27.06.2018 yildagi PQ-3813-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda anʼanaviy va akademik musiqa hamda raqs sanʼatini rivojlantirish, ijrochilarning kasb mahoratini oshirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash uchun shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratilgan, musiqa ijrochilari va raqs jamoalari ijodini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish taʼminlanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, musiqa va raqs sanʼatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatining vazifalarini kompleks hal etish ushbu sohadagi boshqaruv tizimini takomillashtirish zarurligini taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, badiiy jamoalar va orkestrlarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, sanʼatni ommalashtirishning lozim darajadagi tizimini yaratish masalalarini hal etish ehtiyoji mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqimizning maʼnaviy saviyasini oshirish, oʻsib kelayotgan avlodni musiqa-estetik jihatdan tarbiyalash tizimini takomillashtirish hamda milliy, mumtoz va zamonaviy sanʼatni targʻib qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, Oʻzbekiston milliy simfonik, kamerli va xalq cholgʻu asboblari orkestrlari jamoalari birlashmasi hamda “Turkiston” sanʼat saroyi negizida davlat muassasasi shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston davlat filarmoniyasini (keyingi oʻrinlarda Davlat filarmoniyasi deb yuritiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyalari, birlashmalari negizida Davlat filarmoniyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi hamda viloyatlardagi hududiy boʻlinmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat filarmoniyasi Oʻzbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, Oʻzbekiston milliy simfonik, kamerli va xalq cholgʻu asboblari orkestrlari jamoalari birlashmasi hamda “Turkiston” sanʼat saroyining barcha huquq, majburiyat va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat filarmoniyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi hamda viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari tegishli akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyalari, birlashmalarining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Davlat filarmoniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy, mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs sanʼatini ilgʻor yutuqlar asosida rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining musiqa va raqs sanʼatiga boʻlgan maʼnaviy ehtiyojini lektoriy, konsert ishlari hamda musiqiy-maʼrifiy ishlar orqali shakllantirish va qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
musiqa va raqs sanʼati sohasidagi ijodkorlarning samarali ish yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
musiqa va raqs sanʼatidagi yutuqlarni Oʻzbekistonda va xorijda targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat filarmoniyasi repertuarini milliy va xorijiy mumtozning eng sara namunalari bilan toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
musiqiy-maʼrifiy ishlar orqali barkamol shaxsni shakllantirish, aholini estetik va axloqiy tarbiyalash, isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi va janrdagi musiqa hamda raqs sanʼatini faol targʻib qilish, ularni radio va televideniye, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan Internet tarmogʻida ommalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini madaniy hayotga jalb etish maqsadida ularning barcha qatlamlari uchun konsert tadbirlariga borish imkoniyatlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
musiqa va raqs jamoalari hamda ijrochilarining badiiy darajasi va kasb mahoratini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasining tuzilmasi hamda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi viloyatlar boʻlinmalarining namunaviy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasiga operativ boshqarish uchun beriladigan bino va inshootlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga, zarur hollarda, Davlat filarmoniyasining tuzilmasiga, shuningdek, Davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi va viloyatlar boʻlinmalarining tegishincha tuzilmasi hamda namunaviy tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining, jumladan, moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni nazarda tutgan holda, uning faoliyatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsert-tomosha faoliyatidan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari hamda donor tashkilotlar grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari Davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlinmalarini saqlash, jumladan, moddiy-texnika taʼminot uchun ularning oʻz daromadlari bilan qoplanmagan xarajatlarini qoplash maqsadida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlinmalari artistlari hamda badiiy xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-1280-son Farmonining amal qilishi, artistlar hamda badiiy xodimlarning avvalgi ish joylarida uzoq muddat xizmat qilgani saqlab qolingan holda, tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlinmalari, qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, konsert-tomosha faoliyatini tegishli litsenziyani olmasdan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida konsert-tomosha tadbirlarini bir martalik ruxsatnoma olmasdan amalga oshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat filarmoniyasiga samarali konsert-tomosha tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlash uchun ikkita yengil avtomobil, ikkita katta sigʻimdagi avtobus va bitta yuk avtomobili xarid qilish uchun mablagʻlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat filarmoniyasi Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 2-uy manzilida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2778-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Davlat filarmoniyasi ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat filarmoniyasi hamda uning hududiy boʻlinmalari namunaviy shtatlarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 27-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3813-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3813-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Izoh. Boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 35 birlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3813-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 16 birlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3813-son qaroriga
2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi viloyatlar boʻlinmalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI

Izoh. Boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 9 birlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3813-son qaroriga
3-ILOVA

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasiga operativ boshqarish uchun beriladigan bino va inshootlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasining Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 25-uy manzilida joylashgan binosi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasining Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 119-uy, “B” korpus manzilida joylashgan binosi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston milliy simfonik, kamerli va xalq cholgʻu asboblari orkestrlari jamoalari birlashmasining Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan binosi (“Musiqa saroyi”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan “Turkiston” sanʼat saroyi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3813-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2778-son qaroriga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZGARTISHLAR

1. 1-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ORGANIZATSIONNAYA STRUKTURA
Ministerstva kulturi Respubliki Uzbekistan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
”.

2. 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“STRUKTURA
sentralnogo apparata Ministerstva kulturi Respubliki Uzbekistan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obshaya predelnaya chislennost upravlencheskogo personala: 49 yed.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2018-y., 07/18/3813/1411-son)