Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2850-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2850, 2016-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 593-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2018-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-noyabr,
159-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Oʻzbekiston” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Gʻaznachilik amaliyot kuni — yagona gʻazna hisobvaragʻiga budjet tizimi budjetlarining daromadlarini qabul qilish va undan xarajatlarni toʻlab berish amaliyotlari amalga oshiriladigan vaqt.”;
oʻn toʻrtinchi xatboshi oʻn beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. 7-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini “UzASBO” DMda shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan elektron toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlari qogʻoz shaklida rasmiylashtirilmaydi. Toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarining elektron shaklda rasmiylashtirilishi va ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.”.
4. Quyidagi mazmundagi 131-band bilan toʻldirilsin:
“131. Gʻaznachilik boʻlinmalari orqali toʻlovlar Gʻaznachilik amaliyot kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlariga asosan Gʻaznachilik amaliyot kuni Moliya vazirligi tomonidan faqat daromadlarning gʻazna ijrosi yoki faqat xarajatlarning gʻazna ijrosi uchun belgilanishi mumkin.”.
5. Quyidagi mazmundagi 381-band bilan toʻldirilsin:
“381. Gʻaznachilik boʻlinmalarida yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish uchun barcha hujjatlarni faqat elektron shaklda taqdim etadigan “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar va kapital qoʻyilma buyurtmachilari tomonidan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasi gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi.”.
6. 43-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar YuMMR buyurtmasini “UzASBO” DMda shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga elektron hujjat shaklida yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan YuMMR buyurtmalari qogʻoz shaklida rasmiylashtirilmaydi. YuMMR buyurtmalarining elektron shaklda rasmiylashtirilishi va ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.”.
7. 44-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi maʼlumotlarini “UzASBO” DMga kiritadi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining qogʻoz shaklidagi asl nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining qogʻoz va elektron shaklda rasmiylashtirilishi, ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi, oʻzaro muvofiqligi va aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.”.
8. 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan YuMMR buyurtmalari va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat oʻrnatish asosida bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.”.
9. 57-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shartnoma summasi 1 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha summani tashkil etganida buyurtmachi tomonidan tuziladigan idoraviy tanlov komissiyalari bayonnomasi nusxasi;
shartnoma summasi 100 ming AQSh dollari va undan ortiq miqdorni tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan idoralararo tanlov (tender) komissiyalari bayonnomasi nusxasi;”.
10. Quyidagi mazmundagi 711 — 714-bandlar bilan toʻldirilsin:
“711. “UzASBO” DMga ulangan kapital qoʻyilma buyurtmachilari yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalarini va unga tegishli ilovalarni mazkur Qoidalarning 712 va 714-bandlarida belgilangan tartibda “UzASBO” DM orqali gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborishlari mumkin.
712. “UzASBO” DMga ulangan kapital qoʻyilma buyurtmachilari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchini tanlab shartnoma tuzganidan soʻng tanlov (tender) bayonnomasi hamda shartnoma (qonun hujjatlariga muvofiq bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar boʻyicha shartnomaga qoʻshimcha kelishuv) maʼlumotlarini “UzASBO” DMga kiritadi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi. Kapital qoʻyilma buyurtmachilari shartnoma maʼlumotlarini “UzASBO” DMga kiritishda shartnoma boʻyicha ishlarni boshlash uchun zarur hujjatlar (qurilishning manzilli va titul roʻyxati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishilgan tanlov savdolari natijalari hisoboti, pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash yuzasidan shartnomasi, qurilish-montaj ishlarini bajarishga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining ruxsati, davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi (zarur boʻlganda) mavjudligini “UzASBO” DMda elektron tarzda tasdiqlaydi.
“UzASBO” DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron hujjat shaklida gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan tanlov (tender) bayonnomasi hamda shartnomaning qogʻoz shaklidagi asl nusxasi, shuningdek shartnoma tuzish uchun asos boʻlgan hujjatlar gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va kapital qoʻyilma buyurtmachilarida saqlanadi.
Bunda budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan shartnoma tuzishda yetkazib beruvchilarni tanlash tartibotlarini toʻgʻri oʻtkazilishi, shartnomani rasmiylashtirishda qonun hujjatlarida belgilangan barcha talablarga rioya etilishi, shartnoma boʻyicha ishlarni bajarishga vakolatli organlar xulosalari va ruxsatlarining mavjudligi, shuningdek tanlov (tender) bayonnomasi va shartnomaning qogʻoz va elektron shaklining oʻzaro muvofiqligi, ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi, shartnomaning asli va shartnoma tuzish uchun asos boʻlgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun kapital qoʻyilma buyurtmachilari javobgar hisoblanadi.
713. “UzASBO” DMga ulangan kapital qoʻyilma buyurtmachilari buyurtmachi xizmatini saqlab turishga xarajatlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yigʻimlar, badallar, soliqlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha “UzASBO” DMda buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan buyurtma qogʻoz shaklida rasmiylashtirilmaydi. Buyurtma uchun asos boʻlgan hujjatlar gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va kapital qoʻyilma buyurtmachilarida saqlanadi.
Bunda buyurtmaning asosliligi va unga asos boʻlgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun kapital qoʻyilma buyurtmachilari javobgar hisoblanadi.
714. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan shartnomalari va buyurtmalari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat oʻrnatish asosida bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda kapital qoʻyilma buyurtmachilariga qaytariladi.”.
11. 78-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish uchun barcha hujjatlarni gʻaznachilik boʻlinmalariga “UzASBO” DM orqali faqat elektron shaklda taqdim etadigan buyurtmachilar yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) tegishli litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi hujjatning nusxasini oʻzlarida saqlaydilar va ushbu hujjatlar gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi.”.
12. 87-bandda:
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“shartnoma summasi 1 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha summani tashkil etganida buyurtmachi tomonidan tuziladigan idoraviy tanlov komissiyalari bayonnomasi nusxasi;
shartnoma summasi 100 ming AQSh dollari va undan ortiq miqdorni tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan idoralararo tanlov (tender) komissiyalari bayonnomasi nusxasi;”;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblasin.
13. 89 va 90-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. 91-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shartnoma summasi 1 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha summani tashkil etganida buyurtmachi tomonidan tuziladigan idoraviy tanlov komissiyalari bayonnomasi nusxasi;
shartnoma summasi 100 ming AQSh dollari va undan ortiq miqdorni tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan idoralararo tanlov (tender) komissiyalari bayonnomasi nusxasi.”.
15. 93-bandda:
birinchi xatboshidagi “tanlov, tender yoki elektron savdolari oʻtkazmasdan, shuningdek birjaning maxsus axborot portaliga eʼlon joylashtirmasdan dorixona muassasalari” degan soʻzlar “tanlov (tender) savdolari oʻtkazmasdan dorixonalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “dorixona muassasalari” degan soʻzlar “dorixonalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. Quyidagi mazmundagi 1091, 1092 va 1093-bandlar bilan toʻldirilsin:
“1091. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchini tanlab shartnoma tuzganidan soʻng tanlov (tender) bayonnomasi hamda shartnoma (qonun hujjatlariga muvofiq bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar boʻyicha shartnomaga qoʻshimcha kelishuv) maʼlumotlarini “UzASBO” DMga kiritadi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan tanlov (tender) bayonnomasi hamda shartnomaning qogʻoz shaklidagi asl nusxasi va shartnoma tuzish uchun asos boʻlgan hujjatlar gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi.
Bunda budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan shartnoma tuzishda yetkazib beruvchilarni tanlash tartibotlarini toʻgʻri oʻtkazilishi, shartnomani rasmiylashtirishda qonun hujjatlarida belgilangan barcha talablarga rioya etilishi, shartnoma boʻyicha ishlarni bajarishga vakolatli organlar xulosalari va ruxsatlarining mavjudligi, shuningdek tanlov (tender) bayonnomasi va shartnomaning qogʻoz va elektron shaklining oʻzaro muvofiqligi, ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi, shartnomaning asli va shartnoma tuzish uchun asos boʻlgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
1092. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yigʻimlar, badallar, soliqlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha “UzASBO” DMda buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan buyurtma qogʻoz shaklida rasmiylashtirilmaydi. Buyurtma uchun asos boʻlgan hujjatlar gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi.
Bunda buyurtmaning asosliligi va unga asos boʻlgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
1093. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan shartnomalari va buyurtmalari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat oʻrnatish asosida bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.”.
17. Quyidagi mazmundagi 1141-band bilan toʻldirilsin:
“1141. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilarning lizing shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish mazkur Qoidalarning 1091 — 1093-bandlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.”.
18. Quyidagi mazmundagi 1231-band bilan toʻldirilsin:
“1231. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilarning import shartnomalarini, shuningdek import shartnomalari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar (akkreditiv ochish, konvertatsiya va boshqa xizmatlar) uchun toʻlovlar boʻyicha buyurtmalarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish mazkur Qoidalarning 1091 — 1093-bandlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda qonun hujjatlariga muvofiq import shartnomalari, ularga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlganida mazkur shartnomalar, ularga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar dastlab vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan oʻtkazilishi va hisobga qoʻyilishi lozim.”.
19. 124-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“124. Gʻaznachilik boʻlinmalari buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzilayotgan shartnomalarning sifatli taʼminlanishini va narx-navo yechimini nazarda tutuvchi budjet mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni tanlov (tender) savdolari oʻtkazilganligi natijalarini tasdiqlovchi tanlov (tender) komissiyasi bayonnomasi nusxasi olish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar tanlov (tender) savdolari oʻtkazilganligi natijalarini tasdiqlovchi tanlov (tender) komissiyasi bayonnomalarini “UzASBO” DMga kiritib elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron shaklini shartnoma bilan birga gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi.”.
20. 127-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar toʻlov topshiriqnomalari va gʻazna memorial orderlarini mazkur Qoidalarning 7-bandida belgilangan tartibda elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi.”.
21. Quyidagi mazmundagi 1631 va 1632-bandlar bilan toʻldirilsin:
“1631. “UzASBO” DMga ulangan kapital qoʻyilma buyurtmachilari tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura olganlaridan soʻng hisobvaraq-faktura maʼlumotlarini “UzASBO” DMga kiritadi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan hisobvaraq-fakturaning qogʻoz shaklidagi asl nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va Qoidalarning 17-ilovasiga muvofiq shakldagi Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma rasmiylashtirilmaydi.
Bunda hisobvaraq-faktura aslining kapital qoʻyilma buyurtmachilarida mavjudligi, hisobvaraq-fakturaning qogʻoz va elektron shaklining oʻzaro muvofiqligi, ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi hamda aslining saqlanishi uchun kapital qoʻyilma buyurtmachilari javobgar hisoblanadi.
1632. Kapital qoʻyilma buyurtmachilarining “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan hisobvaraq-fakturalari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan ushbu hisobvaraq-fakturaning tegishli shartnomaga muvofiqligi ustidan nazorat oʻrnatish asosida bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda kapital qoʻyilma buyurtmachilariga qaytariladi.”.
22. 164-banddagi “elektron shaklda” degan soʻzlar “elektron hujjat shaklida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. Quyidagi mazmundagi 1791 va 1792-bandlar bilan toʻldirilsin:
“1791. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura olganlaridan soʻng hisobvaraq-faktura maʼlumotlarini “UzASBO” DMga kiritadi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan hisobvaraq-fakturaning qogʻoz shaklidagi asl nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va Qoidalarning 17-ilovasiga muvofiq shakldagi Moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazishga (hisobga olishga) buyurtma rasmiylashtirilmaydi.
Bunda hisobvaraq-faktura aslining buyurtmachilarda mavjudligi, hisobvaraq-fakturaning qogʻoz va elektron shaklining oʻzaro muvofiqligi, ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi hamda aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
1792. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan hisobvaraq-fakturalari gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan ushbu hisobvaraq-fakturaning tegishli shartnomaga muvofiqligi ustidan nazorat oʻrnatish asosida bir ish kuni ichida masʼul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “OʻRMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari koʻrsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.”.
24. 180-banddagi “elektron shaklda” degan soʻzlar “elektron hujjat shaklida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. 196-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ijro hujjatiga muvofiq mablagʻni toʻlab berish uchun “OʻRMV” ATda yuridik majburiyatni shakllantiradi va tasdiqlaydi, shuning bilan birgalikda ushbu yuridik majburiyat asosida toʻlov hujjatini shakllantiradi va maʼqullaydi;
ijro hujjatining aslini gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etadi.
Agar ijro varaqasi yoki sud buyrugʻi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuborilgan boʻlsa, uning asl nusxasini taqdim etish talab etilmaydi.”.
26. 197-band quyidagi tahrirdan bayon etilsin:
“197. Gʻaznachilik boʻlinmalarining masʼul xodimlari moliya organlari tomonidan ijro hujjatining asli taqdim etilganidan soʻng ikki ish kuni muddatida moliya organlari tomonidan “OʻRMV” ATda maʼqullangan toʻlov hujjatini tasdiqlash va toʻlovni amalga oshirish yoʻli bilan ijro hujjati ijrosini taʼminlaydi va ijro hujjatining aslini tegishli moliya organiga qaytaradi.
Undiruvchining arizasi va ijro hujjatining asli moliya organida saqlanadi.”.
27. 198 va 199-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
28. 206-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“206. Budjet tashkilotlari ijro hujjatini yoki gʻaznachilik boʻlinmasining tegishli xabarnomasini olganidan soʻng mablagʻlarni oʻtkazib berish uchun ikki ish kuni ichida “UzASBO” DMda buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi.
Gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul xodimi buyurtmani ikki ish kuni ichida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda “OʻRMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi yoki hisobga oladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini koʻrsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.”.
29. Quyidagi mazmundagi 2061-band bilan toʻldirilsin:
“2061. Gʻaznachilik boʻlinmasida buyurtma roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng budjet tashkilotlari bir ish kuni ichida “UzASBO” DMda toʻlov hujjati shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga elektron shaklini yuboradi.
Gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul xodimi toʻlov hujjatini “OʻRMV” ATda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda toʻlovni amalga oshiradi, toʻlov hujjatida kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini koʻrsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.”.
30. 207-banddagi “206-bandida” degan soʻzlar “206 va 2061-bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
31. 211-banddagi “sud ijrochisining qarorida” degan soʻzlar “ijro hujjatida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
32. Quyidagi mazmundagi 2231, 2232 va 2233-bandlar bilan toʻldirilsin:
“2231. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar kreditor qarzdorliklarni toʻlab berish uchun buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan buyurtma qogʻoz shaklida rasmiylashtirilmaydi. Buyurtma uchun asos boʻlgan hujjatlar, jumladan buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) oʻrtasida oʻtgan yil yakuni boʻyicha tuzilgan solishtirish dalolatnomasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi.
2232. Gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul xodimi buyurtmada koʻrsatilgan kreditorlik qarzdorlikni “OʻRMV” ATda oʻtgan moliya yilida roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnoma bilan solishtiradi. Maʼlumotlar muvofiq boʻlganida va buyurtmada kreditorlik qarzdorlikni toʻlash uchun koʻrsatilgan mablagʻ mazkur shartnoma boʻyicha toʻlanmagan mablagʻ miqdoridan oshmasa buyurtmani ikki ish kuni ichida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda “OʻRMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi yoki hisobga oladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini koʻrsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.
2233. Gʻaznachilik boʻlinmasida buyurtma roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng budjet tashkilotlari “UzASBO” DMda toʻlov hujjati shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi.
Gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul xodimi toʻlov hujjatini “OʻRMV” ATda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda toʻlovni amalga oshiradi, toʻlov hujjatida kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini koʻrsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.”.
33. 225-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“225. Iqtisod qilingan mablagʻlarni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish uchun budjet tashkilotlari “UzASBO” DMda toʻlov hujjati shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda “OʻRMV” ATga yuboradi.
Iqtisod qilingan mablagʻlarni Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish toʻlov hujjati moliya organlari tomonidan “OʻRMV” ATda maʼqullanganidan soʻng gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.”.
34. 226 va 227-bandlardagi “besh” degan soʻz “ikki” degan soʻz bilan almashtirilsin.
35. Quyidagi mazmundagi 2331, 2332 va 2333-bandlar bilan toʻldirilsin:
“2331. “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar kreditor qarzdorliklarni toʻlab berish uchun “UzASBO” DMda buyurtma shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuborilgan buyurtma qogʻoz shaklida rasmiylashtirilmaydi. Buyurtma uchun asos boʻlgan hujjatlar, jumladan buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) oʻrtasida oʻtgan yil yakuni boʻyicha tuzilgan solishtirish dalolatnomasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi.
2332. Gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul xodimi buyurtmada koʻrsatilgan kreditorlik qarzdorlikni “OʻRMV” ATda oʻtgan moliya yilida roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnoma bilan solishtiradi. Maʼlumotlar muvofiq boʻlganida va buyurtmada kreditorlik qarzdorlikni toʻlash uchun koʻrsatilgan mablagʻ mazkur shartnoma boʻyicha toʻlanmagan mablagʻ miqdoridan oshmasa buyurtmani ikki ish kuni ichida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda “OʻRMV” ATda elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi yoki hisobga oladi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini koʻrsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytariladi.
2333. Gʻaznachilik boʻlinmasida buyurtma roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng budjet tashkilotlari “UzASBO” DMda toʻlov hujjati shakllantiradi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga yuboradi.
Gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul xodimi toʻlov hujjatini “OʻRMV” ATda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda toʻlovni amalga oshiradi, toʻlov hujjatida kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklarini koʻrsatgan holda elektron tarzda budjet tashkilotiga qaytaradi.”.
36. 235-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda “UzASBO” DM orqali gʻaznachilik boʻlinmalariga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab yuborilgan elektron hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi, hujjatlarning qogʻoz va elektron shaklining oʻzaro muvofiqligi, elektron hujjatlarga asos boʻlgan hujjatlarning asli, shuningdek shartnoma tuzish uchun asos boʻlgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.”.
37. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2017-yil 20-noyabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son)