11.06.2018 yildagi PQ-3782-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini, jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagi boʻlgan past daromadli oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliy choralar koʻrilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, ogʻir ijtimoiy-maishiy sharoitlarda yashovchi oilalar arzon uy-joy bilan taʼminlanmoqda, ularga tibbiy xizmatlarni olishda, maishiy texnikalar va uy hayvonlarini sotib olishda begʻaraz yordamlar koʻrsatilib kelinmoqda hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun mahsulot va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va ularning bandligini taʼminlayotgan tashkilotlarga soliq va kredit imtiyozlari tizimi nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlillar nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari va tadbirkorlik subyektlarining aholining ijtimoiy zaif qatlamini, jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etish imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmayotganini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining ijtimoiy zaif qatlami farovonligini oshirish, ularning turmush darajasini yaxshilash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5270-sonli Farmoniga asosan, nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2018-yil 1-avgustdan boshlab 1-ilovaga muvofiq alohida toifadagi tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imtiyozlar va preferensiyalar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyekti uchun ijara toʻlovini ushbu obyektga nisbatan auksion savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ijara toʻlovining 50 foizi miqdorida belgilash.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 07/20/4889/1515-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni qoʻllash tartibini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat banklariga 1-ilovada koʻrsatilgan alohida toifadagi tadbirkorlik subyektlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanma mablagʻini toʻldirish uchun — uch oylik imtiyozli davr bilan 18 oygacha muddatga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbob-uskunalar va sarflash materiallari xarid qilish uchun — olti oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra, 2018-yil 1-avgustdan boshlab shtatdagi xodimlarining kamida 50 foizi nogironligi boʻlgan shaxslardan tashkil topgan nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari korxonalari jami xodimlarining mehnatiga haq toʻlash fondi uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 4,7 foiz miqdorda belgilanadi va yagona ijtimoiy toʻlov summasi oʻrnatilgan tartibda taqsimlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ilgʻor xorijiy tajriba va milliy amaliyotni chuqur oʻrganish asosida ijtimoiy tadbirkorlik subyektlarini aniqlashning tartibi va mezonlarini, ularning huquqlari, majburiyatlari va faoliyati erkinligi kafolatlarini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda uch oy muddatda nogironligi boʻlgan shaxslarning erkin foydalanishi uchun barcha texnik va tibbiy-ijtimoiy imkoniyatlarni inobatga olgan holda, homiylar va homiylik oluvchilarni bogʻlaydigan, eng avvalo, homiylar yordamiga va qoʻllab-quvvatlashiga oʻta muhtoj kishilar haqidagi maqolalar hamda maʼlumotlar joylashtiriladigan maxsus veb-portal yaratish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisida, shuningdek, nogironligi boʻyicha hech qanday kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishdagi teng sharoitlar yaratish va ularni buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligi haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati (keyingi oʻrinlarda jamoat birlashmalari deb yuritiladi)ning ularning korxonalari tasarrufidagi ishlab chiqarish obyektlaridan samarali foydalanilishi va ularga biriktirilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanishni kompleks oʻrganish boʻyicha takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda respublikaning har bir hududi kesimida 2-ilovaga muvofiq jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obyektlari va yer maydonlaridan samarali foydalanishni kompleks oʻrganish boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obyektlari va yer maydonlaridan samarali foydalanishni oʻrganish jadvalini ularning har bir tuman (shahar)dagi soni hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-avgustga qadar ishchi guruhlar tomonidan jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obyektlari va yer maydonlaridan samarali foydalanishni oʻrganilishini hamda ular tomonidan zaruratga koʻra aniqlangan muammolarni hal etish choralari koʻrilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-sentabrga qadar oʻrganishlar natijasi boʻyicha jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obyektlari holatini yaxshilash va ularga biriktirilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanish boʻyicha aniq chora-tadbirlardan iborat “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun hamda mohiyati keng yoritilishini va aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O. B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 11-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3782-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-avgustdan boshlab imtiyozlar va preferensiyalar beriladigan alohida toifadagi tadbirkorlik subyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Hisobot davrining yakuni boʻyicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 30 foizini nogironligi boʻlgan shaxslar uchun protez-ortopediya buyumlari va inventarlar ishlab chiqarish, ularga ortopedik protezlash, protez-ortopediya buyumlari va inventarlarini taʼmirlash xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik subyekti.

2.

Hisobot davrining yakuni boʻyicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 20 foizini Brayl alifboli kitob va boshqa bosma materiallar, imkoniyati cheklangan bolalarga oʻquv va badiiy adabiyotlarni chop etish, ishora tilini qoʻllagan holda audio kitob hamda videomateriallar yaratishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik subyekti.

3.

Mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini nogironligi boʻlgan shaxslar, oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari yoki nogironligi boʻlgan bolalari boʻlgan yolgʻiz shaxslar, jazoni ijro etuvchi muassasalardan ozod etilgan shaxslar, odam savdosi qurbonlari, oʻqishni tugatgandan keyin 3 yil oshmagan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari, “Mehribonlik” uylarining 30 yoshga yetmagan bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik subyekti.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxslar jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obyektlari va yer uchastkalaridan samarali foydalanishni kompleks oʻrganish boʻyicha hududiy ishchi guruhlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

lavozimi boʻyicha

Bosh prokuratura masʼul xodimi, ishchi guruh rahbari

lavozimi boʻyicha

Iqtisodiyot vazirligi masʼul xodimi

lavozimi boʻyicha

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi masʼul xodimi

lavozimi boʻyicha

Adliya vazirligi masʼul xodimi

lavozimi boʻyicha

Davlat soliq qoʻmitasi masʼul xodimi

lavozimi boʻyicha

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi masʼul xodimi

lavozimi boʻyicha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi masʼul xodimi

lavozimi boʻyicha

Savdo-sanoat palatasi masʼul xodimi

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari masʼul xodimi

kelishuv asosida

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi masʼul xodimi

kelishuv asosida

Oʻzbekiston nogironlar jamiyati masʼul xodimi

kelishuv asosida

Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati masʼul xodimi

kelishuv asosida

Oʻzbekiston karlar jamiyati masʼul xodimi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2018-y., 07/18/3782/1338-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 12.11.2020-y., 07/20/4889/1515-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)