Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.05.2020 08.12.2017 yildagi 973-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.05.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash mezonlarini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4702-sonli “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hudud rahbarlari faoliyatini ularga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borishni, hududlarning rivojlanish ahvolidagi real oʻzgarishlardan va boshqa haqqoniy mezonlardan kelib chiqib, ularning faoliyatini xolisona baholashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Adliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati bilan birgalikda ishlab chiqilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash uchun zarur boʻladigan maʼlumotlar Nizomda belgilangan vazirlik, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan har chorak yakunida hisobot choragidan keyingi oyning 10-kuniga qadar har bir shahar va tumanlar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga taqdim etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyatiga taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida tayyorlanib, umumlashtirish uchun Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga taqdim etiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mazkur Nizomning amalda qoʻllanilishi boʻyicha, uni takomillashtirish nuqtai nazaridan 2018-yil 1-maygacha mazkur Nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018-yil 1-iyungacha Iqtisodiyot vazirligining takliflarini eʼtiborga olgan holda mazkur Nizom asosida rahbarlar faoliyatini baholash boʻyicha dasturiy taʼminot ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 8-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
973-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-dekabrdagi 973-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash tizimi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hudud rahbarlariga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borishni, hududlarning rivojlanish ahvolidagi real oʻzgarishlardan va boshqa haqqoniy mezonlardan kelib chiqib, ularning faoliyatini xolisona baholash mezonlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash tizimi (keyingi oʻrinlarda Tizim deb ataladi) 1-ilovaga va uni amalga oshirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Baholash tizimi koʻrsatkichlarini hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tizimda rahbarlar faoliyatini baholash mezonlari ikki qismdan iborat boʻlib, rasmiy statistik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rasmiy statistik maʼlumotlar ijtimoiy soha, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi sohasi, kommunal xoʻjaligini tashkil qilish va uy-joy masalalari, huquq-tartibot sohasidagi koʻrsatkichlarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga muvofiq shahar va tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tashkil etilgan sektorlar rahbarlari tomonidan uyma-uy yurish, xalq bilan muloqot, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni echish boʻyicha koʻrilayotgan choralarning samaradorligi koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tizimdagi mezon-indikator (koʻrsatkich)larni baholash boʻyicha maksimal koʻrsatkich 100 ballni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda rasmiy statistik maʼlumotlar boʻyicha maksimal 80 ball, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha maksimal 20 ball bilan baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir mezon-indikator (koʻrsatkich) mazkur Nizomga 1-ilovaning “Indikator (koʻrsatkich)ni hisoblash metodikasi” ustunida keltirilgan metodika boʻyicha hisoblanadi va “Indikatorni baholash metodikasi” ustunida keltirilgan metodika boʻyicha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Rasmiy statistik maʼlumotlar 43 ta mezon-indikatordan iborat boʻlib, 3 ta mezon-indikator tuman va shaharlar boʻyicha hisoblanmaydi va tegishincha 40 ta mezon-indikator boʻyicha har bir shahar va tuman rahbarlari maksimal 80 ball bilan baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda har bir mezon-indikator (koʻrsatkich) tegishli koʻrsatkichlarning miqdoriga muvofiq holda 0 dan 2,0 ballgacha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy tomorqalarda chorva mollarini yetishtirish darajasi, tayyorlov, taʼminot va xizmat koʻrsatuvchi korxonalar bilan qishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasidagi debitor-kreditor qarzdorliklarning qisqartirilishi darajasi va meva-sabzavot mahsulotlari eksport rejasining bajarilishi darajasi koʻrsatkichlari shaharlar boʻyicha hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uylarning qishki mavsumga tayyorgarligi, uy xoʻjaliklarini kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olish hamda issiqlik energiyasi toʻlovlarini yigʻib olish koʻrsatkichlari tumanlar (Toshkent shahridan tashqari) boʻyicha hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan hududlar rahbarlari har biri maksimal 10 balldan baholanadigan 2 ta koʻrsatkich — har oʻn ming nafar voyaga yetgan aholi soniga nisbatan murojaatlar soni hamda kelib tushgan murojaatlarning ijobiy hal qilinishi koʻrsatkichi boʻyicha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan har oʻn ming nafar voyaga yetgan aholi soniga nisbatan murojaatlar soni koʻrsatkichi boʻyicha respublikada eng past koʻrsatkichga ega boʻlgan shahar yoki tumanga eng yuqori 10 ball beriladi. Qolgan shahar va tumanlar respublika boʻyicha eng past koʻrsatkichga nisbatan mutanosib ravishda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Rasmiy statistik maʼlumotlar mazkur Nizomga 1-ilovaning “Masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar” ustunida koʻrsatilgan vazirlik, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan har chorak yakunida hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar har bir shahar va tumanlar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga taqdim etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyatiga taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida tayyorlanib, umumlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga taqdim etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Baholash natijalarini taqdim etish va undan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hisobot davri sifatida har chorak olinadi va chorak yakuni boʻyicha yagona koʻrsatkichning oʻzgarish dinamikasi orqali tegishli hududdagi rahbarning faoliyatiga asoslangan baho beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda shaharlar va tumanlar rahbarlarining faoliyatiga baho berish natijalarining har chorakda umumlashtirilishini va monitoringini taʼminlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Baholash natijalarini har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalariga va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash tizimi mezonlari asosida tegishli hududdagi muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tashkil etilgan 4 ta sektor rahbarlari tomonidan “yoʻl xaritalari” asosida chora-tadbirlar amalga oshirib borilishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Baholash natijalari asosida tuman (shahar)da qaysi sohaga eʼtibor qaratilishi lozimligi belgilab olinib, tegishli chora-tadbirlar koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar vazirlik, idora va xoʻjalik boshqaruvi organlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Hisob palatasi bilan birgalikda har chorakda alohida oʻrnak koʻrsatgan sektorlar rahbarlari, davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarini ragʻbatlantirish yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritishda Tizim boʻyicha baholash natijalaridan foydalanish mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizom talablariga rioya qilinishi yuzasidan monitoring Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizomning qoʻllanilishi bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash tizimi toʻgʻrisida Nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIZIMI

T.r.

Indikator (koʻrsatkich)ning nomi

Oʻlchov birligi

Indikator (koʻrsatkich)ni hisoblash metodikasi

Indikatorni baholash metodikasi

Masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

I qism. Rasmiy statistik maʼlumotlar

Ijtimoiy soha indikatorlari

1.1.

3 — 7 yoshdagi bolalarning maktabgacha taʼlim muassasalari bilan qamrab olinishi

%

Maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning
3 — 7 yoshdagi bolalar umumiy sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Maktabgacha taʼlim vazirligi

1.2.

Oxirgi chorak davomida umumtaʼlim maktablarida davomatning oʻrtacha koʻrsatkichi

%

Darslarda ishtirok etayotgan oʻquvchilarning jami oʻquvchilar sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Xalq taʼlimi vazirligi

1.3.

Oxirgi chorak davomida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda davomatning oʻrtacha koʻrsatkichi

%

Darslarda ishtirok etayotgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻquvchilarining ularning umumiy sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

1.4.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashtirilganligi

%

Muayyan oʻquv yili bitiruvchilarining ishga joylashtirilganlari sonining jami mehnatga layoqatli va ishga joylashtirishga muhtoj bitiruvchilar sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oʻrta maxsus,
kasb-hunar taʼlimi markazi

1.5.

Oxirgi chorak davomida patronajlar tomonidan yolgʻiz, keksa, nogiron, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar ahvolining oʻrganilganligi

%

Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida qayd etilgan yolgʻiz, keksa, nogiron, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar sonini jami patronaj xizmati koʻrsatilgan kishilar sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

1.6.

Umumtaʼlim maktablarining pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi

%

Umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar sonini mavjud shtat birliklari umu��iy sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Xalq taʼlimi vazirligi

1.7.

Tibbiyot muassasalarining mutaxassis kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasi

%

Tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari sonining mavjud shtat birliklari umumiy sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

1.8.

Dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlanganlik darajasi

%

Dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminotning umumiy ehtiyojdagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

1.9.

Chin yetimlarning uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi

%

Uy-joy bilan taʼminlangan chin yetimlarning jami chin yetimlar sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1.10

Oilalarning butunlik koʻrsatkichi

%

Butun oilalar (ajrashmagan) sonining jami oilalar sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Adliya vazirligi

1.11

Jinoiy jazoni oʻtab kelganlarning ish bilan taʼminlanishi

%

Jinoiy jazoni oʻtab kelib ish bilan taʼminlanganlarning jami jinoiy jazoni oʻtab kelgan mehnatga layoqatli va ishga joylashtirishga muhtojlar sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuq�ri
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi

1.12

Mahallalarda profilaktika nozirlarining uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi

%

Uy bilan taʼminlangan profilaktika nozirlarining jami profilaktika nozirlari sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Ichki ishlar vazirligi

1.13

Kam taʼminlangan oilalar koʻrsatkichi

%

Kam taʼminlangan oilalarning umumiy oilalar sonidagi ulushi

0 — 5 foizgacha 2 ball bilan baholanadi, 5 foiz dan yuqorilari mos ravishda foiziga qarab
2 ballga nisbatan baholanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1.14

18-60 yoshdagi mehnatga layoqatli aholining ish bilan taʼminlanganlik darajasi

%

Ish bilan taʼminlangan aholi sonini 18-65 yoshdagi mehnatga layoqatli aholi umumiy soniga nisbati

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi

1.15

1-guruh nogironlariga toʻlangan nafaqa koʻrsatkichi

%

Hududda hisobot choragidagi har bir oyning 27-sanasiga nafaqa toʻlovlari toʻlanganligining oʻrtacha koʻrsatkichi bilan aniqlanadi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi

2. Iqtisodiyotni rivojlantirish indikatorlari

2.1

Hudud iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritilishi darajasi

%

Hududiy dasturlarda muayyan davr uchun investitsiya kiritish hajmlari boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarning haqiqatda bajarilishi

100 foiz va undan ortiq koʻrsatkich eng yuqori 2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Iqtisodiyot vazirligi

2.2

Tashkil etilgan yangi doimiy ish oʻrinlari koʻrsatkichi

%

Hisobot davri uchun belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining amalda bajarilishi

100 foiz va undan ortiq koʻrsatkich eng yuqori 2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2.3

Mehnat bozoridagi tanglik darajasi

kishi

1 ta boʻsh joy hisobiga toʻgʻri k�ladigan ishsizlar (ishga joylashishga muhtoj shaxslar) nisbati

2 kishigacha 2 ball, 2 dan 4 kishigacha 1,5 ball, 4 dan 6 kishigacha 1 ball, 6 kishidan yuqori 0,5 ball bilan baholanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2.4.

Ilgari xususiylashtirilgan, qurilishi tugallanmagan obyektlarni va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xoʻjalik faoliyatiga jalb etish koʻrsatkichi

%

Xoʻjalik faoliyatiga jalb etilgan ilgari xususiylashtirilgan obyektlar sonining jami xatlovda aniqlangan ilgari xususiylashtirilgan obyektlar sonidagi ulushi

100 foiz va undan ortiq koʻrsatkich eng yuqori 2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Xususiylashgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

2.5

Tadbirkorlikning yangi subyektlarini (fermer xoʻjaliklarisiz) tashkil etish

%

Yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining hisobot davrida faoliyat koʻrsatgan subyektlar umumiy hajmidagi ulushi

15 foizdan yuqori boʻlsa 2 ball,
10 — 15 foizgacha 1,5 ball, 5 — 10 foizgacha 1 ball, 5 foizdan kam boʻlsa 0,5 ball bilan baholanadi.

Davlat statistika qoʻmitasi

2.6

Tadbirkorlik subyektlarining (fermer xoʻjaliklarisiz) faolligi

%

Faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlik subyektlari sonining roʻyxatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlarining umumiy soniga nisbati

0 — 3 foizgacha 2 ball, 3 — 5 foizgacha 1,5 ball, 5 — 10 foizgacha 1 ball, 10 foizdan yuqori boʻlsa 0,5 ball bilan baholanadi.

Davlat statistika qoʻmitasi

2.7

Hududiy eksport prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi

%

Hisobot davri uchun belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining amalda bajarilishi

100 foiz va undan ortiq koʻrsatkich eng yuqori 2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Tashqi savdo vazirligi

2.8

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish koʻrsatkichi

%

Hisobot davri uchun belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining amalda bajarilishi

100 foiz va undan ortiq koʻrsatkich eng �qori 2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi. Hisobot davri uchun prognoz belgilanmagan boʻlsa ball qoʻyilmaydi.

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

2.9

Soliq tushumlarining rejaga nisbatan toʻlanish darajasi

%

Chorak davomida kelib tushgan soliq tushumlarining reja koʻrsatkichidagi ulushi

100 foiz va undan ortiq boʻlsa eng yuqori 2 ball bilan baholanadi va tushum rejasi bajarilmagan boʻlsa ball qoʻyilmaydi.

Davlat soliq qoʻmitasi

2.10

Kichik tadbirkorlikni kreditlash

%

Kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarning oldingi yildagi shu davrga nisbatan oʻsish surʼati

15 foizdan yuqori boʻlsa 2 ball,
10 — 15 foizgacha 1,5 ball, 5-10 foizgacha 1 ball, 0-5 foizgacha 0,5 ball, kamaygan boʻlsa ball qoʻyilmaydi.

Markaziy bank

3. Qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish indikatorlari

3.1

Shaxsiy tomorqalarda chorva mollarini yetishtirish darajasi*

%

Chorva mollari mavjud shaxsiy tomorqalar sonini jami shaxsiy tomorqalar sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

3.2

Shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida ekin ekish va obodonlashtirish darajasi

%

Ekin ekilgan va obodonlashtirilgan shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklari maydonlarini jami shaxsiy tomorqa va dehqon xoʻjaliklari ekin maydonlaridagi ulushi

100 foiz koʻrsatki� eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

3.3

Tayyorlov, taʼminot va xizmat koʻrsatuvchi korxonalar bilan qishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasidagi debitor-kreditor qarzdorliklarni qisqartirilishi darajasi*

%

Etkazib berilgan moddiy texnika resurslariga toʻlovlarni toʻlanishining foizdagi koʻrsatkichi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Qishloq va suv
xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ

3.4

Meva-sabzavot mahsulotlari eksport rejasini bajarilishi darajasi*

%

Amalga oshirilgan meva-sabzavot eksporti hajmining belgilangan topshiriqqa nisbatan bajarilishi

100 foiz va undan yuqori koʻrsatkich eng yuqori 2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Tashqi savdo vazirligi

4. Kommunal xoʻjaligini tashkil qilish va uy-joy masalalari

4.1

Koʻp kvartirali u�larning qishki mavsumga tayyorgarligi**

%

Qishki mavsumga tayyor koʻp kvartirali uylar sonining jami koʻp qavatli uylar sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

4.2

Aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi

%

Toza ichimlik suvi bilan taʼminlangan aholi sonining jami aholi sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

4.3

Uy xoʻjaliklarini kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olish koʻrsatkichi**

%

Kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olingan xonadonlar sonining jami xonadonlar sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

4.4

Hisobot davrida yetkazib berilgan elektr energiyasi toʻlovlarini yigʻib olish koʻrsatkichi

%

Hisobot davrida yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun yigʻilgan toʻlovlar miqdorini shu davrda yetkazib berilgan elektr energiyasining umumiy miqdoridagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolgan�ari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

“Oʻzbekenergo” AJ, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

4.5

Hisobot davrida XUMShlar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar toʻlovlarini yigʻib olish koʻrsatkichi

%

Hisobot davrida davomida XUMShlar koʻrsatgan xizmatlar uchun yigʻib olingan toʻlovlar miqdorining XUMShlar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar umumiy miqdoridagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

4.6

Hisobot davrida issiqlik energiyasi toʻlovlarini yigʻib olish koʻrsatkichi**

%

Hisobot davrida davomida issiqlik energiyasi uchun yigʻib olingan toʻlovlar miqdorini shu davrda sarflangan issiqlik energiyasining umumiy miqdoridagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

4.7

Mavjud oilalarning uy-joy bilan taʼminlanganligi

%

Uy-joy bilan taʼminlangan oilalarning jami oilalar sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

4.8

Ichki yoʻllarning taʼmirlanganlik darajasi

%

Taʼmirlangan ichki yoʻllar miqdorini hududdagi ichki yoʻllarning umumiy uzunligidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi

4.9

Qurilish rejalashtirilgan qishloq joylaridagi namunaviy uy-joylar hamda shaharlarda qurilayotgan koʻp qavatli arzon uy-joylarning rejaga asosan holati***

%

Namunaviy uy-joylarda olib borilayotgan ishlarning belgilangan rejaga nisbatan bajarilishi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

“Qishloq qurilish invest” IK MChJ

5. Huquq-tartibot sohasidagi koʻrsatkichlar

5.1

Jinoyatlarning ochilishi darajasi

%

Ochilgan jinoyatlarning hisobot davrida sodir etilgan jinoyatlarning umumiy sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Ichki ishlar vazirligi,
Bosh prokuratura

5.2

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi boʻyicha ijro hujjatlarini bajarilishi darajasi

%

Majburiy ijroga qaratilgan hujjatlar boʻyicha bajarilgan ishlarning jami ijroga qaratilgan hujjat�ar sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

5.3

Alimentlarning undirish darajasi

%

Hisobot davrida undirilgan aliment toʻlovlarining jami undirilishi lozim boʻlgan aliment toʻlovlaridagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

6. Uyma-uy yurish, xalq bilan muloqot, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni echish boʻyicha koʻrilayotgan choralarning samaradorligi koʻrsatkichlari

6.1

Uyma-uy yurish va xalq bilan muloqot qilish jarayonida aniqlangan muammolarni bevosita shahar va tuman rahbariyati tomonidan hal etilganlik darajasi

%

Uyma-uy yurish va xalq bilan muloqot qilish jarayonida aniqlangan, bevosita shahar, tuman rahbari tomonidan hal etilgan muammolarni jami shahar, tuman boʻyicha aniqlangan muammolar sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

6.2

Uyma-uy yurish va xalq bilan muloqot qilish jarayonida aniqlangan muammolar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” ijrosini taʼminlash koʻrsatkichi

%

Tasdiqlangan “yoʻl xaritasi” ga kiritilib ijrosi taʼminlangan muammolarning jami “yoʻl xaritasi” ga kiritilgan muammolar sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich eng yuqori
2 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar

1.

Kelib tushgan murojaatlar koʻrsatkichi

0 — 10 ball

Hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasi kelib tushgan murojaatlar sonining hududdagi har 10 000 ming nafar voyaga yetgan aholi soniga nisbati

Respublika boʻyicha eng past koʻrsatkich eng yuqori 10 ball bilan baholanadi va qolgan tuman (shahar)lar shunga nisbatan mutanosib ravishda baholanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari (kelishuv asosida)

2.

Kelib tushgan murojaatlarning ijobiy hal qilinishi koʻrsatkichi

0 — 10 ball

Hisobot davrida ijobiy hal qilingan murojaatlarning shu davrda kelib tushgan murojaatlarning umumiy sonidagi ulushi

100 foiz koʻrsatkich
10 ball bilan baholanadi va qolganlari foiz koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori ballga nisbatan mos ravishda baholanadi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Faqat qishloq tumanlari boʻyicha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Faqat shaharlar boʻyicha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Qishloq tumanlarida namunaviy uy-joylar boʻyicha, shaharlarda koʻp qavatli arzon uy-joylar boʻyicha baholanadi. Bunda shahar va tumanlar hududida hisobot yilida uy-joylar qurilishi nazarda tutilmagan boʻlsa,1 ball bilan baholanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash tizimi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash tizimini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2017-y., 09/17/973/0396-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)