Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2006 03.09.2004 yildagi 414-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2006
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PAXTA TOLASINI SOTISh VA TAShQI SAVDO KOMPANIYALARINING “PAXTASANOAT” HUDUDIY AKSIYADORLIK BIRLAShMALARI BILAN HISOB-KITOB QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga muvofiq hamda 2003-yil hosili paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari orqali sotish boʻyicha amaliy ish tajribani hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzmarkazimpeks”, “Oʻzsanoatmashimpeks”, “Oʻzinterimpeks” va “Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyalari tomonidan bir yoʻla jami 250 ming tonna paxta tolasini saqlaydigan ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari tashkil etilganligi hamda faoliyat koʻrsatayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi, tashqi savdo kompaniyalari 2005-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallarida bir yoʻla saqlanadigan paxta tolasi jami hajmini 1-ilovaga muvofiq faoliyat koʻrsatayotgan terminallar quvvatlarini kengaytirish va yangi terminallar tashkil etish yoʻli bilan 352 ming tonnagacha koʻpaytirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi, Oʻzbekiston “Sifat” markazi tashqi savdo kompaniyalariga faoliyat koʻrsatayotgan terminallarni kengaytirishda va yangi terminallar tashkil etishda, shuningdek ularning faoliyat koʻrsatishi uchun zarur infratuzilmalarni tashkil etishda koʻmaklashsinlar.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2004-yil 1-sentabrdan boshlab xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar paxta tolasini sotib olishda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 447-son qarori bilan belgilangan talablar bilan bir qatorda, 15 foiz miqdoridagi haqini oldindan toʻlashni va uzil-kesil hisob-kitoblarni paxta tolasi yetkazib berilgan sanadan boshlab 90 kun mobaynida, kontraktlarda nazarda tutilgan shartlarda amalga oshiradigan tartib oʻrnatilsin. Paxta tolasi qiymatining qolgan 85 foizi uchun akkreditiv ochiladi yoki bank kafolati beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–330-sonli Qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarorining 5-bandi, shuningdek ushbu qarorga 3-ilova;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasi sotish mexanizmi toʻgʻrisida” 2003-yil 16-oktabrdagi 447-son qarori 2-bandining yettinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 98-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga qisman oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2003-yil 18-oktabrdagi 450-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 3-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
414-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallarida bir yoʻla saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HAJMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎‏

Terminal nomi‎‏

Mintaqalar‎‏

‎‎2004-yil 1-sentabrdagi holatiga koʻra terminallarda bir yoʻla saqlash hajmi

Bir yoʻla saqlashning qoʻshimcha hajmlari

Koʻpaytirishni hisobga olgan holda 2005-yil 1-apreldagi holatiga koʻra bir yoʻla saqlash hajmi

Jami‎

‎‏ shu jumladan “erkin ombor” rejimida‎‎

1.‎ Paruaz‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 7,0‎ 5,0‎ 12,0‎
2.‎ Andijon tola‎ Andijon viloyati‎ 20,0‎ 10,0‎ 30,0‎
3.‎ Buxoro Trans Terminal*‎ Buxoro viloyati‎ 25,0‎ 5,0‎ 5,0‎ 30,0‎
4.‎ Paxtakor tola‎ Jizzax viloyati‎ 8,0‎ 2,0‎ 10,0‎
5.‎ Nishon tolasi‎ Qashqadaryo viloyati ‎‏
‎‏
12,0‎ 4,0‎ 12,0‎
6.‎ Qamashi tola‎ 7,0‎ 5,0‎ 12,0‎
7.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 22,0‎ 22,0‎
8.‎ Navoiy tola‎ Navoiy viloyati‎ 7,0‎ 7,0‎
9.‎ Inter tola*‎ Namangan viloyati‎ 32,0‎ 8,0‎ 3,0‎ 35,0‎
10.‎ Toshkent tola*‎ Toshkent viloyati ‎‏
25,0‎ 25,0‎
11.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 10,0‎ 10,0‎
12.‎ Samarqand tola*‎ ‎‏Samarqand viloyati
15,0‎ 15,0‎
13.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 10,0‎ 10,0‎
14.‎ Muzrobod tola‎ ‎‏‎‏Surxondaryo viloyati
12,0‎ 12,0‎
15.‎ Jarqoʻrgʻon tola‎ 10,0‎‎ 10,0‎‎
16.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 10,0‎‎ 10,0‎‎
17.‎ Sirdaryo Oq-oltin tola‎ ‎‏Sirdaryo viloyati
‎‏
14,0‎ 14,0‎
18.‎ Oq-oltin BXP‎ 31,0‎ 31,0‎ 31,0‎
19.‎ yangi terminal tashkil etish‎ 10,0‎ 10,0‎
20.‎ Fargʻona tola‎ ‎‏Fargʻona viloyati
5,0‎ 5,0‎ 5,0‎
21.‎ Qoʻqon tola‎ 10,0‎ 5,0‎ 15,0‎
22.‎ Xorazm tola‎ Xorazm viloyati‎ 10,0‎ 10,0‎
‎‎Respublika boʻyicha hammasi‎

250,0‎

48,0‎

102,0‎

352,0‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: * Viloyatlararo mintaqaviy terminal maqomiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining paxta tozalash zavodlari (keyingi oʻrinlarda yetkazib beruvchilar deb ataladi) tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi tashqi savdo kompaniyalariga (keyingi oʻrinlarda sotib oluvchilar deb ataladi) tuzilgan shartnomalarga muvofiq uni mintaqaviy paxta terminallariga (keyingi oʻrinlarda terminallar deb ataladi) yetkazib bergan holda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Etkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar oʻrtasida 2003-yil hosilidan boshlab paxta tolasini sotish boʻyicha oʻzaro munosabatlar va oʻzaro hisob-kitoblar mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari hamda ikki tomonlama shartnomalar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Paxta tolasini sotish yuzasidan bosh shartnomalar va bitimlar tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kalendar yil boshida yetkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar oʻrtasida yetkazib beruvchilar va paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq joriy yilda kutilayotgan hosildan paxta tolasi xarid qilish yuzasidan bosh shartnomalar tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tashqi savdo kompaniyalariga xorijiy investitsiya kiritilgan korxonalarga yetkazib beriladigan paxta tolasi qiymatining 85 foizi, oldindan toʻlov yoki mazkur korxonalar mahsulotlarining xaridorlari tomonidan tashqi savdo kompaniyalari foydasiga ochiladigan hisob raqamni kafolat taʼminoti sifatida qabul qilishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo kompaniyalari hisob raqamlariga xorijiy investitsiya kiritilgan korxonalar mahsulotining eksportidan kelib tushadigan daromad ushbu korxonalarni yetkazib berilgan paxta tolasining qiymati belgilangan tartibda chegirib qolingach va valyuta daromadining majburiy 50 foizi sotilganidan soʻng, ularning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–330-sonli Qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bosh shartnomada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon bozorida talab qilinadigan tegishli sanoat navlari va tiplaridagi paxta tolasi ishlab chiqarish uchun paxta xomashyosining aniq seleksiya navlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlaridan hamda gʻoʻzaning joylashtirilishidan kelib chiqib, keyinchalik eksport qilish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish uchun terminallarga yetkazib beriladigan paxta tolasining hisoblab chiqilgan hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning sentyabr—dekabr oylari va kelgusi yilning yanvar—avgust oylari davrida sotib oluvchilar tomonidan sotib olinadigan paxta tolasi hajmi boʻyicha shartnomalar tuzishning dastlabki muddatlari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bosh shartnomaga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalda ekilgan paxta maydonlarini aprobatsiyadan oʻtkazish natijalari va kutilayotgan paxta xomashyosi hosili boʻyicha joriy yilning sentyabr—dekabr oylarida keyinchalik eksport qilish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga erkin muomaladagi valyutaga sotish uchun terminallarga paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hosilni yigʻishtirib olish va joriy yilda tayyorlangan amaldagi paxta xomashyosi boʻyicha kelgusi yilning yanvar—avgust oylarida, keyinchalik eksport qilish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga erkin muomaladagi valyutaga sotish uchun terminallarga paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bosh shartnomaga muvofiq tuziladigan shartnomalarda yetkazib beriladigan tolaning hajmi, navi, tipi, klassi va boshqa sifat koʻrsatkichlari boʻyicha barcha asosiy parametrlari, transportda tashish shartlari va yuklab joʻnatish muddatlari, oʻzaro hisob-kitob qilish tartibi, fors-major holatlari, tuzilgan shartnomalarni bajarish shartlari boʻyicha mulkiy va boshqacha javobgarlik, nizoli masalalarni koʻrib chiqish tartibi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Paxta tolasi narxlarini belgilash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sotib oluvchilar tomonidan paxta tolasini keyinchalik eksportga va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish uchun xarid qilish belgilangan tartibda yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartnomalarda paxta tolasini sotib olish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksportga sotish uchun ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq shartnomaviy narxlar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish uchun ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq shartnomaviy narxlar boʻyicha amalga oshirilishi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Eksportga sotiladigan paxta tolasiga shartnomaviy narxlar joʻnatishning CIP-terminal shartlari boʻyicha quyidagi tartibda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlab tolani terminalga yetkazib berishdan oldingi kunda (yoki ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq haqini oldindan toʻlangan sanada) “Birinchi” navi, “Oʻrta” klass, 5 tip, 35-kod paxta tolasining 1 tonnasi uchun “Kotton Outluk”da eʼlon qilinadigan “A” indeksi va uning Oʻzbekistondagi komponenti kotirovkalarining oʻrtacha qiymati (bazis narx) aniqlanadi (AQSh dollarida). Ushbu narxdan kelib chiqqan holda paxta tolasining boshqa navlari, klasslari va tiplarining narxlari mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qoʻllangan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomaviy narx yuqorida qayd etilgan tartibda aniqlangan narx va quyida koʻrsatilgan paxta tolasini sotish boʻyicha sotib oluvchilarning hisoblab chiqilgan xarajatlari oʻrtasidagi tafovut tarzida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini terminallarda saqlash va sugʻurta qilish, (fitosanitariya sertifikati berish va respublika hududi boʻylab harbiylashtirilgan qoʻriqlash uchun toʻlovni qoʻshgan holda) CIF — Shimoliy Yevropa portlarigacha tashish, yuklash-tushirish, fumigatsiya qilish va portlarda belgilangan, CIF — Shimoliy Yevropa portlari shartlarini bajarish uchun moʻljallangan normativ muddatlar doirasida portlarda saqlash xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida kelishilgan tariflar boʻyicha sertifikatlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi (keyingi oʻrinlarda “Sifat” markazi deb ataladi) va kip massasini tarozida tortish xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasini deklaratsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish xarajatlari (qiymatining 0,15 foizi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xarajatlari (bankning mablagʻlarni oʻtkazish, akkreditiv ochish, yuklab joʻnatish hujjatlarini tekshirish uchun kafolatlari, vositachilik haqi va boshqa xarajatlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztashqitrans” DAKning ekspeditorlik xizmatlari qiymatining 2 foizigacha miqdordagi vositachilik haqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi savdo kompaniyalarining shartnomaviy narxlar boʻyicha paxta tolasi qiymatining 3 foizigacha miqdordagi daromadlari (asosiy faoliyat boʻyicha xarajatlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchilardan sotib olinadigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida sotib oluvchilar tomonidan jalb etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlash xarajatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda tashqi savdo kompaniyalarining paxta tolasi sotish boʻyicha xarajatlarining cheklangan miqdori hisoblab chiqariladi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksiga kiritiladi. Paxta tolasi sotish boʻyicha xarajatlarning tasdiqlangan cheklangan miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan yetkazib beruvchilar va sotib oluvchilarga yetkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotiladigan paxta tolasiga shartnomaviy narxlar, yuklab joʻnatish sanasida “Kotton Outluk”da eʼlon qilinadigan “A” indeksi va uning Oʻzbekistondagi komponenti kotirovkalariga muvofiq vujudga keladigan jahon narxlaridan kelib chiqqan holda 15 foiz miqdoridagi chegirma bilan belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-dekabrdagi 283-son qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 390-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shartnomaviy narxlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi standartlarining barcha majburiy talablariga muvofiq boʻlgan paxta tolasi uchun belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilardan sotib oladigan paxta tolasining shartnomaviy narxi preyskurant ulgurji narxdan va paxta tolasini terminallarda saqlash xarajatlaridan, shu jumladan yetkazib beruvchilarning vositachilik haqidan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Mikroneyer” koʻrsatkichi qiymatlari belgilangan normalardan (3,5 dan 4,9 gacha) yuqori yoki past boʻlganda paxta tolasi uchun paxta tolasiga ulgurji narxlar preyskurantida koʻrsatilgan shkalaga muvofiq I-II-nav paxta tolasining shartnomaviy narxidan chegirishlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil paxta hosili tolasini eksport qilish boʻyicha xarajatlarni chegirish bazis narxga qoʻllanadi. 2004-yil hosili paxta tolasidan boshlab eksport boʻyicha xarajatlarni chegirish har qaysi nav, klass va tip narxi aniqlangandan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “A” indeksi va uning “Kotton Outluk” Oʻzbekiston komponenti kotirovkalarining har kunlik qiymatlari “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Eksportga sotishda paxta tolasini yuklab joʻnatish va uning uchun hisob-kitob qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar paxta tolasini yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarda yetkazib berish shartlarini va hisob-kitob qilishning asosan akkreditiv shaklini belgilaydilar, buning uchun yetkazib beruvchiga xizmat koʻrsatadigan bankda tegishli hisob raqamlari ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shartnoma shartlariga muvofiq, sotib oluvchilar oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankka (emitent bankka) chaqirib olinmaydigan, hujjatli, qoplanmagan, boʻlinmas akkreditiv ochishga ariza taqdim etadi. Akkreditiv summasi yetkazib berish oyining navbatdagi oʻn kunligida yetkazib beriladigan paxta tolasi qiymatining 100 foizini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Akkreditiv ochishning barcha shartlari yetkazib beruvchi va sotib oluvchi oʻrtasida tuziladigan shartnomada qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Etkazib beruvchi va sotib oluvchi oʻrtasida tuziladigan shartnomada quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent bankning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchini akkreditiv ochilgani toʻgʻrisida xabardor qilish usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditiv boʻyicha mablagʻ olish uchun yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasi yuklab joʻnatilgandan keyin hujjatlarni taqdim etish muddati, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa zarur hujjatlar va shartlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xaridorning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan akkreditiv summasi 22602 “Akkreditivlar boʻyicha mijozlar depozitlari” hisob raqamiga oʻtkaziladi. Ayni bir vaqtda, akkreditiv summasi emitent bank tomonidan kutilmagan holatlar hisob raqamiga kirim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Etkazib beruvchi uchun unga xizmat koʻrsatuvchi bankda (ijro etuvchi bankda) akkreditivlar boʻyicha alohida depozit hisob raqami ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ijro etuvchi bankda qoplanmagan akkreditiv hisob raqami ochishda emitent bank bajaruvchi bankning birinchi talabiga koʻra, hujjatlar taqdim etilgan toʻlov summasini akkreditivlar shartlariga qatʼiy muvofiq ravishda yetkazib beruvchining akkreditiv hisob raqamiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mablagʻlarni oʻtkazish yuzasidan emitent bankka qoʻyiladigan talab yetkazib beruvchi tomonidan akkreditivning barcha shartlari bajarilgan taqdirda taqdim etiladi. Mablagʻlarni akkreditiv hisob raqamidan yetkazib beruvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga oʻtkazish uning tomonidan ijro etuvchi bankka yetkazib beruvchi va sotib oluvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan akkreditivning barcha shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Akkreditivdan toʻlash uchun tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq paxta tolasi yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bankka akkreditiv amal qiladigan muddatda taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ijro etuvchi bank yetkazib beruvchi taqdim etgan hujjatlarning akkreditiv shartlariga muvofiqligini, shuningdek tovarning yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditiv shartlarining hatto bittasi buzilgan taqdirda ham mablagʻlarni yetkazib beruvchining hisob raqamiga oʻtkazish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Akkreditivdan foydalanilishiga qarab emitent bank qisman toʻlangan summani kutilmagan holatlar hisob raqamini yopish bilan birgalikda sotib oluvchilarning hisob raqamidan bankning vositachilik hisob raqamiga hisobdan chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ijro etuvchi bankdagi akkreditivni yopish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditiv muddati tamom boʻlgach amalga oshiriladi. Ijro etuvchi bank akkreditiv yopilganligi toʻgʻrisida emitent bankni xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditiv muddati tamom boʻlgunga qadar taqdim etilgan va agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa yetkazib beruvchining akkreditividan bundan keyin foydalanishni rad etishi toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha amalga oshiriladi. Emitent bankka ijro etuvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib oluvchining akkreditivni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha amalga oshiriladi, agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa. Akkreditiv emitent bankdan 22602 “Akkreditivlar boʻyicha mijozlar depozitlari” balans hisob raqamidagi qoldiqdan ortiq boʻlmagan summaga xabar olingan kunda yopiladi yoki kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar oʻzaro kelishuvga koʻra kelgusidagi yetkazib berish uchun oldindan haq toʻlash shartlarida hisob-kitob qilishlari mumkin, bunda sotib oluvchilar oldindan toʻlangan haq summasiga toʻlov oʻtkazilgan sana uchun paxta tolasi hajmiga shartnomaviy narxni qayd qilish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib oluvchilar tomonidan oldindan toʻlangan haq oʻtkazilgan sana uchun paxta tolasi hajmiga shartnomaviy narx qayd etilmagan taqdirda paxta tolasining shartnomaviy narxi u yetkazib berilgan sana uchun qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib olinadigan paxta tolasi qiymatining bir qismi uchun oldindan haq toʻlashda haqning qolgan qismi akkreditiv boʻyicha toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Paxta tozalash zavodlari paxta xomashyosini qayta ishlash davomida va sotib oluvchilar bilan yetkazib beruvchilar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq paxta tolasini terminallarga yetkazib berishni olingan bildirishnomalarga va sotib oluvchining topshiriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib oluvchilar bilan xorijiy xaridor firmalar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar oʻrtasida tuzilgan kontraktlarga muvofiq terminallar paxta tolasini yuklab joʻnatishni sotib oluvchilarning yuklab joʻnatish yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib beruvchilar paxta tolasi terminallarga yetkazib berilgan sanadan boshlab 2 kalendar kundan kechikmay shartnomaviy narx boʻyicha milliy valyutada haq toʻlash uchun paxta tolasi terminalga yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ilova qilingan transport-yuk xatlari, paxta zavodlarining hisob raqamlari-sertifikatlari va Oʻzbekiston “Sifat” markazining sertifikatlari bilan birgalikda toʻlov uchun hisob raqamlarini) ijro etuvchi bankka (“Paxta-bank” boʻlinmalariga) yoki haqi oldindan toʻlangan taqdirda ushbu hujjatlar boʻyicha toʻlovni talab qilmasdan, sotib oluvchilarga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tozalash zavodi va terminal vakillari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi sanasi yetkazib berilgan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasi sifati va vazni Oʻzbekiston “Sifat” markazi tuzgan sertifikat boʻyicha koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda ushbu masala boʻyicha kelishmovchiliklar uning vakili jalb qilingan holda hal etiladi. Sifat va vazn boʻyicha kelishmovchiliklar tasdiqlangan taqdirda uning bilan bogʻliq barcha qoʻshimcha xarajatlar Oʻzbekiston “Sifat” markazi hisob raqamiga tegishli boʻladi, yetkazib beruvchi va sotib oluvchi oʻrtasidagi hisob-kitoblar esa dalolatnomalar 5 kun muddatda koʻrib chiqilgandan keyin ushbu paxta tolasi turkumining amaldagi sifati va vazni asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Har oyda har oyning 10-kunigacha, keyinchalik qayta hisob-kitob qilish huquqi bilan, yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisob raqamlari asosida yetkazib beruvchi va sotib oluvchi tomonidan oraliq taqqoslash dalolatnomasi tuziladi (ushbu Nizomga 2-ilova). Taqqoslash haqiqatda yuklab joʻnatish va oldingi oyning toʻlov summasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda paxta tolasining hajmi, sifati va narxi bilan bogʻliq nizoli masalalar boʻyicha tegishli tomonlar erishgan kelishuv hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqqoslash dalolatnomalari natijalari boʻyicha hisob-kitoblar yetkazib berishdan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Muayyan yil hosili boʻyicha tegishli yil paxta tolasini yuklab joʻnatish tugallangandan keyin 30 kun mobaynida oʻzaro taqqoslash dalolatnomalari tuziladi (ushbu Nizomga 3-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosil boʻyicha uzil-kesil hisob-kitoblar oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin 14 kun mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni paxta tolasi sotish yuzasidan kontraktlar boʻyicha tushgan mablagʻlar va qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Sotib oluvchilar paxta tolasini sotuvning samarali usullarini qoʻllangan holda, jahon narxlarining eng qulay konyunkturasi davrida sotadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini yetkazib beruvchidan sotib olish narxlari bilan eksportga amalda sotilgan narxlar oʻrtasidagi ijobiy yoki salbiy tafovut, shu jumladan sotish xarajatlarini tejash sotib oluvchilarning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalariga tegishli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Paxta tolasini respublika hududidagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish tashqi savdo kompaniyalari orqali, ularning buyurtmanomalariga muvofiq, erkin muomaladagi valyutaga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona har yili tegishli tashqi savdo kompaniyalariga paxta tolasi xarid qilish yuzasidan buyurtmanomani uning hajmi, navlari, tiplari va boshqa sifat koʻrsatkichlarini koʻrsatgan holda, paxta tolasini joriy yilning sentyabr—dekabrlarida xarid qilish uchun 1-iyulgacha hamda kelgusi yilning yanvar—avgustida xarid qilish uchun 1-dekabrgacha taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo kompaniyalari xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning buyurtmanomalarini toʻliq hajmda “Paxtasanoat” HAB bilan tuziladigan bosh bitimda hisobga oladilar va buyurtmanomalarni paxta tolasini ishlab chiqarish hamda undan foydalanishni prognozlashda jamlash hamda hisobga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tashqi savdo kompaniyalari bosh bitimga muvofiq paxta tolasi ishlab chiqarish hamda undan foydalanishning prognoz qilinayotgan hajmini hisobga olgan holda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar bilan paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan sentyabr—dekabr va yanvar—avgust davri uchun alohida-alohida kontraktlar tuzishadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar sotib olinadigan paxta tolasi uchun haqning 15 foizini oldindan toʻlaydilar, uzil-kesil hisob-kitobni paxta tolasi ular bilan tuzilgan kontraktlarda nazarda tutilgan shartlarda yetkazib berilgan sanadan boshlab 90 kun mobaynida amalga oshiradilar. Paxta tolasi qiymatining qolgan 85 foizi uchun akkreditiv ochiladi yoki bank kafolati beriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–330-sonli Qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob-kitob qilishning xuddi shunday tartibi terminallarga yetkazib berilgan va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotiladigan paxta tolasi yuzasidan sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar oʻrtasida ham belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tashqi savdo kompaniyalariga xorijiy investitsiya kiritilgan korxonalarga yetkazib beriladigan paxta tolasi qiymatining 85 foizi, oldindan toʻlov yoki mazkur korxonalar mahsulotlarining xaridorlari tomonidan tashqi savdo kompaniyalari foydasiga ochiladigan hisob raqamni kafolat taʼminoti sifatida qabul qilishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo kompaniyalari hisob raqamlariga xorijiy investitsiya kiritilgan korxonalar mahsulotining eksportidan kelib tushadigan daromad ushbu korxonalarni yetkazib berilgan paxta tolasining qiymati belgilangan tartibda chegirib qolingach va valyuta daromadining majburiy 50 foizi sotilganidan soʻng, ularning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(35-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–330-sonli Qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan uzil-kesil hisob-kitoblarni, sotilgan paxta tolasi uchun xoʻjalik ishtirokidagi korxonalar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning holatidan qatʼi nazar, bosh bitimga muvofiq amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Paxta tolasini terminallardan yuklab joʻnatish tashqi savdo kompaniyalarining yuklab joʻnatish yoʻriqnomalari boʻyicha tashqi savdo kompaniyasi va xoʻjaliklar ishtirokidagi korxonalar oʻrtasida imzolangan kontraktlarga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda paxta tolasi uchun hisob-kitoblar yetkazib berish kunidagi jahon narxlaridan kelib chiqqan holda, ushbu Nizomning 8 va 10-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Agar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona yuklab joʻnatilgan paxta tolasi turkumi uchun toʻlovni ushbu Nizomning 35-bandida belgilangan muddatlarga rioya qilmasdan, oʻz vaqtida amalga oshirmasa, mazkur korxonaga kelgusida paxta tolasi joʻnatish toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi savdo kompaniyalaridan chegirish bilan sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Paxta tolasini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tomonidan eksportga sotishdan olingan mablagʻlardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalaridan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga tushgan mablagʻlardan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xomashyosini qayta ishlovchilar (paxta tozalash zavodlari) bilan amaldagi preyskurant ulgurji narxlar boʻyicha ushbu Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan tartibda hisob-kitob qilishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan vositachilik haqi miqdorida oʻz xarajatlarini qoplashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasini terminallarga yetkazib berish, uni tushirish va terminallarda qabul qilib olish, yetkazib beruvchi va sotib oluvchilar vakillari (terminallar) oʻrtasida qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilgungacha saqlash, shuningdek (paxta tolasi eksport qilinmaydigan boʻlganda) normativdan ortiqcha saqlash xarajatlarini qoplashda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Paxta tolasi qiymati hajmida mablagʻlarni taqsimlash preyskurant ulgurji narxlar boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xomashyo (paxta xomashyosi)ning ekvivalent qiymati mablagʻlariga taqsimlanadi, ularni “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta xomashyosi qiymatini xoʻjaliklarga toʻlash uchun berilgan kreditni qaytarish uchun Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkazishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta ishlash korxonalarining xarajatlarini qoplash uchun mablagʻlarga taqsimlanadi, ular paxta tozalash zavodlari hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Nizolarni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Shartnomalardan yoki ular bilan bogʻliq holda kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha nizolarni tomonlar kelishuvlar yoʻli bilan hal etadilar. Agar tomonlar kelishuvga erishmasalar, ular oʻrtasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik sudi tomonidan, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa yoki tomonlarning kelishuviga koʻra xolislar sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Berilgan daʼvolar tasdiqlangan taqdirda aybdor tomon boshqa tomonga daʼvo summasini toʻlaydi yoki uzil-kesil oʻzaro hisob-kitob qilishda ularni hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasining tiplar va kodlar boʻyicha narxlarini qayta hisoblash koeffitsiyentlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tola tipi‎

1a‎

1b‎

1‎

2‎

‎‎3‎

‎‎4‎

‎‎5‎

‎‎6‎

‎Shtapel uzunligi (dyuym)



‎1.11/32‎



‎1.5/16‎



‎1.9/32‎



‎1.1/4‎



‎1.7/32‎



‎1.3/16‎



‎1.5/32‎



‎1.1/8‎



‎1.3/32‎



‎1.1/16‎



‎1.1/32‎



‎1‎

‎Uzunlik kodi

43‎

42‎

41‎

40‎

39‎

38‎

37‎

‎36

35‎

34‎

‎33

‎32

‎Koeffitsiyent

1,264‎

1,232‎

1,200‎

‎1,168

1,111‎

1,0137

1,00‎

0,987‎

0,975


‎Paxta tolasining navlar va klasslar boʻyicha narxlarini qayta hisoblash
‎ KOEFFITSIYENTLARI
‎(baza- “Birinchi” nav, “Oʻrta” klass)

I-nav (Birinchi)‎


‎oliy


‎1,050

II-nav (Ikkinchi)


‎oliy


‎1,020

yaxshi‎

1,040

yaxshi

0,990

‎oʻrta

1,000

oʻrta

0,955

oddiy

0,965‎

oddiy

0,920

iflos‎

0,925‎‎‎

‎‎‎

iflos‎‎‎

0,880‎‎‎

III-nav (Uchinchi)‎


‎yaxshi‎ ‎‎‎


‎0,965‎‎‎

IV-nav (Toʻrtinchi)‎‎‎


‎yaxshi ‎‎‎

‎‎‎
‎0,850

‎‎‎‎oʻrta

‎‎‎0,930

‎‎‎

oʻrta ‎‎‎

‎‎‎0,800

oddiy ‎‎‎

0,885‎‎‎

‎‎‎

oddiy ‎‎‎

‎‎‎0,750

‎‎‎iflos‎

‎‎‎0,840

‎‎‎

‎‎‎iflos‎‎‎

‎‎‎0,700

V-nav (Beshinchi)‎


‎‎‎‎‎oʻrta ‎‎‎


‎0,550‎‎‎

‎‎‎ ‎‎‎

‎‎‎

oddiy ‎‎‎

0,500‎‎‎

‎‎‎

‎‎‎iflos‎ ‎‎‎

‎‎0,450‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

200__ yil ____________ da yuklab joʻnatilgan paxta tolasi uchun berilgan hisoblar boʻyicha _________________________________________ dagi ‎holatiga koʻra oʻzaro taqqoslashdalolatnomasi ‎‎

‎‎‎(keyingi oyning 1-kuni)

‎‏Yuklab joʻna-tish hujja-tining yoki kontraktning tartib raqami va yuklab joʻna-tish sanasi‎

Kondi-tsion ogʻirli-gi boʻyi-cha yuklab joʻna-tilgan paxta tolasi-ning miqdo-ri, t‎‏‏

Yuklab joʻnatish kunidagi shartnomaviy narx‎‎

Tola-ning shart-nomaviy narx boʻyicha
‎qiymati, ming soʻm ‎‏
‎‏

Akkre-ditiv boʻyicha toʻlan-gan, ming soʻm ‎‏
‎‏

‎Yuklab joʻnatilgan paxta tolasining qiymati bilan toʻlangan summa oʻrtasidagi farq

“A” indeksi va uning Oʻzbekistondagi komponen-ti kotirov-kasi boʻyicha jahon narxi, AQSh doll./t‎‏

Eksport boʻyicha xarajat-lar (AQSh dollari hiso-bida)‎‏

Alma-shuv kursi soʻm/ AQSh doll. ‎‏

Valyuta xarajatlari chegirilgan holdagi jahon narxi‎‎‎

‎Eksport boʻyicha xarajat-lar, soʻm/t

Shartno-maviy narx, soʻm/t ‎‏

AQSh doll./t (3-4)‎

soʻm/t
‎(5*6)‎

qoʻshim-cha toʻlana-di, ming soʻm ‎

qaytarib olinadi (yoki ushlab qolinadi), ming soʻm

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

‎‎Tomonlar tasdiqlaydilarki, mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasiga muvofiq, 200 yil _______ oyi uchun ________ ning qarzi _______ soʻmni tashkil qildi. Bundan tashqari, 200 yil _____ dagi holatiga koʻra ilgari yuklab joʻnatilgan paxta tolasi boʻyicha nizoli masalalar______ soʻm miqdorida ________ foydasiga hal qilindi. Shuni hisobga olgan holda, ________ning _________ yakuniy qarzi________soʻm miqdorida belgilandi. Mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi:

‎‎(kichik bandlardan biri oʻchirilishi lozim)
‎‎- belgilangan tartibda ___________ hisob raqamiga toʻlov talabnomasi qoʻyish
‎- 200 yil _______ oyida yuklab joʻnatiladigan paxta tolasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarda hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
‎‎_________________viloyati “Paxtasanoat” HAB‎ ‎‎_________ davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi
Rais
‎Bosh buxgalter
‎M.Oʻ.
‎200...... yil “____” __________ ‎‎
Rais ‎
‎Bosh buxgalter
‎‎M.Oʻ.
‎‎200...... yil “____” __________ ‎‎‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200__ yil hosilidan yuklab joʻnatilgan paxta tolasi uchun taqdim etilgan hisoblar boʻyicha taqqoslash dalolatnomasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‏Yuklab joʻnatish hujjatining yoki kontraktning tartib raqami va yuklab joʻnatish sanasi

Amalda yuklab joʻnatilgan (aniqlashlar va eʼtirozlar hisobga olingan holda)
‎(tonna)‎‏‎

Paxta tolasining qiymati, ming soʻm ‎‎

taqdim
‎etilgan hisoblar
‎boʻyicha‎‏

tashqi savdo kompaniyasi tomonidan toʻlangan‎‏

Farq

qoʻshimcha toʻlanadi‎

qaytariladi (yoki ushlab qolinadi)‎

‎‎Tomonlar tasdiqlaydilarki, mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasiga muvofiq 200__ yil hosili uchun ________ ning qarzi _______ soʻmni tashkil qildi.

‎Mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda ___________hisob raqamiga_____________
‎_____miqdorida toʻlov talabnomasi qoʻyilishi uchun asos hisoblanadi.
‎‎_________________viloyati “Paxtasanoat” HAB ‎‎__________________________ davlat-aksiyadorlik
‎‎tashqi savdo kompaniyasi‎
Rais

‎Bosh buxgalter

‎M.Oʻ.

‎200..... yil “____”_______________ ‎‎
Rais ‎ ‎

‎Bosh buxgalter ‎

‎‎M.Oʻ. ‎

‎‎200..... yil “____”_______________ ‎‎‎‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 396-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda, 52-son, 390-modda; 2006-y., 17-son, 138-modda)