Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2011 18.01.1996 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ODAMLAR VA HAYVONLARNING QUTURIShI KASALLIGIGA QARShI KURAShNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-sonli “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odamlar va hayvonlarning quturishi kasalligiga qarshi kurash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish, shuningdek, aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa uy hayvonlarini saqlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa hayvonlarni saqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qarovsiz qolgan it, mushuk va boshqa hayvonlarni tutish hamda qirib tashlash va ularni tayyorlov tashkilotlariga foydalanish uchun yetkazib berish vazifasi shaharlarda, tuman markazlari hamda shahar koʻrinishidagi shaharchalarda — Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining joylardagi korxonalariga, qishloq joylarda — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, uning veterinariya xizmati organlariga, oʻzini oʻzi boshqarishning mahalla, ovul va shaharcha organlari (fuqarolar yigʻini)ga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi hududiy organlari qaramogʻida boʻlgan it tutuvchi xoʻjaliklarni tashkil etish ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan 2000-yilgacha boʻlgan davr uchun aniq topshiriqlarni bir oy muddatda koʻrib chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
it tutish xizmatlari va brigadalarini, xoʻjalikda kerak boʻlmagan hayvonlarni aholidan qabul qilib olish joylarini tashkil etish va mablagʻ bilan taʼminlash, ularni ixtisoslashtirilgan transport, yonilgʻi-moylash materiallari, hayvonlarni tutish qurollari bilan taʼminlash uchun sarf-xarajatlarni har yili mahalliy budjetning xarajat qismida nazarda tutsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasi boʻlgan itlarning roʻyxatdan oʻtkazilishini va har yili majburiy qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili itlarni quturishga qarshi majburiy emlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quturish kasalligi koʻp uchrashi xavfi boʻlgan hududlarda mushuklar va qishloq xoʻjaligi hayvonlarini quturishga qarshi profilaktik emlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quturishga qarshi samarali emlash vaksinalari zaxirasi mavjud boʻlishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarning quturishi ustidan veterinariya nazorati tizimini tashkil etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlar quturgan joylarda ularning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va tugatish yuzasidan veterinariya chora-tadbirlarining barcha majmuini oʻtkazishni, shuningdek, yoʻq qilingan va nobud boʻlgan hayvonlarni koʻmib tashlashning sanitariya-veterinariya qoidalariga rioya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda shaharlar va qishloq joylardagi it, mushuk va boshqa hayvonlarni saqlaganlik, ularni roʻyxatdan oʻtkazganlik va qayta roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun ularning egalaridan haq undirish tartibini, shuningdek, itlarni tutish va qirib tashlashga oid xizmatlar uchun narxlar va tariflarni bir oy muddatda qayta koʻrib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi it, mushuk va boshqa hayvonlarning odamlarga hamla qilganligi va tishlab olganligi uchun ularning egalarini javobgarlikka tortish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni ishlab chiqsinlar hamda ularni belgilangan tartibda kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha fuqarolar tomonidan Aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa hayvonlarni saqlash qoidalariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin, Qoidalar talablari bajarilmagan hollarda fuqarolarni maʼmuriy javobgarlikka tortsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Ovchilar va baliqchilar sport jamiyatlari uyushmasi aʼzolariga daydi va kasal hayvonlarni otish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya)lar berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quturish oʻchoqlarida, shuningdek, quturish kasalligi koʻp uchrashi xavfi boʻlgan epizootik hududlarda daydi va quturgan hayvonlarni davlat veterinariya va sanitariya nazorati organlarining iltimosnomasiga koʻra uyushgan holda otishga ruxsat etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi it tutish xoʻjaliklaridan yovvoyi va uy hayvonlarining terilarini qabul qilib olishni va ulardan moʻynali mahsulotlar tayyorlashni tashkil etsin. Yovvoyi va oʻy hayvonlari terilarini sotishdan tushgan mablagʻlar it tutish xoʻjaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Oʻzbekiston Ovchilar va baliqchilar sport jamiyatlari uyushmasi quturish oʻchoqlarida va quturish kasalligi koʻp uchrashi xavfi boʻlgan epizootik hududlarda daydi va quturgan hayvonlarni otuvchi ixtisoslashtirilgan ovchilar brigadalarini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlar tishlab olganda tibbiy yordamga albatta murojaat qilishlari toʻgʻrisida aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini faollashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash-profilaktika muassasalarida quturishga qarshi vaksinalar va gamma-globulin zaxiralari mavjud boʻlishini taʼminlasin, quturishga qarshi yordam uchun murojaat qilgan barcha kishilarni zudlik bilan va toʻliq hajmda profilaktik davolasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi, Oʻzbekiston Ovchilar va baliqchilar sport jamiyatlari uyushmasi ov qilinadigan yerlarda tulki, chiyaboʻri va boʻrilarning maqbul sonini (10 kv. kilometrga 1-2 bosh) saqlab qolishni taʼminlaydigan kompleks ovchilik xoʻjaliklari tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRning shahar va aholi punktlarida it, mushuk va yirtqich hayvonlarni saqlashni yanada tartibga solish choralari toʻgʻrisida” 1980-yil 4-iyundagi 400-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat, Agrosanoat kompleksi, Qurilish, binokorlik materiallari sanoati va kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 18-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
18-yanvardagi 32-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa hayvonlarni saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qoidalar it, mushuk va yirtqich hayvonlarga ega boʻlgan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga hamda fuqarolarga joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharlarda, shaharchalarda va boshqa aholi yashash joylarida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli itlar majburiy roʻyxatdan oʻtkazilishi va har yili qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi shart. Itlar, zotidan qatʼi nazar, 3 oyligidan boshlab roʻyxatdan oʻtkazilishi va qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. Yangi sotib olingan itlar bir hafta muddatda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Itlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi muassasalar roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi va roʻyxatdan oʻtkazish belgisi berishlari, shuningdek, itlarning egalarini hayvonlarni saqlash qoidalari bilan tanishtirishlari shart, bu it egasining itga berilgan roʻyxatga olish guvohnomasidagi imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Roʻyxatga olish belgisi itning boʻyinbogʻiga mahkamlab qoʻyiladi. Fuqaro it sotib olganligi va roʻyxatdan oʻtkazganligi (qayta roʻyxatdan oʻtkazganligi) toʻgʻrisida shaharlarda uy-joylardan foydalanish tashkilotlariga va mahalla qoʻmitalariga, qishloq joylarda — mahalla va shaharcha Kengashlariga maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp qavatli uyning alohida kvartirasida yon qoʻshnilarning roziligi bilan, kommunal kvartirada esa — ushbu kvartirada yashovchilarning roziligi bilan bitta it va bitta mushuk saqlashga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida uylarda itlarni saqlashga faqat bogʻlangan holda, aholi yashash joylarida erkin sayr qildirishga ajratilgan, atrofi oʻralgan hududda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Itlar ochiq yerlarda yoki buning uchun maxsus ajratilgan maydonlarda sayr qildiriladi, bu yerlar har doim ozoda saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlar bolalar muassasalarining zoologiya burchaklarida sanitariya-epidemiologiya va veterinariya xizmatlarining ruxsati bilan saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktablarda, maktabgacha bolalar muassasalarida, shuningdek, davolash tibbiyot muassasalarida qoʻriqchi itlar saqlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
It, mushuk va boshqa uy hayvonlarini umumiy ovqatlanish korxonalarida saqlash va ularni oziq-ovqat doʻkonlari va boshqa doʻkonlarning savdo va ishlab chiqarish zallariga olib kirish ham taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchalarda va boshqa jamoat joylarida yetovsiz yurgan itlar va mushuklar hatto boʻyinbogʻi, jetoni va tumshuqbogʻi boʻlgan taqdirda ham, ularning zoti va vazifasidan qatʼi nazar, tutib olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tutib olingan zotli itlar 5 kun davomida it tutish xizmatlarida saqlanadi va it egasi mana shu kunlari murojaat qilgan va itning uniki ekanligi (roʻyxatga olish guvohnomasi, veterinariya guvohnomasi) va saqlash xarajatlari toʻlanganligi tasdiqlagan taqdirda egasiga qaytarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
It, mushuk va boshqa yirtqich hayvonlarni sotib olish, sotish, olib kelish va olib ketishga roʻyxatga olish guvohnomasi va hayvonning sogʻligʻi toʻgʻrisida veterinariya hujjatlari boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududidagi barcha itlar, ular kimga qarashliligidan qatʼi nazar, zarur hollarda esa mushuklar ham, quturishning oldini olish uchun quturishga qarshi vaksinani qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomada koʻzda tutilgan tartibda kasallikning oldini oluvchi ana shu vaksina bilan emlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. IT, MUShUK VA BOShQA UY HAYVONLARI EGALARINING BURChLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
It, mushuk va boshqa uy hayvonlarining egalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
itlarni veterinariya muassasalarida roʻyxatdan oʻtkazishga va qayta roʻyxatdan oʻtkazishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
it sotib olganda yoki yangi yashash joyiga koʻchib kelgan hollarda itni 7 kun mobaynida roʻyxatdan oʻtkazishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazilganligi (qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi) haqida maʼlumotnoma taqdim etishga hamda itni tekshirish va kasallikning oldini oluvchi emlash uchun hududiy veterinariya muassasasiga olib kelishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy hayvonlarining umumfoydalanishdagi joylarni (zinapoya maydonchalarini, kirish joylarini va turar joylar atrofini) iflos qilishiga yoʻl qoʻymaslikka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
itlarni turar joylardan va alohida ajratilgan binolar va hududlardan umumiy hovliga va koʻchaga faqat kalta boʻyinbogʻlarda (yirik hayvonlarni tumshuqbogʻlarda), fuqarolarning xavfsizligini albatta taʼminlagan holda olib chiqishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
it odamlarni yoki hayvonlarni tishlagan taqdirda uni darhol tekshirish va 10 kun muddat ajratib qoʻyish uchun veterinariya muassasasiga olib kelishga hamda birinchi va takroriy veterinariya koʻrigi haqidagi maʼlumotnomani veterinariya muassasasidan olishga va uni tezda tishlashdan jabrlangan shaxsga topshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasal va kerak boʻlmagan hayvonlarni it tutish xoʻjaliklariga topshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni roʻyxatdan oʻtkazishga oid xizmatlar haqini belgilangan tartibda toʻlashga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. DAVLAT ORGANLARI VA HUDUDIY JAMOATChILIK OʻZINI OʻZI BOShQARISh ORGANLARINING BURChLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar va shahar koʻrinishidagi shaharchalarda — uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish organlari va mahalla qoʻmitalari, qishloq joylarda — veterinariya xizmati organlari, oʻzini oʻzi boshqarishning mahalla, ovul, shaharcha organlari (fuqarolar yigʻini) ushbu qoidalarning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va aholi yashash joylaridagi turar joy dahalarida itlarni sayr qildirish uchun yer maydonlari ajratadilar, shuningdek, aholi yashaydigan joylarni zarur sanitariya holatida saqlash ishlarini olib boradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qoidalarni buzuvchilarga nisbatan ichki ishlar organlari ishtirokida jazo choralari qoʻllanilishini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoidalarni buzgan fuqarolarga jarima solinadi, qoida takroran buzilgan taqdirda esa, agar ushbu qoida buzishlar jinoiy javobgarlikka olib kelmasa, ularning hayvonlari olib qoʻyiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 1-son, 3-modda)