashga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar amal qilishini toʻxtatish.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-dekabrdagi PQ-4064-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2018-y., 07/18/4064/2343-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning 4-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan taʼsir choralari idoralararo komissiya xulosasiga asosan mulkdorning idoralararo komissiya xulosasi bilan tanishganidan keyingi oydan boshlab qoʻllanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo komissiyaning taʼsir choralarini qoʻllash haqidagi xulosasini chiqarish uchun mulkdor tomonidan foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish boʻyicha takliflar taqdim etilmaganligi yoki foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritasi”ning bajarilmasligi asos boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo komissiya qarori komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bunda idoralararo komissiya yigʻilishida uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilmayotgan obyektlarning mulkdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli soʻrovnomasi kelib tushganidan keyin ikki oy muddatda foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish, shu jumladan ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish obyektini barpo etish, obyektni aniq ijarachilarga taqdim etish, muayyan investorlar (sheriklar)ni jalb etish boʻyicha choralarni, shuningdek, foydalanilmayotgan obyekt faoliyatini tiklashning aniq muddatlari va moliyalashtirish manbalarini nazarda tutadigan takliflarni taqdim etishlari shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish boʻyicha takliflar yuqori turuvchi tashkilot (mavjud boʻlgan taqdirda) bilan kelishilgan “yoʻl xaritasi” koʻrinishida taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish boʻyicha “yoʻl xaritasi” idoralararo komissiya va balansda saqlovchining yuqori turuvchi tashkiloti (mavjud boʻlgan taqdirda) tomonidan ochiq muhokama yoʻli bilan, shuningdek, mulkdor, balansda saqlovchi (ularning vakillari) takliflarini inobatga olgan holda va ularning ishtirokida tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning 4-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan, oshirilgan stavkalar boʻyicha soliqlar idoralararo komissiya qaroriga asosan faqat ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishga jalb etilmagan qismiga nisbatan qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Foydalanilmayotgan obyektlarni xoʻjalik faoliyatiga jalb etish sxemalari 3-4-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, mazkur qarorning 4-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan taʼsir choralari quyidagi mulkdorlarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan tadbirkorlik subyektlariga ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish vazifasi yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning aybiga koʻra investitsiya loyihasini amalga oshira olmagan mulkdorlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni (investitsiya loyihasini) taqdim etgan va amalga oshirishni boshlaganlarga — idoralararo komissiyaning mulkdor (uning roziligi boʻlgan taqdirda boshqa tashabbuskorlar, shu jumladan ijaraga oluvchilar) tomonidan “yoʻl xaritasi” (investitsiya loyihasi) taqdim qilingan, shuningdek, uning amalga oshirilishi haqidagi xulosasi sanasidan keyingi kalendar choraklikdan boshlab.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga idoralararo komissiya xulosasi belgilangan tartibda yetkazilganidan keyingi oyning 10 sanasiga qadar foydalanilmayotgan obyektlarning mulkdorlari — soliq toʻlovchilar tomonidan tegishli shakldagi soliq hisob-kitoblari taqdim etilmagan taqdirda idoralararo komissiya xulosasi asosida mol-mulk va yer soliqlarini oshirilgan stavkalar boʻyicha hisoblash va hisoblangan summalarni ularning shaxsiy kartochkalariga kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo komissiyalar rahbarlariga — oʻz faoliyatida xolislik va ochiqlik prinsiplariga amal qilib, foydalanilmayotgan obyektlarni tiklash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligiga alohida eʼtibor qaratgan holda, komissiyaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning soʻzsiz va sifatli bajarilishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar (shaharlar) sektorlari rahbarlariga — foydalanilmayotgan obyektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan mulkdorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish, shuningdek, ularda yuzaga keladigan muammoli masalalarni hal etish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga — idoralararo komissiyalarning ishchi organi funksiyalarini bajarish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga — idoralararo komissiyaning xulosasi chiqarilgan mulkdorlarga nisbatan mazkur qarorda nazarda tutilgan taʼsir choralarining oʻz vaqtida va soʻzsiz qoʻllanilishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo komissiyalar va ishchi guruhlar aʼzolariga — oʻzlari vakil boʻlgan davlat boshqaruvi organi va tashkilotlarning masʼuliyat sohalari boʻyicha javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi ikki oy muddatda oʻzlariga tegishli boʻlgan foydalanilmayotgan obyektlarni tanqidiy tahlil qilsin va tahlil natijalariga koʻra obyektlardan samarali foydalanish yuzasidan aniq chora-tadbirlardan iborat boʻlgan “yoʻl xaritalari” yoki ularni tumanlar (shaharlar) hokimliklariga berish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda foydalanilmayotgan obyektlar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirishni va elektron tarzda maʼlumot almashishni, shuningdek, ularning mulkdorlariga nisbatan taʼsir choralari qoʻllanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishchi guruhlarning tegishli murojaatidan soʻng bir oy davomida foydalanilmayotgan obyektlar boʻyicha kadastr hujjatlarining rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda mazkur qaror mazmun-mohiyati keng yoritilishini hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi har chorakda mazkur qaror ijrosi boʻyicha koʻrilayotgan choralar natijalari va samaradorligi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 4-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3928-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish boʻyicha idoralararo komissiyalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
—
Idoralararo komissiya raisi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish hamda kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari
—
Idoralararo komissiya raisi oʻrinbosari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, Davlat raqobat qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Savdo-sanoat palatasi boshqarmalari boshliqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat mulki obyektlarini balansda saqlovchi tashkilotlar rahbarlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:

Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi Idoralararo komissiya ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya aʼzolari boshqa lavozimga oʻtganda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar (shaharlar)da foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish boʻyicha ishchi guruhlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimi
—
Ishchi guruh raisi
Tuman (shahar) hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari
—
Ishchi guruh raisi oʻrinbosari
Tuman (shahar) prokurorining tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari
—
Ishchi guruh raisi oʻrinbosari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy boshqarmasi vakili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi vakili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman (shahar) kadastr boʻlimi boshligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi boshligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tijorat banklari vakili (kelishuvga koʻra, har bir bankdan bittadan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman (shahar) IIB vakili — uchastka inspektori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat mulki obyektlarini balansda saqlovchi tashkilotlar rahbarlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari xizmati Ishchi guruhning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh aʼzolari boshqa lavozimga oʻtganda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish mexanizmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

(1) Tumanlar (shaharlar)da foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish boʻyicha ishchi guruhlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlari.

(3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish boʻyicha idoralararo komissiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-son qaroriga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanilmayotgan xususiy mulk obyektlarini xoʻjalik faoliyatiga jadal tarzda jalb etish mexanizmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) Tumanlar (shaharlar)da foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish boʻyicha ishchi guruhlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish boʻyicha Idoralararo komissiyalar.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-dekabrdagi PQ-4064-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2018-y., 07/18/4064/2343-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3928-son qaroriga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 23-fevraldagi PQ-2796-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1, 2, 3, 5, 6 va 7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“inventarizatsiyadan oʻtkazish paytida binolar va noturarjoy xonalari umumiy maydonining 50 foizdan koʻprogʻi (bir bino yoki noturarjoy xonasi konturi doirasida) tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish)da foydalanilmay kelingan boʻlsa (mavsumiy tusdagi faoliyatni amalga oshiradigan korxonalar bundan mustasno), boʻsh turgan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari sifatida eʼtirof etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi loyiha-smeta hujjatida belgilangan normativ muddatlarda tugallanmagan, qurilishning belgilangan normativ muddati mavjud boʻlmagan taqdirda — qurilish boshlangan sanadan boshlab 24 oy mobaynida qurib bitkazilmagan hollarda koʻchmas mulk obyektlari qurilishi tugallanmagan obyektlar sifatida eʼtirof etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 07/18/3928/1830-son, 19.12.2018-y., 07/18/4064/2343-son)