21.05.2018 yildagi PQ-3731-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga 2018/2019 oʻquv yilida qabul qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5139-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) tomonidan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv kadrlariga boʻlgan joriy va istiqboldagi talab-ehtiyojlari asosida 2018/2019 oʻquv yilida Akademiyaga qabul qilish kvotalari shakllantirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2018/2019 oʻquv yiliga quyidagi qabul kvotalari belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha Akademiyada magistrlar tayyorlash uchun 60 kishi, shu jumladan, 1-ilovaga muvofiq, davlat grantlari boʻyicha 24 kishi va toʻlov-kontrakt asosida – 36 kishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyada “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga ishlab chiqarishdan ajralgan holda 60 kishi, shu jumladan, 2-ilovaga muvofiq, davlat grantlari boʻyicha 24 kishi va toʻlov-kontrakt asosida — 36 kishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha Akademiyaga boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 60 kishi, shu jumladan, 3-ilovaga muvofiq, davlat grantlari boʻyicha 24 kishi va toʻlov-kontrakt asosida — 36 kishi qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademiya rektoriga nomzodlarning yakuniy bahosini hisobga olgan holda Akademiyaga qabul qilish parametrlariga belgilangan umumiy kvotalar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018/2019 oʻquv yili uchun Akademiya magistraturasiga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga davlat grantlari asosida qabul qilishning belgilangan kvotalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Akademiya Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S. Ismoilov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining rektori R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 21-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3731-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-maydagi PQ-3731-son qaroriga
1-ILOVA

2018/2019 oʻquv yilida “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida magistrlar tayyorlash boʻyicha qabul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KVOTALARI

T/r

Nomi

Jami

Grant

Kontrakt

Davlat hokimiyati organlari

1.

Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

23

8

15

Hududlar

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

4

2

2

3.

Andijon viloyati

2

1

1

4.

Buxoroviloyati

2

1

1

5.

Jizzax viloyati

2

1

1

6.

Qashqadaryo viloyati

3

1

2

7.

Navoiy viloyati

4

1

3

8.

Namangan viloyati

3

2

1

9.

Samarqand viloyati

2

1

1

10.

Sirdaryoviloyati

2

1

1

11.

Surxondaryoviloyati

3

1

2

12.

Toshkent viloyati

2

1

1

13.

Fargʻona viloyati

3

1

2

14.

Xorazm viloyati

2

1

1

15.

Toshkent shahri

3

1

2

Hududlar boʻyicha jami

37

16

21

Umumiy kvota

60

24

36

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-maydagi PQ-3731-son qaroriga
2-ILOVA

2018/2019 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha (ishlab chiqarishdan ajralgan holda) qayta tayyorlashga qabul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KVOTALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomi

Jami

Grant

Kontrakt

Davlat hokimiyati organlari

1.

Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

19

6

13

Hududlar

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

2

1

1

3.

Andijon viloyati

4

2

2

4.

Buxoro viloyati

2

1

1

5.

Jizzax viloyati

2

1

1

6.

Qashqadaryo viloyati

2

1

1

7.

Navoiy viloyati

5

2

3

8.

Namangan viloyati

4

2

2

9.

Samarqand viloyati

5

2

3

10.

Sirdaryo viloyati

2

1

1

11.

Surxondaryo viloyati

3

1

2

12.

Toshkent viloyati

1

0

1

13.

Fargʻona viloyati

5

2

3

14.

Xorazm viloyati

2

1

1

15.

Toshkent shahri

2

1

1

Hududlar boʻyicha jami

41

18

23

Umumiy kvota

60

24

36

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-maydagi PQ-3731-son qaroriga
3-ILOVA

2018/2019 oʻquv yilida “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga (ishlab chiqarishdan ajralmagan holda) qayta tayyorlash boʻyicha qabul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KVOTALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomi

Jami

Grant

Kontrakt

Davlat hokimiyati organlari

1.

Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

24

8

16

Hududlar

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

2

1

1

3.

Andijon viloyati

2

1

1

4.

Buxoro viloyati

2

1

1

5.

Jizzax viloyati

2

1

1

6.

Qashqadaryo viloyati

4

2

2

7.

Navoiy viloyati

7

2

5

8.

Namangan viloyati

2

1

1

9.

Samarqand viloyati

3

1

2

10.

Sirdaryo viloyati

1

1

-

11

Surxondaryo viloyati

3

1

2

12.

Toshkent viloyati

2

1

1

13.

Fargʻona viloyati

2

1

1

14.

Xorazm viloyati

2

1

1

15.

Toshkent shahri

2

1

1

Hududlar boʻyicha jami

36

16

20

Umumiy kvota

60

24

36

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-maydagi PQ-3731-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga qabul tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5139-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) magistraturasiga, shuningdek, boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslariga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Akademiya magistraturasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash oliy taʼlimning davlat taʼlim standratlariga muvofiq grant va toʻlov-kontrakt asosida, magistr darajasini va davlat namunasidagi diplomni topshirgan holda ikki yillik taʼlim dasturi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya magistraturasiga davlat granti asosida oʻqishga faqat davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, davlat muassasalari va tashkilotlari xodimlari hisoblangan shaxslar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash grant va toʻlov-kontrakt asosida bir yilgacha davom etadigan dasturlar boʻyicha, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralmagan holda belgilangan namunadagi diplomni topshirish bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tinglovchilarni magistraturaga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish kvotalari Akademiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishgan holda shakllantiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akademiyada boshqaruv kadrlari malakasini oshirish har uch yilda bir oygacha davom etadigan, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, belgilangan namunadagi sertifikat berilib, qisqa muddatli dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Boshqaruv kadrlari malakasini oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining buyurtmanomalari boʻyicha Akademiya rektorining buyrugʻiga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Akademiyaga kirish sinovlari nomzodning xohishiga koʻra davlat tili yoki rus tilida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tinglovchilarni qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Magistraturaga qabul davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan tavsiya etilgan, 40 yoshga toʻlmagan, tayanch oliy maʼlumotga va kamida ikki yillik boshqaruv ishi tajribasiga ega boʻlgan shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga qabul davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan tavsiya etilgan, tayanch oliy maʼlumotga va kamida ikki yillik boshqaruv ishi tajribasiga ega boʻlgan shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Magistraturaga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga qabul nomzodlarni joylarda birlamchi tanlab olishni tashkil qilish va keyinchalik ular uchun Akademiyada test sinovlari va suhbatlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Har yili yanvar oyida Akademiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishgan ravishda, davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda hududlarning, iqtisodiyot tarmoqlari va tashkilotlarning boshqaruv kadrlariga boʻlgan joriy va istiqboldagi talab-ehtiyojlari oʻrganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy va istiqboldagi dasturlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan boshqaruv kadrlarini tayyorlashga buyurtmanomalar asosida Akademiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishib, magistraturaga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga tinglovchilarni qabul qilish kvotasi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Nomzodlarni magistraturaga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga qabul tanlov asosida uch bosqichda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich — nomzodlarni bevosita davlat hokimiyati organlarida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, nodavlat notijorat tashkilotlarida boshqaruv lavozimlariga zaxirada turgan shaxslardan birlamchi saralab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich — nomzodlar tomonidan Oʻzbekiston tarixini bilish hamda mantiqiy fikrlash saviyasini aniqlash nuqtai nazaridan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — DTM) tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlaridan oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqich — nomzodlar tomonidan boshqaruv koʻnikmalarini egallaganlik darajasi, mantiqiy, tizimli va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini baholash, shuningdek, ularning yetakchilik sifatlarini aniqlash nuqtai nazaridan suhbatlar oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Test sinovlari predmetlari boʻyicha oʻquv dasturlari hamda suhbatlarning mavzulari Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda kirish test sinovlari va suhbatlar boshlanishigacha kamida bir oy avval Akademiyaning rasmiy veb-saytida chop etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kirish sinovlarini oʻtkazish sanasi toʻgʻrisidagi xabar ularning boshlanishidan kamida yetti kun oldin Akademiyaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Nomzodlarni magistraturaga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga birlamchi saralab olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Akademiyaga qabul qilishni tashkillashtirish uchun davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarida nomzodlarni birlamchi saralab olish boʻyicha idoraviy komissiya (keyingi oʻrinlarda — idoraviy komissiya) tuziladi. Idoraviy komissiya talab-ehtiyojlarni oʻrganish asosida nomzodlarni Akademiyada oʻqish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyada oʻqitish uchun nomzodlarni saralab olish sifati, maqsadli yoʻnaltirilishi hamda talab etiladigan hujjatlarning oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlash yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari shaxsan javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nomzodlar idoraviy komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari birinchi rahbarlarining imzosi qoʻyilgan tavsiya xati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning keyingi 2 yil ichida egallab turgan lavozimi boʻyicha oʻzining boshqaruvchilik mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlangan mehnat daftarchasining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan namunadagi qisqacha maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3,5 x 4,5 oʻlchamidagi 4 ta fotosurat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
№ 086 - U shaklidagi tibbiy maʼlumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Idoraviy komissiya nomzodlarning hujjatlarini belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash nuqtai nazaridan oldindan oʻrganib chiqadi va nomzodlarni Akademiyaga birlamchi saralab olish boʻyicha qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Magistraturaga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Akademiyaning magistraturasiga va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga qabulni tashkil etish, test sinovlari va suhbat oʻtkazish uchun Akademiya rektorining buyrugʻi bilan Akademiyaning tegishli oʻquv yili uchun qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiyasi) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul komissiyasining joriy ishlarini masʼul kotib va uning oʻrinbosarlari amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Idoraviy komissiyalar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlarni Akademiyaga birlamchi saralab olish boʻyicha idoraviy komissiyaning qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning Akademiya rektori nomiga arizasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻplami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Nomzodlarning hujjatlari har yili 1-iyundan 20-iyungacha qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Nomzodlarning test sinovlaridan oʻtish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Akademiyaga qabul qilish uchun test sinovlarini oʻtkazish va tashkil qilish tartibi DTM tomonidan Akademiya bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Test sinovlari uchun savollar DTM tomonidan kirish imtihonlari predmetlari boʻyicha oʻquv dasturlari asosida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Test sinovlari natijalarini baholash 100 balli tizim boʻyicha amalga oshiriladi. Test sinovlarining natijalari vedomostlarga kiritiladi va ular DTM direktori tomonidan imzolanib, Akademiyaga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Nomzodlarning test sinovlari natijalari boʻyicha shikoyatlari natijalar eʼlon qilingan sanadan keyin ikki ish kuni mobaynida DTMga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatni koʻrib chiqish muddati nomzod tomonidan shikoyat berilgan sanadan boshlab ikki ish kunidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Test sinovlarining yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning kamida 35 foizini toʻplagan nomzodlar suhbatlashishdan oʻtishga qoʻyiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Nomzodlarning suhbatdan oʻtish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Nomzodlar bilan suhbatlashish Akademiya rektorining buyrugʻi bilan vazirliklar, idoralarning vakillari hamda Akademiyaning professor-oʻqituvchilaridan iborat tarkibda tuziladigan maxsus komissiya tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Nomzodlar bilan suhbatlashish boshqaruv koʻnikmalarini egallaganlik, mantiqiy, tizimli va tahliliy fikrlash qobiliyatlari saviyasini baholash hamda ularning yetakchilik sifatlarini aniqlash nuqtai nazaridan vaziyatlarga xos vazifalarni hal etish va shaxsiy muloqot shaklida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Suhbat oʻtkazish qoidalari va uning yakunlari boʻyicha bilimlarni baholash mezonlari maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqiladi va Akademiya rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Suhbatlashish natijalari 100 balli tizim boʻyicha baholanadi. Nomzodlar bilan suhbatlashish yakunlariga koʻra qabul komissiyasi tomonidan tegishli bayonnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Nomzodlarni Akademiyaga qabul qilish uchun tavsiyanoma toʻgʻrisida qabul komissiyasining qarori tasdiqlangan kvotalardan kelib chiqqan holda suhbatlashish yakunlari boʻyicha nomzodlar toʻplagan ballar asosida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Suhbatlashish natijalari boʻyicha nomzodlarning shikoyatlari ular eʼlon qilingan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyada rektorning buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi, komissiya nomzod shikoyatni topshirgan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida shikoyatni koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Nomzodlarning kirish test sinovlari va suhbatlashishdan takroran oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Nomzodlarni Akademiya tinglovchilari safiga qoʻshish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Nomzodlarni Akademiya tinglovchilari sirasiga qoʻshish qabul komissiyasining qarori asosida rektorning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Toʻlov-kontrakt asosida Akademiya tinglovchilari safiga qoʻshilish uchun tavsiya etilgan tinglovchilar kontraktda belgilangan muddatlarda har yili toʻlovni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Akademiyaga toʻlov-kontrakt asosidagi tinglovchilarni oʻqishga qoʻyish ular kontrakt pulini toʻlagandan soʻng rektorning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mazkur Nizomning talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.