15.02.2018 yildagi 125-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni taʼminlovchi tizimlar esa — barqaror rivojlanishning strategik omillariga aylanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu sharoitlarda Oʻzbekistonda demokratik huquqiy davlatni va ochiq adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlashdek strategik maqsadga erishish, davlat boshqaruvining sifati davlatning axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan modeliga oʻtishini taʼminlaydigan axborotni va bilimni yaratish, qabul qilish va tarqatish imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va masʼuliyatini taʼminlash zarur. Bu davlat va xoʻjalik boshqaruvi apparatining samarali faoliyat yuritishi hamda jamiyatda adolatni qaror toptirishning muhim sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda jamiyatni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatidan keng xabardor qilish, ularning aholi oldidagi hisobdorligini taʼminlash “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy normani amalga oshirishning, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu gʻoyani roʻyobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot jihatidan ochiqligini yanada oshirish, jamoatchilikka amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning maqsadlari, vazifalari, borishi hamda natijalari, mamlakatning global axborot jamiyatiga uygʻun integratsiyalashuvi haqida oʻz vaqtida, xolisona va toʻlaqonli axborotni tezkorlik bilan yetkazish, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyishning samarali mexanizmlari va usullarini joriy etishga, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini taʼminlashga qaratilgan normalari ijrosini soʻzsiz va sifatli taʼminlash barcha darajalardagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining eng ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbari ushbu vazifalar amalga oshirilishi uchun shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari (matbuot xizmatlari, jamoatchilik bilan aloqalar xizmatlari) (keyingi oʻrinlarda axborot xizmati deb yuritiladi) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi xodimlarining umumiy soni doirasida tashkil etiladi hamda shu organ rahbariga bevosita boʻysunadigan alohida mustaqil boʻlinma hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar axborot xizmatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining faoliyati, uning faoliyat sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, axborot xizmati bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining rasmiy veb-saytida tezkor joylashtirish va oʻz vaqtida yangilab borish, Internet tarmogʻidagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi boʻyicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmogʻida materiallar tarqatish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining boshqa boʻlinmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatish uchun xabar, axborot-maʼlumot tusidagi materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (kino, foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holatini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini tahlil qilish va ular toʻgʻrisida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bankini shakllantirish va yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xizmatlari rahbarlari va xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xizmatlari kadrlarining malakasini oshirish va Xizmatlarni jurnalist kadrlar, jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish va boshqa sohalardagi yuqori malakali mutaxassis kadrlar bilan taʼminlash, shuningdek, axborot xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur zamonaviy moddiy-texnik bazani shakllantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xizmatlari tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari bilan, shu jumladan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari ishtirokida muntazam ravishda (bir oyda kamida bir marta) matbuot anjumanlari, brifinglar oʻtkazilishini hamda ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashning boshqa zamonaviy shakllarini amaliyotga joriy etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatida ochiqlik prinsipini amalga oshirish boʻyicha quyidagilarga qaratilgan metodik tavsiyalarni ishlab chiqsin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ularning faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilishning amaliy mexanizmlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar toʻgʻrisidagi axborotdan jismoniy va yuridik shaxslar keng foydalanishini taʼminlash, ochiqlikni taʼminlash boʻyicha zamonaviy tizimlarni shakllantirishda ularga koʻmaklashish va hokazo.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda har yili “Eng yaxshi axborot xizmati”, “Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini yoritayotgan eng yaxshi jurnalist” va boshqa nominatsiyalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunlariga bagʻishlab tanlovlar tashkil etsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 22-sentabrdagi 203-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori L. Tangriyev zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 125-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Axborot xizmati (matbuot xizmati, jamoatchilik bilan aloqalar xizmati) (keyingi oʻrinlarda Xizmat deb ataladi) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi markaziy apparatining mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi hamda bevosita uning rahbariga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xizmat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xizmat oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining hududiy va tarkibiy boʻlinmalari hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli xizmatlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xizmatning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keng jamoatchilikni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari toʻgʻrisida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari (keyingi oʻrinlarda OAV deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Xizmat bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va oʻz vaqtida yangilab borish, Internet tarmogʻidagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi boʻyicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, Internet tarmogʻida materiallar tarqatish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining boshqa boʻlinmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-maʼlumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi faoliyatini xorijiy OAVda sifatli yoritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular toʻgʻrisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar maʼlumotlar bankini shakllantirish va yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xizmat yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OAVda, shu jumladan, Internet tarmogʻida axborot eʼlon qiladi (chop etadi), shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin boʻlgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining rahbarlari ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yigʻilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OAV va jurnalistlarning soʻrovi asosida ularga ogʻzaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida huquqni qoʻllash amaliyoti holati monitoringini olib boradi va keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur boʻlgan axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikda toʻplaydi va ularni puxta ishlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi faoliyatiga doir masalalar boʻyicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda milliy va xorijiy nashrlarda eʼlon qiladi, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi, tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi faoliyatiga doir masalalar boʻyicha jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini oʻrganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshiradi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish uchun eʼlon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OAV bilan axborot-maʼlumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan maʼlumotlar banki tashkil etilishi va yuritilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi faoliyatini eng toʻliq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy OAV hamda jurnalistlar bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi tomonidan tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va videomateriallar maʼlumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xizmat oʻz vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda OAVning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni tayyorlashda koʻmaklashish toʻgʻrisidagi buyurtmanomalari va soʻrovlarini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xizmatning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xizmat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatning vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining boshqa boʻlinmalaridan, idoraviy mansub tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining yigʻilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining rahbari bilan kelishgan holda idoraning boshqa boʻlinmalari xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbariyatning topshirigʻiga koʻra davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan tadbirlarda Xizmat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi nomidan vakillik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, Xizmat faoliyati masalalari boʻyicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning koʻrib chiqishi uchun kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xizmat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi faoliyatining milliy va xorijiy OAVda xolisona, sifatli va tezkor yoritilishini taʼminlash uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Xizmat faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xizmat xodimlari soni u amalga oshiradigan vazifalarning murakkabligi va hajmiga koʻra davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining rahbari tomonidan, xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xizmat faoliyati davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xizmatga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rahbar boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xizmat rahbari bevosita davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining rahbariga boʻysunadi va ayni vaqtda uning matbuot kotibi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xizmat rahbari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat faoliyatini tashkil etadi, rejalashtiradi va nazorat qiladi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organining boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni taʼminlaydi, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat xodimlarining malakasini va kasbiy saviyasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xizmat xodimlari Xizmat rahbarining taqdimnomasiga koʻra belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xizmat faoliyatini axborot, huquqiy, moddiy-texnik va transport bilan taʼminlash, shuningdek, uning xodimlariga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining tarkibiy boʻlinmalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2018-y., 09/18/125/0779-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)