Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-avgustda roʻyxatdan oʻkazildi, roʻyxat raqami 3060]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2019-yil 8-dekabrdagi 248-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3210, 13.01.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibini belgilash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmondon B. TAShMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 25-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
199-son

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2018-yil 25-iyuldagi 199-son buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (bundan buyon matnda Milliy gvardiya deb yuritiladi) boʻlinmalariga fuqarolar va muddatli harbiy xizmatchilar orasidan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va harbiy xizmatga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan fuqarolar qoida tariqasida doimiy yashash joylari boʻyicha Milliy gvardiya boʻlinmalariga murojaat etishlari lozim.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2018-yil 24-sentabrdagi 243-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3060-1, 10.10.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 10/18/3060-1/2031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tanlovda quyidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan (oʻtayotgan) va safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqaddam oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlar tarkibidagi lavozimlarda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlov quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda suhbat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy-professional tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy koʻrik.

4. Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilishda nomzod boʻyining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faxriy qorovul va boshqa barcha boʻlinmalarga — 185 santimetrdan past boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Otliq askarlar eskadroniga — 175 santimetrdan past boʻlmasligi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2018-yil 24-sentabrdagi 243-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3060-1, 10.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 10/18/3060-1/2031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan maxsus talablarga javob bermaydigan ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan fuqarolar, tor ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar, shuningdek sportning alohida turlari boʻyicha respublika yoki xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilar hamda sport ustalari istisno tariqasida Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinishiga ruxsat etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2018-yil 24-sentabrdagi 243-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3060-1, 10.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 10/18/3060-1/2031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy taʼlim muassasalarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan ayol jinsidagi nomzodlarning boʻyi 165 santimetrdan past boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yakka tartibda suhbatni tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nomzodlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazishni taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya boʻlinmalarida tegishli boʻlinma boshligʻi yoki komandirining buyrugʻi bilan Yakka tartibda suhbat oʻtkazish komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi tarkibi Milliy gvardiya boʻlinmasi boshligʻi yoki komandiri, uning oʻrinbosarlari hamda boʻlinma harbiy xizmatchilari orasidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya boʻlinmasi boshligʻi yoki komandiri Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi kotibi nomzod haqidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomzodlarni roʻyxatga olish jurnaliga qayd etadi hamda nomzodning yakka tartibdagi suhbatga kirishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasining tegishli aʼzosi tomonidan nomzod mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan talabga javob berishini aniqlash maqsadida uning boʻyi oʻlchanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodning boʻyi Milliy gvardiyaning tegishli boʻlinmasi uchun belgilangan talabga javob bermagan hollarda Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasining qaroriga asosan nomzod tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok etishi rad etiladi (mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan nomzodlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan talabga javob bergan nomzodga mazkur Nizom talablari, harbiy xizmatchining huquq va majburiyatlari, harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq shartlar va imtiyozlar tushuntiriladi va nomzodning yakka tartibdagi suhbatni davom ettirish istagi bor yoki yoʻqligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nomzod yakka tartibdagi suhbatni davom ettirish istagini bildirganda, u bilan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Yakka tartibda suhbat oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida suhbat oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi aʼzolari tomonidan nomzodni tanlovning keyingi bosqichlariga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasining qarori shu vaqtning oʻzida Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi kotibi tomonidan toʻldiriladigan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Suhbat varaqasiga tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nomzod suhbat yakunida Suhbat varaqasi bilan imzo qoʻyish orqali tanishtiriladi. Bunda, Suhbat varaqasida koʻrsatilgan qaror yuzasidan nomzodning eʼtirozlari boʻlsa, nomzod shu vaqtning oʻzida ushbu Suhbat varaqasida eʼtirozlarini bayon etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzod Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilayotgan xonani tark etgandan keyin Suhbat varaqasiga yozuvlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Harbiy-professional tanlash tadbirlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Harbiy-professional tanlash tadbirlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
individual-psixologik oʻrganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Harbiy-professional tanlash tadbirlari Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan Harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha doimiy komissiya (bundan buyon matnda Doimiy komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Doimiy komissiya tarkibi Milliy gvardiya markaziy devonining tegishli boʻlinmalari harbiy xizmatchilari orasidan shakllantiriladi. Doimiy komissiya tarkibiga kelishuv asosida vazirlik va idoralarning mutaxassislari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya qoʻmondonining kadrlar, harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari — Doimiy komissiya raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Harbiy-professional tanlash tadbirlari mavjud boʻsh lavozimlardan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Doimiy komissiya raisi tomonidan Harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha reja-jadval tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reja-jadvalda umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash va individual-psixologik oʻrganish tadbirlari oʻtkaziladigan kuni, vaqti va joyi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Doimiy komissiya kotibi Doimiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq nomzodlarni Harbiy-professional tanlash tadbirlari oʻtkaziladigan kuni, vaqti va joyi haqida u oʻtkazilishidan kamida 3 kun oldin xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Harbiy-professional tanlash yakuni boʻyicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirilib, Komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy-professional tanlashdan oʻta olmagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2018-yil 24-sentabrdagi 243-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3060-1, 10.10.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 10/18/3060-1/2031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tadbirini oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tadbirini oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga Doimiy komissiyasi aʼzolari tomonidan mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda sport kiyimida boʻlishlari tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar oʻgʻil bolalar va qiz bolalar uchun alohida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning oʻzida Doimiy komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tadbirini oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tadbirlari natijalari shu kunning oʻzida nomzodlar eʼtiboriga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tadbirlari natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qaydnoma Doimiy komissiyaning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovda ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida Doimiy komissiya kotibiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovda qoniqarsiz deb baholangan nomzod, harbiy-professional tanlashning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzod, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 3 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq sinov boʻlib oʻtgan kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2018-yil 24-sentabrdagi 243-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3060-1, 10.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 10/18/3060-1/2031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Individual-psixologik oʻrganish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Individual-psixologik oʻrganish test shaklida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Test savollari Doimiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Test savollari va ularning javoblari qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Test sinovlari mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq Psixologik test sinovlarini qabul qilish metodikasi va baholash mezonlari asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Test sinovlarini 2 oydan keyin qayta topshirishga ruxsat beriladi. Bunda 1 yil davomida qayta topshirishlar soni 2 marotabadan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Test sinovlarining natijalari boʻyicha 10 kun ichida Doimiy komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Qaydnoma test sinovlarida ishtirok etgan Doimiy komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida Doimiy komissiyaning masʼul kotibiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Nomzodlarning aniqlangan bahosi asosida uning kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qoʻyiladigan talablarga mos kelishi yoki kelmasligi toʻgʻrisida Komissiya tomonidan xulosa chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Komissiya tomonidan nomzod “kontrakt boʻyicha harbiy xizmat talablariga noloyiq” deb topilganda kadr organi xodimi bayonnomadan koʻchirma olgandan soʻng, nomzodga rad etilganligi toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Nomzodlarning kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash yuzasidan ular tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlarga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanmalar Milliy gvardiya boʻlinmalari tibbiyot xizmatlari tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Tinch va harbiy davrda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrikdan oʻtish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Sogʻligʻining holatiga koʻra Milliy gvardiya safida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Nomzodning hujjatlarini rasmiylashtirish va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodga Milliy gvardiya boʻlinmalari kadrlar organi tomonidan shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Nomzodning yigʻma jildini rasmiylashtirish jarayonida nomzod tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar yolgʻon maʼlumot ekanligi aniqlangan hollarda nomzod Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlarni roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JURNALI

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibda suhbat oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Yakuniy suhbat oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nomzod yakka tartibdagi suhbatga kirishi uchun Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasiga ogʻzaki shaklda murojaat qiladi. Bunda nomzod oʻzining fuqarolik pasporti yoki harbiy guvohnomasi hamda maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxasini Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiya kotibiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi aʼzolari yakka tartibdagi yakuniy suhbatga kirgan har bir nomzodga uning maʼlumotidan kelib chiqqan holda 5 ta savol beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir nomzodga savollarga javob berish uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilangan vaqt tugagandan keyin, shuningdek savollarga belgilangan vaqtdan oldin javob bergan nomzod xonani tark etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yakka tartibdagi suhbatni baholash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nomzodning savollarga bergan javobiga qarab Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi nomzodni umumiy baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Nomzod Yakka tartibdagi suhbat komissiyasi tomonidan berilgan savollarning kamida 3 tasiga toʻliq javob bergan deb topilganda “Nomzodlar roʻyxatiga kiritilsin va harbiy-kasbiy tanlovga taqdim etilsin” tarzida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nomzod Yakka tartibdagi suhbat komissiyasi tomonidan berilgan savollarning 3 tasiga toʻliq javob bermadi deb topilganda “Kelgusida oʻrganish rad etilsin” tarzida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy-professional tanlash komissiyasining _____-son BAYoNNOMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Nomzodning F.I.O.
Tugʻilgan kuni, oyi, yili va joyi
Harbiy-professional tanlash natijalari
Komissiya qarori
umumjismoniy tayyorgarlik darajasi
psixologik test sinovi
1.
2.
3.
...
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi:
__________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya raisi oʻrinbosari:
__________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya aʼzolari:
__________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
___________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
___________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya kotibi:

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tadbirini oʻtkazish metodikasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga Doimiy komissiya aʼzolari tomonidan mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda nomzodlar quyidagi yosh guruhlariga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-guruh: 30 yoshgacha boʻlganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-guruh: 30 yoshdan — 35 yoshgacha boʻlganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-guruh: 35 yoshdan — 40 yoshgacha boʻlganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar erkak jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻsinda (turnikda) tortilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100 metrga yugurish;

3000 metrga yugurish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar ayol jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100 metrga yugurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1000 metrga yugurish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 20 daqiqa vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini uzrsiz sabablarga koʻra bajarmagan, shuningdek mashqlarni bajarishda “qoniqarsiz” baho bilan baholangan nomzodlarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iyak toʻsin (turnik) poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 2 soniyagacha davom etishi mumkin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi hamda stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chalqancha yotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Nomzodning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini yakuniy baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“aʼlo” — uchta mashqdan “aʼlo” baholangan yoki bitta mashqdan “aʼlo” qolgan mashqlardan “yaxshi” baholangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yaxshi” — agar baholarning yarmi va undan koʻp qismi “yaxshi” bahodan past boʻlmay, qolgan qismi “qoniqarli” boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qoniqarli” — agar baholarning yarmi va undan koʻp qismi “qoniqarli” boʻlib, qoniqarsiz baho boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qoniqarsiz” — agar baholardan biri va undan koʻp qismi qoniqarsiz boʻlsa yoki nomzod, umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarning bittasini bajarishdan voz kechgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qaydnoma nomzodning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida Komissiya kotibiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaydnoma imzolangan kunning oʻzida umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijalari nomzodlarga eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda mashqlarning biridan “qoniqarsiz” baholangan nomzod, qolgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlariga qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bir yil davomida uch marotabagacha qayta topshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Umumjismoniy tayyorgarlikdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning koʻrsatkichlari bir yil davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tadbirini oʻtkazish metodikasiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi natijalari boʻyicha
QAYDNOMA
20__ yil “____” _________________
Erkak jinsidagi nomzodlar uchun
T/r
Nomzodlarning F.I.O.
Mashqlarning nomi va baholash
Umumiy baholash
toʻsinda (turnikda) tortilish
100 metrga yugurish
3000 metrga yugurish
natija
baho
natija
baho
natija
baho
1.
2.
3.
...
Ayol jinsidagi nomzodlar uchun
T/r
Nomzodlarning F.I.O.
Mashqlarning nomi va baholash
Umumiy baholash
Kompleks kuch ishlatish mashqlari
100 metrga yugurish
3000 metrga yugurish
natija
baho
natija
baho
natija
baho
1.
2.
3.
...
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi:
__________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya raisi oʻrinbosari:
__________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya aʼzolari:
__________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
___________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
___________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya kotibi:
___________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixologik test sinovlarini qabul qilish metodikasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nomzodlar maxsus xonaga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Test sinovlari oʻtkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Test sinovlarini oʻtkazishni boshlashdan avval Doimiy komissiya aʼzolari nomzodlarga test sinovlarini oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nomzod beriladigan savollarga javoblarni belgilash hamda vazifalarni bajarish orqali test sinovlaridan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nomzodga beriladigan psixologik test savollari oldindan tayyorlangan varaqlarda 6 ta vazifa beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodga berilgan vazifalarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Test savolida mashqning oʻziga xosligidan kelib chiqib 2 tadan 5 tagacha javob varianti berilishi mumkin. Nomzodlar test savollariga javob variantlarini belgilashda javoblar varaqasidagi variantlardan faqat bitta toʻgʻri javobni belgilashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sogʻligʻi yomonlashgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida test sinovlari oʻtkazilayotgan xonada nomzodlar hamda Doimiy komissiya aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test sinovlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach nomzod test sinovlari oʻtkazilayotgan xonadan chiqarib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javoblar toʻgʻri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni notoʻgʻri belgilagan nomzodlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Nomzodning psixologik test savollariga bergan javoblari 10 kun ichida mazkur metodikaning ilovasiga muvofiq Psixologik test natijalarini hisoblash jadvali asosida mutaxassis-psixolog tomonidan hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixologik test sinovlarini qabul qilish metodikasiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixologik test natijalarini hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jadvali

(7-ilovaning ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2018-yil 24-sentabrdagi 243-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3060-1, 10.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 10/18/3060-1/2031-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixologik test sinovlari natijalari boʻyicha
QAYDNOMA
20__ yil “____” _________________
T/r
Nomzodlarning F.I.O.
Nomzodning individual-psixologik oʻrganish natijasi
1.
2.
3.
...
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi:
__________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya raisi oʻrinbosari:
__________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya aʼzolari:
__________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
___________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
___________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya kotibi:
___________________
________________________
(imzo)
(F.I.O.)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3060/1806-son, 10.10.2018-y., 10/18/3060-1/2031-son)