Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2025 18.07.2018 yildagi 551-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya servis xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli “Energiya servis xizmatlari bozorini shakllantirish hamda aholi uy-joylarining energiya samaradorligi oshirilishini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3238-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Energiya servis xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi energiya resurslarini tejashni oʻlchash va verifikatsiyalash, shu jumladan, ularning isteʼmol hajmini hisob-kitob va oʻlchash usuli bilan aniqlash metodikasini bir oy muddatda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 18-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
551-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 551-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya servis xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat organlari va tashkilotlarida energiya servis shartnomalari asosida energiya servis xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalar joriy etiladigan davlat organlari yoki tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya servis xizmatlarini yetkazib beruvchi (keyingi oʻrinlarda yetkazib beruvchi deb ataladi) — davlat organlari va tashkilotlarida energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish (keyingi oʻrinlarda texnologiyalarni joriy etish deb ataladi) boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yagona yetkazib beruvchisi hisoblangan “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya servis shartnomasi — buyurtmachining topshirigʻiga binoan buyurtmachining elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, suvdan (keyingi oʻrinlarda energiya resurslari deb ataladi) foydalanishining energiya tejamkorligini va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan energiya servis xizmatlari koʻrsatish majburiyatini yetkazib beruvchi oladigan, buyurtmachi esa energiya resurslarining erishilgan tejash miqdorlaridan kelib chiqqan holda koʻrsatilgan xizmatlar toʻlovi amalga oshirilishi majburiyatini olishni nazarda tutadigan kelishuv;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oferta — buyurtmachiga yuborilgan, yetarli darajada aniq boʻlgan va taklifni kiritgan yetkazib beruvchining oʻzini taklif yoʻllangan va uni qabul qiladigan buyurtmachi bilan energiya servis shartnomasi tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif (energiya servis shartnomasi loyihasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksept — oferta yuborilgan buyurtmachining uni qabul qilganligi haqidagi javobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yetkazib beruvchi buyurtmachining energiya resurslardan foydalanishining energiya tejamkorligini va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan harakatlarni (tadbirlar) bajarish yoʻli bilan energiya servis xizmatlari koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Energiya servis shartnomalarining namunaviy shakllari ularning predmetiga bogʻliq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Energiya servis shartnomalarini tuzish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Energiya servis shartnomalarini tuzishda taraflar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, mazkur Nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya servis shartnomasini tuzish mazkur Nizomga ilovadagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Buyurtmachi yetkazib beruvchining soʻrovnomasi boʻyicha, agar soʻrovnomada boshqa kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, 10 kun mobaynida soʻrovnomada keltirilgan shaklda energiya servis shartnomasi tuzilishi moʻljallanayotgan obyektlar (keyingi oʻrinda obyektlar deb ataladi) toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim qiladi hamda belgilangan tartibda ushbu obyektlarga yetkazib beruvchining vakillari kirishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Buyurtmachi yetkazib beruvchining soʻrovnomasiga asosan uni olgan kunidan boshlab 3 kun mobaynida obyektlarning amaldagi texnik holati va ish rejimlarini aniqlash uchun oʻz xodimlaridan iborat, uch kishidan kam boʻlmagan, shu jumladan rahbar yoki vakolatli shaxs hamda obyektning joriy saqlash va xizmat koʻrsatishiga masʼul shaxslardan iborat boʻlgan komissiya tuzadi. Komissiya qarori protokol shaklida rasmiylashtiriladi, uning nusxasi yetkazib beruvchiga soʻrovnomaning javobi bilan birga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yetkazib beruvchi obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni buyurtmachidan olgan kunidan boshlab 15 kun muddatda loyihaoldi va/yoki loyiha hujjatlarini va ofertani tayyorlab buyurtmachiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Buyurtmachi oferta olingan kundan boshlab 30 kun mobaynida yetkazib beruvchiga aksept toʻgʻrisida yoki akseptdan bosh tortishi toʻgʻrisida yoxud ofertani boshqa shartlarda akseptlashi toʻgʻrisida (ofertaga kelishmovchiliklar protokoli) xabarnoma yoʻllaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Aksept toʻgʻrisida yoki ofertani boshqa shartlarda akseptlash toʻgʻrisidagi xabarnomaga asosan ikki tomonning roziligi bilan buyurtmachi va yetkazib beruvchilar oʻrtasida energiya servis shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Energiya servis shartnomasi shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Energiya servis shartnomasida uning predmeti bilan birga quyidagi shartlar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yetkazib beruvchining energiya resurslarini foydalanishda tejamkomkorlik va energiya samaradorlikni oshirish hisobiga buyurtmachining xarajatlarini qisqartirishga yoʻnaltirilgan loyihaoldi va/yoki loyiha hujjatlarining, shu jumladan yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha har bir tadbirning aniq texnik tavsifi, uning bajarilish muddatlari koʻrsatilgan, qonun hujjatlari asosida tovar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish doirasida yetkazib beruvchi tomonidan shakllantirilgan tadbirlar roʻyxatining (keyingi oʻrinda tadbirlar roʻyxati deb ataladi) mavjudligi. Tadbirlar roʻyxati yetkazib beruvchi tomonidan quyidagilar asosida shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarda oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida yetkazib beruvchi tomonidan olingan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) energiya servis shartnomasi tuzilishidan oldingi yilda buyurtmachining yillik energiya resurslari isteʼmolining natura ifodasidagi bazaviy hajmi va ularni yetkazib berish xarajatlarining puldagi ifodasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oferta yuborilgan kundagi energiya resursi birligi qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) energiya servis shartnomasining bajarilishi natijasida uning amal qilish muddatida yetkazib beruvchi tomonidan energiya resurslarining natura ifodasidagi erishiladigan tejash miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) agar energiya servis shartnomasi bajarilishi natijasida energiya resurslari yalpi xarajatlarining tejalishi bir energiya resursi isteʼmolidan boshqa energiya resursi isteʼmoliga toʻliq yoki qisman oʻtilishi hisobiga (energiya resurslarining natura ifodasini mazkur bandning “v” kichik bandida koʻrsatilgan energiya resursi birligi qiymatining koʻpaytmasi tariqasida aniqlanadi) taʼminlanishi lozim boʻlgan holda, yetkazib beruvchining energiya resurslarining pul ifodasidagi erishiladigan tejash miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) energiya resurslarining natura ifodasidagi erishiladigan tejash miqdori (tejash miqdorining ulushi) shartnomada koʻrsatilgan energiya resurslarining tejash miqdoriga teng yoki undan ortiq boʻlgan taqdirda, yetkazib beruvchi tomonidan buyurtmachining energiya resurslarini yetkazib berish xarajatlarini tejash boʻyicha majburiyatlari bajarilgan deb hisoblanishini inobatga olgan qoidalarning mavjudligi. Agar yetkazib beruvchi tomonidan energiya resurslari yalpi xarajatlarining tejalishi bir energiya resursidan boshqa energiya resursiga toʻliq yoki qisman oʻtilishi hisobiga taʼminlanishi lozim boʻlgan taqdirda, erishilgan tejash miqdorining (tejash miqdori ulushining) puldagi ifodasi shartnomada koʻrsatilgan energiya resurslarining tejash miqdoriga teng yoki undan ortiq boʻlishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) shartnomaning bajarilishi natijasida energiya resurslarining natura ifodasidagi erishiladigan tejash miqdorini aniqlash. Bunda tejash miqdori tadbirlar roʻyxatining amalga oshirilishidan boshlab, shartnomada belgilangan tejash miqdorini erishish davriga teng boʻlgan kalendar davridagi buyurtmachining energiya resurslarining isteʼmol hajmi hamda energiya resurslarni isteʼmol hajmiga taʼsir etuvchi faktorlar oʻzgarishini inobatga olgan holda, tadbirlar roʻyxatining amalga oshirilishidan soʻng buyurtmachining energiya resurslarini isteʼmol hajmi oʻrtasidagi farqi sifatida aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) bir energiya resursi isteʼmolidan boshqa energiya resursi isteʼmoliga toʻliq yoki qisman oʻtilishi natijasida erishilgan energiya resurslarining tejash miqdorini qiymat ifodasida aniqlanishi. Bunda tejash miqdori tadbirlar roʻyxatining amalga oshirilishidan boshlab, energiya servis shartnomasida belgilangan tejash miqdorining erishish davriga teng boʻlgan kalendar davrdagi buyurtmachining energiya resurslarini isteʼmol hajmining qiymat ifodasi hamda energiya resurslarni isteʼmol hajmiga taʼsir etuvchi faktorlar oʻzgarishini inobatga olgan holda, tadbirlar roʻyxatining amalga oshirilishidan soʻng buyurtmachining energiya resurslari isteʼmol hajmining qiymat ifodasi oʻrtasidagi farqi sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya servis shartnomasining bajarilishi natijasida erishilgan tejash miqdorini aniqlashda ushbu shartnomada belgilangan tejash miqdorini erishish davriga teng boʻlgan kalendar davridagi tadbirlar roʻyxatining amalga oshirilishigacha boʻlgan va yetkazib beruvchining tadbirlar roʻyxatini amalga oshirgandan soʻnggi energiya resurslari isteʼmol hajmi qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) yetkazib beruvchining tadbirlar roʻyxati amalga oshirilishigacha boʻlgan energiya resurslari isteʼmol hajmini quyidagi usullardan birini qoʻllagan holda aniqlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilayotgan energiya resurslarini hisobga olish priborlari yordamida aniqlangan energiya resurslarining isteʼmol hajmi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjudligida, — tadbirlar roʻyxatini yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshirish davrigacha buyurtmachi tomonidan energiya resurslarning hisobga olish priborlari yordamida aniqlangan haqiqiy isteʼmol hajmi maʼlumotlari boʻyicha shakllantirilgan energiya resurslarining rejalashtirilgan isteʼmol hajmi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilayotgan energiya resurslarini hisobga olish priborlari yordamida aniqlangan energiya resurslarining isteʼmol hajmi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻqligida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchi tomonidan foydalanilayotgan energiya resurslarini hisobga olish pribori oʻrnatilganda va tadbirlar roʻyxati amalga oshirilishigacha bir oydan kam boʻlmagan davr uchun ushbu pribor yordamida buyurtmachining energiya resurslari isteʼmol hajmi (hajm ulushi) toʻgʻrisidagi olingan maʼlumotlarni taraflar qayd qilingan holda, hisobga olish pribori yordamida olingan maʼlumotlar mazkur bandning “k” kichik bandi talablarini hisobga olgan holda isteʼmol hajmi sifatida qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan tasdiqlangan energiya resurslarini tejashni oʻlchash va verifikatsiyalash, shu jumladan, ularning isteʼmol hajmini hisob-kitob va oʻlchash usuli bilan aniqlash metodikasiga (keyingi oʻrinlarda Metodika deb yuritiladi) muvofiq hisob-kitob va oʻlchash usuli orqali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirlar roʻyxati amalga oshirilgandan soʻng energiya resurslarining isteʼmol hajmini natura ifodasida aniqlash tartibining tanlovi quyidagi usullardan birini qoʻllagan holda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oydan kam boʻlmagan, taraflar belgilagan davr mobaynida foydalanayotgan energiya resurslarini hisobga olish pribori bilan qayd qilingan hajmlar asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Metodikaga muvofiq hisob-kitob va oʻlchash usuli orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) energiya servis shartnomalarining bajarilishi natijasida erishilgan tejash miqdorini aniqlashda energiya resurslari isteʼmol hajmiga taʼsir etuvchi faktorlar hisobi (energiyani isteʼmol qiladigan qurilmalarning ishlash rejimi va funksional vazifasining oʻzgarishi, energiya isteʼmolchilarining soni, xona yuzasi va hajmining oʻzgarishi, ob-havo sharoitlarining keskin oʻzgarishi — tashqi havoning oʻrtacha sutkalik darajasi, isitish mavsumida tashqi havoning oʻrtacha sutkalik darajasi, isitish mavsumining davomiyligi, energiya va resurs taʼminoti rejimlari, energiyani isteʼmol qiladigan qurilmalarning ishlash rejimi va parametrlari, obyekt va xonalarni ularni funksional vazifalarini hisobga olgan holda foydalanish rejimi va parametrlari boʻyicha barcha belgilangan sanitariya-gigiyenik va texnik talablarga rioya qilinishini taʼminlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) Metodikaga muvofiq ishlab chiqilgan energiya samaradorligini oʻlchash va verifikatsiyalash rejasining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) shartnomada nazarda tutilgan tejash miqdoriga erishilishining boshlangʻich va yakuniy muddatlarining hamda davomiyligi bir oydan kam va bir yildan ortiq boʻlishi mumkin boʻlmagan tejash miqdori ulushlari erishilish davrining koʻrsatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) shartnomada nazarda tutilgan buyurtmachining energiya resurslari yetkazib berilishi uchun tegishli xarajatlarining natura ifodasidagi tejash miqdoridan, hamda shartnoma bajarilishi davrida tegishli energiya resurslarining haqiqatda yuzaga kelgan narx (tarif)lari boʻyicha aniqlangan tejash foizidan hamda energiya resurslarining isteʼmoli va ish haqi bilan bogʻliq boʻlgan saqlash, foydalaniladigan asbob va uskunalarni joriy taʼmirlash va xizmat koʻrsatish xarajatlarining tejalgan hisob-kitob miqdoridan kelib chiqqan holdagi energiya servis xizmatlarining toʻlovi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shartnoma bajarilishi davrida tegishli energiya resurslarining haqiqatda yuzaga kelgan narx (tarif)lari taklif yuborilgan kunda amal qilgan energiya resursi birligi qiymatidan kam boʻlsa, unda shartnoma bajarilishi davrida tegishli energiya resurslarining haqiqatda yuzaga kelgan narx (tarif)lari taklif yuborilgan kunda amalda boʻlgan energiya resursi birligi qiymatiga tenglashtirib qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) shartnoma tuzilgan sanaga qadar buyurtmachi, mulkdor yoki ekspluatatsiya qiluvchi tegishli tashkilot tomonidan energiya va resurs taʼminoti rejimlari, energiyani isteʼmol qiladigan qurilmalarning ishlash rejimi va parametrlari, obyekt va xonalarni ularning funksional vazifalarini hisobga olgan holda foydalanish rejimi va parametrlari boʻyicha barcha belgilangan sanitariya-gigiyenik va texnik talablarga rioya qilinishi taʼminlangan obyektga nisbatan shartnoma tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilgan talab va normalar bajarilmagan taqdirda, bu haqda maʼlumotlar energiya servis shartnomasida koʻrsatib oʻtiladi va ularni bajarilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar roʻyxatiga qoʻshiladi. Mazkur bandning “b” kichik bandiga muvofiq, energiya resurslarining isteʼmol hajmiga taʼsir etuvchi faktorlarni hisobga olgan holda buyurtmachining energiya resurslari isteʼmolining bazaviy hajmi koʻrsatkichlari natura ifodasi va ularning yetkazib berilishi xarajatlarining qiymat ifodasini aniqlash amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) yetkazib beruvchining majburiyatlari, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik shartnomalarini bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish boʻyicha qonun talablariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachining joriy faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, jumladan texnik reglament talablari, davlat standartlari, shaharsozlik norma va qoidalari, sanitariya norma va qoidalari, gigiyenik va boshqa normativlarni amalga oshirishi uchun zarur sharoitlarni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar bilan kelishilgan energiya resurslaridan foydalanish rejimi va shartlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan shartnoma boʻyicha olingan majburiyatlarni oʻz vaqtida va zarur darajada (sifatli) bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologiyalarni joriy etishga doir tadbirlarni bajarishda qonun hujjatlarida belgilangan buyurtmachining faoliyati shart-sharoitlari parametrlariga, jumladan texnik reglament talablari, davlat standartlari, shaharsozlik norma va qoidalari, sanitariya norma va qoidalari, gigiyenik va boshqa normativlarga rioya qilish boʻyicha oʻz majburiyatlarini zarur darajada bajarmaganligi sababli aniqlangan kamchiliklarni tekin bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
r) buyurtmachining majburiyatlari, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik shartnomalarini bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish boʻyicha qonun talablariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchiga tadbirlar roʻyxatiga kiritilgan, texnologiyalarni joriy etishga doir tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan obyekt toʻgʻrisida dolzarb maʼlumotlarni taqdim etish, shu jumladan obyekt (inshoot)lar soni, qurilgan sanasi, toʻsiq konstruksiyalari tipi, mukammal taʼmirlash sanasi, energiya resurslarini isteʼmol qiluvchi asbob-uskunalarning texnik xususiyatlari toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlar roʻyxatiga kiritilgan, unga nisbatdan texnologiyalarni joriy etishga doir tadbirlar amalga oshirilayotgan obyektni hamda ushbu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida oʻrnatilgan asbob-uskunalarni zarur darajada saqlash va xizmat koʻrsatish, agar ushbu majburiyatlar shartnoma shartlarida yetkazib beruvchiga yuklanmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar bilan kelishilgan energiya resurslaridan foydalanish rejimi va shartlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchi vakillarini unga nisbatan shartnoma tuzilgan obyektga kirishini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada belgilangan muddatda, ammo shartnomada nazarda tutilgan tejash miqdoriga erishish muddati tugagan kundan boshlab 30 kundan kechikmay, yetkazib beruvchiga energiya resurslari isteʼmoli toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchi tomonidan shartnomaning bajarilishi natijasida tejash taʼminlanishi lozim boʻlgan energiya resurslari yetkazib berish shartnomasining shartlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni yetkazib beruvchiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar bilan kelishilgan energiya resurslaridan foydalanish rejimi va shartlariga rioya qilish boʻyicha majburiyatlarini bajarish davomida uning tomonidan yoʻl qoʻyilganligi sababli aniqlangan kamchiliklarni tekin bartaraf etish hamda koʻrsatilgan majburiyatlarni buyurtmachi tomonidan bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi oqibatida yetkazib beruvchida vujudga kelgan zararlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) oʻz shartnomaviy majburiyatlarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun taraflarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
t) texnologiyalarni joriy etishga doir tadbirlarni amalga oshirish jarayonida yetkazib beruvchi tomonidan buyurtmachiga oʻrnatilgan asbob-uskunalarga egalik huquqini qonun hujjatlariga muvofiq yetkazib beruvchidan qonuniy huquqqa ega boʻlgan shaxslarga oʻtkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u) qonun hujjatlariga zid boʻlmagan hollarda, energiya servis shartnomasi boʻyicha toʻlov talabi huquqini boshqa shaxs foydasiga toʻliq yoki qisman voz kechish mumkinligi shartining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Energiya servis shartnomalari doirasida texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi shart, sertifikatlashtirish talabi belgilanmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Energiya servis shartnomalarini tayyorlash va amalga oshirish maqsadida yetkazib beruvchi energiya servis shartnomalarini bajarish uchun zarur boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qonun hujjatlariga muvofiq xarid qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yetkazib beruvchi har bir energiya servis shartnomasi tuzilgandan soʻng oʻzining xarid rejasiga oʻzgartirish kiritishga haqlidir. Buyurtmachining xarid rejasi va xarid grafik rejasiga energiya resurslarini yetkazish hamda foydalanilayotgan energiya isteʼmoli bilan bogʻliq pribor va uskunalarni saqlash va joriy taʼmirlash bilan bogʻliq buyurtmachining tegishli xarajatlar qismi boʻyicha oʻzgartirishlar kiritish buyurtmachining energiya resurslarini yetkazib berish uchun xarajatlarining erishilgan tejash samarasini tasdiqlaydigan dalolatnomani taraflar imzolagan kundan soʻng, ammo oʻn kundan kechikmay buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qonun hujjatlarida koʻrsatib oʻtilgan tartibda buyurtmachi yetkazib beruvchi bilan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yagona yetkazib beruvchisi sifatida energiya servis shartnomalari boʻyicha oʻrnatilgan, unga nisbatan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tadbirlar oʻtkazilgan asbob-uskunalardan foydalanish yuzasidan shartnoma tuzishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya servis xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya servis xizmatlari yetkazib beruvchi va buyurtmachi oʻrtasida energiya servis shartnomasini tuzish va roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari*


1-bosqich

Yetkazib beruvchi

Energiya servis shartnomasi tuzilishi moʻljallanayotgan obyektlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etish haqidagi soʻrovnomani buyurtmachiga yuborish

yetkazib beruvchi tashabbusi bilan


2-bosqich

Buyurtmachi

Energiya servis shartnomasi tuzilishi moʻljallanayotgan obyektlarning amaldagi texnik holati va ish rejimlarini aniqlash uchun komissiya tuzish

3 kun mobaynida


3-bosqich

Buyurtmachi

Soʻralgan maʼlumotlarni yetkazib beruvchiga taqdim etish. Yetkazib beruvchining vakillarining obyektga kirishini taʼminlash

agar soʻrovnomada boshqa kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, 10 kun mobaynida


4-bosqich

Yetkazib beruvchi

Obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrib chiqish. Loyihaoldi/loyiha hujjatlarini va ofertani tayyorlash, ularni buyurtmachiga yuborish

15 kun
mobaynida


5-bosqich

Buyurtmachi

Ofertani koʻrib chiqish va yetkazib beruvchiga aksept toʻgʻrisida yoki akseptdan bosh tortishi toʻgʻrisida yoxud ofertani boshqa shartlarda akseptlashi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish

30 kun
mobaynida


6 bosqich

Yetkazib beruvchi

Akseptdan bosh tortishi toʻgʻrisida yoxud ofertani boshqa shartlarda akseptlashi toʻgʻrisidagi buyurtmachining xabarnomasini koʻrib chiqish

5 kun
mobaynida


7-bosqich

Buyurtmachi/Yetkazib beruvchi

Akseptni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ikki tomonning roziligi bilan energiya servis shartnomasi tuzish

5 kun
mobaynida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Tadbirlarni bajarish muddatlari bajariladigan ishlarning shartlari va hajmlariga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/551/1536-son)