Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 01.11.2004 yildagi 512-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ELEKTR ENERGIYASI SOTILISHI HAMDA UNDAN FOYDALANILISHINI HISOBGA OLISH VA NAZORAT QILISH TIZIMINI MUSTAHKAMLASH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan yetkazib berilayotgan hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol qilinayotgan elektr energiyasini hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish, berilgan elektr energiyasi uchun toʻlovlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 29-sentabrdagi F-2047-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus komissiya, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2005-yil 1-yanvardan boshlab berilgan elektr energiyasi uchun aholidan mablagʻ yigʻish bilan shugʻullanuvchi tuzilmalar va shtatdagi lavozimlarni qisqartirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Maxsus komissiya bilan birgalikda bir oy muddatda energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlarning yangi tuzilmasini qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, bunda berilgan elektr energiyasi uchun aholidan mablagʻ yigʻish funksiyalari bekor qilinsin hamda ularga elektr energiyasi uchun toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi ustidan nazorat qilish va isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun haq toʻlanmagan taqdirda isteʼmolchilarni tarmoqdan uzib qoʻyish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 2008-yilgacha boʻlgan davrda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarning barcha toifalarida — tashqaridan aralashishga yoʻl qoʻymaydigan va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda isteʼmolchilarni elektr energiyasi manbalaridan oʻz-oʻzidan uzib qoʻyish imkonini beradigan elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy priborlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida — isteʼmol qilingan elektr energiyasi masofadan turib hisobga olinishini hamda toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi nazorat qilinishini taʼminlaydigan elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olishning, elektr energiyasini sotish va tarmoqlarda uzatishda yoʻqotishlarni nazorat qilishning integratsiyalashgan kompyuter tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga hozirgi vaqtda foydalanilayotgan hisobga olishning induksiyali priborlari 2005—2008-yillar mobaynida toʻliq almashtirilishini taʼminlaydigan elektr energiyasi hisobini masofadan turib boshqarishning zamonaviy elektron priborlarini mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqish dasturini kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va qishloq tumanlari hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilgan shirkatlarning nasoslarini suvdan foydalanuvchilar uyushmalariga yoki nasoslardan yakka tartibda foydalanuvchi fermer xoʻjaliklariga berishni bir oy muddatda tugallasin, keyinchalik shirkatlar qayta tashkil etilganda esa majburiy tartibda bir oy muddatda bir vaqtning oʻzida yangi foydalanuvchilar bilan shartnomalar tuzgan holda nasoslarning tegishli ravishda berilishini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilgan shirkatlar hududidagi elektr tarmoqlari energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlarga berilishini 2005-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda amalga oshirsin, ilgari shirkatlar orqali hisob-kitob qiladigan barcha uy xoʻjaliklarida hisobga olish priborlari oʻrnatilishini taʼminlasin, ular bilan elektr energiyasidan foydalanishga yakka tartibdagi shartnomalar tuzsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlov natijalari boʻyicha 2005-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda barcha nasoslar va nasos stansiyalari hisobga olishning zamonaviy priborlari va tizimlari bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, hisobga olish priborlari oʻrnatilmasdan yerlarni sugʻorish uchun foydalaniladigan nasoslardan foydalanish holati mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy va jinoiy javobgarlikning tegishli chora-tadbirlari qoʻllanilgan holda elektr tarmoqlariga ruxsat berilmagan ulanishga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomalar tuzilishini hamda barcha yirik nasos stansiyalarining ajratilgan budjet limitlariga qatʼiy muvofiq ravishda energiya isteʼmoli ustidan nazoratni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalarning energiya sarfini kamaytirish maqsadida uch oy muddatda Nasos xoʻjaligini zamonaviylashtirish dasturini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi rahbariyati (Xamrayev) nasos stansiyalari muassasalari tomonidan energiya isteʼmolining budjet limitlaridan ortiqcha sarflanishi uchun shaxsan javob berishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda kompaniya korxonalarida, ular daromadlari va xarajatlari alohida hisobga olinishini, hisobga olishning birxillashtirilishini, kompaniya balansini jamlash imkoniyatini taʼminlovchi hisobga olishning asosiy qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda elektr energiyasini tarmoqlarda uzatishda texnologik yoʻqotishlarning asoslangan normativlarini ishlab chiqishga va elektr energiyasi oqimlari hisobining integratsiyalashgan kompyuter tizimini 2005-yilda joriy etishga texnik topshiriqni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimining rahbar kadrlarini va mansabdor shaxslarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimining kompaniyaning moliya-iqtisodiy faoliyati uchun masʼul boʻlgan rahbar kadrlarini va mansabdor shaxslarini ikki oy muddatda attestatsiyadan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya va bank tizimlaridan malakali kadrlarni tizimga jalb etish hisobiga “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi iqtisodiy xizmatlarini va uning hududiy boʻlinmalarini mustahkamlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Oʻ.T. Sultonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 1-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
512-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 44-son, 461-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)