14.08.2018 yildagi 657-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi va uning tarkibiga kiruvchi Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish, shuningdek Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi hamda Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimiga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Toshkent viloyati hokimligining Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari faoliyati va mavjud shtat birliklarini Toshkent viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar intensiv koʻchatxona va issiqxonalarni tashkil etish, mavjud oʻrmonzorlarni muhofaza qilish hamda koʻpaytirish, ekoturizmni rivojlantirish, ishchi-xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida ushbu oʻrmon xoʻjaliklarining oʻz hisobida qoldiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklarining yil yakuni boʻyicha olgan sof foydasining 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron oʻrmon xoʻjaliklari shtatlar jadvalini ishlab chiqib tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi hududida qoʻshimcha 10 ta post tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
657-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 657-son qaroriga
1-ILOVA

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi ijro etuvchi apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 103 nafar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 12 nafar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislar — 72 nafar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamchi xodimlar — 19 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 657-son qaroriga
2-ILOVA

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻining (keyingi oʻrinlarda Tabiat bogʻi deb ataladi) maqsadi, vazifasi, funksiyalari, uning hududi, rejimi va muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tabiat bogʻi hududidagi alohida ekologik, madaniy va estetik ahamiyatga ega boʻlgan tabiiy obyektlar va komplekslar tabiatni muhofaza qilish, rekreatsion, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish hamda ulardan foydalanish uchun moʻljallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tabiat bogʻi tabiatni muhofaza qilish, rekreatsion, maʼrifiy, ilmiy va madaniy maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan hamda alohida ekologik tarixiy va estetik ahamiyatga ega boʻlgan tabiiy obyektlarni saqlab qolish maqsadida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tabiat bogʻi Ohangaron va Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaliklarining oʻrmon fondi hamda boshqa yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yerlarida tashkil topadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tabiat bogʻi hududiga tegishli yer, suv, yer osti boyliklari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiat obyektlari va komplekslar xoʻjalik yoki boshqa maqsadlarda foydalanishdan toʻliq yoki qisman olib qoʻyiladi va ulardan faqat unda belgilangan rejimga muvofiq foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish zarurati munosabati bilan tabiat bogʻining yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga alohida hollarda “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tabiat bogʻi hududi rejalar va dasturlarni, yer tuzish sxemalarini hamda hududiy rejalashtirishni, shuningdek tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga doir boshqa rejalarni ishlab chiqishda hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tabiat bogʻi oʻz faoliyatini “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida” “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Oʻrmon toʻgʻrisida”, “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi hamda oʻz hududida joylashgan boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar hamda ijarachilar bilan hamkorlik qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tabiat bogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi boʻlgan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatida oʻrmonlarni barpo etish, koʻpaytirish, qayta tiklash, muhofaza qilish va qoʻriqlash, ulardan oqilona foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori bilan tasdiqlangan Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq yuklatilgan vazifa va funksiyalarni ham bajaradi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tabiat bogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, banklarda oʻz hisob raqamlari, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tabiat bogʻi oʻz ramziy belgilari — bayrogʻi, vimpeli, emblemasi va boshqalarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa tashkilotlar tabiat bogʻi hududida joylashgan tabiiy va tarixiy-madaniy komplekslar, obyektlar hamda ularning nomlari va ramzlari aks etgan bosma, esdalik va tirajli mahsulotlar, shuningdek, boshqa tovarlarni faqat tabiat bogʻi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tabiat bogʻining davlat tilidagi toʻliq nomi — “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi”, rus tilida — “Ugam-Chatkalskiy gosudarstvenniy natsionalniy prirodniy park”, ingliz tilida – “The State National Nature park of “Ugom-Shatkal”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylashgan joyi: Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Iskandar qoʻrgʻoni, Furqat koʻchasi, 112-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tabiat bogʻining maqsadi, asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tabiat bogʻi alohida ekologik, madaniy va estetik ahamiyatga ega boʻlgan tabiat obyektlari va komplekslarini saqlash va ulardan foydalanish maqsadida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar tabiat bogʻining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimida (ekologik tarmoqda) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi biologik va landshaft xilma-xilligini taʼminlash, ekologik muvozanatni saqlashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rekreatsion, ilmiy va madaniy maqsadlarda tabiiy obyektlar va komplekslardan oqilona va barqaror foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tabiat bogʻi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimida (ekologik tarmoq) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi biologik va landshaft xilma-xilligini taʼminlash, ekologik muvozanatni saqlashda ishtirok etish sohasida tabiat bogʻi hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy obyektlar va komplekslar, tarixiy-madaniy merosni saqlash rejimini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy obyektlar va komplekslar, jumladan, noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimlik va hayvonlar turlarini qoʻriqlash, takror koʻpaytirish va himoya qilish ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablari, tabiatdan foydalanishga doir normalar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buzilgan tabiiy obyektlar va komplekslarni qayta tiklaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik-maʼrifiy faoliyatni amalga oshiradi, aholi oʻrtasida ekologik taʼlim-tarbiya ishlariga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) rekreatsion, ilmiy va madaniy maqsadlarda tabiiy obyektlar va komplekslardan oqilona va barqaror foydalanishni taʼminlash sohasida tabiat bogʻi hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rekreatsiya, jumladan, ekologik turizm uchun sharoitlar yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan barqaror foydalanish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishi, ilmiy kadrlar, mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik subyektlariga tabiiy obyektlar va komplekslardan barqaror, oqilona va maqsadli foydalanishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlash sohasida ilmiy faoliyatni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat bogʻining ayrim zonalarida ruxsat etilgan cheklangan xoʻjalik va boshqa faoliyat taʼsirida bio xilma-xillik monitoringini, qoʻriqxona zonasida esa tabiiy jarayonlarining tabiiy kechishi monitoringini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring maʼlumotlarini qayta ishlash va umumlashtirish maqsadida mazkur tabiiy hududda joylashgan davlat qoʻriqxonasiga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻi ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga koʻra, boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(14-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tabiat bogʻini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tabiat bogʻini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Toshkent viloyati hokimligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻining direktorini tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻining faoliyatini taʼminlash maqsadida mulkni taqsimlab beradi, jumladan, pul mablagʻlarini ajratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromadlar va xarajatlar smetasi va tabiat bogʻi mablagʻini sarflash hisobotini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻining faoliyati va hududdagi rejimga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻi ramzini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻining boshqarish rejalarini va uning bajarilish natijalari boʻyicha hisobotlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻi Ilmiy kengashining tarkibi va nizomini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tabiat bogʻi maʼmuriy-xoʻjalik qismi, ilmiy boʻlim, rekreatsiya va ekologik taʼlim boʻlimi hamda tabiat bogʻini qoʻriqlash boʻlimidan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tabiat bogʻining direktori va oʻrinbosarlari tabiat bogʻi faoliyatini tashkil etish uchun masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tabiat bogʻi direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilganidan soʻng direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻi direktorining rekreatsiya, ilm-fan va taʼlim boʻyicha oʻrinbosari oʻz lavozimiga koʻra, ilmiy boʻlim boshligʻi – bosh oʻrmonchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻi direktorining rejim va oʻrmon fondini qoʻriqlash boʻyicha oʻrinbosari oʻz lavozimiga koʻra, tabiatni qoʻriqlash boʻyicha inspeksiya boʻlimi boshligʻi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh hisobchi tabiat bogʻi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tabiat bogʻi direktori tabiat bogʻidagi mavjud barcha tabiiy obyektlar va komplekslar, mol-mulk himoya qilinishi, hisobotning oʻz vaqtida taqdim etilishi, ushbu hududdagi moliyaviy, shartnoma va mehnat intizomiga rioya etilishi uchun masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tabiat bogʻining direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat bogʻi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat bogʻi rejimiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi hamda tabiat bogʻi mablagʻlari va mulkini boshqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat bogʻining mulki, uskunalari, moddiy va boshqa qimmat baho boyliklari himoya qilinishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat bogʻi xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda tabiat bogʻi manfaatlarini ishonch qogʻozisiz ifoda etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tabiat bogʻi direktorining rekreatsiya, ilm-fan va taʼlim boʻyicha oʻrinbosari — bosh oʻrmonchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rekreatsiya faoliyati amalga oshirilishini va bioxilma-xillik monitoringi yuritilishini tashkil etadi, shuningdek, aholi oʻrtasida ekologik taʼlim va maʼrifat ishlariga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat bogʻining ilmiy-tadqiqot faoliyatini taʼminlaydi hamda ilmiy aloqalarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat bogʻida barcha ishlab chiqarish ishlari toʻgʻri tashkil etilishi va olib borilishi, oʻrmonlar hisobi, oʻrmon va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri, tabiat bogʻi pasportini yuritish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, ilgʻor tajriba joriy etilishi, oʻrmonlarni barpo etish, qayta tiklash, koʻpaytirish, seleksion urugʻchilikni tashkil etish, koʻchat yetishtirishni rivojlantirish, ayniqsa manzarali koʻchatlarni yopiq ildiz usulida yetishtirishni koʻpaytirish, dorivor oʻsimliklar tayyorlanishi, ilgʻor tajriba joriy etilishi, mexanizmlardan zarur darajada foydalanilishi, oʻrmonlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosini qoʻriqlashning belgilangan tadbirlari tashkil etilishi va oʻtkazilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tabiat bogʻi direktorining rejim va oʻrmon fondini qoʻriqlash boʻyicha oʻrinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat bogʻi qoʻriqlanishini tashkillashtiradi va undagi tabiiy obyektlar va komplekslardan foydalanilish hamda ularning muhofazasini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda xizmat quroli va unga oʻq-dorilar, formali kiyim-kechaklar, aloqa vositalari, mahsus aslaha-anjomlarning saqlanishi va foydalanilishini taʼminlaydi;
(22-bandning uchinchi xatboshidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aybdorlarni javobgarlikka tortish hamda tabiat bogʻi qoʻriqlash xodimlarining maʼmuriy javobgarlik choralarini toʻgʻri qoʻllashini tekshiradi va ularga doir materiallarni tegishli organlarga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejim-qoʻriqlash tadbirlarini oʻtkazish, tabiat bogʻi, Chotqol biosfera qoʻriqxonasi, Ohangaron va Burchmulla oʻrmon xoʻjaliklarida Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻshinlar bilan birgalikda kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qoʻyish, inspektorlar ishini, profilaktika va chegara polosasini oʻrmon daraxtlari va changalzorlardan tozalashni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tabiat bogʻi toʻgʻrisida asosiy maʼlumotlar uning pasportida bayon etiladi. Tabiat bogʻi pasportidagi maʼlumotlar roʻyxati va uni yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tabiat bogʻi boshqaruv rejalari va yillik ish rejalari asosida faoliyat yuritadi. Boshqaruv rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tabiat bogʻini hamkorlikda boshqarishga aholini jalb qilish, xoʻjalik faoliyatiga cheklovlar belgilash, rekreatsiya infratuzilmasini, chorva uchun pichan oʻrish va oʻtlatish joylarini tashkil etish hamda tabiat bogʻi faoliyati bilan bogʻliq boshqa muhim masalalarini hal etish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriga muvofiq unda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va fuqarolardan iborat maslahat komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat komissiyasining tarkibi, vakolatlari, uni shakllantirish va faoliyat yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari bilan kelishilgan holda Tabiat bogʻi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tabiat bogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlariga atrof-muhit monitoringini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastrini belgilangan tartibda begʻaraz asosda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tabiat bogʻining hududi va rejimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tabiat bogʻining hududi tabiat bogʻiga foydalanishga beriladigan yer uchastkalarida, shuningdek, uning chegarasi doirasidagi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalarida joylashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tabiat bogʻi tashkil etilayotganda uning hududi quyidagi zonalarga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻining hududi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻriqxona zonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rekreatsiya zonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonasiga (zonalariga) boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini sogʻlomlashtirish uchun sharoit boʻlgan takdirda, tabiat bogʻida kurort tabiiy hududlar uchun nazarda tutilgan rejimli kurort zonalari ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻi hududida undagi tabiiy obyektlar va komplekslar holati, ularning rekreatsion, madaniy va estetik qiymati inobatga olingan holda, zonalarga boʻlinishga muvofiq tabaqalashtirilgan qoʻriqlash rejimi oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tabiat bogʻi zonalarining oʻlchamlari va chegaralari tasarrufida ushbu bogʻ boʻlgan davlat organlari tomonidan davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi boʻyicha tabiat bogʻi maʼmuriyatining taqdimnomasiga asosan oʻzgartiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tabiat bogʻining qoʻriqlanma zonasida davlat qoʻriqxonalari uchun nazarda tutilgan rejim oʻrnatiladi. Ushbu zonada har qanday rekreatsion, xoʻjalik va boshqa faoliyat turlari taqiqlanadi, bioxilma-xillik va tabiiy jarayonlarning tabiiy kechishi monitoringini yuritish, tabiiy obyektlar va komplekslarni muhofaza qilish hamda takror koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tabiat bogʻining boshqa barcha hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrologik va gidrogeologik rejimni oʻzgartiradigan harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq eroziyasini, oʻsimlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat bogʻining faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yoʻl va muxandislik-kommunikatsiya ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindilarni saqlash va koʻmish, oqova suvlarni oqizish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tabiat bogʻining rekreatsion zonasi tartibga solinadigan zonalar (qisqa muddatli dam olish - jozibador joylarni tomosha qilish uchun) va davomiy dam olish zonalariga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rekreatsion zonada ushbu Nizomning 31-bandida belgilangan faoliyat turlaridan tashqari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo, sellyuloza-qogʻoz va metallurgiya sanoati korxonalariningfaoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaharli kimyoviy moddalarni qoʻllash;

xarom oʻlgan chorva mollar koʻmiladigan joylarni tashkil etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tabiat bogʻining tartibga solinadigan dam olish zonasida sayyohlik yoʻlakchalari, noqulay ob-havo paytida yengil turdagi pana joylar, kuzatuv punktlari, tashrif buyuruvchilar uchun yoqilgʻi zaxirasiga ega boʻlgan gulxan yoqish joylari, sanitariya obyektlarini barpo etish orqali fuqarolarning qisqa muddatli dam olishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur zonada zarur hollarda, landshaftni saqlash va qayta tiklash maqsadida oʻrmon xoʻjalik ishlari amalga oshiriladi, rekreatsion faoliyatning ekotizimlar holatiga taʼsiri oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solinadigan dam olish zonasida tabiiy landshaftni, oʻsimlik va hayvonot dunyosini, suv obyektlari va boshqa tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlash imkonini beradigan rekreatsion, maʼrifiy, estetik, tarbiyaviy, ilmiy va boshqa faoliyatga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Davomli dam olish zonasida kempinglar, mehmonxonalar, kichik mehmonxonalar, sayyohlik bazalari, sanatoriylar, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, dam olish maskanlari, avtoturargohlar, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish korxonalari, shuningdek, sayyohlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha tabiat bogʻi zimmasiga yuklangan vazifalar bilan bogʻliq xoʻjalik turidagi boshqa obyektlar joylashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu zonada hududlar va dam olish maskanlarini obodonlashtirish, shuningdek, oʻrmonchilik, tanazzulga uchragan uchastkalarni qayta tiklash, biotexnik va boshqa ishlarni amalga oshirish maqsadida tadbirlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xoʻjalik va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan zonada yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tabiat bogʻining tabiiy obyektlari va komplekslariga zarar yetkazmaydigan darajada xoʻjalik va boshqa faoliyat amalga oshiriladi. Bu yerda, shuningdek, aholi punktlari ham joylashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan zonada zararkunandalarga qarshi kurashishning biologik usullari va tuproqqa “nol darajada” ishlov berish usullarini qoʻllagan holda, mazkur hududga xos boʻlgan anʼanaviy qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiriladi, shuningdek, ifloslantirmaydigan texnologiyalardan foydalanish asosida atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilgan holda, turli ishlab chiqarish obyektlarining faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tabiat bogʻining kurort zonasi doirasida quyidagilar ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi zona — davolash xususiyatiga ega manbalar, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hududlar boʻlib, bu yerda har qanday faoliyat taqiqlanadi, davolash xususiyatiga ega manbalar va balchiq bilan davolash shifoxonalarini obodonlashtirish uchun zarur inshootlar qurish bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi zona — sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylari joylashgan hudud boʻlib, bu yerda harqanday faoliyat, shuningdek, aholining yashashi taqiqlanadi, davolash va dam olishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan faoliyat, shuningdek, tibbiyot xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning vaqtincha yashashi bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi zona — sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylariga tutash hududlar boʻlib, bu yerda davolash manbalariga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga zarar yetkazmaydigan va dam olish hamda davolanish sharoitlarini yomonlashtirmaydigan cheklangan xoʻjalik faoliyatiga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tabiat bogʻining kurort zonasi doirasida ushbu Nizomning 31-bandida belgilangan faoliyat turlaridan tashqari quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni qazib olish, mineral suvlar va shifobaxsh balchiq qazib olish bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo, sellyuloza-qogʻoz va metallugiya sanoati korxonalarining faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaharli kimyoviy moddalarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarom oʻlgan chorva mollar koʻmiladigan joylarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oqova suvlar toʻplanadigan inshootlar qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaharli kimyoviy moddalar va mineral oʻgʻitlar omborlarini qurish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tabiat bogʻining barcha hududida ushbu Namunaviy nizomning 31, 32, 36 va 37-bandlarida belgilangan faoliyat turlaridan tashqari bogʻdagi tabiiy obyektlar va komplekslarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan faoliyatning boshqa turlari davlat ekologiya ekspertizasi xulosasiga asosan taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin, qoʻriqxona zonasi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrsatilgan taqiq va cheklovlar asosida yer uchastkalari tabiat bogʻi hududida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini saqlash vazifasi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tabiat bogʻi va zonalarining chegaralari tabiat bogʻi va uning zonalarining rejimlari koʻrsatilgan axborot, ogohlantirish va chegara belgilari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tabiat bogʻining faoliyat yuritishi uchun yoʻllar, boshqa kommunikatsiyalar va inshootlar kurilishi zarur boʻlgan hollarda, buzilgan yerlarni majburiy tarzda rekultivatsiya qilish, tabiatni muhofaza qilish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tabiat bogʻining chegaralarida muhofaza etiladigan boshqa tabiiy hududlar (davlat tabiat yodgorliklari, buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat pitomniklari va boshqalar) joylashishi mumkin va ularning hududida muhofaza etiladigan ushbu tabiat hududlari uchun koʻzda tutilgan rejim belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tabiat bogʻining rekreatsion va ilmiy faoliyati, shuningdek, ekologik taʼlim va maʼrifat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tabiat bogʻining rekreatsion va ilmiy faoliyati tabiat bogʻining va boshqa tashkilotlarning xodimlari hamda ayrim mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tabiat bogʻida rekreatsion faoliyat muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boʻlishning qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻida rekreatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashrif markazi tashkil etiladi, yoʻnalishlar, toʻxtash maydonchalari, boshqa infratuzilma elementlari oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Tabiat bogʻi ilmiy faoliyatni amalga oshirish uchun tabiat bogʻi maʼmuriyati binosida ilmiy fondlar saqlanadigan joy, tabiat bogʻi hududida esa, dala bazalari, kordonlar, ilmiy infratuzilma va bioxilma-xillik monitoringini yuritish infratuzilmasi boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tabiat bogʻining ilmiy fondlari muddatsiz saqlanishi kerak. Tabiat bogʻida fondlarni saqlash uchun zarur sharoitlar, jumladan biologik kolleksiyalar fumigatsiyasi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻi hududida olib boriladigan barcha ilmiy tadqiqotlarning dastlabki materiallari (yoki ularning nusxalari) hamda mazkur tadqiqot natijalari ushbu tadqiqotlarni amalga oshirgan subyekt toifasidan qati nazar, tabiat bogʻining ilmiy fondlariga taqdim etilishi shart. Tabiat bogʻi ushbu materiallardan begʻaraz asosda, qonunchilikka muvofiq intellektual mulklariga rioya etgan holda foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tabiat bogʻidagi ilmiy tadqiqotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Ilmiy-texnik kengashi uslubiy rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasarrufida tabiat bogʻi boʻlgan maxsus vakolatli davlat organining Ilmiy-texnik kengashi tabiat bogʻidagi ekologik taʼlim va maʼrifat ishlariga uslubiy rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Tabiat bogʻida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va bajarish, shuningdek, ilmiy tadqiqot dasturlarini shakllantirish maqsadida Ilmiy kengash tuziladi. Tabiat bogʻi Ilmiy kengashining nizomi va shaxsiy tarkibi tasarrufida ushbu tabiat bogʻi boʻlgan davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Tabiat bogʻi taʼlim va maʼrifat masalalari boʻyicha oʻz ilmiy ishlari, materiallarini chop etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Tabiat bogʻining bioxilma-xillik monitoringi atrof tabiiy muhit monitoringi doirasida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Tabiat bogʻini qoʻriqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari tabiat bogʻini qoʻriqlaydi va bogʻ hududidagi yuridik hamda jismoniy shaxslarning (joylashgan, istikomat qiladigan) rejimga rioya etishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat bogʻining qoʻriqxona zonasi hududiga kirish huquqini beradigan hamda tabiat bogʻining boshqa zonalaridagi tabiat obyektlaridan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat bogʻi hududida huquqbuzarliklar aniqlanganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish, maʼmuriy qoʻlga olish, buyum va hujjatlarni va tabiatdan noqonuniy foydalanish natijasida olingan mahsulotlarni olib qoʻyish, maʼmuriy jazoga tortish choralarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish maqsadida materiallarni tegishli organlarga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning tabiat bogʻi hududida belgilangan rejimga rioya etish boʻyicha faoliyatini tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat quroli va maxsus vositalarni olib yurish va ulardan foydalanish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda jismoniy kuch ishlatish hamda xizmat itlaridan foydalanish;
(52-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat bogʻi rejimini buzgan holda tabiatdan foydalanish, xoʻjalik va boshqa turdagi faoliyatni qonunchilikda belgilangan tartibda va hollarda toʻxtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻi qoʻriqlash xodimlarining huquqlari bogʻning qoʻriqlash xodimlari boʻlmagan boshqa xodimlariga ham berilishi mumkin. Ushbu huquqlar xodimlarning roziligi bilan yozma arizasi asosida beriladi va direktorning buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari uchun moʻljallangan xizmat quroli va uning oʻq-dorilari, maxsus vositalarning turi (modeli), soni, shuningdek, ularga egalik qilish, ularni saqlash, olib oʻtish, topshirish, qabul qilish va hisobga olish, ulardan foydalanish tartibi tasarrufida ushbu tabiat bogʻi boʻlgan davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻriqlash xodimlari maxsus vositalar, xizmat quroli va uning oʻq-dorilari bilan qonunchilikka muvofiq taʼminlanadi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlarining barcha huquq va imtiyozlaridan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻining direktori va rejim boʻyicha direktor oʻrinbosari (mavjud boʻlsa) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha katta davlat inspektorlariga, tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari esa ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari tasdiqlangan dasturlarga muvofiq jangovor xizmat, ijtimoiy-huquqiy, ahloqiy-psixologik va jismoniy tayyorgarlik kurslarida oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kurslar dasturi va oʻqitish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, tasarrufida ushbu tabiat bogʻi boʻlgan davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari bir xil namunadagi formali kiyim-bosh va farqlash belgilari bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish, jumladan, tabiat bogʻi hududiga jinoyatchi guruxlarning kirib kelishi va oʻrnashib olishining oldini olish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy organlari bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Tabiat bogʻi hududini qoʻriqlashga ekologik nazorat boʻyicha jamoatchilik inspektorlari ham jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Tabiat bogʻi ustidan davlat nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Tabiat bogʻi ustidan davlat nazorati quyidagicha amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi — tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikka hamda Tabiat bogʻi rejimiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini, ilmiy faoliyat va monitoringni olib boradi;
(58-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa vakolatli davlat organlari — qonunchilikka muvofiq moliyaviy, xoʻjalik va boshqa faoliyat turlarini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Tabiat bogʻi rejimini buzishda ayblangan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi. Aybdorlardan tabiat bogʻiga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Tabiat bogʻining mulki va uni moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Tabiat bogʻiga bevosita operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan bino, inshootlar, uskunalar, pul mablagʻlari tabiat bogʻining mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Quyidagilar tabiat bogʻini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati mahalliy budjet mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya, atrof-muxitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning tabiat bogʻi hududiga kirish va tabiat resurslaridan foydalanishi uchun sotilgan biletlardan olingan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat bogʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobraqamiga tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot, rekreatsion, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va maʼrifiy faoliyatdan olingan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda undirilgan jarima mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
musodara etilgan ovchilik qurollari va baliqchilik asboblarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(61-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Tabiat bogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan Toshkent viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan daromadlar va harajatlar smetasiga muvofiq, mablagʻlarni mustaqil tasarruf etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Tabiat bogʻi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Tabiat bogʻi xodimlariga koʻp yil ishlagani uchun qoʻshimcha haq, shuningdek, tuman va yuqori togʻ koeffitsiyentlari belgilanadi. Tabiat bogʻi xodimlari lavozim majburiyatlarini bajarish munosabati bilan tabiat bogʻi hududida boʻlgan vaqti uchun xodim uchun belgilangan oylik maoshi miqdorida dala taʼminoti shaklidagi kompensatsiya oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Tabiat bogʻi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 173-moddasiga muvofiq, qoʻriqxona vazifalarini bajarishda xodim oʻziga tegishli mol-mulkdan foydalanganlik uchun amortizatsiya va ekspluatatsiya xarajatlari toʻlanadi. Toʻlov miqdori va tartibi jamoa shartnomasi yoki tabiat bogʻi direktori va xodimlari oʻrtasida tuzilgan jamoat shartnomasiga asosan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Tabiat bogʻi xodimlarini ularning xizmat burchi bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalarga jalb etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Tabiat bogʻi faoliyatini tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiat bogʻini qattiqroq rejimli toifadan yengilroq rejimli muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toifasiga oʻtkazish maqsadida qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 657-son qaroriga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari xodimlari mehnatiga haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibi

1. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, ushbu Tartib va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lavozim maoshlari (tarif stavkalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lavozim maoshlariga qoʻshimchalar va ustamalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari va xodimlariga budjet mablagʻlari hisobiga lavozim maoshlari hamda quyidagi qoʻshimchalar toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida lavozimga tayinlangan mansabdor shaxslarning umumiy ish staji, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda atrof muhitni, shu jumladan, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, oʻrmon xoʻjaligi tizimlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning sohadagi umumiy ish staji uchun qatʼiy belgilangan lavozim maoshiga qoʻshimcha ustama har oyda tarif setkasi va shtat jadvaliga muvofiq holda quyidagi miqdorda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 — 3 yilgacha — 5 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 — 5 yilgacha — 10 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 — 8 yilgacha — 15 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8 — 10 yilgacha — 20 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 — 15 yilgacha — 25 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 — 20 yilgacha — 30 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 — 25 yilgacha — 35 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 yildan ortiq — 40 foiz;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xodimlar va inspektorlar tarkibiga xizmat vazifalariga koʻra doimiy yashash joyidan boshqa joyda boʻlganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorida qoʻshimcha haq;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi 128-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xodimlarning baland togʻli sharoitda ishlaganligi uchun dengiz sathidan balandlik darajasiga qarab ish haqiga quyidagi miqdorlarda koeffitsiyentlar belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1500 dan 1700 metrgacha — 1,1;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1701 dan 2000 metrgacha — 1,15;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000 dan 3000 metrgacha — 1,3;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3001 metrdan yuqori — 1,4;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ular ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yoʻl transportiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha hamda xodimlar tushlik ovqatlanish xarajatlariga koʻmaklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi;
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi 128-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tegishli moddiy ragʻbatlantirish fondi doirasida xodimlarga, kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda faoliyat natijalariga hamda ish koʻrsatkichlari bajarilishiga qarab oy va chorak yakuni boʻyicha qoʻshimcha hamda mukofot pullari belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) avtomobil transporti haydovchilarining tarif stavkasiga 1,228 miqdorida tarmoq koeffitsiyent hamda malaka darajasi uchun ikkinchi darajali haydovchilarga Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tegishli razryadi boʻyicha haydovchi bazaviy tarif stavkasining — 10 foizi miqdorida, birinchi darajali haydovchilarga — 25 foizi miqdorida qoʻshimcha ustama haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari tashkilotlarining tegishli budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga qoʻshimcha shtat birliklari, shu jumladan, budjet mablagʻlari hisobiga saqlash koʻzda tutilmagan shtat birliklarini saqlash, rahbar va xodimlarga quyidagi qoʻshimchalar toʻlash mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tashkilotning faoliyat natijalariga hamda ish koʻrsatkichlari bajarilishiga qarab milliy bogʻ, qoʻriqxona va oʻrmon xoʻjaliklari rahbariyati kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishgan holda xodimlarga oy va chorak yakuni boʻyicha xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda, yil yakuni boʻyicha xodimlar oylik ish haqining uch baravarigacha miqdorda mukofotlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Navroʻz, Yangi yil va hayit bayramlari uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda ragʻbatlantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xodim xizmat burchini bajarish vaqtida shikastlanganda, jarohat olgan yoki mayib boʻlgan taqdirda — xodimga, shuningdek, xodim oʻrmonlarda yongʻinni oʻchirishda va xizmatning boshqa turlarini amalga oshirishda qatnashish jarayonida halok boʻlgan hollarda uning oilasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yillik oʻrtacha ish haqining kamida olti baravari miqdorida bir yoʻla beriladigan toʻlovlar va moddiy yordam belgilanadi;
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) zarur hollarda ish haqi fondi doirasida (kam taʼminlangan oilalarga, xodimning davolanishi uchun, toʻy, maʼraka, navbatdagi taʼtilga chiqishda va boshqalar) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda moddiy yordam puli toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xodimlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravarigacha miqdorda pul mablagʻi toʻlanadi.
(3-bandning “d”-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son — 2020-yil 18-apreldan kuchga kiradi)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2018-y., 09/18/657/1704-son; 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)