23.07.2018 yildagi 564-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3026-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2018 — 2023-yillarda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2018 — 2023-yillarda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini (keyingi oʻrinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb ataladi) amalga oshirish doirasida quyidagilar vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veterinariya tadbirlarini rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari boʻyicha kompleks ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, ularning natijalarini ishlab chiqarish jarayonlariga izchil joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va jadal rivojlantirish jarayonlarini faollashtirish, importni izchil kamaytirish maqsadida bozorda barqaror talabga ega boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish asosida koʻpaytirish va ularning turlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab yuqori boʻlgan turdagi veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarishning ilgʻor texnologiyalarini oʻzlashtirgan holda, sifat menejmentining zamonaviy uslublarini keng joriy etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar ilmiy-texnik xodimlarining professional bilim darajasini, xususan, yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish orqali takomillashtirish, shuningdek, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarning 2021 — 2023-yillarda respublikada hayvonlar zararli kasalliklariga qarshi veterinariya dori vositalarini 2-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha ishlab chiqarishni tashkil etishga doir takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti va Samarqand veterinariya meditsinasi instituti bilan birgalikda veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga mamlakatimiz va xorijiy ilm-fanning ilgʻor ishlanmalarini joriy etish asosida veterinariya preparatlari, sintetik dezinfeksiya va dezinseksiya vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalalarida zarur uslubiy va ilmiy-maslahat yordamini olishda har tomonlama tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va keyinchalik tovarlarni ichki hamda tashqi bozorlarga chiqarishga har tomonlama koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda ekspert doiralar vakillari — iqtisodchilar va yuristlarni ishtirokida veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisida keng koʻlamli axborot hamda tushuntirish ishlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalarni va davlat mulki boʻlgan mol-mulkni investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda nol xarid qiymati boʻyicha olishida koʻmaklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi 2019-yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar obyektlarini qurish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining raisi vazifasini bajaruvchi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 23-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
564-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 09/18/564/1561-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)