07.05.2018 yildagi PQ-3698-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilsinki, mamlakatda qisqa muddatda innovatsiyaga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga va innovatsiyalarni keng joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikani innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi shakllantirilganligi mazkur yoʻnalishdagi muhim bosqichlardan biri boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish tarmoqlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yoʻlga qoʻyishga, aloqalarni mustahkamlashga toʻsiq boʻlayotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, ularga, avvalambor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, oliy taʼlim muassasalari ilmiy ishlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tadqiqotlarining natijalarini tijoratlashtirish koʻrsatkichlarining pastligi hamda qoniqarsizligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, innovatsion jarayonlarni ragʻbatlantirish, hududlar va tarmoqlar darajasida innovatsion rivojlanish va innovatsion faollik kompleks dasturlarini amalga oshirish, innovatsion faol tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, xususiy sektor vakillarining innovatsion faoliyatga, jumladan ularning manfaatdorligi pastligi sababli yetarli darajada jalb qilinmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlarni taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarning mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish sohasida xalqaro hamkorlik va investitsiyalar jalb etish darajasining qoniqarsizligi kabi omillar sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni yanada samarali joriy etish uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimi oʻrniga ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor lavozimini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamgʻarmalar va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha boʻlinmalar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlarini (keyingi oʻrinlarda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlar hamda ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlari deb yuritiladi) lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlar hamda ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlari innovatsiya faoliyatiga oid masalalar, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni joriy etish va tijoratlashtirish natijalari boʻyicha bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga hisobdordir;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi yiliga kamida ikki marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlar hamda ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlarining ilmiy-innovatsion faoliyatini baholash yuzasidan axborot kiritadi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining tegishli oʻrinbosari ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlar hamda ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish boʻyicha masʼul hisoblanadi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarining innovatsion jamgʻarmalarini (keyingi oʻrinlarda — innovatsion jamgʻarmalar) shakllantirish innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlar, oliy taʼlim muassasalarining ish haqi, stipendiya toʻlash, shuningdek, boshqa joriy xarajatlari qoplangandan keyin toʻlov-kontrakt mablagʻlarining 5 foizdan kam boʻlmagan miqdorini yoʻnaltirish hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion jamgʻarmalarning mablagʻlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari va butlovchi buyumlar sotib olishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik startap loyihalarni moliyalashtirishga;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini shakllantirish va yangilashga, ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiya faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha boʻlinmalarining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorni tizimli ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larga boʻlgan talabni oʻrganish, oʻzini qoplash muddatini, rentabellik va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bogʻliq xatarlarni baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor boʻlgan, oʻzlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni tanlab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha boʻlinmalari faoliyati innovatsion jamgʻarmalar mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda rahbar oʻrinbosarlaridan birini innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha masʼul etib belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yil 1-oktabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishgan holda tadbirlarni moliyalashtirishning aniq miqdor va manbalarini belgilab kelgusi yil uchun tegishli tarmoq va sohalarni innovatsion rivojlantirishning “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishini, shuningdek, ularning samarali amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5264-son Farmoniga muvofiq Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini moliyalashtirish manbalari etib, tegishli qismlarda, boshqa manbalar bilan bir qatorda Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi Jamgʻarmaga kelib tushadigan mablagʻlarning, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2017 — 2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining yetishmayotgan qismida oʻz vaqtida, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlansin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ustuvor innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, “startap” loyihalarini moliyalashtirish uchun 2018-yilda Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 50 milliard soʻm miqdorida budjet mablagʻlarini ajratsin hamda mablagʻlarni oʻzlashtirish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining asoslantirilgan takliflariga koʻra Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning qoʻshimcha manbalari yuzasidan takliflar kiritsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
grantlar asosida amalga oshirilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar boʻyicha davlat ilmiy-texnik dasturlarining tizimli monitoringini, shu asosda maqsadsiz ishlatilayotgan grant mablagʻlarini boshqa istiqbolli va talab yuqori boʻlgan mavzuga oid loyihalarni amalga oshirish uchun qayta yoʻnaltirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar qabul qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar boʻyicha davlat ilmiy-texnik dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan hamda moliya yili davomida oʻzlashtirilmagan mablagʻlardan kelgusida maqsadli foydalanishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha mavzuga oid grantlar berish yuzasidan bir yilda bir marotaba tanlov eʼlon qilishni amalga oshirsin.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2022-yil 1-yanvarga qadar muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan ilmiy asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, sarflash materiallari, reaktivlar, dasturiy taʼminot bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ularning asosiy faoliyati boʻyicha barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalardan ozod qilinsin, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratmalar bundan mustasno, boʻshayotgan mablagʻlar ularning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun maqsadli yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlarining mehnatiga Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari va budjetdan tashqari boshqa manbalar hisobidan haq toʻlash shartlari vazirlik hayʼati tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda innovatsion gʻoyalar mualliflarini, mazkur gʻoyalarni amalga oshiruvchi tashkilotchilar va homiylarni moddiy ragʻbatlantirishni taʼminlagan holda respublikada innovatsiyalarni rivojlantirishga koʻmaklashgan alohida tadbirkorlik subyektlarini taqdirlash marosimini oʻtkazishni nazarda tutib, respublikada har yili Innovatsion gʻoyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” oʻtkazilishini tashkil qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3698-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisi “Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-ilovaning rus tili matnidagi “Videleniye sredstv budet osushestvlyatsya po mere postupleniya sredstv v Fond podderjki i razvitiya nauchno-texnicheskoy deyatelnosti” soʻzlari “Videleniye sredstv budet osushestvlyatsya po mere postupleniya sredstv v Fond podderjki innovatsionnogo razvitiya i novatorskix idey. Pri etom po nedostayushey chasti sredstv Fonda rasxodi osushestvlyayutsya za schet i v predelax videlennix budjetnix sredstv” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 282-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“282. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 07/18/3698/1178-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)