Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.07.2024 27.04.2018 yildagi 315-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.07.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari oʻrtasida funksional vazifalar taqsimlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlari va tuzilmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi yangilangan Nizomni tasdiqlash va geologiya sohasi xodimlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-iyuldagi 494-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 28-son, 644-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 27-aprelya,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
315-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarliklarini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat geologiya qoʻmitasi yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, kon munosabatlarini boshqarish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat geologiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat geologiya qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat geologiya qoʻmitasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi bank hisob raqamlariga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat geologiya qoʻmitasining rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, qisqartmasi — Davlat geologiya qoʻmitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po geologii i mineralnim resursam, qisqartmasi — Goskomgeologii;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — State Committee of the Republic of Uzbekistan on geology and mineral resources, qisqartmasi — State Committee on geology.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat geologiya qoʻmitasining tuzilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat geologiya qoʻmitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgeofizika” AJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi” DM;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat geologiya axborot markazi” DK;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Regionalgeologiya” DK;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidrogeologiya” DUK;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kitob geologiya milliy tabiat bogʻi” DM;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Geologiya fanlari universiteti” DM;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Geologiya-marksheyderlik xizmati” DK.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 07/22/439/1081-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat geologiya qoʻmitasining vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Davlat geologiya qoʻmitasining vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning mineral-xom ashyo bazasini, birinchi navbatda yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, nodir, kamyob metallar va uranning shuningdek, uglevodorod xom ashyosining mineral-xom ashyo bazasini jadal rivojlantirish, mineral xom ashyoning yangi turlarini va ularning konlarini tezkor izlash;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/209/0411-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaxirasi oʻsishini taʼminlash va joylarda sanoatning yangi quvvatlari yaratilishini inobatga olib iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xom ashyo bazasini qayta toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologik oʻrganish va foydali qazilmalar konlarini sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish sohasida faol investitsiya siyosatini yuritish va qulay investitsiya iqlimi yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatbardosh mahsulotlar boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun birinchi navbatda respublika hududlarida sanoatda faoliyat koʻrsatayotgan tarmoqlarning xom ashyo manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli, oʻrtacha muddatli va yillik davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini taʼminlash, yer qaʼrini geologik oʻrganish metodikasini oʻrganish natijalari hajmi, sifati va ishonchliligini xolisona baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, mineral, termal, sanoat yer osti suvlari), mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik taʼminlashda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer qaʼridan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unumdorligi yuqori boʻlgan zamonaviy geologiya-qidiruv asbob-uskunalarini tezkor joriy qilish, ilgʻor texnika va innovatsion texnologiyalar bilan taʼminlash hisobiga geologiya tarmogʻini modernizatsiyalash boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya sohasi uchun oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish, shuningdek, mehnatini ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yuklangan vazifalarga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarining geologik oʻrganilganligi va iqtisodiyot tarmoqlarining foydali qazilmalar bilan taʼminlanganligini tahlil qiladi va uning asosida vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda mineral-xom ashyo bazadan foydalanish strategiyasi, qayta toʻldirish surʼatlari, ularni yanada kengaytirish, mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash, oqilona va kompleks tarzda foydalanish hamda buning uchun zarur boʻlgan davlat investitsiyalari va boshqa investitsiyalar hajmlari toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini, yer qaʼrini geologik oʻrganish va muhofaza qilish boʻyicha xalqaro dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish uchun berilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat hisobini, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini va yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulk egasining mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida olingan yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa maʼlumotlarga huquqi va majburiyatlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va yer qaʼridan foydalanuvchilarning oʻz mablagʻlari hisobiga oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida aniqlangan foydali qazilmalarning barcha turlari boʻyicha yer qaʼri haqidagi barcha geologik va boshqa maʼlumotlarni hisobga oladi, saqlaydi va tizimlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarini bajarishga loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi va taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi geologik va boshqa maʼlumotlarning davlat fondini, toshlarga oid geologik materiallarning davlat fondini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konlar va foydali qazilmalar konlarini aniqlash uchun istiqbolli boʻlgan yer qaʼri uchastkalari davlat reyestrini (oʻz vakolatlari doirasida), foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansini, konlar, foydali qazilmalar hosil boʻlishi va texnogen mineral hosilalar davlat kadastrini, davlat suv kadastrini (yer osti suvlari), tabiiy xavf yuqori boʻlgan zonalar (xavfli geologik jarayonlar namoyon boʻlgan zonalar) davlat kadastrini yuritadi, shuningdek, qoʻriqlanayotgan tabiiy hududlarning davlat kadastri boʻyicha chuchuk yer osti suvlari konlarining shakllanishi zonalari boʻyicha maʼlumotlarni tuzadi va taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlikda yer osti suvlari monitoringini ham oʻz ichiga olgan yer qaʼri davlat monitoringini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida yer osti suvlaridan oqilona foydalanish zarur tarzda nazorat qilinishini va hisobga olinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshni davlatlarning geologik xizmatlari bilan birgalikda transchegaraviy hududlar doirasida radioaktiv va zaharli elementlar bilan ifloslanish oʻchoqlarini aniqlash va oʻrganishni amalga oshiradi, qoʻshni hududlarning ekologik holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan oʻta xavfli zonalarni va uchastkalarni aks ettirgan holda geologik xarita va atlaslar tuzadi hamda Vazirlar Mahkamasiga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda suv resurslaridan (yer osti suvlaridan) foydalanish va hududlarni texnogen va xavfli geologik jarayonlar taʼsiri tarqalishidan himoya qilish sxemalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda geologik va mineralogik obyektlar muhofazasi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va xoʻjalik qurilishlari obyektlarini istiqbolli joylashtirish uchun muhandislik-geologik, gidrogeologik va ekologik-geologik asoslarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilayotgan bino va inshootlar ostida foydali qazilmalar mavjud emasligi haqida xulosalar berilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirishga jalb qilinmagan konlar (keng tarqalgan foydali qazilma konlaridan tashqari) joylashgan maydonlarda imoratlar qurish, shuningdek, ular joylashgan yerlarda foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini joylashtirish imkoniyatlarini kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish strategiyasi haqida takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning mineral-xom ashyo bazasining holati toʻgʻrisidagi axborot tizimlari mavjud boʻlishini va rivojlanishini taʼminlaydi, yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron aloqa orqali taqdim etilayotgan davlat xizmatlari doirasini kengaytirish yoʻli bilan xalq bilan bevosita muloqot qilishning samarali mexanizmlarini joriy qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) respublikaning mineral-xom ashyo bazasini, birinchi navbatda yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, nodir, kamyob metallar va uranning shuningdek, uglevodorod xom ashyosining mineral xom ashyo bazasini jadal rivojlantirish, mineral xom ashyo ning yangi turlarini va ularning konlarini tezkor izlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli (5 yil va undan ortiq davrga) va oʻrtacha muddatli (5 yilgacha davrga) davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli va oʻrtacha muddatli davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish yillik davlat dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishgan holda mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli, oʻrtacha muddatli va yillik davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydali qazilmalar zaxiralari oʻsishi boʻyicha davlat buyurtmasi loyihalari shakllantirilishini taʼminlaydi;
(11-band “b” kichik bandining birinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/209/0411-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning yillik dasturi doirasida geologiya-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish uchun davlat buyurtmalarini idoraviy mansub tashkilotlar oʻrtasida joylashtiradi, ularning bajarilishini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJning mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning yillik dasturi doirasida yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan yer qaʼrini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni loyihalash va olib borish sohasida oʻz vakolatlari doirasida meʼyorlar va qoidalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning yillik dasturi doirasida idoraviy mansub tashkilotlarning geologik oʻrganish uchun yer qaʼridan foydalanish huquqining yuzaga kelishiga asos boʻlib hisoblanuvchi yer qaʼrini geologik oʻrganishga oid loyiha-smeta hujjatlariga davlat ekspertizasi xulosasini beradi;
(11-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli geologik jarayonlar (koʻchkilar, qulashlar, choʻkishlar, suffoziya, karst)ni oʻrganish, shuningdek, ularning togʻli tumanlarda hosil boʻlishi va rivojlanishini kuzatish ishlarini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarining shoʻrlanishiga va choʻllanishiga taʼsir koʻrsatuvchi mintaqaviy ekzogen geologik jarayonlarni oʻrganish ishlarini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaxirasi oʻsishini taʼminlash va joylarda sanoatning yangi quvvatlari yaratilishini inobatga olib iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xom ashyo bazasini qayta toʻldirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili birinchi chorak yakuniga qadar yer osti chuchuk suv resurslari kamayib ketayotgan hududlarning roʻyxatini tasdiqlaydi;
(11-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 496-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2022-y., 09/22/496/0799-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, noyob, kamyob metallar uran va uglevodorod xom ashyo konlarini, shuningdek, boshqa turdagi foydali qazilma konlarini aniqlashga istiqbolli boʻlgan hududlarni belgilaydi va joylarda sanoatni rivojlantirish uchun ushbu hududlarda geologiya-qidiruv ishlarining ustuvor rivojlanishini taʼminlaydi;
(11-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/209/0411-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavzuli va tajriba-konstruktorlik ishlarini, maʼdan va togʻ jinslarini texnologik tadqiq qilish, shuningdek, yer qaʼrini geologik oʻrganish sohasidagi boshqa ishlarning ustuvor yoʻnalishlarini hamda fundamental va amaliy fanlarning ilgʻor yutuqlari asosida mineral xom ashyodan foydalanishni asoslab beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning qayta ishlab chiqarish quvvatlari foydali qazilmalar zaxiralari va resurslari bilan uzoq istiqbolga taʼminlanishini tahlil qiladi va iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xom ashyo bazasi toʻldirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini olib borayotgan yer qaʼri foydalanuvchilari uchun umuman respublika mineral-xom ashyo bazasini mutanosib rivojlantirish va qayta tiklashni taʼminlashni hisobga olgan holda, uglevodorod xom ashyo zaxiralarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalarni belgilaydi;
(11-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/209/0411-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini geologik oʻrganish metodikasini, ular natijalarining hajmlari, sifati va ishonchliligini hisobga olgan holda foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy va kam uchraydigan qimmatli komponentlarni maksimal darajada ajratib olishni hisobga olgan holda mineral xom ashyoni qazish texnologiyasi va kompleks tarzda qayta ishlash sohasida amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy xom ashyo negizida yangi sanoat quvvatlarini yaratish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) geologik oʻrganish va foydali qazilmalar konlarini sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish sohasida faol investitsiya siyosatini yuritish va qulay investitsiya iqlimi yaratish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini olib boradi, xorijiy investorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib boradi va ularga yer qaʼridan foydalanish huquqini berish boʻyicha (oʻz vakolatlari doirasida) Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalardan tashqari salohiyatli xorijiy investorlar ishtirokida neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini geologik oʻrganish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
(11-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/209/0411-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazmalar oʻtkazadi, Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning geologik xizmatlari bilan munosabatlarni qoʻllab-quvvatlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda aʼzoligidan kelib chiquvchi majburiyatlari bajarilishini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi hamda yer qaʼrini geologik oʻrganish va foydalanish, konchilik munosabatlarini boshqarish, mineral-xom ashyo salohiyatini rivojlantirish va qayta toʻldirish sohasidagi xalqaro shartnomalarda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda geologiya-qidiruv ishlariga (mineral-xom ashyo bazani qayta toʻldirish) xarajatlar oʻrnini toʻldirish stavkalari miqdorlarini, geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish va kreditlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) raqobatbardosh mahsulotlar boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun birinchi navbatda respublika hududlarida sanoatda faoliyat koʻrsatayotgan tarmoqlarning xom ashyo manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli asosda mineral xom ashyodan foydalanishning umumjahon tendensiyalarini va ular asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasini oʻrganadi va mineral xom ashyoning yangi turlarini oʻzlashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xorijiy mamlakatlarda yangi turdagi mineral xom ashyodan foydalanishning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlaydi va ularni respublikada mahalliy xom ashyo negizida ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning qayta ishlovchi tarmoqlari xom ashyo manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar tayyorlaydi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli, oʻrtacha muddatli va yillik davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini taʼminlash, yer qaʼrini geologik oʻrganish metodikasini oʻrganish natijalari hajmi, sifati va ishonchliligini xolisona baholash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq yer qaʼrini geologik oʻrganishga doir ishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan asosiy turdagi foydali qazilmalar zaxiralari oʻsishi boʻyicha davlat buyurtmalari va respublika mineral-xom ashyo bazasini (uglevodorodlardan tashqari) shakllantirish, mustahkamlash va kengaytirishga doir geologik vazifalar va respublika hududini geologik oʻrganish sohasidagi boshqa ishlar oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning davlat dasturlari amalga oshirilishi, foydali qazilmalar zaxiralari oʻsishi boʻyicha davlat buyurtmasi bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi va nazoratni amalga oshiradi;
(11-band “e” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/209/0411-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududida geologiya-ekologiya va gidrogeologiya-meliorativ tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan yer qaʼrini geologik oʻrganishga doir olib boriladigan ishlarga ajratiladigan moliyaviy mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlarning ishlatilganligi hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etadi.
(11-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/209/0411-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, mineral, termal, sanoat yer osti suvlari), mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik taʼminlashda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer qaʼridan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklari davlat fondini tasarruf etadi, qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, muhofaza etiladigan geologik obyektlarni tashkil etish va qoʻriqlanadigan geologik obyektlarni barpo qilish va yarqiramatosh xom ashyolari, paleontologik qoldiqlar va boshqa kolleksion geologik namunalarni toʻplash uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga ruxsatnomalar beradi (foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga ruxsatnomalar bundan mustasno);
(11-bandning “j” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilma konlarini qazib olish uchun qonun hujjatlariga muvofiq kon ajratmalariga oid dalolatnomalarni beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomalarda belgilangan shartlarga, yer qaʼrini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni loyihalashtirish sohasidagi meʼyorlar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;
(11-bandning “j” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlari va konchilik ishlarining geologik-marksheyderlik taʼminotini olib borishda qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanish uchun ruxsatnoma beriladigan yer uchastkalarini dastlabki tekshiruvdan oʻtkazadi, shuningdek, konlarni ekspluatatsiya qilish tartibi va kelishilgan hajmdagi foydali qazilmalarni qazib olishni nazorat qiladi;
(11-bandning “j” kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keng tarqalgan foydali qazilmalarning roʻyxatini tasdiqlaydi;
(11-band “j” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/209/0411-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keng tarqalgan foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
(11-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/209/0411-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha Davlat komissiyasining zaxiralarni tasdiqlashda qabul qilgan qaror va xulosalari foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qazib olingan va foydali qazilmalarni qazish jarayonida yoʻqotilgan zaxiralarni qazib chiqaruvchi korxonalar hisobidan chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarning geologiya-qidiruv ishlari loyihalarini, texnik loyihalarini, foydali qazilmalarni qidirish va qazib olish chogʻida ishlarni bexatar olib borish boʻyicha texnik yechimlar borasidagi konchilik ishlari rejalarini, foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xom ashyoni qayta ishlash chogʻidagi yoʻqotilish va kamayish meʼyorlarini kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda gidrogeologik tashkilotlar tomonidan suv uchun quduqlarni burgʻulashga oʻz vaqtida gidrogeologik xulosalar berilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda suv uchun quduqlarni burgʻulashga va suvdan maxsus foydalanishga (yer osti suvlari boʻyicha) ruxsatnomalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) unumdorligi yuqori boʻlgan zamonaviy geologiya-qidiruv asbob-uskunalarini tezkor joriy qilish, ilgʻor texnika va innovatsion texnologiyalar bilan taʼminlash hisobiga geologiya tarmogʻini modernizatsiyalash boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlab chiqarishiga zamonaviy usullar, ilm-fanni koʻp talab etadigan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni tizimli asosda joriy qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarini, ular balansiga asosiy vositalarni berish yoʻli bilan ularni modernizatsiyalash va texnik jihozlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy konchilik-burgʻulash, geologik-geofizik va laboratoriya-tahliliy asbob-uskunalardan samarali foydalanilishini tahlil qiladi va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha idoraviy mansub tashkilotlarga metodik yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) geologiya sohasi uchun oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida tizimli choralarni amalga oshirish, shuningdek, mehnatini ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy salohiyatini amaliyotga tatbiq qilib uni yanada oshirishni va rivojlantirishni hamda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bogʻlangan holda geologiya sohasi uchun malakali, zamonaviy fikrlaydigan oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar maʼlumotiga ega kadrlarni tayyorlashni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini geologik oʻrganish sohasida jahon yutuqlarini va yangiliklarini geologiya-qidiruv tashkilotlarining muhandis-texnik xodimlarigacha yetkazish hamda geologiya sohasi uchun tizimli asosda kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Davlat geologiya qoʻmitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlar oʻz vaqtida va samarali bajarilishi muvofiqlashtirilishini taʼminlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning mineral-xom ashyo bazasini, birinchi navbatda yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, nodir, kamyob metallar va uranning shuningdek, uglevodorod xom ashyosining mineral-xom ashyo bazasini jadal rivojlantirish, mineral xom ashyoning yangi turlarini va ularning konlarini tezkor izlash;
(12-band 2-kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/209/0411-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaxirasi oʻsishini taʼminlash va joylarda sanoatning yangi quvvatlari yaratilishini inobatga olib iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xom ashyo bazasini qayta toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar konlari sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirish uchun berilishini tezlashtirish hisobiga faol investitsiya siyosatini yuritish, ulardan, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda oqilona foydalanish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun birinchi navbatda respublika hududlarida sanoat yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan tarmoqlarning xom ashyo manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli, oʻrtacha muddatli va yillik davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini taʼminlash, yer qaʼrini geologik oʻrganish metodikasini, hajmi, sifati va ular natijalari ishonchliligini xolisona baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, toza, mineral, termal va sanoat yer osti suvlari ham), mineral-xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik taʼminlashda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer qaʼridan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unumdorligi yuqori boʻlgan zamonaviy geologiya-qidiruv asbob-uskunalarini tezkor joriy qilish, ilgʻor texnika va innovatsion texnologiyalar bilan taʼminlash hisobiga geologiya tarmogʻini modernizatsiyalash boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya sohasi uchun oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish, mehnatni ragʻbatlantirish mexanizmlari samaradorligini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Davlat geologiya qoʻmitasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlar sifatli va oʻz vaqtida puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi;
(13-bandning 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatini, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish sohasida huquqiy taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va Davlat geologiya qoʻmitasining vakolatlariga tegishli boʻlgan boshqa masalalar hal etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarining vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Juqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) mineral-xom ashyo bazani oʻz faoliyati sohasi va hududida jadal rivojlantirish, mineral xom ashyoning yangi turlari va ularning konlarini jadal izlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali qazilmalar zaxiralarini koʻpaytirish va iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xom ashyo bazasini toʻldirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) oʻz faoliyati doirasida mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning uzoq muddatli, oʻrtacha muddatli va yillik davlat dasturlari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, yer qaʼrini geologik oʻrganish metodikasi, hajmi, sifatining xolisona baholanishini va ular natijalarining ishonchliligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer qaʼrini geologik oʻrganishda, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, mineral, termal va sanoat yer osti suvlari ham), mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik taʼminlash sohasida yer qaʼridan foydalanish va muhofaza qilish chogʻida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) geologiya-qidiruv ishlab chiqarishiga zamonaviy yuqori unumli asbob-uskunalarni joriy qilish, ilgʻor texnika va innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarali chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) kadrlarning kasbiy darajasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Davlat geologiya qoʻmitasining asosiy vazifalari va funksiyalariga muvofiq samarali faoliyat koʻrsatishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, Davlat geologiya qoʻmitasi qarorlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalikka oid va boshqa masalalar hal etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan bogʻliq ishlar holatini tahlil qiladi, “qayta bogʻlanish” va “virtual qabulxona” interaktiv mexanizmini joriy qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning 5-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/209/0411-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) belgilangan tartibda suv uchun quduqlarni burgʻulash va suvdan maxsus foydalanish va suv isteʼmoli uchun ruxsat beradi (yer osti suvlari boʻyicha).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlat geologiya qoʻmitasi va unga idoraviy mansub tashkilotlarning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Davlat geologiya qoʻmitasining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat geologiya qoʻmitasi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;
(16-bandning 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur statistika maʼlumotlarini davlat statistika organlaridan bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Davlat geologiya qoʻmitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlarining davlat mulkini, oʻzining tashkiliy tuzilishi doirasida, belgilangan tartibda bir boʻlinmadan boshqasiga bepul oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Davlat geologiya qoʻmitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini ularning tegishli sohadagi faoliyatlarining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlarni bajarganliklarini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib turish va toʻxtatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) xavfsizlik talablarini, yer qaʼridan foydalanish va muhofaza qilish talablarini buzganligi uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa tashkilotlarga va fuqarolarga yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish doirasidagi qoida buzilishlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar yoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda ularning mutaxassislarini geologik materiallar ekspertizasini oʻtkazish uchun jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda imzolash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda xalqaro darajada ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlar mutaxassislarini tajriba orttirish, malaka oshirish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish, biznes-forumlar va boshqalarda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida belgilangan tartibda chet ellik yetakchi mutaxassislarni Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatida va idoraviy mansub tashkilotlarda ishlash uchun shartnoma asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha xorijiy davlatlarning ixtisosli vazirliklari (idoralari), xalqaro moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, chet el firmalari va kompaniyalari bilan, shuningdek, xorijiy davlatlarning elchixonalari va missiyalari, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kengashlar va videokonferensiyalar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida hukumatlararo qoʻmitalar, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik qilish boʻyicha kengashlar va komissiyalar ishida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun geologiya sohasi olimlari va mutaxassislaridan iborat vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish, boshqa vazirliklar va idoralardan mutaxassislar va ekspertlarni ushbu ishga shartnomalar asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va boshqa manbalar hisobiga olingan yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborotlarni shartnomalar asosida belgilangan tartibda realizatsiya qilish (berish, ayirboshlash, sotish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat geologiya qoʻmitasi quyidagilar uchun javob beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
(17-bandning 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) uzoq muddatli va yillik dasturlarni, chora-tadbirlar rejalarini, “yoʻl xaritalari”ni va sohani rivojlantirishga doir boshqa dasturiy hujjatlarni, shuningdek, tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal qilishni samarali amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya va himoya qilishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparati unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlaridan Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Davlat geologiya qoʻmitasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlash, axborot va tahliliy materiallarni tayyorlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari va vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlsa ularni qayta koʻrib chiqishga qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) tezkor hal etilishi lozim boʻlgan va Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasi va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va belgilangan tartibda tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati quyidagilar uchun javob beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalarining Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlashga doir ishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasi qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish;
(19-bandning 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va tarmoqni, shuningdek, tegishli tarmoqda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya qilinishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishgan holda geologiya-qidiruv ishlari hajmlari va ajratilgan mablagʻlarni biriktirilgan barcha kon-ruda rayonlari boʻyicha foydali qazilmalar zaxiralari oʻsishini taʼminlovchi dolzarb loyihalarga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari quyidagilar uchun javob beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) oʻz vakolatlariga tegishli vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) oʻz faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) geologiya-qidiruv ishlari loyihalari va Davlat geologiya qoʻmitasiga kiritilayotgan takliflarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilish oqibatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida tarmoqni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tarmoqni rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini hamda himoya qilinishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasi raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat geologiya qoʻmitasining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Davlat geologiya qoʻmitasi va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati doirasiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yigʻilishlarida masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
(22-bandning 5-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etish;
(22-bandning 6-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Davlat geologiya qoʻmitasining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilishi uchun shaxsan masʼuliyati darajasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Davlat geologiya qoʻmitasi va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat geologiya qoʻmitasining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasiga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
(22-bandning 12-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
(22-bandning 13-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasining qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish);
(22-bandning 16-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish va tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) oʻz oʻrinbosarlari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Davlat geologiya qoʻmitasi hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tashabbuskor va yuqori malakali xodimlari lavozim maoshlariga belgilangan tartibda ustamalar (tarif stavkasi boʻyicha) belgilash haqidagi masalalarni hal etish va idoraviy mansub tashkilotlarda ustamalarni tayinlash tartibini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati va uning idoraviy mansub tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28) markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni va Davlat geologiya qoʻmitasi tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarini va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaxslari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasi va shtat jadvalini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning soni doirasida tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Davlat geologiya qoʻmitasi raisi vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Davlat geologiya qoʻmitasining mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Davlat geologiya qoʻmitasining mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlarida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Davlat geologiya qoʻmitasi hayʼati qarorlari, Davlat geologiya qoʻmitasining raisi buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi raisiga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Davlat geologiya qoʻmitasining mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Davlat geologiya qoʻmitasi raisining topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
(23-bandning 10-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Davlat geologiya qoʻmitasi hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) faoliyat sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Davlat geologiya qoʻmitasi raisiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Davlat geologiya qoʻmitasi raisiga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga rioya qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Davlat geologiya qoʻmitasi raisiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda idoraviy mansub tashkilotlar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Davlat geologiya qoʻmitasi raisining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Davlat geologiya qoʻmitasi idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori talablariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Davlat geologiya qoʻmitasi hayʼati qarorlari, rais va uning oʻrinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) idoraviy mansub tashkilotlarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasi rahbariyatiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Davlat geologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalarida kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlari topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
(24-bandning 11-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga rioya qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Davlat geologiya qoʻmitasi rahbariyatiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari va Davlat geologiya qoʻmitasining hujjatlari bilan ushbu tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Davlat geologiya qoʻmitasi hayʼati qarorlari, Davlat geologiya qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Davlat geologiya qoʻmitasi idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Davlat geologiya qoʻmitasining raisi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlariga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Davlat geologiya qoʻmitasi raisining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasi rahbariyatiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Davlat geologiya qoʻmitasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Davlat geologiya qoʻmitasi raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Davlat geologiya qoʻmitasining javobgarlik sohalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Davlat geologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Davlat geologiya qoʻmitasining mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlarida Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Davlat geologiya qoʻmitasining mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati javobgarlik sohalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) idoraviy mansub tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarining javobgarlik sohalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Davlat geologiya qoʻmitasi rahbariyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Davlat geologiya qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat geologiya qoʻmitasi raisi oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasi aʼzosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Davlat geologiya qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi raisi moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirga, uning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa — vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Davlat geologiya qoʻmitasi raisi boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari ustavlari Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) topshiriqlarni idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlariga markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, natijalarni umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Davlat geologiya qoʻmitasi rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatiga axborot taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) oʻz ishi natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparatiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) tashkilotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni Davlat geologiya qoʻmitasining markaziy apparatiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda uning idoraviy mansub tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Davlat geologiya qoʻmitasi raisining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u boʻyicha qaror bevosita Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Davlat geologiya qoʻmitasining boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Davlat geologiya qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari departamentiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyxatiga kiradi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/674/1041-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Davlat geologiya qoʻmitasining hayʼati, boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Davlat geologiya qoʻmitasida hayʼat raisi, lavozimi boʻyicha uning oʻrinbosarlari, shuningdek, faoliyatning asosiy yoʻnalishlariga mutasaddilik qiluvchi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Davlat geologiya qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizom bilan belgilangan Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Davlat geologiya qoʻmitasi tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralarni qabul qilgan holda tarkibiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda va tizimli tarzda Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati doirasida hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishi natijadorligini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni joylarda muhokama qilishni taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil qilish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish boʻyicha masalalarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi ular boʻyicha masʼul ijrochi boʻlgan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun hujjatlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha hayʼat yigʻilishlariga boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarning rahbarlari ham taklif qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Hayʼat, agar uning yigʻilishida hayʼat aʼzolari tarkibining yarmidan ortigʻi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qaror oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Hayʼat qarorlari Davlat geologiya qoʻmitasining qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Hayʼat raisi va aʼzolari oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda rais mustaqil ravishda qaror qabul qiladi va yuzaga kelgan kelishmovchilik toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz navbatida Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrlarini maʼlum qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Hayʼatning faoliyat yuritish tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Eng muhim yoʻnalishlarni, ish natijalarini va yer qaʼrini geologik oʻrganish bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasi huzurida ilmiy-texnik kengash tuziladi. Ilmiy-texnik kengash tarkibi va u toʻgʻrisidagi nizom Davlat geologiya qoʻmitasi hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Davlat geologiya qoʻmitasi samaradorligi doimiy baholanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiluvchi kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazo choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Davlat geologiya qoʻmitasini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Davlat geologiya qoʻmitasining idoraviy mansub tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Davlat geologiya qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi maxsus maqsadli hisob raqamlari mablagʻlari, budjetdan tashqari fondlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlar, mukofotlar, ustamalar, qoʻshimcha haqlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlariga Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan va respublikaning tegishli tarmoq kasaba uyushmasi bilan kelishiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi xodimlariga uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun ustamalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq har oyda uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun ustama toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun har oylik ustama faqat asosiy ish joyi boʻyicha har oyda va xodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ish staji boʻyicha guruh

Uzluksiz staj uchun ustama miqdori

1 yildan 3 yilgacha

30 %

3 yildan 5 yilgacha

60 %

5 yildan 10 yilgacha

75 %

10 yildan 15 yilgacha

100 %

15 yil va undan ortiq

150 %

(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 07/22/439/1081-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Davlat geologiya qoʻmitasining mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan (ishlab chiqarishda qatnashuvchi xodimlar) hamda yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorati boʻyicha ishlarni bajaruvchi xodimlariga (Kon-geologiya faoliyati ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlariga) uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun ustamalar toʻlash budjet mablagʻlari, “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJning ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasining mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan xodimlari toifalarining (ishlab chiqarishda qatnashuvchi xodimlar) roʻyxati ushbu Nizomga ilovada keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Davlat geologiya qoʻmitasining mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etmaydigan xodimlariga (xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar), shu jumladan, uning markaziy apparati xodimlariga uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun ustamalarni toʻlash Davlat geologiya qoʻmitasi olgan foyda va idoraviy mansub tashkilotlarning ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Davlat geologiya qoʻmitasining mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan xodimlarining uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun ustamalarni toʻlashga moʻljallangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hamda “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJning ajratmalari miqdori Davlat geologiya qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilanadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlari doirasida geologiya-qidiruv, gidrogeologiya, geofizika, ilmiy-tadqiqot, laboratoriya, mavzuli va boshqa ishlarni bajaruvchi xodimlarning uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun ustamalarni toʻlash xarajatlari ishlarning ishlab-chiqarish tannarxiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga, xoʻjalik faoliyatidan olinadigan mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlar toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlari ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlarni hisoblash uchun cheklangan summa Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,11 baravarini tashkil etadi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlari ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlarni belgilash bilan bogʻliq xarajatlar mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirishning har yilgi davlat dasturlari doirasida bajariladigan ishlar tannarxiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Davlat geologiya qoʻmitasining Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida hisobot berishi
(10-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlari Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot berib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/674/1041-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasining alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Davlat geologiya qoʻmitasini qayta tashkil qilish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etadigan Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlari toifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturlari doirasida tegishli loyihalarni (yoki ularning qismlarini) amalga oshiruvchi quyi tashkilotlarning direktorlari va direktor oʻrinbosarlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh geologlar, bosh geolog oʻrinbosarlari, barcha toifadagi geologlar, texnik-geologlar, geologiya ixtisosligining barcha texniklari, barcha toifadagi gidrogeologlar, geodezistlar, geofiziklar, marksheyderlar, topograflar, xarita tuzuvchilar, petrograflar, mineraloglar, paleontologlar, geokimyogarlar, kimyogarlar, geobiokimyogarlar va ekologlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Geologiya ekspeditsiyalari, partiyalari, boʻlimlar, markazlar, inspeksiyalar, gidrogeologiya stansiyalari, xavfli geologik jarayonlarni kuzatish stansiyalari, sektorlar, otryadlar, shaxtalar, uskunalar, uchastkalar va guruhlar boshliqlari (mudirlari) va ularning oʻrinbosarlari, kadrlar boʻlimi, moddiy-texnik taʼminot, avtotranstport parklari va mexanik-taʼmirlash sexlari boshliqlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bosh muhandislar va ularning oʻrinbosarlari, barcha toifadagi muhandislar, muhandis-quruvchilar, bosh texnologlar va barcha toifali texnologlar, bosh geofiziklar va barcha toifadagi geofiziklar, bosh marksheyderlar va barcha toifali marksheyderlar, bosh mexaniklar va barcha toifadagi mexaniklar, bosh energetiklar va barcha toifali energetiklar, aloqachilar, barcha toifadagi laborantlar, EHM operatorlari, mutaxassislar, moddiy-texnik taʼminot vakillari, avtotranstport parklari dispetcherlari, issiqxona va yoqilgʻi quyish shaxobchalari operatorlari, avtotransportlarning profilaktik koʻrigi boʻyicha nazoratchilar (hamshiralar, feldsherlar), barcha toifadagi korrektorlar va muharrirlar, ish yurituvchilar, tarjimonlar, matbuot kotiblari, dasturlovchilar, chizmachilar va geologik hujjatlarni muqovalovchilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bosh mutaxassislar va barcha toifadagi ilmiy xodimlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiy va buxgalteriya xizmatlarining barcha toifadagi mutaxassislari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Laboratoriyalar, boʻlimlar, markazlar, guruhlar, geologiya fondlari, ilmiy-texnik kutubxonalar, arxivlar, kanselyariyalar, xoʻjaliklar, tovar-moddiy, yoqilgʻi-moylash omborxonalari, uchastkalardagi portlovchi moddalar omborxonalari va gilli qorishmalar stansiyalari mudirlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Burgʻulash ustalari, tegirmon, burgʻilash, kompressorlar va boshqa uskunalar mashinistlari va mashinist yordamchilari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kon ustalari, kon ishchilari, mustahkamlovchilar, yer osti togʻ lahmlari oʻtuvchilari, chiroqchilar, lyukoviklar, maydalovchilar, togʻ jinslarini silliqlovchilar, elektr-gaz payvandlovchilar, elektriklar va elektromontyorlar, motor tuzatuvchilar, akkumulyator tuzuvchilar, barcha toifadagi chilangarlar, tokarlar, frezerlovchilar, barcha toifadagi temirchilar, apparatchilar, yoʻnaltiruvchilar, dozimetristlar, reagentlarni dozalovchilar, topografik va marksheyderlik ishlarda oʻlchovchilar, radiometristlar, boʻyoqchilar, tosh yoʻnuvchilar, suvoqchilar, yer usti lahm oʻtuvchilar, omborchilar, yoʻllanma tarqatuvchilar, otuvchilar, oshpazlar, har xil ishlarni bajaruvchilar va dala bazalari qoʻriqchilari, tabiat bogʻining oʻrmonchilari va otboqarlari, geologiya uchastkalari, partiyalar va maydalovchi sexlar ishchilari, transport vositalari va karotaj stansiyalari haydovchilari (mashinistlari), buldozerchilar, ekskavatorchilar, traktorchilar va geologiya-qidiruv ishlarini bevosita bajarishda qatnashuvchi boshqa mutaxassislar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 534-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 09/20/534/1246-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 09/18/315/1136-son; 12.02.2019-y., 09/19/112/2597-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 22.09.2019-y., 09/19/791/3795-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 10.04.2020-y., 09/20/209/0411-son; 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 25.08.2020-y., 09/20/509/1213-son, 03.09.2020-y., 09/20/534/1246-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son, 06.09.2022-y., 09/22/496/0799-son; 26.11.2022-y., 09/22/674/1041-son, 12.12.2022-y., 07/22/439/1081-son)