1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-oktabrdagi 678-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kemachilik registri boʻlimini Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligidan (keyingi oʻrinlarda “Oʻzavtotrans” agentligi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga topshirish-qabul qilish boʻyicha 4-ilovaga muvofiq tarkibda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus avtomobil yoʻllari xoʻjaligi va xizmatlar koʻrsatish kasb-hunar kollejini, Andijon transport va xizmatlar koʻrsatish kasb-hunar kollejini hamda Samarqand avtomobil yoʻllari kasb-hunar kollejini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan “Oʻzavtotrans” agentligiga topshirish-qabul qilish boʻyicha 5-ilovaga muvofiq tarkibda komissiyalar tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyalar oʻz vaqtida va toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda belgilangan tartibda, oʻtkazilayotgan mol-mulk, binolar, inshootlarni hamda kemachilik registri boʻlimi va kasb-hunar kollejlarining tegishli xizmat hujjatlarini topshirish-qabul qilishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shahar yoʻlovchi transportini boshqarish boʻyicha maxsus vakolatli organlar va departamentlarni “Oʻzavtotrans” agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga birlashtirish boʻyicha Komissiya (A.J. Ramatov) quyidagilarni taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) maxsus vakolatli organlar va departamentlarni “Oʻzavtotrans” agentligi hududiy boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasiga muvofiq birlashtirish doirasida hududiy boshqarmalarni quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar bilan qoʻshimcha ravishda toʻldirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tariflarni shakllantirish va tenderlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik xizmat koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlarni hamda xizmat hujjatlari va boshqa mol-mulkni maxsus vakolatli organlar va departamentlardan “Oʻzavtotrans” agentligi hududiy boshqarmalariga topshirish-qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus vakolatli organlar va departamentlarning shtatlar qisqarishi munosabati bilan boʻshatilayotgan xodimlari bilan mehnat shartnomalarini mehnat qonunchiligiga muvofiq toʻxtatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzavtotrans” agentligi hududiy boshqarmasiga birlashtirish davrida qisqartiriladigan maxsus vakolatli organlar va departamentlar xodimlari uchun mehnat va ish haqi toʻlash shartlari maxsus vakolatli organlar va departamentlar mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari toʻxtatilgunga qadar saqlanadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzavtotrans” agentligi hududiy boshqarmasiga ishga qabul qilinayotgan shaxslarga avtomobil transporti xizmatchilari lavozimlariga va ishchi kasblariga nisbatan Tarmoq tarif-malakaviy maʼlumotnomasiga muvofiq, malaka talablari qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2019-yilning II yarim yilligidan boshlab avtovokzallar va avtostansiyalar faoliyatini boshqarish va tartibga solish yuzasidan markazlashgan tizimning quyidagilarni taʼminlovchi amaliy faoliyat koʻrsatish mexanizmini ishlab chiqsin va joriy etsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtovokzal va avtostansiyalarni ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash, avtovokzal va avtostansiyalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi oʻrtasida axborot-tarmoq aloqasining zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtovokzal va avtostansiyalarga, ularning imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish maqsadida yoʻlovchilar yoʻnalishlarini biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha, shu jumladan, aholini yoʻnalishlar, variantlar va belgilangan manzilga yetib boruvchi transport turlari haqida xabardor qilish yuzasidan xizmatlarning keng miqyosdagi roʻyxatini taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yoʻlovchilarni ruxsatnoma hujjatlarisiz chiqarish/tushirish bilan noqonuniy shugʻullanuvchi sunʼiy avtoturargohlar faoliyatini tartibga solish bilan bogʻliq masalalarni hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda, shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro avtobus yoʻnalishlaridagi avtobuslarning optimal ish tartibi yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) uch oy muddatda quyidagilarni taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufidagi umumiy foydalanish yoʻlovchilar yoʻnalishlaridagi oraliq toʻxtash bekatlarini xatlovdan oʻtkazish, yangi toʻxtash bekatlarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlovlar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2018 — 2021-yillar mobaynida toʻxtash bekatlarini shaharlar va tumanlar markazlarida bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash yuzasidan chora-tadbirlarni tasdiqlash uchun kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) aholining borishi zarurligini inobatga olgan holda, xalqaro yoʻlovchi avtobus yoʻnalishlarini ochish yuzasidan ishlarni tizimli ravishda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yoʻl harakati xavfsizligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari inspektorlaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi tezkor mobil guruhlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida tashuvchilar tomonidan yoʻlovchilar tashishda xavfsizlikni taʼminlash talablariga, tender kontraktlari va yuklarni tashish shartlariga rioya etilishi, avtotransport vositalarining qatnovoldi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha profilaktika ishlarining amalga oshirilishi yuzasidan hamkorlikda reydlar oʻtkazish maqsadida shakllantirish.
(5-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining tugatilayotgan yoʻlovchilar tashishlari barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlarining avtomobil transporti yoʻlovchilar tashishlarini litsenziyalash boʻyicha vakolatlari, belgilangan tartibda, “Oʻzavtotrans” agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining tugatilayotgan yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari tomonidan berilgan litsenziyalar va litsenziya varaqalari ularda koʻrsatilgan muddatlar tugagunga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining transport xizmatini nazorat qiluvchi oʻrinbosarlari zimmasiga umumiy foydalanishdagi toʻxtash bekatlarining zarur darajadagi taʼminoti va saqlanishini, xavfsizlik talablariga rioya etilishini, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻi D.T. Dexkanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 9-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-son qaroriga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kemachilik registri boʻlimini Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligidan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga topshirish-qabul qilish komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Mahkamov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya raisi
D. Dexkanov
—
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻi, komissiya raisining oʻrinbosari
A. Moʻminov
—
Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari
D. Sattarov
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
B. Niyozmatov
—
Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari
N. Sharipov
—
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
A. Fayziboyev
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
D. Usmonov
—
Favqulodda vaziyatlar vazirligining moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshligʻi
lavozimi boʻyicha
—
Favqulodda vaziyatlar vazirligining kichik kemalar boʻyicha inspeksiyasi boshligʻi
A. Axnazarov
—
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, komissiya kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-son qaroriga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus avtomobil-yoʻl xoʻjaligi va xizmat sohalari kasb-hunar kolleji, Andijon transport va xizmat kasb-hunar kolleji, Samarqand avtomobil-yoʻl kasb-hunar kollejini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan “Oʻzavtotrans” agentligiga topshirish-qabul qilish komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sh. Shavahobov
—
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining oʻrinbosari, komissiya raisi
F. Rizayev
—
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi direktorining birinchi oʻrinbosari, komissiya hamraisi
J. Mirqosimov
—
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining ijro intizomini nazorat qilish, ish yuritish va jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi
A. Nazarov
—
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining kadrlar boʻlimi boshligʻi
M. Baymanov
—
Kasb-hunar taʼlimi markazi bosh buxgalteri
A. Ergashev
—
Kasb-hunar taʼlimi markazining rekonstruksiya, kapital taʼmirlash va jihozlash boshqarmasi boshligʻi
P. Seidmuradov
—
Kasb-hunar taʼlimi markazining Qoraqalpogʻiston hududiy boshqarmasi boshligʻi
F. Buzrukov
—
Kasb-hunar taʼlimi markazining Andijon hududiy boshqarmasi boshligʻi
A. Nasimov
—
Kasb-hunar taʼlimi markazining Samarqand hududiy boshqarmasi boshligʻi
T. Doshchekenov
—
Nukus avtomobil-yoʻl xoʻjaligi kasb-hunar kolleji direktori
I. Dabulova
—
Nukus avtomobil-yoʻl xoʻjaligi kasb-hunar kolleji bosh buxgalteri
U. Rahmonov
—
Andijon transport va xizmat kasb-hunar kolleji direktori
D. Yuldasheva
—
Andijon transport va xizmat kasb-hunar kolleji bosh buxgalteri
F. Nazarov
—
Samarqand avtomobil-yoʻl kasb-hunar kolleji direktori
A. Nazarov
—
Samarqand avtomobil-yoʻl kasb-hunar kolleji bosh buxgalteri
A. Axnazarov
—
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining moliya va buxgalterlik hisobi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, komissiya kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-son qaroriga 6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi orqali oʻtadigan maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2002-y., 3-4-son, 34-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 15-16-son, 131-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 21-son, 204-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Yoʻnalishli avtobuslar va yoʻnalish taksilari harakati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shahar yoʻnalishlarida — shaharlar hokimliklari yoki Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda — viloyatlar hokimliklari yoki Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) viloyatlararo-shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda — Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan tuziladigan jadvallar boʻyicha tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yangi yoʻnalishlarni tashkil etish (ochish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shaharlarda — shaharlar hokimliklari yoki Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan yoʻnalish sxemalarini Toshkent shahar IIBB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB yoʻl harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shahar atrofi va viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Toshkent shahri yoki Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari Toshkent shahri IIBB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB yoʻl harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan yoʻnalishlar sxemalarini kelishgan holda Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100-bandning birinchi xatboshiga “yoxud internet orqali elektron toʻlov vositasi yordamida” soʻzlari qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“haydovchilarning mehnat va dam olish tartibiga, avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashish qoidalariga, ogʻir va hajmi katta oʻlchamdagi avtomobil tashuvlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarga rioya etishlari ustidan nazorat”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-banddagi “, yakka tartibdagi tadbirkorlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72-banddagi “yoʻlovchi transportini boshqarish boʻyicha ular tomonidan maxsus vakolatli organlar” soʻzlari “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyul 138-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Litsenziya berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar litsenziyalovchi organlar tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashish boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan — shahar, shahar atrofi, shaharlararo yoʻlovchi va yuklarni tashish boʻyicha”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5-bandga quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqaro yoʻnalishlarda yuklarni tashishni amalga oshirish huquqiga litsenziyaga ega boʻlgan avtomobilda milliy yuk tashuvchilar unga muvofiq shaharlararo yoʻnalishlarda yuk tashishni amalga oshirish huquqiga ham egadirlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 9-bandning “j” kichik bandidagi “shu jumladan Toshkent shahri boʻyicha va Toshkent viloyati chegarasi doirasida — tegishli Departament tomonidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 13-banddagi “tegishli ravishda” va “yoki Departamentning” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 15-banddagi “tegishli ravishda” va “va Departament tomonidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 16-banddagi “oʻn besh” soʻzi “oʻn ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) quyidagi mazmundagi 161-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“161. Agar Agentlik litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qilmasa, u holda koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin litsenziya talabgori oʻzi ariza bergan faoliyatni, bu haqda Agentlikni yozma ravishda xabardor qilib, amalga oshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda Agentlik litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga litsenziyani berishga majbur”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Litsenziyalar berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablagʻlari Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ilmiy-tadqiqot ishlari, yoʻlovchilar avtovokzallari va avtostansiyalari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga qarashli boʻlgan umumiy foydalanishdagi yoʻlovchi yoʻnalishlari toʻxtash punktlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, dasturlarni moliyalashtirishda, shuningdek, avtotransport vositalarini xarid qilish va avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, “Oʻzavtotrans” agentligini saqlash uchun foydalaniladi”.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 21-son, 204-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari 2-bandining oʻn uchinchi xatboshidagi va 54-bandining “g” kichik bandidagi “va daryo” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 36-modda) 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2011-yil 22-dekabrdagi 340-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 51-son, 546-modda) 2-bandidagi va 3-bandining birinchi xatboshidagi “va daryo” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 4-bandiga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“avtomobil tashuvlari xavfsizligini taʼminlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining “Shahar yoʻlovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 11-son, 82-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Toshkent shahar hokimligining Barcha turdagi yoʻlovchi tashish transporti harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga” soʻzlari “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining Toshkent shahar boshqarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi maqomi boʻyicha Toshkent shahar hokimining oʻrinbosariga tenglashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning uchinchi xatboshidagi “Toshkent shahar hokimligining barcha turdagi yoʻlovchi transporti harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) soʻzlari “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining Toshkent shahar boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Departament tomonidan” soʻzlari “Toshkent shahar hokimligi yoki Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi-uchinchi xatboshilaridagi “Departament tomonidan” soʻzlari “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining Toshkent shahar boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 37-son, 487-modda) bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“shahar yoʻlovchilar, avtomobil transporti sohasida — tashuvchilar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishda, avtomobil va daryo transporti sohasidagi axborotni tashuvchilardan soʻrashda va olishda hamda jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirishga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 17-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentning 22-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“22. Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan transport vositasi (shassi)ning turini tasdiqlash yoki sertifikatlashda faqat Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti — ishlab chiqaruvchi yoki tashuvchining vakili ariza beruvchi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqaruvchining vakili transport vositasi (shassi)ning Texnik reglament talablariga muvofiq xavfsizligini taʼminlashda ishlab chiqaruvchi bilan solidar (birgalikda) javobgardir”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-apreldagi 238-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “toʻgʻrisidagi kodeksining” soʻzlaridan keyin “144-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari (transportda chiptasiz yurish), 145-moddaning ikkinchi qismi bilan (yoʻlovchilarni chiptasiz tashish),” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“undiriladigan jarimalar summasining 84 foizi Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-son qaroriga 7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 10-martdagi 118-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 27-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yoʻlovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarorining 1 va 2-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda) va qarorga 1 va 3-ilovalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori) 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilovaning 46-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 33-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyati hokimligining yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 1-noyabrdagi 229-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 62-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 35-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 28-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 10-martdagi 118-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-sentabrdagi PQ-1615-son qarori)” 2011-yil 6-dekabrdagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 49-son, 93-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 68-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 51 va 57-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 64-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qaroriga 2-ilovaning 4 va 5-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 82-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-apreldagi 238-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda) va unga 1 — 3 ilovalar, shuningdek, 4-ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli Farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 37 va 40-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)