Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2400-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 5-oktabrdagi 74-son “Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2400, 2012-yil 13-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 527-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-mart,
46-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2400-1/0927-son)