29.05.2018 yildagi PQ-3751-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligining tezkor rivojlanishi va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash imkonini beruvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yilda qishloq xoʻjalik texnikasini ishlab chiqarish, yetkazib berish va servis xizmati koʻrsatish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya xizmatlari koʻrsatishning yagona oʻzaro bogʻlangan tizimining yaratilishi qishloq xoʻjaligi korxonalari, “Oʻzagroservis” AJ tashkilotlarining servis korxonalari va mashina-traktor parklarini qayta jihozlashni taʼminlash imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mazkur sohada oʻtkazilgan tahlillar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish tizimida qator tizimli muammolar saqlanib qolayotganligini koʻrsatdi. Ular qatorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, “Oʻzagroservis” AJ va ular tarkibidagi korxonalarning, xususan, mashina-traktor parklarining yakuniy moliyaviy koʻrsatkichlari va faoliyatining samarasiz tashkil etilganligi mazkur tashkilotlar faoliyati va boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishini talab etmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, tadbirkorlik subyektlarining mashina-traktor parklari faoliyatiga jalb etilmaganligi ularni rivojlantirish va modernizatsiya qilish samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatishlari borasidagi cheklovlar mazkur xizmatlar bozorining tezkor rivojlanishiga va qishloq xoʻjaligi yerlarining zarur texnika bilan keng qamrab olinishiga toʻsqinlik qilmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi, mexanizatsiya va servis xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etishda mahalliy ijro hokimiyati organlari manfaatdorligining past darajadaligi ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi, ayrim mansabdor shaxslarning mexanizatsiya va servis xizmatlari koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashishlari xususiy mulk daxlsizligining kafolatlari buzilishiga va mazkur faoliyatni amalga oshirishning jozibadorligi pasayishiga olib kelmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi, agrotexnik ishlarni tashkil etishda alohida yondoshuvning mavjud emasligi, jumladan hududlarning oʻziga xosligidan kelib chiqilmasligi, shuningdek hosildorligi past boʻlgan yerlarda mexanizatsiya xizmatlari koʻrsatish sohasida davlat moliyaviy koʻmagining mavjud emasligi mashina-traktor parklarida sezilarli darajada qarzdorliklar paydo boʻlishining asosiy sabablaridan biri boʻlib qolmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi, qishloq xoʻjalik texnikasi va uning ehtiyot qismlariga boʻlgan narxlarni optimallashtirish, shuningdek oʻzaro manfaatdorlik shartlari asosida mamlakatga yangi ilgʻor ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish borasidagi ishlarning lozim darajada amalga oshirilmaganligi mexanizatsiya va servis xizmatlari bozorining rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaruvchilarning noroziligini keltirib chiqarmoqda va mashina-traktor parklari faoliyatining samaradorligini pasaytirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish samaradorligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga koʻrsatilayotgan mexanizatsiya va servis xizmatlari koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini, yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbariga (N.S. Otajonov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi PQ-2658-son “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining “Avtosanoat Agrotexservis” MCHJ va “Oʻzagroservis” AJ mashina-traktor parklari tizimini optimallashtirish qismi bajarilmaganligi qatʼiy koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” AJ “Oʻzavtosanoat” AJ va “Agrobank” ATB bilan birgalikda ikki oy muddatda “Avtosanoat Agrotexservis” MCHJ va “Oʻzagroservis” AJ mashina-traktor parklari tizimini optimallashtirish boʻyicha hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin va optimallashtirishning barcha jarayonlarini 2018-yilning 1-oktabriga qadar yakunlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, “Oʻzavtosanoat” AJning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-iyuldan “Oʻzagroservis” AJning “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tashkiliy tuzilmasidan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” AJ ustav jamgʻarmasidagi “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJga tegishli boʻlgan ulushni “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ ustav jamgʻarmasini oʻtkazilayotgan ulushning balans qiymatiga kamaytirgan holda davlat tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ va “Oʻzagroservis” AJ bilan hamkorlikda ikki oy muddatda “Oʻzagroservis” AJni “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJning tashkiliy tuzilmasidan chiqishi bilan bogʻliq barcha tashkiliy chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzagroservis” AJ ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Oʻzagroservis” AJ tashkilotlarining boʻsh turgan va foydalanilmayotgan binolari va inshootlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin hamda ularni tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari oldidagi qarzdorliklarini tegishli ravishda kamaytirgan holda balans qiymati boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, tijorat banklari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mashina-traktor parklarining “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar kafilligida taqdim etilgan kreditlari boʻyicha majburiyat taʼminotini (kafillik, mol-mulk garovi) almashtirish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzagroservis” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining 2018-yil 1-noyabrdan quyidagilar orqali mashina-traktor parklarini boshqarishning eng samarali shaklini tanlash boʻyicha eksperiment (keyingi oʻrinlarda — eksperiment) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik bildirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” AJning 2-ilovaga muvofiq 26 ta mashina-traktor parklarini tadbirkorlik subyektlariga sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” AJning 3-ilovaga muvofiq 3 ta mashina-traktor parklarini davlat unitar korxonalariga (keyingi oʻrinlarda — “Tuman MTP” DUK) aylantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Oʻzagroservis” AJ mashina-traktor parklarini sotish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlari tomonidan 2018-yil 31-dekabrgacha quyidagilar orqali taʼminlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash boʻyicha ishlar xarajatlarini tegishli mashina-traktor parklari mablagʻlari hisobidan qoplagan holda mashina-traktor parklarining mulki va mulkiy huquqlarni baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yoki bir nechta tadbirkorlik subyektlari tomonidan tegishli mashina-traktor parklarining ustav jamgʻarmasidagi taʼsischi ulushini ellik bir foizidan yuz foizigacha bozor narxida sotib olish boʻyicha eng yaxshi takliflar tanlovini eʼlon qilish va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashina-traktor parklarining ustav jamgʻarmasidagi yuz foiz ulush sotib olingan vaqtdan boshlab ikki yil davomida tashkiliy-huquqiy shakl va asosiy faoliyat turini (mexanizatsiya va servis xizmatlari koʻrsatish) saqlab qolish sharti bilan “Oʻzagroservis” AJ va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tegishli shartnoma tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashina-traktor parklarining ustav jamgʻarmalaridagi taʼsischi ulushini sotishdan kelib tushgan barcha mablagʻlarni “Oʻzagroservis” AJ tashkilotlarining qarzdorliklarini qoplashga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taʼsischining tegishli mashina-traktor parklarining ustav jamgʻarmalaridagi ulushini baholash qiymati boʻyicha sotish imkoni boʻlmagan taqdirda, “Oʻzagroservis” AJ sotishga qoʻyilgan aktivlarning narxlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-son “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan tartibda bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Oʻzagroservis” AJ mashina-traktor parklarini “Tuman MTP” DUKga aylantirish tegishli viloyatlar hokimliklari tomonidan 2018-yilning 31-dekabrigacha quyidagilar orqali taʼminlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashina-traktor parklarining ustav jamgʻarmalaridagi ulushni keyinchalikda ularni “Tuman MTP” DUKga aylantirgan holda tegishli tuman hokimliklariga balans qiymati boʻyicha oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” AJ ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushini tuman hokimliklariga oʻtkazilayotgan ulushning balans qiymatiga kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tuman hokimliklari tomonidan “Tuman MTP” DUK ustavlarini tasdiqlash, shuningdek ularni malakali kadrlar bilan toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tadbirkorlik subyektlariga sotilgan mashina-traktor parklari, shuningdek “Tuman MTP” DUK tegishlicha “Oʻzagroservis” AJning sotiladigan va qayta tashkil etiladigan mashina-traktor parklarining barcha huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tegishli tuman hokimligi “Tuman MTP” DUKning taʼsischisi hisoblanadi va mazkur korxonaning mulki yetarli boʻlmagan hollarda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar tarzda javobgar boʻladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tadbirkorlik subyektlariga sotilgan mashina-traktor parklari va “Tuman MTP” DUKlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi PQ-2658-son “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 14-bandi bilan “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ va “Oʻzagroservis” AJ tashkilotlari uchun belgilangan barcha bojxona, soliq imtiyozlari va preferensiyalar, boʻshagan mablagʻlarni qarzdorlikni yopishga yoʻnaltirgan holda, tatbiq etiladi.
(8-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlariga eksperimentning muvaffaqiyatli oʻtkazilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 2019-yilda “Tuman MTP” DUKlarga qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berishning maqsadli parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Eksperimentda ishtirok etuvchi tashkilotlarga quyidagilarni taʼminlash tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashina-traktor parklari tomonidan koʻrsatiladigan mexanizatsiya va servis xizmatlari roʻyxatini kengaytirish, jumladan yuk va yengil avtotransport vositalariga hamda texnikaning boshqa turlariga servis xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashina-traktor parklari faoliyatiga investorlarni, jumladan ularga xonalar, bino va inshootlarni ijaraga berish hamda mashina-traktor parki hududida birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish yoʻli bilan jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli mashina-traktor parklarining jihozlarini modernizatsiya qilish, shuningdek mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan jihozlarning yangi zamonaviy turlarini sotib olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-yanvarga qadar oʻtkazilgan eksperiment natijalari boʻyicha mashina-traktor parklarini boshqarishni tashkil etishning eng samarali shaklini qoʻllash boʻyicha asoslangan taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishda hosildorligi past yerlarga xizmat koʻrsatuvchi “Oʻzagroservis” AJ mashina-traktor parklari uchun qishloq xoʻjaligi texnikasini sotib olishga subsidiyalar ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 2018-yil 1-iyuldan yakka tartibdagi tadbirkorlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga qishloq aholisini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatga jalb etish boʻyicha keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek ularga oʻz faoliyatlarini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi eksperiment oʻtkazishda qonunchilikka rioya etilishi hamda davlat organlari mansabdor shaxslarining mashina-traktor parklari, fermerlik xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlarining qonuniy faoliyatiga aralashishlariga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish, taʼmirlash hamda mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishi ustidan tizimli monitoring va jamoatchilik nazoratini olib borish, ularning natijalari boʻyicha fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari manfaatlarini koʻzlab sudlarga daʼvo arizalari kiritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi texnikasi va ular ehtiyot qismlari narxlarining jahon konyunkturasini oʻrganish va tahlil qilish asosida ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar boʻyicha aniq takliflar kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun import qilinadigan ehtiyot qismlarni bevosita ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro manfaatli shartlar asosida Oʻzbekiston Respublikasiga qishloq xoʻjaligi texnikasining yangi ilgʻor ishlab chiqaruvchilarini jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Oʻzagroservis” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Oʻzagroservis” AJ va uning tashkilotlari xodimlarining ish haqi fondi miqdorini oshirish boʻyicha aniq choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda real vaqt rejimida mexanizatsiya xizmatlari koʻrsatishning yagona elektron hisobini yuritish va monitoring qilishni joriy etish choralarini koʻrsin, bunda ushbu tizimning “Oʻzagroservis” AJ uchun ochiq boʻlishini taʼminlashni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-yanvariga qadar tegishli huquq va majburiyatlarni “Oʻzagroservis” AJga oʻtkazgan holda hududiy “Agroservis MTP” MCHJlarni “Oʻzagroservis” AJ tarkibiga qoʻshib yuborishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3459-son “Qishloq xoʻjaligining texnik jihozlanish darajasini yanada oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrotexmash” AJ va “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJlarning bir-birini takrorlovchi funksiyalari va tuzilmalarini, ularni birlashtirish hamda “Oʻzagrolizing” AJni “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJning tashkiliy tuzilmasidan chiqarish yoʻli bilan optimallashtirish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, “Oʻzagroservis” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalariga mazkur qarorning ijro holati toʻgʻrisida axborot kiritib borsinlar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 29-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3751-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-maydagi PQ-3751-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” AJning tadbirkorlik subyektlariga sotiladigan mashina-traktor parklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

“Oʻzagroservis” AJ mashina-traktor parklarining nomi

Mintaqalar nomi

1.

“Xoʻjayli Agroservis MTP” MCHJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

2.

“Amudaryo Agroservis MTP” MCHJ

3.

“Asaka Agroservis MTP” MCHJ

Andijon viloyati

4.

“Xoʻjaobod Agroservis MTP” MCHJ

5.

“Kogon Agroservis MTP” MCHJ

Buxoro viloyati

6.

“Qorovulbozor Agroservis MTP” MCHJ

7.

“Zomin Agroservis MTP” MCHJ

Jizzax viloyati

8.

“Gʻallaorol Agroservis MTP” MCHJ

9.

“Shahrisabz Agroservis MTP” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

10.

“Yakkabogʻ Agroservis MTP” MCHJ

11.

“Karmana Agroservis MTP” MCHJ

Navoiy viloyati

12.

“Konimex Agroservis MTP” MCHJ

13.

“Kosonsoy Agroservis MTP” MCHJ

Namangan viloyati

14.

“Chortoq Agroservis MTP” MCHJ

15.

“Nurobod Agroservis MTP”MCHJ

Samarqand viloyati

16.

“Qoʻshrabot Agroservis MTP” MCHJ

17.

“Denov Agroservis MTP” MCHJ

Surxondaryo viloyati

18.

“Qumqoʻrgʻon Agroservis MTP”MCHJ

19.

“Boyovut Agroservis MTP” MCHJ

Sirdaryo viloyati

20.

“Xovos Agroservis MTP”MCHJ

21.

“Ohangaron Agroservis MTP” MCHJ

Toshkent viloyati

22.

“Parkent Agroservis MTP” MCHJ

23.

“Yangiobod Mash Tex Servis” MCHJ

Fargʻona viloyati

24.

“Chimyon Mash Tex Servis” MCHJ

25.

“Qoʻshkoʻpir Agroservis MTP” MCHJ

Xorazm viloyati

26.

“Hazorasp Agroservis MTP” MCHJ

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-maydagi PQ-3751-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagroservis” AJning davlat unitar korxonalariga aylantirilayotgan mashina-traktor parklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

“Oʻzagroservis” AJ mashina-traktor parklari nomi

Davlat unitar korxonalari nomi

1.

Pastdargʻom tuman “Agroservis MTP” MCHJ

“Pastdargʻom tuman MTP” DUK

2.

Jarqoʻrgʻon tuman “Agroservis MTP” MCHJ

“Jarqoʻrgʻon tuman MTP” DUK

3.

Guliston tuman “Agroservis MTP” MCHJ

“Gulistontuman MTP” DUK

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-maydagi PQ-3751-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilda “Tuman MTP” DUKlarga qishloq xoʻjaligi texnikasi yetkazib berishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI PARAMETRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tashkilotlar nomi

Jami qishloq xoʻjaligi texnikasi

shu jumladan

Haydov texnikasi

Chopiq traktorlari

Osma va tirkama qishloq xoʻjaligi texnikasi

Boshqa texnika turlari

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

1.

“Pastdargʻom tuman MTP” DUK

24

6 130

6

4 372

5

1 200

13

558

2.

“Jarqoʻrgʻon tuman MTP” DUK

81

9 332

10

3 550

15

3 225

54

1 890

2

667

3.

“Guliston tuman MTP” DUK

45

7 112

8

2 840

10

2 400

27

1 872

Jami

150

22 574

24

10 762

30

6 825

94

4 320

2

667

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: zarur hollarda qishloq xoʻjaligi texnikalarining soni va summasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda qaytadan koʻrib chiqilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2018-y., 07/18/3751/1284-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)